Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#2_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi‌‌



Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#2_kun

Muhlisa Boynazarova:

Yaxshiyam tun borki, bo'lmoq-chun yolg'iz,
Oy birla suhbatlar qurmog'ing uchun.
Go'yoki, dardlarim tinglab hilol ham
G'amlardan dili-yu yuzi dog' bu kun


Jahongir Sherzod o'g'li:

Yaxshiyam kunduz bor kulmoqlik uchun,
Savob qilmoq uchun, qoqilmoq uchun.
Quyosh zarda bilan sochar nurin lek
Barisi oy qadrin bildirmoq uchun.

: Baxtiyorov Jahongir
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#2_kun

Sabr
(Hayotiy hikoya)


Bahor quyoshini ko'rgan odamning yuziga beixtiyor tabassum yuguradi. Majnuntollar kelinchakdek asta ta'zim qilgancha yo'lda ketayotgan odamlarga, quyoshga, tabiatga salomini ayamay bermoqda.
Yo'lda ketarkan, Nasibaning ko'ziga ham majnuntol kelinchakdek ko'rindi. Xayollari uni har tomonga tortib ketdi. Shu zaylda uyiga qanday yetib kelganini anglolmay qoldi. Eshikdan kirgan zahoti onasi uni qarshiladi. On asi qiziga nimanidir aytishga shaylanar, tinmasdan u yoqdan bu yoqqa tipirchilardi. Oxiri gap boshladi:
- Bugun xolavachchang Azizdan sovchi keldi. O'zimiz taniydigan bola, nima bo'lsa ham, fe'l-atvorini tushunganmiz. Shunga biz rozilik berdik. To'y kunini ham belgilab qo'ydik.
Bu so'zlarni eshitgan Nasiba garangsib qoldi. Onasiga bir so'z ham aytolmadi. Aytolmaydi ham. Aytsa, onasining fikriga qarshi borgan bo'ladi. Aytmasa, hali yosh, uning ham orzulari bor. Ular nima bo'ladi?
- Qizim, o'ylab javobingni aytarsan, - deya onasi ko'chaga chiqib ketdi.
Nasiba ko'p o'yladi. O'ylab-o'ylab, o'yiga yetolmay qoldi. Va oxiri, ota-onam menga yomon odamni ravo ko'rishmaydi, degan fikr bilan onasiga roziligini bildirdi.
Vaqt uchar qush misol o'tib ketdi. Nasiba va Azizning to'yi ham o'tdi. Hattoki ularning ikki farzandi ham bo'ldi. Biri o'g'il, biri qiz. O'g'li, Rahmon, oqil yigit bo'lib o'sa boshladi. Qizi Dilobar ham oqila bo'ldi, lekin Xudo uni nuqsonli qilib yaratgandi. U hissiyotlarini boshqalarga bildirish qobiliyati - gapirish qobiliyatidan mahrum edi... Ammo farzandlari o'sib yurgan vaqtlarida ota-onasi orasida qandaydir qora mushuk o'tdi. Aziz kun sayin ichkilikka mukkasidan ketar, har kun Nasibani uyga kelgandan so'ng jerkib berar, unga qo'l ko'taradigan bo'lib qoldi.
Bir kuni juda qattiq urishishdi. Aziz tinmasdan qichqirar, Nasiba ham nima aybi borligini anglolmasdan yig'lardi. O'sha kuni Dilobar, hali endi 5 yoshga to'lgan kichkina qizcha, ota-onasining bu urushiga guvoh bo'lib qoldi. Nasiba va Aziz farzandlari bor-yo'qligiga ham e'tibor berishmasdan janjallashishda davom etishardi. Dilobar ota-onasining bu urushini ko'rib, men tufayli janjallashishyapti, degan xayol bilan yig'lab yubordi. Qizcha unsiz yig'lardi. U qo'rqib qoldi. Shu yoshda bo'lishiga qaramay, yuragida og'riqni his qila boshladi.
Kunlar shu zaylda o'tardi. Ammo bir kuni... Bir kuni qora bulutlar keldi bu oilaning boshiga... Aziz va Nasiba endi birga yashashmasdi. Ular ajrashishdi. Buni ularning yoshligi deb qabul qilish kerakmi, hech kim bilmasdi. Ular achinishmadi. O'sha ikki yoshgina farzandga achinishmadi. Aziz farzandlarining holidan ham xabar olmay qo'ydi. Rahmon maktabga o'qiyotgan paytda asta-sekinlik bilan ko'nikdi bunday hayotga. Ammo... Ammo Dilobar otasining ketib qolishida o'zini ayblardi. Shu kundan beri u tinmasdan yig'lardi. Dilobar u gapirolmasligi tufayli shunday janjallar chiqdi, otasi shuning uchun ularni tashlab ketdi deya o'ylardi. Hammasida o'zini ayblardi.
Vaqt doimgidek shoshilib o'tib ketmoqda edi. Rahmon maktabni tugallab, ishlay boshladi. Nasiba yoshligida tikuvchilik hunarini qunt bilan o'rgangandi. Ham ustozlik qilib, ham tikuvchilik qilib bolalarni katta qildi. Dilobar esa maxsus maktabning bitiruvchisi edi bu yil. Onasi unga ham tikuvchilikni o'rgatdi. Nasiba qizi katta hayotga qadam qo'yganda qiynalmasligini xohlardi. "Men ko'rgan qiyinchiliklarni ko'rmasin", - derdi u.
Dilobar maktabni tugatgandan bir-necha oy o'tib, Nasibalarnikiga sovchilar kela boshladi. Rahmon ham singlisini uzatgandan so'nggina katta hayotga qadam qo'yishni, singlisining baxtli bo'lishini xohlardi.
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#3_kun

