Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#JARAYON

XOTIRA XIYOBONIGA TASHRIF

🔰 May oyining 6-sanasida 10-sinf o’quvchilari "9-may - Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Xiva shahar Xotira xiyoboniga tashrif buyurdilar. Ajdodlar yodi muqaddas, tiriklari qadri aziz hisoblanadi. Ajdodlar poyqadamiga gullar qo’yildi. II-jahon urushi va qatnashchilari haqida suhbat bo’ldi.

🔹O’quvchilar vatanimiz tinchligi hamma narsadan a’lo ekanligiga yana bir bor amin bo’lishdi.

🔻Urush noming o’chsin jahonda!
Buyuk shoir va yozuvchilarimiz urush haqida judayam ko’p asarlar yozganlar.


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#INTELLECTUALS_CONTEST

MUROSASIZ BO‘LIB O‘TGAN BELLASHUV

📆 Joriy yilning 6-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ma'naviyat kuni" doirasida turli tadbirlar belgilangan. Maktabning 8-sinf o'quvchilari o'rtasida ingliz tili savodxonligini oshirishga qaratilgan murosasiz bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuv 5 bosqichdan iborat bo'lib, bellashuv davomida guruh o'quvchilari o'zlarining ingliz tili bo'yicha gapirish, grammatika va lug'at boyliklarini sinovdan o'tkazib olishdilar.

🔸Murosasiz va hayajonli o'tgan bellashuvni mahoratli tarbiyachi-pedagoglarimiz Anaposhsha Sobirova va Go'zal Jumaniyazova olib bordilar.

So‘nggi natijalarga ko'ra har ikkala jamoa hisoblari teng hisoblanib, DO'STLIK g'alaba qozondi.


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#KÒKLAM_MUSHOIRASI
#JARAYON

MAKTABIMIZ O‘QUVCHILARI TOMONIDAN DO‘STLIK MUSHOIRASI BO‘LIB O‘TDI


🔰 May oyining 6-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari tomonidan "Ko'klam mushoirasi" bo‘lib o‘tdi.

📖 Ohorli, bir-biridan go‘zal o‘qilgan she'rlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quvchilarning ko'pgina shoirlar she'rlarini yod olganliklari, ularning yaxshigina kitobxon ekanliklarini guvohi bo‘ldik.

🔻 Ko'taringki kayfiyatda o‘tgan mushoira davrasi yakunida tarbiyachi-pedagoglar o‘quvchilarga o‘z maslahat va tavsiyalarini ham berib o‘tishdi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#SPORT_MUSOBAQASI
#JARAYON

⛹‍♂ IJODKOR SPORTCHI YOSHLARIMIZ


📆 Joriy yilning 6-may sanasi kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida 7-sinf oʻquvchilari o'rtasida sport musobaqalari bo'lib o'tdi. Bu musobaqa shaffof tarzda, o'qituvchilar kuzatuvi ostida bo'ldi.

⚽️ O'quvchilar shartlarda o'z faolliklarini, ziyrak va chaqqonliklarini ko'rsatib berishdi. Musobaqada do'stlik g'alaba qozondi.

Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#INSON_AZIZ_XOTIRA_MUQADDAS
#UCHRASHUV

AFG'ON URUSHI QATNASHCHILARI BILAN UCHRASHUV


🔰 May oyining 6-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining Iste'dodlar zalida "Inson aziz, xotira muqaddas" mavzusida Afg'on urushi qatnashchilari Masharipov Shavkat, Niyozmetov Davron otalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔻 Uchrashuv davomida mehmonlar urushning og'ir va og'riqli jarayonlarini, yaqin do‘stlarini yo‘qotish, insonparvarlik yordamini ko'rsatish kabi xotiralarni o‘quvchilarga so‘zlab berishdi.

🔸O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘lladilar.

🔹 Uchrashuv yakunida mehmonlarga maktabimiz tomonidan esdalik sovg'alar topshirildi.


Kanalga ulanish uchun shu yerga bosing
🟥:https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi