Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#KUN_TAFSILOTI
Joriy yilning 1-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida Besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagogimiz Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga "IELTS Speaking Part 1 : Home, Family, Friends (Question-Answer)" mavzusida noan'anaviy tarzda o‘quvchilarni ingliz tiliga qiziqishini orttirish, aql-zakovatini sinovdan o‘tkazish maqsadida ularga qo'shiq yodlab, raqsga ham tushish topshiriq qilib berildi. Ushbu to'garak o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat hadya qildi.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
Joriy yilning 1-dekabr samasida Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilarining iqtidorini oshirish, iste'dodlarini namoyish qilish maqsadida tarbiyachi-pedagogimiz X.Ollayorov tomonidan musiqa bo‘yicha "Nola" to'garaki bo‘lib o‘tdi. To'garagimizda o‘quvchilar musiqiy cholg'u asboblarni chalish bo‘yicha ko'nikmaga ega bo‘lib borishmoqda.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI

2021-yilda Internews xalqaro tashkiloti Osiyo mediaCAMP dasturi doirasida jurnalistikaning asosiy ko'nikmalari bo’yicha Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekistonda faoliyat olib borayotgan yosh jurnalistlar onlayn-treningida Xorazm viloyatidagi adabiyot gazetasi hisoblanmish "Ezgu so'z" tahririyati nomidan ishtirok qilgan edim. Faol ishtirokim uchun sertifikat va estalik sovg'a jo'natishganini aytishgan edi. Bugun qishning ilk kuni men uchun kutilmagan yangiliklarga boy tarzda o‘tdi. Ogahiy nomidagi ijod maktabimizning direktori Sarvar Abdullayev ustozning qo‘lidan men kutgan sertifikatni qabul qilib olish baxtiga muyassar bo‘ldim. Aytilgan tilaklar va bildirilgan ishonch uchun minnadorman.

Xorun Muso Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi, shoir

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI

Joriy yilning 9-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. Darsda o‘quvchilarga "Reading: Verbs with prepositions" mavzusida noan'anaviy tarzda ingliz tiliga qiziqishini orttirish, aql-zakovatini sinovdan o‘tkazish maqsadida ularga turli xil mashqlarni bajarish va matn tarjima qilish o'rgatildi. Ushbu to'garak, o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat va so'z boyliklarini oshirishda yordam berishi shubhasizdir.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS

Joriy yilning 16-dekabr sanasida Ogahiy ijod maktabida besh muhim tashabbus doirasida, tarbiyachi- pedagog Jumaniyazova Go'zal tomonidan ingliz tilidan "Intellectuals" mashg'uloti 8-"B" sinfning zukko va bilimdon o'quvchilari bilan bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarga "Schools in Great Britain" mavzusida Buyuk Britaniya maktablari haqida ma'lumotlar berildi, undan tashqari o'qish va tarjima qilish mahoratlarini oshirish maqsadida matn tarjima qilish o'rgatildi. Yetarlicha bilim va ma'lumotlarga ega bo'lgan o'quvchilar turli xil mashqlarni bajardilar va savollarga javob berdilar. Ushbu to'garak mashg'uloti o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat bilan birga, so'z boyliklarini oshishi va yangi bilimlarga ega bo'lishiga yordam berganiga biz shubhasiz ishonamiz.

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#XUSHXABAR
#KUN_TAFSILOTI

"O‘zbekiston Yoshlar forumi 2021" doirasida yoshlarforumi.uz platformasida 20.000 ga yaqin takliflar orasidan eng sara taklif deb topilgan 200 nafar yoshlarning takliflari 21-25 dekabr sanasida ekspertlar tomonidan qayta tahlil qilindi. Ular orasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Xorun Muso taklifi ham bor. Kecha Forum yakunida ijodkor tarbiyachimizga 2021-yil rasmiy "Elchisi" maqomi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sertifikat va sovg'alar topshirildi.
Endilikda Elchilar yangi 2022 yil davomida o‘z takliflari ijrosini ta'minlash va ularni o‘z viloyat, shahar (tuman) larida targ'ib qilish bo‘yicha ish olib boradilar.

TABRIKLAYMIZ, QUTLAYMIZ!

Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#МОЯ_ПОЭЗИЯ

Joriy yilning 22-fevral sanasida ham Ogahiy nomidagi ijod maktabimizda tarbiyachi-pedagoglarimiz tomonidan to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi. Rus tilidan Maqsuda Bobojonova "Моя поэзия" mashg'ulotida rus xalqining buyuk masalnavisi I. A. Krilovning "Bo‘ri va qo‘zichoq" masaliga alohida to'xtalib o‘tdi. O‘quvchilarga jarayon davomida insonlardagi ba'zi xislatlarni majoziy hayvonlar ko'rinishida tasvirlanganligi izohlab berildi. O‘quvchilar mashg'ulot so'ngida turli rollarni o‘zaro bo‘lishib olishgan holda, masal qahramonlarini ijro qilishdi.

Bizning telegram kanal: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#AXBOROT_TEXNOLOGIYALARI

Ogahiy ijod maktabida oquvchilarning bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlash, undan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilinmoqda. Maktabimizda payshanba va shanba kunlaridan tashqari o'qish haftasining har kunida «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to'garagi olib borilmoqda. To'garak rahbari Quriyozov Murodbek o'quvchilarga audio va video montaj sirlarini qunt bilan o'rgatib kelmoqda. To'garak davomida o'quvchilar videoni kesish, bir-biriga ulash, ovoz nozosligini tekshirish va ovozga tushish darslarini o'zlashtirib bormoqdalar.
To'garakning maqsadi ijodkor yoshlarni o'z ishlari ustida qunt bilan izlanishlari va o'z maqsadlari yo'lida bilim olishlaridir.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS
LET'S LEARN ENGLISH

Mart oyining 10-sanasi kuni Ogahiy ijod maktabining 8-"B" sinfida tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu to'garakda global mavzulardan biri "Technology and Youth" ( "Texnologiya va Yoshlar") mavzusida savol javob, faktlar va yoshlar fikrlari, internet tarmoqlarining ijobiy va salbiy taraflari, electron va nashrdan chiqqan kitoblarning dunyodagi o'rni va kutubxonaning yoshlarga ta'sirini o'quvchilar ingliz tilida bayon qildilar. Tarbiyachi-pedagog ushbu to'garak bilan o'quvchilarni nafaqat ingliz tiliga bo'lgan qiziqishlarini oshirdi va shu bilan birgalikda kutubxona va kitobga bo'lgan mehrini yanada ko'paytirishda yordam berdi. Ushbu to'garakda o'quvchilar juda ham faol qatnashishdi va katta qiziqish bilan tinglashdi. Shu qatorda ular o'zlarining so'z boyliklarini ham oshirishga erishdilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#MUTOLAA_SOATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 4-yo‘nalishi -- kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 11-mart kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinfida “Bir haftada bir kitob” loyihasi o’tkazildi.
O‘quvchilari Said Ahmadning “Ufq” romanini o'qishdan olgan taassurotlari, xulosalari bilan o'rtoqlashdilar.
Mutolaa davomida asarning bosh qahramonlari: Ikromjon, Jannat xola, Tursunboy va boshqalarning hayotidagi mashaqatli, sinovli lahzalar haqida gapirdilar. Asardagi qahramonlardek emas, balki aqlan yondashib, fikrlab, xulosalab, xatolarni takrorlamaslik haqida suhbat asosida bir-birlari bilan o‘zaro fikr almashdilar. Bu romanni o'qigan har bir o‘quvchida yangicha ruh va yangicha qarashlar paydo bo'lishi shubhasiz.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tafsiloti
#Hordiq_baĝishlagan_dars

Mart oyi 11-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tasviriy san’at fani o’qituvchisi Shahlo Ro'zmetova boshchiligida 8-"B" sinf o’quvchilari tabiyat qo’ynida eskiz chizib madaniy hordiq oldilar. Shu bilan birgalikda o’zlarining mohir qalamkash ekanliklarini isbotladilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#MUTOLAA_SOATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 4-yo‘nalishi -- kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 11-mart kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinfida “Bir haftada bir kitob” loyihasi o'tkazildi.
O'quvchilar Tohir Malikning "Alvido, bolalik" asarini o'qib, undan olgan taassurotlari, xulosa va fikrlarini o'rtoqlashildi.
Bu asar jinoyatning uzun yo'li turkum asarlaridan bo'lib, unda yomonlarning aybi bilan jinoyat ko'chasiga kirib qolgan iste'dodli o'zbek bolasi, yaxshi oilaning qobil farzandining boshidan kechirgan mushkul sarguzashtlar, fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi va bu asar hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Asar muhokamasida asosiy mavzu hech kim jinoyatchi bo'lib tug'ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantirishi haqida o'quvchilar tomonidan turli fikr-mulohazalar, bahslar bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#JARAYON
Joriy yilning 29-mart kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining iqtidorini oshirish, iste'dodlarini namoyish qilish maqsadida tarbiyachi pedagogimiz X.Ollayorov tomonidan musiqa bo‘yicha "Nola" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo‘lib o‘tdi. To'garagimizda o‘quvchilar musiqiy cholg'u asboblarini chalish bo‘yicha ko'nikmaga ega bo‘lib borishmoqda.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#YOUNG_LEARNERS
#INTELLECTUALS

Joriy yilning 29-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchilariga tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagini olib bordi. To'garakda o'quvchilar turli xil vazifalarni bajardilar, shu bilan birgalikda mashg'ulot jarayonida so'z boyliklarini oshirish bilan bir qatorda, to'g'ri, ravon, bexato gap tuzish, ingliz tili so'zlashish qobiliyatlarini ham mustahkamladilar. Mashg'ulot oxirida nutq va to‘g'ri talaffuz bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish maqsadida qo'shiq ham yod oldilar.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#MUTOLAA_SOATI

🔴Ogahiy nomidagi ijod maktabida

📗KITOBXONLIK


📌Aprel oyining birinchi sanasida barcha sinflarda tarbiyachi-pedagoglar boshchiligida Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari boʻyicha kitobxonlik oʻtkazildi.

📖"Dunyoning ishlari " asarida mehribon onalarimiz haqida bir biridan mazmundor hikoyalar keltirilgan.

Asardagi hikoyalar mutolaasi qizgʻin tarzda davom etarkan, oʻquvchilarimizning onalariga boʻlgan muhabbatlari yanada ortdi, onalar qadriga yetish, onalarni ulugʻlash va doim ularni rozi qilish kerakligini yana bir bor anglashdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#KUN_TAFSILOTI
#MUTOLAA_SOATI

📚 KITOBDAN YAXSHIROQ DO‘ST YO‘Q JAHONDA


📆 Aprel oyining birinchi sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 9-"B" sinf o‘quvchilari boshqa sinflar kabi haftalik doirasida O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo‘yicha qiziqarli mulohazaga boy mutolaa soati tashkil qilindi.

🤓 Kitobxon o‘quvchilar asardagi olgan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

💡Qalblarga nur sochguvchi muallif o‘zi ta'kidlaganidek "Butun dunyo onalariga bag'ishlangan" ushbu asar chin ma'noda ko'ngildan-ko‘ngilga yetib boruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega ibratnomadir.


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#KUN_TAFSILOTI
#INTELLECTUALS

🗣 To‘garakda o‘quvchilar Speaking (So'zlashish mahorati)ni yana bir pog'ona oshirdilar


📆 Aprel oyining 7-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B"sinfiga tarbiyachi-pedagog Go'zal Jumaniyazova "Intellectuals" to'garagini olib bordi.

🏝To'garak o'quvchilarga motivatsiya va yaxshi kayfiyat berish maqsadida mashg'ulot ochiq osmon ostida bo'lib o'tdi.
📌 O'quvchilar ingliz tili grammatikasi va so'z boyliklarini turli savol-javoblar bilan sinovdan o'tkazdilar. Barcha savollarga to'liq javob bera olgan o'quvchilar rag'batlantirildi.O'quvchilar bu to'garakda juda faol qatnashdilar.

📈 To‘garakda o‘quvchilar Speaking (So'zlashish mahorati)ni yana bir pog'ona oshirdilar va qiziqarli darsga doir o‘yinlar o‘ynadilar.


🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#kun_tafsiloti
#sport_salomatlik_garovi
#soĝ_tanda_soĝlom_aql

Ogahiy nomidagi ijod maktabida 15-aprel kuni tarbiyachi-pedagoglar Jumaniyazova Go'zal va Sobirova Anaposhsha rahbarligidagi 8-"A" va 8-"B" sinflari o'rtasida sport musobaqalari maktabimizning ochiq sport maydonida bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilar "Estafeta", "Voleybol", "Futbol" kabi sportning bir qancha turlaridan bellashdilar.
Bugungi kun o'quvchilar uchun mazmunli va taassurotlarga boy bo'ldi deyishimiz mumkin. Sport jismoniy va aqliy salomatligimizni rivojlantirishda eng yaxshi ko'makchi hisoblanadi. Bugungi bellashuvlar ham o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini yanada kuchayatiradi, ya'ni ularning energiyasini oshiradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu sog'lom raqobat o'quvchilarimiz o'rtasida katta qiziqish uyg'otish bilan bir qatorda, sport o'yinlariga qiziqishlari ortishiga zamin yaratadi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Kun_tafsiloti
#Toʻgarak_jarayoni

📆 Sentabr oyining 26-sanasida
Ogahiy ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtini to'g'ri taqsimlash, undan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.


🔸Shu o‘rinda «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» faoliyat yuritmoqda. To'garak rahbari Quriyozov Murodbek o'quvchilarga audio asarlar yaratish va video montaj sirlarini qunt bilan o'rgatib kelmoqda.

Ogahiy nomidagi ijod maktabini kuzatib borishingiz mumkin
👉
|Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|