**
                  I
Bir ajib teatr, yorug' teatr
Tomoshasiz sahna, sokin zal.
Bir ajib teatr, yorug' teatr
Sahnadan tushishgan bari aktyorlar.

Shunday teatrki, bo'm-bo'sh sahnasi,
Zo'r qiziqish bilan qarar boshqalar:
"Tomosha avjida, bizga farqi yo'q".
(Lom-limman... Dod bilan)
-Axir teatrni odam boshqarar!


: Baxtiyorov Jahongir
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi‌‌


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#3_kun

Siniq xotira
(Sevimli opamga bagʻishlanadi)

Moviy osmondagi qushlar parvozi xayollarni olislarga eltadi. Vaqt ham qushlar misoli uchib ketmoqda. Oʻynoqi shamol antiqa bir iliqlik bilan rayhonning mayin hidini ochiq derazadan ichkariga olib kirdi. Gulsumning koʻngli rayhon isidan entikib ketdi. Axir, rayhon – uning eng sevimli guli.
Gulsum necha yildan beri bolalarga ovqat tayyorlaydi. Bolalarning soddaligi, begʻuborligi uni shu yerda ishlashga undagandi. Kun boʻyi ular uchun taom tayyorlash Gulsumning eng sevimli mashgʻulotiga aylanib ulgurgan.
Gulsum ishiga berilib ketibdi, shekilli, qandaydir bolaning chaqirayotganini sezmay qoldi. Kiyimlari har yerdan yamalgan, sochlari biroz toʻzgʻigan, yuzlari oqarib ketgan bolakay qizni yana chaqirdi. Gulsum uning oldiga bordi. Bolakay oshxonadagi yeguliklarga bir-bir qarab chiqardi. U bruni nomli shirinlikka qarab qoldi.
– Yarimta bruni necha soʻm?
Gulsum uning gapiga unchalik tushunmadi.
– Yarimta bruni bera olasizmi?
Bolakay nima xohlayotganini qizga tushuntirilmasdi. Gulsum unga hayrat nazari bilan tikilib qolgandi.
Bolakay qoʻlidagi ikki ming soʻmga koʻzi tushdi-yu, Gulsumga sezdirmasdan "uh" tortib, chiqib ketdi.
Qiz bolakay ketgach, biroz oʻziga kelganday boʻldi. Uni gʻalati hissiyot chulgʻab olgandi. Ichidan bir ovoz: "Senga bu bolakay nimadirni eslatmayaptimi?" derdi...
...Bir kuni kichkina qizcha qoʻlidagi uch soʻm bilan shirinliklar sotilayotgan doʻkonga kirdi. Doʻkonda shirinliklar juda koʻp edi. Qizaloq hammasini koʻzdan kechirib, narxini koʻrdi. Afsuski, undagi uch soʻm ularning hech biriga yetmasdi. Qizchaning koʻzida hech kim ilgʻamaydigan koʻz yosh paydo boʻldi. U doʻkondagi narsalarga tikilib qolgandi...
...Gulsum bu xotirani eslab, yuragi boʻm-boʻsh boʻlib qoldi. U bolakayga yordam berolmasdi. Bu kichkina odam unga bolaligini eslatuvchi oyna boʻlgandi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf oʻquvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun

Bahorga
("Kuzga maktub" hikoyaga javoban...)


So'zimni nimadan boshlashni bilmayman. Men ko'p kutdim, sening maktubingni... O'zim ham ko'p bora harakat qildim senga xat yozishga. Lekin... lekin tiklanmaydigan munosabatlarni eslab yana yuragingni pora qilib qo'yishdan qo'rqdim. Axir, senga faqat tabassum yarashadi.
Ishonasanmi, yo'qmi, men ham sen bilan birga bo'lishni juda-juda xohlagandim. Men majbur bo'ldim. Tabiatning bunda aybi yo'q. To'g'ri, u qarshi edi, ammo men o'zim rozi bo'ldim... Ha, bu so'zlarim senga og'ir botishi mumkin. Buni o'z xohishim bilan qilganim yo'q. Aslo unday deb o'ylama!
Agar sen va men, yoz va qish birga bo'lsak, butun tabiat muvozanatsiz qolardi. Chunki qish va yoz birga bo'lsa, ular bir-birini juda qattiq jarohatlashi mumkin edi. Ular bir-birini yo'q qilib yuborardi. Hammasiga men aybdorman. Kechira olsang, kechir.
Men shunchaki ikki faslning taqdiri uchun shunday qildim. Undan tashqari, odamlar ham yer yuzida qolmagan bo'larmidi. Ikki taqdirning baxti evaziga butun dunyoni badbaxt qilmoqlik ne kerak?
Balki, meni yomon dersan bu so'zlarimni eshitib. Mayli, sen nima desang shu. Axir, senga yo'q deya olarmidim.
Bu ayriliq menga ta'sir qilmadi, deysanmi? Ayriliq, ayriliq... Bu shunday og'riqliki... BU xuddi odamlarning tish og'rig'idek gap, ammo bunda tish og'rimaydi.
Ba'zan o'ylab qolaman: men senga loyiqmanmi? Shuncha ko'z yoshlaringga sababchi bol'ldim-ku.
Eh Bahorim, sen aslo xafa bo'lma. Biz hech qachon ko'risholmasak-da, qalban birgamiz.
Senga azob chekish yarashmaydi. Odamlar seni muhabbat fasli deya e'tirof etishadi. Men baxtsiz bo'lgandirman, lekin o'sha odamlarning ham taqdiri menikiday bo'lmasligi uchun sen tabassum ila yashashing kerak. Hechqisi yo'q, bora-bora mensizlikka ko'nkib ketasan... (Va men xayolingni butkul tark etaman...)
Senga o'xshab men ham umid qilishdan to'xtamayman. Butun umr bo'lsa, butun umr...
Yer yuzini tark etsang ham sen mening qalbimda mangu yashaysan!
Baxtsiz bo'lishingga sabab bo'lgan KUZ...

:Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Rassomchilik
#4_kun

🌠: Amatova Muxlisa,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi‌‌

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#5_kun

Uzrnoma
(Sevimli dugonam Shaxnoza Saidovaga bag'ishlanadi...)


Men bir qizni izlayapman.
U qiz shundayki, do'stlari bilan doim birga bo'lishni xohlaydi.
U shundayki, kitob o'qishni yoqtiradi.
U shundayki, rus tilini chin dildan o'rganadi.
U shundayki, tez do'stlaridan xafa bo'ladi...
chunki do'stlari ko'pincha uning ko'nglini tez sindirishadi...
U shundayki, hech qachon o'zini aybdor his etmaydi.
(Chunki u rostdan ham aybdor emas.)
U shundayki, arzimagan sabab tufayli yig'laydi.
U shundayki, yaqinlari azoblanayotganda jim qarab turolmaydi...
U shundayki, meni bir kun emas, albatta, bir kun kanalidan ham, hayotidan ham o'chirib tashlaydi...
Chunki o'sha qiz mendan qattiq xafa
balki, umuman kechirolmas...
O'sha qiz menga doim: "Men haqimda ham hikoya yozsang-chi" deb aytardi.
Men-ku bunday hikoyani yozarman, lekin... u buni qabul qilarmikan?..
U meni kechirarmikan?..
ha, bu so'zlarim sizga, boshqalarga g'alati tuyilar.
Ammo men endi chin do'stimni topganda uni yo'qotishni xohlamayman...
Negaki, bu dunyoda haqiqiy do'stlik juda kam.
Va bu achinarli holat...
O'sha qiz tufayli men chiroyli tabassum qilishni, hayotda ba'zan ahmoqgarchiliklar qilishni, do'st topishni, insonlarning asl yuzlarini ko'rishni va o'zim uchun yashash kerakligini o'rgandim.
Va bu uchun undan minnatdorman.
Men o'zimni oqlamayman.
Oqlay olmayman.
Uning bir odati bor: kimdirdan xafa bo'lsa, o'sha inson bilan iloji boricha aloqa qilmaydi.
Va bu hamma uchun bir xil kechadi.
Lekin men bunday "jazo" ga o'rganolmayman.
U bilan juda ko'p jinniliklar qilganmiz. Meni sinfda quvlagani esidamikin?.. Men xafa yursam, majburlab kuldirishlari-chi?.. U bilan gaplashgan suhbatlarimiz esidamikin?.. Maktabdagi ilk kunimiz-chi?..

