Ogahiy ijod maktabi
Photo
#bizning_ijod
#qatagʼonlarni_xotirlab
ISTIQLOL FIDOYILARIGA...
Turnalar, ko'kka bo'y cho'zgan turnalar,
Yana kimning menday qalbi tirnalar?
Siz kabi yuksakka talpingan chog'da
Makonlari bo'ldi to'rsim turmalar.
Balki bu qismatni sezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Har kimning o'z dardi, o'z hasrati bor,
Hech banda chekmagay behuda ozor,
Yelkaga yuk olib yurtga daxldor
Nohaq tuhmatlarga bo'lmasdan iqror,
Loyqa suvlaridan sizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Xayolida ne o'y, ne tilak edi,
Bir zotki olovqalb, sheryurak edi,
Ma'rifat darg'asi, zo'r tirgak edi,
Anglasak hammadan eng kerak edi,
Dilga haq rasmini chizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Ketdilar qalblarga o'tlarni qalab,
Bu kungi baxtimiz Xudodan tilab,
Biz uchun o'zlari ketdilar nurab,
Qoldirmoqqa xalqqa nurafshon maktab
Savodsizlik tomirin ezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Ishingiz jasorat, ulug'vor kuchdir,
To tirik ekanman dil she'rga o'chdir,
She'riyat, sen menga dunyoni quchdir,
Siz sabab yelkamda sharafli burchdir,
Go'zal dur donalar tizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Qatli om sababin kimlardan so'ray,
Sizga "loyiq" hukmni ne ko'z-la ko'ray,
Boshlarimni qaysi devorga uray,
Yotgan tuprog'ingiz ko'zimga suray,
Bilsam o'ziga go'r qazib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
✍ SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#qatagʼonlarni_xotirlab
ISTIQLOL FIDOYILARIGA...
Turnalar, ko'kka bo'y cho'zgan turnalar,
Yana kimning menday qalbi tirnalar?
Siz kabi yuksakka talpingan chog'da
Makonlari bo'ldi to'rsim turmalar.
Balki bu qismatni sezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Har kimning o'z dardi, o'z hasrati bor,
Hech banda chekmagay behuda ozor,
Yelkaga yuk olib yurtga daxldor
Nohaq tuhmatlarga bo'lmasdan iqror,
Loyqa suvlaridan sizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Xayolida ne o'y, ne tilak edi,
Bir zotki olovqalb, sheryurak edi,
Ma'rifat darg'asi, zo'r tirgak edi,
Anglasak hammadan eng kerak edi,
Dilga haq rasmini chizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Ketdilar qalblarga o'tlarni qalab,
Bu kungi baxtimiz Xudodan tilab,
Biz uchun o'zlari ketdilar nurab,
Qoldirmoqqa xalqqa nurafshon maktab
Savodsizlik tomirin ezib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Ishingiz jasorat, ulug'vor kuchdir,
To tirik ekanman dil she'rga o'chdir,
She'riyat, sen menga dunyoni quchdir,
Siz sabab yelkamda sharafli burchdir,
Go'zal dur donalar tizib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
Qatli om sababin kimlardan so'ray,
Sizga "loyiq" hukmni ne ko'z-la ko'ray,
Boshlarimni qaysi devorga uray,
Yotgan tuprog'ingiz ko'zimga suray,
Bilsam o'ziga go'r qazib ketdilar,
Tarixga nomlarin yozib ketdilar.
✍ SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram