Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi Yo‘ldasheva Dilraboning turkcha "Qalbdan kelgan sadolar " nomli jamoa to‘plamda chop qilingan ijod namunalari.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#7_kun

Chin dugonamga


Borligʻim,
Tashakkur borliging uchun.
Sensan Yaratgandan buyuk inoyat.
Hayot yoʻllaringga nurlarin sochib,
Allohim umringga bersin hidoyat!

Borsanki, hamisha umrimga zebsan,
Kuz kirgan qalbimga bahorsan oʻzing.
Yigʻlasam, yelkangni tutib boshimga,
Malham boʻlar menga aytgan har soʻzing.

Goho tillar emas soʻzlashadi dil,
Anglaysan koʻzimdan jimliklarim ham.
Ikkimiz bir butun, koʻnglimiz-da bir,
Eng oliy baxtim ham sensiz boʻlur kam.

Borligʻim,
Tashakkur borliging uchun!

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#7_kun

Qaytish.

Onajonim , izlab yoshim bir joyga yetdi ,
Ammo , sizdan keladigan isni topmadim.

" - Oyi, qarang kimning tugganni chiroyli? Menikimi yoki sizniki? Darrov oʻrganib oldim-a? - Ho, seni qara. Mendan ham chiroyli qilib tugyapsan-a? Boshqa ishlarni ham oʻrganib olsang edi. Shunaqangi yaxshi qiz boʻlarmiding? - E-e bilasiz-u,
boshqa ishlarni qila olmasam ham juda yaxshi qizman-u. Nega buncha kam tugdik mantini? Nega ichida goʻsht kam oyi? -Mm. Qizim uyda goʻsht tugab qolgan ekan. Oʻshanchun. Bu safar harajatlar biroz oz . Keyingi gal goʻshtli va sal koʻproq qilib pishiramiz. Hoʻpmi qizim? - Oyijon, goʻsht ikki oydan beri yoʻq- ku. - dedi eshitilar-eshitilmas . - Biron nima dedingmi qizim?"
U olmadek qizargan yuzlarini orqasiga oʻgirib, onasidan oʻzini olib qochmoqchi boʻlardi. Buning sababini onasi ham , oʻzi ham ham juda yaxshi bilardi... Fikrlari tarqab , hayoli buzildi.
- Oʻsha paytlarni juda qumsadim. Uning koʻzidan marjon-marjon yosh tomchilay boshladi. Bir narsa kelib boʻgʻiziga tiqildi. Hayollari chuvalashib ketganidan boshi gʻuvlay boshladi.Yuzidagi rang ham oʻz jilosini yoʻqotdi. - Yoʻq , yoʻq. Nafas ololmayapman . Ortiq chidolmayman . Nima boʻlsa peshonamdan . Qishlogʻimga ketaman. Hayot tashvishlaridan charchadim. Shu ishlarim , yumushlarim onamdan afzal boʻlibdimi?! Onamni koʻrib kelaman. Hech narsasini olmasdan, oʻzining qadrdon xotiralari bilan qishlogʻi tomon yoʻlga otlandi. Oʻzining sevimli uyini tashlab ketayotganida ham qalbida biron oʻkinch, shu uyni tashlab ketayotganiga afsuslanish yoki pushaymonlik hissi uning yuzida umuman sezilmasdi. Shu uy, shu shahar, shu obro-eʼtibor uchun oʻz kindik qoni toʻkilgan maskanidan, oʻz onasidan eng asosiysi oʻzligidan voz kechgan Intizor, bugun shu narsalar uchun fayzsiz bu shaharni xat-xabarsiz tark etmoqda edi. Oʻzi uchun fayzsiz bir gʻamxonadan chiqdi va oʻzi uchun haroratli, yoqimli xotiralarga boy maskanga qadam bosdi. Qishlogʻini koʻrib yoqa ushlaydi kishi. Qishloqnin oldingi holatidan umuman asar ham qolmagan. Barmoq bilan sanashga yetgulik daraxtlar qolgan xolos. Oldinlari bu qishloqda qoq peshin payti ham mazza qilib ishlasa boʻlardi. Qalin-qalin daraxtlar soyasi katta yoʻlgacha tushib turardi. Hozir-chi ? Hozir oʻzining ostidagi nihollarga soya bera oladi xolos. Oldingi bogʻ-u rogʻlardan , uylardan nom - nishon ham qolmagan. Bular -ku mayli, lekin oʻsha paytdagi odamlar ham oʻzgargan. Oʻsha vaqtdagi eʼtibor, mehr-shafqat, oqibatni