Ha, eslasak, arzirli voqealar bo'ldi o'sha 1 yil ichida...

Men hech kimga bunchalik ko'p ta'rif bermaganman, berolmaganman. Chunki hech kim men bilan unikiday munosabatda bo'lmagan, bo'lolmaydi ham...

Bilaman, ahmoqman. Endi shuni to'g'irlamoqchiman.

Menga shu qiz kerak. Topib bera olasanmi?..

Seni izlab yurgan bir ahmoq qiz...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#6_kun

Teskari haqiqat

Odamlar kabi tabassum qilayotgan daraxt o'z kulgusi tufayli gullar bilan bezalgan bir pallada musavvir zavq bilan uning rasmini chizardi. Bu shunday rasm ediki, go'yo musavvir butun dunyo baxtini kichkina qog'ozga sig'dira olgandi. Mo'yqalam rassom qo'lida betakror raqs tushayotgandek o'ynardi. Uning go'zal "raqsidan" ta'sirlanganlar mo'yqalamdan so'rashdi:
– Nega bunchalik xursandsan?
– Odamlarning baxtli onlarida yonida bo'lsang edi, sen ham juda baxtli va xursand bo'larding.
Xuddi o'sha joyda yana bir odam nimalardandir bezovta, juda g'alati holda ko'rinardi. Uning qo'lida qog'oz va qalam. Qog'oz jimgina tinglar, qalam esa ko'ngli yumshab ketgan insondek yum-yum yig'lardi.
– Ey qalam, nega yig'layapsan?
Qalam ho'rsingancha javob berdi:
– Odamlarning dardlarini tinglaganingda edi, sen ham mendek ko'z yosh to'kkan bo'larding...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#7_kun

Baxtsiz yoxud eng baxtli odam

Tongni tundan farqlab boʻlmaydi. Dafn marosimiga yigʻilganlarning egnidagi motam kiyimi tabiatni qora rangga boʻyadi. Rafiqasining oʻlimi Mardonni juda qattiq iztirobga solib qoʻydi. Uyda odamlarning hamdardlik tovushi quloqqa chalinadi.
Quyosh bugun yuzini ham koʻrsatmadi, aybdor insondek bulutlar orqasiga berkinib olgan: xuddiki u Nozimaning oʻlimiga sababchidek. Asta-sekin ta'ziyaga kelgan odamlar tarqaldi. Mardon vaqtni ham bilmay, huvillab qolgan uyida yolgʻiz oʻzi qoldi. Kirayotib fortepianoga koʻzi tushdi. Buni koʻrib koʻnglidagi xafagarchilik yana ham ortdi. Axir Nozima bu fortepianoda uning qalbiga orom bagʻishlovchi kuylarni chalgandi...
Mardon uxlamoqchi boʻlib, karavotga choʻzildi. Qanchalik harakat qilmasin, baribir uxlay olmadi.
Oy deraza ortidan koʻrinish berdi. Vaqt ham yarim tunni keltirdi. Mardonning koʻz oldidan butun hayoti oʻtayotgan bir paytda "Mardon aka" degan Nozimaning ovozi qulogʻi ostida jaranglagandek boʻldi.
- Mardon aka...
Qop-qora sochlar, tundan-da qora koʻzlar gavdalandi. Va oppoq libosda oʻzidan nur taratgancha Nozima Mardonga tikilib turardi. Mardon hali oʻgirilib qaramadi. U xayolidan shunday ovoz oʻtayotganiga oʻzini ishontirardi.
Nozima oʻsha fortepiano oldiga bordi. Nozik qoʻllarning takrorlanmas harakati ila oy shuʼlasiga hamohang bir kuy yangradi. Mardon ortiga qaradi. Katta koʻzlar hayratdan yana ham kattalashgandek boʻldi. Qiz tinmasdan kuy chalar, yigit esa bu kuy ogʻushida soʻnmas xotiralarga gʻarq boʻlgandi. Yigitning quvonchi cheksiz edi.
Qiz toʻxtab qoldi. U Mardonga tikilib turdi-da, derazaga qaradi: tong otayotgandi. Nozima ortiq bu yerda qololmasdi.
- Ketma...
Mardonning ovozi zoʻrgʻa chiqardi.
Nozima unga goʻzal tabassumni hadya etgancha koʻzdan gʻoyib boʻldi...

: Komila Bahodirova,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|