#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#5_kun
#Rassomchilik
🌠: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

#Nasr
UMID
Zuhra Mahbubani ozgina bo'lsa ham chalgʻitish uchun "bu yerlarni tozalash, obod qilish har kimning ham qo'lidan kelmaydi" degan edi. "Agarda men yura olganimda edi" qilardim deb battar xoʻrsindi...
Batafsil
👇👇👇👇👇
https://telegra.ph/UMID-01-14
Botirova Go‘zal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi

Telegraph
UMID
Doktor qoʻlida bir- qancha qog'ozlar bilan eshikdan chiqdi-yu -Siz Halimovaning opasimisiz - dedi qogʻozlardan koʻzini uzmay. Bir soatdan beri xavotir olib, u yoq bu yoqqa yurib tinchimayotgan yigirma yoshlardan oshgan, oppoqqina Zuhra -ha menman, nima bo'ldi?…
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#6_kun
#Nasr
Ilinj
(hikoya)
Qahraton qish. Havo ancha sovuq, keng dalalarga tushgan oppoq qirovlar bugun Faridaning boshiga tushganday bo'ladi. Mashina ichida dalalarni kuzatib kelar ekan har zamonda dadasi Ahmad akaga ko'z tashlab qo'yardi. Kasalxonadan uyiga yetay deb ham qoldiki, lekin Ahmad aka qiziga biron bir soʻz demadi. Farida dadasiga gapirmasa-da, uning tushkun va gʻamgin holatini sezib yurardi. Shu tarzda Faridaga yo'l uzoq tuyuldimi yo yaqinmi sezmay qoldi. Ahmad aka Faridani mashinadan ko'tarib uyga olib kirdi. Yarim tun, Farida birdan uygʻonib ketdi. Sezdiki, narigi xonadan onasining yig'lagan ovoziga uygʻonibdi. "Qizim endi o'ladimi, men bunga qanday chidayman? Qizim gulday hayoti endi qanday kechadi" degan gaplarni eshitdi. Endigina 18 yoshni qarshilagan Faridaga bu gaplar hayotini batamom to'xtatib qo'yganday tuyildi. Endi u uchun boshlangan umidsiz kunlar o'taverardi. Bora-bora uning qoʻllari ham ishlamay qoldi. Toʻshakga mixlanib qolgan Farida ana bir yildirki, ko'chaga ham chiqmaydi, hech kim bilan gaplashmaydi. Faqatgina oxirgi paytlarda, hovlisi orqasida urushda qatnashib kelganlar bir bo'lib tinchligimiz nishonasi deb barpo qilishgan kattagina bogʻga chiqib xazon barglarni o'zining hayotiga o'xshatardi. Bog'ni yaratgan insonlarning koʻpchiligi mayib-majruh bo'lishiga qaramay, hech biri mehnat qilishdan toʻxtashmaydi.
Shu tariqa kunlar o'tar, har bir kun Farida uchun zulmat edi. Derazadan o'qishga ketayotgan dugonalarini kuzatib shunaqangi qayg'uga botdiki, hatto yashagisi ham kelmay qoldi. Nima qilarini bilmay yana bogʻ tomon ketdi. Bahor kirib kelishi bilan yam-yashil daraxtlar, shunaqangi chiroyli gullagan ediki, Farida bu manzarani ko'rib kechasi negadir toʻyib-toʻyib yig'ladi. Keyin sekin yonidagi kundaligini oldida boshidan kechirganlarini, bog'ni tasvirlab yozdi. Endi Farida hech narsani oʻylamay, faqatgina rangsiz o'tgan kunlarini qogʻozga tushirardi. Uning bu yozganlaridan shunday chiroyli bir asar yaraldiki, go'yo bu dunyoni tark etayotgan insonning yashash qanchalik go'zal ekanligini tasvirlagandek.
Bir kuni uning uyiga Farida o'qiydigan institutdagi talabalar va dugonalari kelishdi. Ular Faridaning bunday ahvolga tushib qolganiga achinishib, uning necha haftadan beri tozalanmay, chang bosib ketgan xonasini yig'ishtirishga yordam berganday bo`lishib, ketishdi. Oradan bir oycha vaqt o'tib uning uyini jurnalistlar bosib ketdi va Faridani so'zga tuta boshlashdi.
-Aytingchi, siz "Ilinj" nomli kitobingizni qanday yozgansiz?
- Siz buni qayerdan bilasiz? - dedi Farida qoʻllari ishlamasligidan noqulay ahvolga tushib.
- Voy, bu nima deganingiz, xabaringiz yoʻqmi? Sizning kitobingizni institut talabalari nashr qildirish uchun berishibdi. Hozir sizning kitobingizni oʻqimagan inson qolmadi. Hatto tarjimonlarimiz ham kitobni tarjima qilish taraddudiga tushib qolishgan. Siz buni aslida kimga bagʻishlab yozgansiz?
- Oʻzimga va yana oʻzimga - dedi Farida va jurnalistning qoʻlidagi kitobnga koʻzi tushdi. U kitobning muqovasiga " Farida Odilova", "Ilinj" deb katta harflar bilan yozilgandi.
Farida bu kitobni jurnalist qoʻlidan olishga intilib, uni OʻZ QOʻLLARI BILAN olganini oʻzi ham bilmay qoldi.
Bu moʻjiza edi....
✍Botirova Go‘zal,

#7_kun
#Nasr
Parchalangan yurak
(hikoya)
Yaxshisi, bolani ham ikkiga bo'ling, bir nimtasi otaga bir nimtasi onaga....
O'tir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi bitiklar " asaridan...
Endigina beshinchi sinfga qadam tashlagan Solihaning ota-onasi nima bo'ldiki, soʻnggi paytlarda hecham kelisholmay qoldi. Oilasida avvalgidek quvnoqlik, hazillar, Solihani erkalashlar yoʻq edi. Yoshgina qizchaning shular tufayli qalbi yarim boʻlib qolgan, sal tegsangiz parcha - parcha boʻlib ketardi.
Faqatgina uyda televizor ovozi, onda sondagina gapirishlar boʻlardi. Dam olish kunlarni onasi uy ishlari bilan, dadasi esa ko'chada kunini oʻtkazardi. Bu kunlar Solihaning hayotini ham rangsizlantirib qoʻydi. U oʻzini yolgʻiz his qila boshladi. Mana ta'til kunlari ham boshlandi, o'zining do'stlari bilan ovunib yurgan Soliha endi uyga yolg'iz o'zi qolar, kech kirib ota-onasini ochiq chehra bilan kirib kelishini kutardi.
Mana eshik ham ochilib dadasi kirib keldi:
- Dadajon - dadasi oldiga yugurib chiqdi
-Qizim - deb bir bag'riga bosdi-da qo'liga bitta konfet berib xonasiga kirib ketdi.
Biroz oʻtgach onasi kirib keldi. Onasi ham bir quchib qo'ydi-da, ovqatga urinib ketdi. Bir ozdan so'ng oshxonada yana baqir-chaqirlar boshlandi, qo'rqib ketgan qizcha xonasiga kirib, yostiqqa yuzini bosgancha yum- yum yig'ladi.
Oradan ikki kun oʻtgach dadasidan "men bilan qolasanmi yo oying bilan ketasanmi? degan yuragiga gʻulgʻula soluvchi gapni eshitdi. Soliha bu gaplarni eshitdi-yu dadasining yonidan uzoqlashib onasiga qaradi.
Ikki oʻtda qolgan Soliha uchun bu tanlov yarim boʻlgan qalbinigina emas, tanasini ham ikkiga boʻlib yuborganday edi. Ota-onasi kelisholmay qolgan kundan boshlab oʻzini yolg'iz his qilgan Soliha nima deyishini bilmay, turgan joyida turaverdi. Endigina katta hayotga boshqacha nazar bilan qadam tashlashlayotgan qizning barcha orzulari sindi.
- Hech kim bilan qolmayman - deb baqirib, o'zini ko'chaga otdi. Orqasidan toʻxta qizim degan gapga eʼtibor ham bermadi. Izgʻirinli sovuq, yaqinda qor yogʻgan va sovuq boʻlgani uchunmi, yoki oldin yomgʻir yogʻib keyin qorga aylangani uchunmi yoʻllar juda sirpanchiq edi. Shunday havoda yalangoyoq yigʻlab borayotgan qizchaning xayolidan ota-onasi bilan baxtli o'tgan kunlari bir-bir o'tardi. Shu paytda Soliha zarb bilan bir narsaga urildi va birdan sirpanib ketdi va orqasidan dadasi bilan onasining yugurib kelayotganligini koʻrgancha koʻzi yumildi.
Shu tariqa 3 kun deganda kasalxonada koʻzi ochildi. Koʻzini ochganda esa bir tomonda dadasi, bir tomonida onasi turardi.

