Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Dil_izhorim
#Jonajon_maktabim
#Sizga_tázim_ustozlarim

“Yangi yil kechasi bahonasida”

Intizorlik bilan kutilgan ,,Diydor kuni" ham nihoyasiga yetdi. Yo‘q! Yo‘q, aslida u hali tugamadi. Bizga borini va boridan ortig'ini bergan qadrdon, jonajon maktabimiz sog'inchi...
Biz kutgan edik. Eng shirin lahzalar kelayotganini, eng go’zal she‘rlar o‘qilishini, bir-biridan ajoyib sahna ko’rinishlarini, ustozlarimizdan yana duolar olishni, sinfdoshlar diydoriga yana bir bor to’yishni kutgandik. Menga o’xshab boshqa sinfdoshlarim ham she‘r ishqini qumsaganini sezgan edim. “Ogahiyda Yangi yil ertagi" bayram tadbiri bizga diydor uchun imkoniyat yaratib berdi. Avvaldan, tanish bo‘lgan ukajonlarimni, bu yil ijod maktabimga qabul qilingan jajji singillarim bilan tanishdim. Ular bizlarni avvaldan intizorlik bilan kutishayotgan, maslahatlar olishni kutayotgan ekanlar. Bu yil “Mard o’g’lon” mukofotini olgan, mening eng yaqin ukalarimdan biri bo’lmish Javohir Karimovni yana bir karra ushbu mukofot bilan tabriklash nasib etdi. U bilan juda ko’p respublika va viloyat tadbirida, konferensiyalarida ishtirok etganmiz, o’sha xotiralarni eslamay iloji bo’lmasa kerak. Ha, yana aytgancha, ijod maktabimga kelishim bilan maktabimiz direktori, o’z otamdek bo’lib qolgan inson Sarvar Abdullayevning xonalariga otildim. To’g’risi, ichimdan qanday tuyg’ular o’tgani o’zimga ayon. Qizim deyishlarini, ovozlarini juda sog’ingan ekanman. Esdalik uchun rasmga ham tushdik. Bundan ortiq baxt bormi? Yo‘q, bo‘lmasa kerak. Yana bir bor o’sha mashhur sahnalarda g’azal o’qish baxtiga muyassar bo’ldik. Sinf rahbarim Muhabbat Jumaniyazova va tarbiyachimiz Maqsuda Babajonova bilan umuman xayrlashgimiz kelmadi. O’z onamizdek bo’lib qolgan Madina Matyoqubova bizga o’z maslahatlarini berdilar. Men ijod maktabimdagi muhitni, ta’lim-tarbiyani hech bir joyda uchratmadim, ustozlarim bergan mehr-muhabbatni hech qayerdan topolmadim, chunki “ijod maktablari” boshqa muassasalardan ajralib turishiga yana bir bor amin bo’ldim. Hozir qo’limga sehrli tayoqcha tushib qolsa maktabimda yana bir bor o’quvchi bo’lib qolishni tilagan bo’lar edim. Hattoki, o’sha do’ppi va oppoq bantiklarimni taqishni ham juda sog’indim.
Fursatdan foydalanib, barcha ustozlarimga, tarbiyachi o’qituvchilarga, oshpazlarga va ishchi xodimlarga chin yurakdan tashakkurlarimni izhor etmoqchiman va kirib kelayotgan Yangi Yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

G‘uncha ochilguncha o‘tgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olg‘ulik muddat–
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.

Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chog‘idir umr daftarin!


© G‘afur G‘ulom

Gulmira Ravshanbekova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi, Urganch davlat universiteti talabasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Dil_izhorim
#Jonajon_maktabim
#Sizga_tázim_ustozlarim

Aslida eng munosib dargohda taʼlim olish ham insonning eng katta omadi! Ilk bor Ogahiy ijod maktabiga qadam qoʻygan paytimdagi hayajonim hamon esimda. Albatta, eng yaxshi taʼlim maskaniga kelganimni sezardim, ammo bu dargoh menga bunchalik koʻp hadyalar beradi, deb oʻylamagandim!
Ogahiy ijod maktabi jamoasi... Butun umrimga yetgulik saboqni, aynan, shu jamoa berdi menga. Jonajon maktabimdagi muhitni boshqa hech bir dargohdan topa olmasligimni anglab yetdim. Ijod maktabidagi tarbiya umuman boshqacha. Mehribon ustozlarimni, yorugʻ sinfxonalarni, muhtashamsahnamizni, bahs-munozaralarga toʻla darslarni, ijodiy tadbirlarni, gulxan atrofida nafis sheʼrlarga yoʻgʻrilgan kechalarni, har koʻrganda salomni kanda qilmaydigan ukalar-u singillarimni - barchasini sogʻindim. Imkonim boʻlsa, doʻppi-yu oppoq lentalarni taqib, shu dargohga takror oʻquvchi boʻlib qaytardim.
Ogahiy ijod maktabi jamoasi bilan birga oʻtgan kezlarim hayotimning eng unutilmas lahzalari boʻldi.

Shu fursatda mehribon oʻqituvchilarimga oʻz minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bugun erishganlarimda sizning mehnatlaringiz katta. Sharafli kasbingiz yoʻlida hech ham qoqilmang. Alloh nomingizni hamisha aziz qilsin. Doimo el ardogʻida, shogirdlar eʼzozida boʻling. Bergan bilimlaringiz uchun tashakkur. Sizga boshim yerga tekkuncha taʼzimdaman!

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlarim!

Hilola Jumanazarova, Ogahiy ijod maktabi bitiruvchisi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.