Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi ta’kidlandi.

Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.

Mutasaddilarga bu o‘qituvchilar tarkibini faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldirish, ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Yoshlarimiz o‘rtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.

Shundagina sport bo‘yicha yaxlit tizim paydo bo‘lib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dil_izhorim
#Jonajon_maktabim
#Sizga_tázim_ustozlarim

Aslida eng munosib dargohda taʼlim olish ham insonning eng katta omadi! Ilk bor Ogahiy ijod maktabiga qadam qoʻygan paytimdagi hayajonim hamon esimda. Albatta, eng yaxshi taʼlim maskaniga kelganimni sezardim, ammo bu dargoh menga bunchalik koʻp hadyalar beradi, deb oʻylamagandim!
Ogahiy ijod maktabi jamoasi... Butun umrimga yetgulik saboqni, aynan, shu jamoa berdi menga. Jonajon maktabimdagi muhitni boshqa hech bir dargohdan topa olmasligimni anglab yetdim. Ijod maktabidagi tarbiya umuman boshqacha. Mehribon ustozlarimni, yorugʻ sinfxonalarni, muhtashamsahnamizni, bahs-munozaralarga toʻla darslarni, ijodiy tadbirlarni, gulxan atrofida nafis sheʼrlarga yoʻgʻrilgan kechalarni, har koʻrganda salomni kanda qilmaydigan ukalar-u singillarimni - barchasini sogʻindim. Imkonim boʻlsa, doʻppi-yu oppoq lentalarni taqib, shu dargohga takror oʻquvchi boʻlib qaytardim.
Ogahiy ijod maktabi jamoasi bilan birga oʻtgan kezlarim hayotimning eng unutilmas lahzalari boʻldi.

Shu fursatda mehribon oʻqituvchilarimga oʻz minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bugun erishganlarimda sizning mehnatlaringiz katta. Sharafli kasbingiz yoʻlida hech ham qoqilmang. Alloh nomingizni hamisha aziz qilsin. Doimo el ardogʻida, shogirdlar eʼzozida boʻling. Bergan bilimlaringiz uchun tashakkur. Sizga boshim yerga tekkuncha taʼzimdaman!

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlarim!

Hilola Jumanazarova, Ogahiy ijod maktabi bitiruvchisi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.
Forwarded from Mutolaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz oʻqituvchilar, hurmatli ustozlar, qadrli oilam, 1-oktabr "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" bu yil butunlay oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Toʻgʻrimi?

Avvaliga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot oʻtkazdilar. Muloqotdagi bayramona muhit muhtasham “Hilton” mehmonxonasiga koʻchib oʻtdi.

Tantanada bir guruh oʻqituvchi va faxriylarimizga mukofotlar topshirdik. Bayramona dasturxon va yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi hayajonga toʻla kunimizni yakunlab berdi.

Oʻylaymanki, biz bir-birimizga faqat mehr va shodlik ulashdik. Qadrli ustoz va oʻqituvchilar aslida bundan ortigʻiga arziysizlar. Sizlarni yaxshi koʻraman, bir safda ekanimizdan faxrlanamam hamda bayramingiz bilan yana bir bor tabriklayman!

Davlatimiz rahbari aytganlaridek, har biringiz taʼlim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifiy jamiyat” degan olijanob gʻoyamizni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshasiz.

@hilola_umarova
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ustozlar_ijodidan

USTOZ BO'LMASA...
Zabt etdi-yu ilm-u urfon marrasin,
Tarhin tuzdi Beruniy yer kurrasin,
Aljabrdan saboq olmay odamzod,
Kashf etarmi fanning ming bir qirrasin,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Ustoz yurar mudom saboq ko'yida,
Oilada ham o'quvchisi o'yida,
Farg'oniyning nomi nechun dovruqli,
Yo'qsa haykal qayda Nilning bo'yida,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Iymon bo'lmas edi, vijdon bo'lmasdi,
Vatan deya qalbda tug'yon bo'lmasdi,
Yurtni g'animlardan himoya etgan
O'g'lon Jaloliddin - Sulton bo'lmasdi,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Yarqirab hukmdor toji boshida,
Fath etib jahonni surdi nashida,
Niyati pirining poyida yotmoq,
Temur bosh egarmi inson qoshida,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Nurli kelajakni, ezgu amalni,
Ko'ragoniy nomli mashhur jadvalni,
Tuza olarmidik robot odamlar,
Temirga qunt bilan berib sayqalni,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Men ham muallimman, etaman g'urur,
Ustozim Navoiy, Ogahiy, Bobur,
Qodiriy, Cho'lponga yo'l ko'rsatgan kim?
"Xamsa", "O'tkan kunlar" bo'lmasdi mashhur,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Forwarded from Zakovat: Xorazm

✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️ ✏️✏️✏️✏️✏️✏️
#Ayollar_ligasi

🏆 "AYOLLAR LIGASI" I-MAVSUM G'OLIBLARI TAQDIRLANDI!

💰 XORAZM VILOYATIDAGI "ZAKOVAT" KLUBI "AYOLLAR LIGASI"NING BIRINCHI MAVSUM O'Z YAKUNIGA YETDI.
Liganing ikkinchi mavsumiga START berildi va 1-TUR o'yini bo'lib o'tdi.

Deyarli bir yil davom etgan "Ayollar ligasi"da viloyatimizdan jami 22 ta jamoa qatnashgan. 10 tur natijalarga ko'ra esa quyidagi jamoalar viloyatimizda sovrindor bo'lishgan:

🥇-o‘rin – Ardaxiva (Ogahiy ijod maktabi. Xorazm) jamoasi;
🥈-o‘rin – Yuksalish (Xorazm) jamoasi;
🥉-o‘rin – Diamond UrDPI (Xorazm) jamoasi.

🎁Birinchi mavsum g'oliblari esa "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan kitoblar jamlanmasi va diplomlar bilan taqdirlandilar!

❗️Eslatib o'tamiz, "Ayollar ligasi" o'yinlari davom etmoqda.

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
Forwarded from Hilola Umarova
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Qarordagi eng muhim yangilik va oʻzgarishlar haqida qisqacha infografikada tanishing.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM