Forwarded from XORAZMIYLAR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar
Mehnatkash
Erta tong chiqdi quyosh,
Boshiga kiyib gul toj.
Bir uyda bor Tohirjon,
Turar besh urganda bong.
Ish desang yo‘q demaydi,
Charchoq nima, bilmaydi.
Har tomonga shoshadi,
Yalqovlikdan qochadi.
Maqtanib qo‘yar shovvoz,
Charchoq bildirib biroz.
Afsus, sira tinmaydi,
Tunda horg‘in uxlaydi.
✍🏻: Dilnura ANYAZOVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#yangi_nigohlar
Mehnatkash
Erta tong chiqdi quyosh,
Boshiga kiyib gul toj.
Bir uyda bor Tohirjon,
Turar besh urganda bong.
Ish desang yo‘q demaydi,
Charchoq nima, bilmaydi.
Har tomonga shoshadi,
Yalqovlikdan qochadi.
Maqtanib qo‘yar shovvoz,
Charchoq bildirib biroz.
Afsus, sira tinmaydi,
Tunda horg‘in uxlaydi.
✍🏻: Dilnura ANYAZOVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#bizning_ijod
#yangi_nigohlar
Ikki
Ikkiman-u, ikkiman,
Jurnallarda turaman.
Ustoz ikki deganda,
O‘zimni tushunaman.
Faqat menda bir so‘z bor,
Ba’zilar beshlarga zor.
Men yozilsam bittaman,
Lek o‘zim ikkitaman.
✍🏻: Dilnura ANYAZOVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#yangi_nigohlar
Ikki
Ikkiman-u, ikkiman,
Jurnallarda turaman.
Ustoz ikki deganda,
O‘zimni tushunaman.
Faqat menda bir so‘z bor,
Ba’zilar beshlarga zor.
Men yozilsam bittaman,
Lek o‘zim ikkitaman.
✍🏻: Dilnura ANYAZOVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Forwarded from Jadid.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jadid.uz
1938-yil 4-oktyabrda otilgan bir guruh millat ziyolilari:
1. Fitrat
2. Abdulla Qodiriy
3. Choʻlpon
4. Poʻlat Soliyev
5. Gʻozi Olim Yunusov
6. Abdulhay Tojiyev
7. Akbar Islomov
8. Anqaboy Xudoybaxtov
9. Sanjar Siddiq
10. Qurbon Beregin
11. Aʼzam Ayyub
12. Otajon Hoshimov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4-oktabr xalqimiz tarixida qonli sana deb nom olgan.
Millatimizning asl o'g'lonlari, ilm-fan fidoyilari, adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan jadid bobolarimiz: Abdulla Qodiriy, Cho'lpon va Fitratlar 1938-yil avj olgan ommaviy qatag'onning qurbonlari bo'lishdi.Achinarlisi shuki, bu ziyolilar 4-oktabrda otib tashlanib, ular ustidan hukm ertasiga chiqarildi.
Sana munosabati bilan Yangiariq tumanidagi 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabida davra suhbati o'tkazildi va unda Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira Saida Safo (Sapayeva) ishtirok etib, jadidlarning hayot yo'li va ijodiy faoliyati haqidagi ma'lumotlar, ijod namunalari bilan qatnashdi.Mavzu borasida qizg'in kechgan davra suhbati o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Quyida she'r matnini ham havola etamiz.
Millatimizning asl o'g'lonlari, ilm-fan fidoyilari, adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan jadid bobolarimiz: Abdulla Qodiriy, Cho'lpon va Fitratlar 1938-yil avj olgan ommaviy qatag'onning qurbonlari bo'lishdi.Achinarlisi shuki, bu ziyolilar 4-oktabrda otib tashlanib, ular ustidan hukm ertasiga chiqarildi.
Sana munosabati bilan Yangiariq tumanidagi 1-son umumiy o'rta ta'lim maktabida davra suhbati o'tkazildi va unda Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira Saida Safo (Sapayeva) ishtirok etib, jadidlarning hayot yo'li va ijodiy faoliyati haqidagi ma'lumotlar, ijod namunalari bilan qatnashdi.Mavzu borasida qizg'in kechgan davra suhbati o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Quyida she'r matnini ham havola etamiz.