hozir soʻrab ham olomaysan kishi. Odamlar unga eʼtibor ham qaratishmadi. Eʼtibor qaratish u yoqda tursin, kim ekan bu deb hattoki qayrilib ham qarashmaydi. Hamma oʻz dardi bilan ovora. Oʻz tashvishi-yu, oʻz yumushlari bilan. U asta oʻzining uncha hashamdor boʻlmagan , u darajada ham oʻzgarmagan koʻchasiga kirdi. Oʻsha boʻgʻziga tiqilib, unga tinchlik bermayotgan nimadir endi u bilan ishi yoʻqdek boʻlib qoldi. Oʻzi ulgʻaygan koʻchaga kirganida oʻzida yoʻq xursand edi. Chunki bu onlarni u intizorlik bilan kutgandi. Xayolida nimalardir asta-sekin gavdalana boshladi: shu ariq boʻyida dugonalari bilan mazza qilib oʻynagani , shu koʻchalarda yiqilib, qoqilib ogʻriqdan onasiga tinchlik bermaganlarini esladi. Koʻzi nimagadir tushdi-yu, xayoli boʻlindi. Bu oʻsha - onasi bilan birga doim non yopadigan tandiri. U esgiligidan nurab , qulab ketgandi. Undan faqat poydevorlari qolgan xolos. Buni koʻrib koʻngli buzulib ketdi. Oʻzi bilmagan holda koʻziga yosh oldi. Yosh toʻla koʻzlarini asta artgancha qasrlardan ham afzal koʻradigan kamtarona kulbasi tomon qadam tashladi. Bu uy ham unchalik oʻzgarmagan. Deborlarining nuramoqchiligini hisobga olmasak, albatta. Eshik oldidagi bogʻlarga nazar tashladi. Biron gul-u oʻsimlikdan nom-nishon yoʻq. Hamma yoq suvsizlikdan qaqshab yotibdi. Koʻcha betlari ham supurgi koʻrmaganiga ancha boʻlganligi sezilib turibdi. U hamma yoqni diqqat bilan kuzatdi. Eʼtibor berib qarasa, onasi bilan ekkan nihol ham quribdi. Buni koʻrib dilin siyoh boʻldi. Xoʻrsingancha eshik oldiga intildi.
Eshikning qabzasidan ushlab eshikni ochmoqchi edi hamki, uni nimadir toʻxtatib qoldi. Yana urinib koʻrishga qaror qildi. Vositaga bor jurʼatini toʻplab, eshikni qoqdi. Hech kim javob bermadi. Yana qoqdi. Yana shu ahvol. Endi nima qilishni bilmay boshi qotdi. Har doim onasi bilan kalit qoʻyadigan joyni qarab koʻrishga qaror qildi. Va uni oʻsha joydan topdi. Eshik qulfiga kalit solib, burab ochdi. Hovli har doimgidek ozoda. - Oyi, oyijon men keldim... Javob yoʻq . - Oyi... U umidini soʻndirmagancha onasining xonasi tomon yoʻl oldi. Xona oʻzgarmagan. Haliyam oʻsha-oʻsha . Birinchi boʻlib eʼtiborni chang bosgan sandiq tortdi. Uning yoniga borib choʻkkaladi. Atrofga nazar tashlasa uning yonini oʻrgimchak toʻri osib ketgandi. Seskanib ketdi. Sandiqning chang bosgan yuzini qaynoq taftli qoʻllari bilan tozaladi. Va uni asta ochdi. Uning ichidan oʻziga qardon qoʻgʻirchoqlari, bir-biridan chiroyli, onasining eskirib ketgan gul roʻmollari-yu chit koʻylaklari chiqdi . Bularni koʻrib bolalikka bir daqiqada qatganday boʻldi. Xayolan koʻylaklarini kiyib oʻynadi, qoʻgʻirchoqlarini sochini onasi bilan birga oʻrib qoʻydi. Onasining sevimli koʻylagini oldi va uni ohista hidlay boshladi. Bu achimsiq ter hidi unga juda yaxshi tanish edi. Onasining bagʻrida yotganida har doim shu hid kelib turardi. Bundan har doim nolirdi. Hozir esa bu hidni juda qumsadi. Uning koʻzidagi yoshi yuzini yuva boshladi. Shu payt oʻzi sogʻingan, uning sogʻinchi shu yergacha yetaklab kelgan insonni taftini his qilganday boʻldi. " - Ona qizim keldingmi? Men seni uzoq kutgandim va kelishingni bilgandim. Qara rosa charchabsan. Kel, endi biroz dam olaqol. Oʻzim senga alla aytib beraman . Kelaqol qizim..."

