Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
🔔🔔🔔SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ
(Maktabni bitkazuvchilar tilidan)

Dilga solib ezgu umidlar bu chog‘,
Qalblarda uyg‘otib o‘zgacha titroq.
Qadrdon sinfdoshlarni yo‘llab har taraf,
Qarang, chalinyapti so‘nggi qo‘ng‘iroq!
☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Hayot so‘qmoqlarin bosib birma-bir,
Bolalik- beboshlik o‘tdingmi axir.
Hali dilda aytar so‘zlarim ko‘pdir,
Chalinmay turgin, ey so‘nggi qo‘ng‘iroq!
☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Bizlar birga o‘ynab-quvnaylik axir,
Do‘stlar diydoriga to‘yaylik axir.
Ustozlarga ta‘zim qilaylik axir,
Shoshilmay turgin,ey so‘nggi qo‘ng‘iroq!
☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Endi bu dargohni tark etar bo‘lsak,
Ulug‘ maqsad sari biz ketar bo‘lsak,
Ezgulikka chorlab yo‘llarimizda,
Jaranglab turgin sen, so‘nggi qo‘ng‘iroq!
🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔

Ogahiy ijod maktabi o‘qituvchisi
Muhabbat Jumaniyazova

#Ustozlar_ijodidan
#USTOZLAR_IJODIDAN

AYOL

"Ayol bu-poklikdan yaralgan maʼvo,
Taqdirida tinchlik muqaddas savdo
Tiriklik suv ichgan sut ichgan daryo,
Bir qoʻlida beshik, birida dunyo".

Ayol bu-onam, mehri jahonim.
Kecha-kunduz qilgani duo.
Kechiksam, koʻzlari giryonim,
Bir jonimga, ming joni fido.

Ayol bu-opam, munis, mehribon,
Hamsuhbatim, soʻzlari dono.
Har qadamda qoʻllagan togʻim,
Dard cheksam gar, izlagan shifo.

Ayol bu-singlim, mishfiqim, zorim,
Onam, opam mujassam goʻyo.
Mushtiparim, jannat iforim,
Hovlimizda kezgan xushhavo.

Ayol-yorim, umr yoʻldoshim,
Pariruxsor, yuzlari zebo.
Kechalarni yoritgan oyim,
Kulfatim-u baxtimga oshno.

Ayol-qizim, ganji bisotim.
Koʻzlarimda porlagan ziyo.
Jon rishtasi jonimga payvand,
Quchogʻimga olganim dunyo

Ayol-fido, ayol-shifo, ayol-zebo,
Kamalakrang uning-la fano.
Shukrki, ayol bor-baxt bor,
Yoʻqsa abgor boʻlardi dunyo.

Ogahiy ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Barno Yusupova


Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ustozlar_ijodidan
#nazm

Kuzak


Kurtak yozib gulladi, tugdi,
Ikki fasl boʻlib jonsarak.
Bolga toʻldi oxir savatlar,
Xush kelibsan, bogʻbonim-Kuzak

Poying yopgan olov poyandoz,
Garchi oftob qilmas jizgʻanak.
Barcha otash dildami pinhon,
Xush kelibsan, dildohim-Kuzak.

Qiyomdadir egilgan boshing,
Har lahza bir qulluq, ibodat.
Sen ham muslim erursan beshak.
Xush kelibsan dindoshim-Kuzak

Chalib soʻnggi chapaklarini,
Ohista qoʻnishar tuproqqa.
Koʻnglim goʻyo sargʻaygan yaproq.
Toʻkilmoqda, tengdoshim-Kuzak

Boshing uzra qargʻalar xandon,
Sokin xayol surasan loqayd.
Sabotingdan ulashgin picha,
Ba'zan tugar bardoshim, Kuzak.

Sen donishmand, sen-da faylasuf,
Senda oʻgit, sendadir ibrat.
Har bargingda pand-u nasihat.
Xush kelibsan, sirdoshim-Kuzak!

: Barno Yusupova,
Ogahiy ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi


https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Audio
#ustozlar_ijodidan
#audio_sheʻrlar

Bir yoqlar esa
xuddi o'sha ayolday
sog'inchga aylangandir...


Usmon Azim
🎙Jahongir
Baxtiyorov
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9- "B" sinf o'quvchisi


Ogahiy nomidagi ijod maktabi kanaliga ulanish uchun shu yerga bosing
👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#USTOZLAR_IJODIDAN

AYOL

"Ayol bu-poklikdan yaralgan maʼvo..."

Ayol bu-onam, mehri jahonim.
Kecha-kunduz qilgani duo.
Kechiksam, koʻzlari giryonim,
Bir jonimga, ming joni fido.

Ayol bu-opam, munis, mehribon,
Hamsuhbatim, soʻzlari dono.
Har qadamda qoʻllagan togʻim,
Dard cheksam gar, izlagan shifo.