QATAG'ON QURBONLARIGA...
——————————————————————
Shu kunlar qalbimga izlayman malham,
Hislarim to'kmoqqa ojizdir qalam,
Surgunlar dilida Sibirdan alam,
Armonga aylangach o'z Vatanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Farzanding bor edi noyob iste'dod,
Sherdek bolang qo'ldan ketdiku, voy-dod!
Nahot, Qodiriy deb chekmading faryod,
Vatanim, erking-chun fido jonlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Cho'lponning aybi ne shoirligimi,
Haq gapni aytishga qodirligimi,
Yoinki erksevar, botirligimi,
Hazonga aylandi gul chamanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Oh, badavlat Fitrat bo'lib bechora,
Shu bilan tiriklay qolsayding zora,
Dillar og'rinadi, yuraklar pora,
Ne azob ko'rmadi bu gardanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Yurakka she'riyat o'tini qalab,
Usmoning so'ndi bir yulduzday porlab,
Uni-da Sibir o'z bag'riga chorlab,
O'rmonlar qa'rida qolib tanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Fayzullo Xo'jayev, Akmal Ikromlar,
Eslasam birma-bir adoqsiz nomlar,
Bo'g'zimga tiqilar, kelmay kalomlar,
Sababi sarg'ayib so'ldi ranglari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Ayol nozik hilqat, lekin baribir,
Cheklamas ularni bu zulm, jabr,
Shumi ayollarga munosib qadr,
Ne dardlar chekmadi gul badanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Aybsiz ekanin bilishgan edi,
Aybi shumikanyo, kelishgan edi,
Uchqur tulpor kabi yelishgan edi,
Bo'lishdi sal keyin toy, samanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Qalbim o'rtanadi o'tmish deb bu kun,
Yurtim, ko'ksing to'la shahidlar uchun,
Farzandlaring yotar bo'lib bag'ri xun,
Nasib etmay hatto oq kafanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Millat fidoyisi – millat kamoli,
Saroblar tarqadi, hurlik shamoli,
Nomingiz tillarda nash'-u namoli,
Bo'ldi obod oxirat maskanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
✍ SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira
——————————————————————
Shu kunlar qalbimga izlayman malham,
Hislarim to'kmoqqa ojizdir qalam,
Surgunlar dilida Sibirdan alam,
Armonga aylangach o'z Vatanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Farzanding bor edi noyob iste'dod,
Sherdek bolang qo'ldan ketdiku, voy-dod!
Nahot, Qodiriy deb chekmading faryod,
Vatanim, erking-chun fido jonlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Cho'lponning aybi ne shoirligimi,
Haq gapni aytishga qodirligimi,
Yoinki erksevar, botirligimi,
Hazonga aylandi gul chamanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Oh, badavlat Fitrat bo'lib bechora,
Shu bilan tiriklay qolsayding zora,
Dillar og'rinadi, yuraklar pora,
Ne azob ko'rmadi bu gardanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Yurakka she'riyat o'tini qalab,
Usmoning so'ndi bir yulduzday porlab,
Uni-da Sibir o'z bag'riga chorlab,
O'rmonlar qa'rida qolib tanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Fayzullo Xo'jayev, Akmal Ikromlar,
Eslasam birma-bir adoqsiz nomlar,
Bo'g'zimga tiqilar, kelmay kalomlar,
Sababi sarg'ayib so'ldi ranglari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Ayol nozik hilqat, lekin baribir,
Cheklamas ularni bu zulm, jabr,
Shumi ayollarga munosib qadr,
Ne dardlar chekmadi gul badanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Aybsiz ekanin bilishgan edi,
Aybi shumikanyo, kelishgan edi,
Uchqur tulpor kabi yelishgan edi,
Bo'lishdi sal keyin toy, samanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Qalbim o'rtanadi o'tmish deb bu kun,
Yurtim, ko'ksing to'la shahidlar uchun,
Farzandlaring yotar bo'lib bag'ri xun,
Nasib etmay hatto oq kafanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
Millat fidoyisi – millat kamoli,
Saroblar tarqadi, hurlik shamoli,
Nomingiz tillarda nash'-u namoli,
Bo'ldi obod oxirat maskanlari,
Gunohsiz gunohkor xalq dushmanlari.
✍ SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira