Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.61K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS

Joriy yilning 16-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti 8-"B" sinfning zukko va bilimdon o'quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga "Schools in Great Britain" mavzusida Buyuk Britaniya maktablari haqida ma'lumotlar berildi, undan tashqari o'qish va tarjima qilish mahoratlarini oshirish maqsadida matn tarjima qilish o'rgatildi. Yetarlicha bilim va ma'lumotlarga ega bo'lgan o'quvchilar turli xil mashqlarni bajardilar va savollarga javob berdilar. Ushbu to'garak mashg'uloti o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat bilan birga, so'z boyliklarini oshishi va yangi bilimlarga ega bo'lishiga yordam berganiga biz shubhasiz ishonamiz.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS
LET'S LEARN ENGLISH

Mart oyining 10-sanasi kuni Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinfida tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu to'garakda global mavzulardan biri "Technology and Youth" ( "Texnologiya va Yoshlar") mavzusida savol javob, faktlar va yoshlar fikrlari, internet tarmoqlarining ijobiy va salbiy taraflari, electron va nashrdan chiqqan kitoblarning dunyodagi o'rni va kutubxonaning yoshlarga ta'sirini o'quvchilar ingliz tilida bayon qildilar. Tarbiyachi-pedagog ushbu to'garak bilan o'quvchilarni nafaqat ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlarini oshirdi va shu bilan birgalikda kutubxona va kitobga bo'lgan mehrini yanada ko'paytirishda yordam berdi. Ushbu to'garakda o'quvchilar juda ham faol qatnashishdi va katta qiziqish bilan tinglashdi. Shu qatorda ular o'zlarining so'z boyliklarini ham oshirishga erishdilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#YOUNG_LEARNERS
#INTELLECTUALS

Joriy yilning 29-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchilariga tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagini olib bordi. To'garakda o'quvchilar turli xil vazifalarni bajardilar, shu bilan birgalikda mashg'ulot jarayonida so'z boyliklarini oshirish bilan bir qatorda, to'g'ri, ravon, bexato gap tuzish, ingliz tili so'zlashish qobiliyatlarini ham mustahkamladilar. Mashg'ulot oxirida nutq va to‘g'ri talaffuz bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish maqsadida qo'shiq ham yod oldilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS

🗣 To‘garakda o‘quvchilar Speaking (So'zlashish mahorati)ni yana bir pog'ona oshirdilar


📆 Aprel oyining 7-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B"sinfiga tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagini olib bordi.

🏝To'garak o'quvchilarga motivatsiya va yaxshi kayfiyat berish maqsadida mashg'ulot ochiq osmon ostida bo'lib o'tdi.
📌 O'quvchilar ingliz tili grammatikasi va so'z boyliklarini turli savol-javoblar bilan sinovdan o'tkazdilar. Barcha savollarga to'liq javob bera olgan o'quvchilar rag'batlantirildi.O'quvchilar bu to'garakda juda faol qatnashdilar.

📈 To‘garakda o‘quvchilar Speaking (So'zlashish mahorati)ni yana bir pog'ona oshirdilar va qiziqarli darsga doir o‘yinlar o‘ynadilar.


🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#INTELLECTUALS_CONTEST

MUROSASIZ BO‘LIB O‘TGAN BELLASHUV

📆 Joriy yilning 6-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ma'naviyat kuni" doirasida turli tadbirlar belgilangan. Maktabning 8-sinf o'quvchilari o'rtasida ingliz tili savodxonligini oshirishga qaratilgan murosasiz bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuv 5 bosqichdan iborat bo'lib, bellashuv davomida guruh o'quvchilari o'zlarining ingliz tili bo'yicha gapirish, grammatika va lug'at boyliklarini sinovdan o'tkazib olishdilar.

🔸Murosasiz va hayajonli o'tgan bellashuvni mahoratli tarbiyachi-pedagoglarimiz Anaposhsha Sobirova va Go'zal Jumaniyazova olib bordilar.

So‘nggi natijalarga ko'ra har ikkala jamoa hisoblari teng hisoblanib, DO'STLIK g'alaba qozondi.


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Live
#English_club
#Intellectuals

📆Joriy yilning 19-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-"A"sinf o'quvchilarining ingliz tilidagi bilimlarini va so'z boyligini oshirish maqsadida maktabning tarbiyachi-pedagogi Go'zal Jumaniyazova tomonidan "Personal pronouns" mavzusida "Intellectuals" to'garagi bo'lib o'tdi.

🔹To'garak davomida  tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova mavzuni interaktiv usulda olib borish maqsadida turli xil o'yinlarni tashkil qildi. To'garakda o'quvchilar bilmagan so'zlarini  o'rganishdi va so'z boyligini yanada oshirishdi. Dars so'ngida mavzuni mustahkamlash maqsadida o'qituvchi tomonidan qisqa savol-javoblar o'tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Live
#English_club
#Intellectuals

⚡️Oktabr oyining 26-sanasida Ogahiy ijod maktabining 7-"A"-sinf
o'quvchilari bilan "Intellectuals" to'garagi bo'lib o'tdi.

📌Mazkur to'garakni maktabimizning tarbiyachi-pedagogi Jumaniyazova Go'zal olib bordi.To'garakda o'quvchilar bilan "Personal pronouns","Plurals","A/An articles" mavzularini  turli xil o'yinlar bilan "Smart kids",  "Kittens" va  "Best team" nomli  guruhlarga bo'linib, mavzuni takrorlab olishdi.

📚Jamoalar tashabbuskorlikni qo'ldan boy berishmadi.Barcha guruhlar ham o'yin jarayonida aql- zakovatini ishga solishdi.
Har uchala guruh ham o'z iqtidorlarini, iste'dodlarini  namoyon etishdi va mavzularni yanada mustahkamlab olishdi.

📝Bundan tashqari darsni yanada yaxshiroq xotirada saqlash  maqsadida turli xil mashqlar bajarildi.Umuman olganda,dars qiziqarli va ajoyib taassurotlarga boy bo'ldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagra
#Intellectuals
#Jarayon

🌸 May oyining 11-sanasida Ogahiy ijod maktabining 7-"B" sinf o‘quvchilari bilan "Intellectuals" to‘garagi bo‘lib o‘tdi.

📌Mazkur to'garakni maktabimizning tarbiyachi-pedagogi Jumaniyazova Go‘zal o‘tkazdi. Dastlab o'tilgan mavzuni mustahkamlab oldilar va yangi mavzu bilan tanishdilar. Unda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan loyiha ishlari haqida ma'lumot berdilar.

📑Ular chaqqonlik bilan turli xil mashqlar ishlab, vaqtini maroqli o‘tkazishdilar. Individual holda ustoz bergan mashqlarni bajarib, o‘zlarining bor bilimlarini ishga solishdilar.

🎆Bundan tashqari o‘quvchilar darsni zavqli o‘tish va xotiralarini yaxshilash maqsadida ingliz tilida qo‘shiqlar va she'rlar tinglab, yod oldilar. Bu to'garak har doimgidanda ajoyib, ko‘tarinki kayfiyatda olib borildi.