Ayol bu-singlim, mishfiqim, zorim,
Onam, opam mujassam goʻyo.
Mushtiparim, jannat iforim,
Hovlimizda kezgan xushhavo.

Ayol-yordir, umr yoʻldoshi,
Pariruxsor, yuzlari zebo.
Kechalarni yoritgan oyi,
Kulfating-u baxtingga oshno.

Ayol-qizim, ganji bisotim.
Koʻzlarimda porlagan ziyo.
Jon rishtasi jonimga payvand,
Quchogʻimga olganim dunyo.

Ayol bu-nabiram, bayotim,
Qosh-u koʻzim chizilgan siymo.
Avlodim-davomi hayotim,
Tilaganim-neʼmati samo.

Ayol-fido, ayol-shifo, ayol-zebo,
Kamalakrang uning-la fano.
Shukrlarki, ayol bor-baxt bor,
Yoʻqsa abgor boʻlarding dunyo.


Ogahiy ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Barno Yusupova
#Bayramga
#Ustozlar_ijodidan

VATANIMIZ POSBONLARI


Alpomishning quvvati bor bilagida,
Jaloladdin shijoati yuragida,
Chaqaloqlar tinch uxlaydi yo'rgagida,
Osoyishta qaldirg'ochli ayvonlari,
Qilar xizmat, Vatanimiz posbonlari!

Yurt tinch esa shodon bo'lar kelinchagi,
El tinch ekan tebranadi belanchagi,
Sizlar xalqning chin g'amxo'ri, kuyinchagi,
Xavf-xatardan asraguvchi qalqonlari,
Chekib zahmat, Vatanimiz posbonlari!

To'ylarida kuylab baxshi dostonlari,
Siz sababli yangrar omon-omonlari,
Siz borsiz el tinch, musaffo osmonlari,
Yurtimizning eng fidoyi insonlari,
Deymiz: "Rahmat, Vatanimiz posbonlari!"

Qoyil qolib, ba'zan so'zi sehringizdan,
Oftob isi kelar qaynoq mehringizdan,
Yov chekingay, shijoat-u qahringizdan,
Sinaladi jangda mardi-maydonlari,
Qilsa shiddat, Vatanimiz posbonlari!

Goh yurasiz dala-dashtda, yaylovlarda,
O'tkazasiz kuningizni sinovlarda,
Safda turib, bo'ling deymiz siylovlarda,
Ko'ksingizni bezab ko'krak nishonlari,
Sizga hurmat, Vatanimiz posbonlari!

Burchingizni ado etib, yuzi yorug',-
Bo'ling deymiz,- martabangiz doim ulug',
Sharafli bu bayramingiz bo'lsin qutlug',-
Er yigitlar yo'lin tutgan jononlari,
Sizda iffat, Vatanimiz posbonlari!

Orzu qilgan edi Fitrat, Cho'lponlari,
Bo'lishdi lek qatag'onning qurbonlari,
Bugun ro'yob Qodiriyning armonlari,
Dastur amal Yurtboshimiz farmonlari,
Qiling g'ayrat, Vatanimiz posbonlari!


: SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
#Bayramga
#Ustozlar_ijodidan

VATANIMIZ POSBONLARI


Alpomishning quvvati bor bilagida,
Jaloladdin shijoati yuragida,
Chaqaloqlar tinch uxlaydi yo'rgagida,
Osoyishta qaldirg'ochli ayvonlari,
Qilar xizmat, Vatanimiz posbonlari!

Yurt tinch esa shodon bo'lar kelinchagi,
El tinch ekan tebranadi belanchagi,
Sizlar xalqning chin g'amxo'ri, kuyinchagi,
Xavf-xatardan asraguvchi qalqonlari,
Chekib zahmat, Vatanimiz posbonlari!

To'ylarida kuylab baxshi dostonlari,
Siz sababli yangrar omon-omonlari,
Siz borsiz el tinch, musaffo osmonlari,
Yurtimizning eng fidoyi insonlari,
Deymiz: "Rahmat, Vatanimiz posbonlari!"

Qoyil qolib, ba'zan so'zi sehringizdan,
Oftob isi kelar qaynoq mehringizdan,
Yov chekingay, shijoat-u qahringizdan,
Sinaladi jangda mardi-maydonlari,
Qilsa shiddat, Vatanimiz posbonlari!

Goh yurasiz dala-dashtda, yaylovlarda,
O'tkazasiz kuningizni sinovlarda,
Safda turib, bo'ling deymiz siylovlarda,
Ko'ksingizni bezab ko'krak nishonlari,
Sizga hurmat, Vatanimiz posbonlari!

Burchingizni ado etib, yuzi yorug',-
Bo'ling deymiz,- martabangiz doim ulug',
Sharafli bu bayramingiz bo'lsin qutlug',-
Er yigitlar yo'lin tutgan jononlari,
Sizda iffat, Vatanimiz posbonlari!

Orzu qilgan edi Fitrat, Cho'lponlari,
Bo'lishdi lek qatag'onning qurbonlari,
Bugun ro'yob Qodiriyning armonlari,
Dastur amal Yurtboshimiz farmonlari,
Qiling g'ayrat, Vatanimiz posbonlari!


: SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#USTOZLAR_IJODIDAN

AYOL

"Ayol bu-poklikdan yaralgan maʼvo,
Taqdirida tinchlik muqaddas savdo
Tiriklik suv ichgan sut ichgan daryo,
Bir qoʻlida beshik, birida dunyo".

Ayol bu-onam, mehri jahonim.
Kecha-kunduz qilgani duo.
Kechiksam, koʻzlari giryonim,
Bir jonimga, ming joni fido.

Ayol bu-opam, munis, mehribon,
Hamsuhbatim, soʻzlari dono.
Har qadamda qoʻllagan togʻim,
Dard cheksam gar, izlagan shifo.

Ayol bu-singlim, mishfiqim, zorim,
Onam, opam mujassam goʻyo.
Mushtiparim, jannat iforim,
Hovlimizda kezgan xushhavo.

Ayol-yorim, umr yoʻldoshim,
Pariruxsor, yuzlari zebo.
Kechalarni yoritgan oyim,
Kulfatim-u baxtimga oshno.

Ayol-qizim, ganji bisotim.
Koʻzlarimda porlagan ziyo.
Jon rishtasi jonimga payvand,
Quchogʻimga olganim dunyo

Ayol-fido, ayol-shifo, ayol-zebo,
Kamalakrang uning-la fano.
Shukrki, ayol bor-baxt bor,
Yoʻqsa abgor boʻlardi dunyo.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Barno Yusupova

🌈 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#USTOZLAR_IJODIDAN

AYOLNI ARDOQLANG!

Ayolni ardoqlang, ayol serg'ayrat,
Ro'zg'orin o'ylaydi, tinmay yumushda.
Bir qo'llab qayinga qiladi xizmat,
Bir qo'lda go'dagin tutar og'ushda.

Ayolni ardoqlang, ayol mehribon,
Chunki u - ham ona, ham suyukli yor.
Qo'lidan kelgancha, topgancha imkon,
Farzandga borini qiladi bisyor.

Ayolni ardoqlang, ayol do'st, sirdosh,
Siringiz sotmaydi, yurakda saqlar.
G'animlar nogahon otganida tosh,
Birga g'am chekadi, ishonchni oqlar.

Ayolni ardoqlang, ayol kin, keksiz,
Arazlamas aslo, gunohdan kechar.
Ayolsiz erkaklar oysiz tundeksiz,
Chunki ayol mehr nurini sochar.

Ayolni ardoqlang, ayol sabrli,
Hatto keragidan ortiqroq kutar.
Qo'y hurmatin joyga, bilgil qadrli,
Ayolning joni ming, ming birga yetar.

Ayolni ardoqlang, ayol nozik qalb,
Ko'ngliga tegmangiz, ranjitmang uni.
Ayollar bo'ladi didi nozikta'b,
Bir eslab qo'ysak bas, bayrami kuni.


Saida Safo - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi, shoira

🌈 Bizning sahifalarimiz

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ustozlar_ijodidan

USTOZ BO'LMASA...
Zabt etdi-yu ilm-u urfon marrasin,
Tarhin tuzdi Beruniy yer kurrasin,
Aljabrdan saboq olmay odamzod,
Kashf etarmi fanning ming bir qirrasin,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Ustoz yurar mudom saboq ko'yida,
Oilada ham o'quvchisi o'yida,
Farg'oniyning nomi nechun dovruqli,
Yo'qsa haykal qayda Nilning bo'yida,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Iymon bo'lmas edi, vijdon bo'lmasdi,
Vatan deya qalbda tug'yon bo'lmasdi,
Yurtni g'animlardan himoya etgan
O'g'lon Jaloliddin - Sulton bo'lmasdi,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Yarqirab hukmdor toji boshida,
Fath etib jahonni surdi nashida,
Niyati pirining poyida yotmoq,
Temur bosh egarmi inson qoshida,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Nurli kelajakni, ezgu amalni,
Ko'ragoniy nomli mashhur jadvalni,
Tuza olarmidik robot odamlar,
Temirga qunt bilan berib sayqalni,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

Men ham muallimman, etaman g'urur,
Ustozim Navoiy, Ogahiy, Bobur,
Qodiriy, Cho'lponga yo'l ko'rsatgan kim?
"Xamsa", "O'tkan kunlar" bo'lmasdi mashhur,
Agar bu dunyoda ustoz bo'lmasa.

SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, shoira


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