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#ijod_maktablari
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi.

🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Talabgorning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
Talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
O‘quvchining tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabeli (maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi shart emas);
Talabgor hamda uning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqorolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari;

🔹 Imtihon bosqichlari.

Ona tili va adabiyot yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona-tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

Xorijiy til yo'nalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intelektual qobilyat darajasi bo‘yicha 15 ta test.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#1_kun

Martinga maktub
(Epistolyar hikoya)


***
(Jek Londonning "Martin Iden" asaridan ta'sirlanib...)

To'g'risini aytsam, kimga va nimaga maktub yozishimni ham bilmay qoldim. Aslini olganda, xatni odamlarga nimadir o'rgatish, va yoxud odamlardan nimadir o'rganish maqsadida yozmayman, yozolmayman ham. Chunki maktublar hislarni eltuvchi qush kabidir men uchun. Va hozirgi maktubim Martin Idenga yozilmoqda.
   Kel, dildan suhbatlashamiz. Oradan shuncha vaqt o'tib senga maktub yozarkanman, ko'nglim biroz og'ridi. Bilaman, sen meni tanimaysan. Ammo sening so'zlaring-u ko'zlaring menga tanish. Senda o'zgachalik bor. Bu o'zgachalik seni odamlardan ajratib turadi. Shunday gap bor: odamlarday bo'lsanggina yashay olasan. O'zgachalikni har kim har xil tushunadi. Sening o'zgachaligingni odamlar tushuna olishmadi. Hattoki eng yaqin deb bilganing ham...
   Eh Martin, nega, axir? Shuncha harakat besamarmi endi? Nega aynan bunday beshafqat qismat sening taqdiringga bitilgan? Nega?.. Tushunolmayapman. Tushuna olmasam ham kerak. Ba'zan shafqatsiz taqdir dastidan yaxshi insonlar ham bu dunyoni tark etishadi. Sen birozgina chidashing kerak edi, xolos... Boshqa hech narsa qilishing shart emasdi!..
   Sen sevgingni topganingda qanday quvongan bo'lsam, o'sha sevgini yo'qotganingda ham shunchalik xafa bo'ldim. Lekin eng ayanchlisi bu emas... Eng ayanchlisi odamlarning senga bo'lgan munosabati edi. Martabang oshgani sayin, odamlar boshidagi munosabatlarini unutgancha, senga yaxshi muomalada bo'lishdi. Va buning hammasi boylik, mansab tufayligina bo'ldi. Esingdami, Rufning ota-onasi eng boshida seni yoqtirishmasdi. Asarlaring mashhur bo'lib ketgandan keyin nima bo'ldi? Seni muvaffaqiyatga erisholmay, qiynalib yurgan vaqtingda tashlab ketgan o'sha qiz mansab uchun oldingga qaytib keldi... O'shanda bir savol tug'ildi xayolimda: odamlar shunchalar yomonmi?.. Shunchalar ikkiyuzlamachimi ular?.. Sen kabi men ham odamlar yaxshiligiga, ular yomon bo'lmasliklariga ishonardim. Toki o'z ko'zim bilan ko'rmagunimcha, albatta... Ha, aytishadi-ku, vaqt o'tgach odamlar asl yuzlarini ko'rsatishadi. Keyin esa yashashdan ma'no qolmaydi... Lekin shunda ham yashash kerak! Ularga sen kimligingni ko'rsatishing kerak edi!..
   Albatta, sen ham xuddi shunday o'ylagandirsan balki. Ha, bunday haqiqatni anglash qiyin. Yo'q, anglash emas, aslida, tushungandan so'ng ko'nikish qiyin... Ko'nikish uchn esa vaqt kerak. Ammo sen besabrlik qilding! Bu eng katta xato edi, eshityapsanmi, xato! Va endi bu xatoni ham to'g'irlab bo'lmaydi. Imkonsiz...
   Lekin sen ko'nikishing kerak edi, Martin. Dunyoda samimiy insonlar ham bor edi, hozir ham mavjud. Aynan ular uchun yashashing kerak edi... Ularga umid berishing mumkin edi... Sening o'limingdan so'ng, samimiy va qalbi pok insonlarning soni kamaydi...
   Javobsiz savollar sohiliga sho'ng'ib, seni ham o'sha mash'u, voqealarni eslashga majbur qildim. Ma'zur tutgaysan.
   Nima bo'lgan taqdirda ham, odamlar seni unutmaydi.
 
  Adolatsizlikka chiday olmagan ahmoq qiz...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#1_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#1_kun

**
Bu izhor emasdi. Yo'q, izhor emas
Bu yurak qatidan bir qadah qondir.
Sen bilan ko'ringan orzular emas,
Sog'inchli, armonli, hijronli ondir.

Tushimda ko'ringan sen emas eding:
Men ishqsiz sira ham bo'lmasdim paydo.
Armonli orzusan-ne sinoat bu?
Tushlarimda borsan, o'nggimda ro'yo...


🌠: Baxtiyorov Jahongir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Tabrik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha jurnalistlarni chin qalbdan tabriklaydi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟦🟦🟦🟦

Bugun 27-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kundagi muhim voqealar bilan tanishing.

🔴Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
🗣Bu kun jamoatchilikka o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot yetkazish yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan jurnalistlar va boshqa OAV xodimlariga bag‘ishlanadi.

🔴Bankomat tug‘ilgan kun.

🔴Mikro, kichik va o'rta korxonalar kuni.

🔴Xalqaro ananas kuni.

🟡Turkistonda birinchi milliy gazeta «Taraqqiy» chop etildi.

🟢Yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi Bog’bekov Hayitmat tavallud topgan (1953)

🟢Xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti Zamira Suyunova tavallud topgan(1958).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: ✈️Telegram | 📺YouTube
#tabrik

⚡️"Yangi O‘zbekiston" universiteti, Ijod va Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining rasmiy sahifalarini yuritadigan xodimlari bilan tanishing

🎉Bugungi bayram bilan ularni tabriklaymiz!


🏢 "Yangi O‘zbekiston" universiteti

📝 IJOD MAKTABLARI:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-IYUN___ Музыка
<unknown>
#Xorazm_radiosi

"NAJOT BILIMDA"

26. 06. 2023-y

📻 Eshittirishda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida Xorazm viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan va yangi tashkil etiladigan maktablarga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul jarayonlari haqida so'z yuritiladi.

🎙 Suhbatdosh maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Abdullayev.