👉 |YouTube| |Instagram

#Ishtirokchi
Nigina Rustamboyeva - 2009-yil 18-noyabr kuni Xorazm viloyati Bog'ot tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A"sinf o'quvchisi.
- 2021-yilda "Olam aro buyugim" nomli ilk kitobi nashrdan chiqqan.
- 2023-yilda "Kabutarlar parvozi" nomli ikkinchi kitobi chop etilgan.
- Shu paytgacha "G'unchalar", "Qaldirg'ochlar qo'shig'i" to'plamlarida o'z she'rlari nashr qilingan.
- 2023-yil "Ezgu so'z" adabiy-badiiy gazetasida she'ri chop qilingan.
- 2023-yil "Vatan taraqqiyotiga mening hissan" tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchisi.
- 2023- yil Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichida "Nazm" yo'nalishida 1-o'rinni egallagan.

#1_kun
#Nazm
Koʻngil borki...
Koʻngil borki, oʻzga koʻngil qoyalari tegib ketmas,
Ushlay olmas bir shoirning bilaklaridan.
Oʻlaksalar balandparvoz gap-soʻzlardan boʻlganda mast,
Hayo qilar oq bulutning yuraklaridan.
Koʻngil borki, zaxarhanda iltifotdan,
Oʻzin tiyib osmonlarga uchib ketgan.
Qadrin bilmas ikki kunlik bu dunyoga,
"Hasratlaring dunyo qadar ulkan" degan.
Daryolarga soʻngi tomchi boʻlmoq shartmas,
Koʻngillarning piri boʻlmish insonlarga.
Inson oʻzi oʻyinqaroq, oshiq, sarmast,
Qah-qah urib kulayotgan osmonlarga.
Koʻngil borki, daydi hislar karvoniga,
Fano dunyo ogʻushida madad boʻlgan.
Koʻngil borki, horgʻinlarda sarboniga,
Ishq oʻtida lahja boʻlib yonib bergan.
Koʻngil borki, oʻzga koʻngil qoyalari tegib ketmas...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

Baxtiyorova Nargiza - 2009-yil 20-noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi.
-2021- yil MY5 telekanali tomonidan tashkillashtirilgan "Yosh jurnalistlar" maktabi 1-mavsum bitiruvchisi .
-2022-yil "Tuman hokimi sovg‘asi" sovrindori.
-2023-yil "Gulg‘unchalar", "Muvaffaqiyat darvozasida" jamoaviy to'plamlarida va chet tillariga she'rlari tarjima qilinib Rossiya, Amerika antalogiyalarida chop qilingan.
-2023-yil "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchisi
2023-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan "Kelajak yoshlar" onlayn forumi qatnashchisi.
2023-yil Ko‘plab xalqaro onlayn seminarlarda qatnashib, sertifikatlarni qo‘lga kititgan.

Kun kelar...
Ko‘zimning pardasi ochilar pinhon,
Quyosh soyasi ketar ko‘nglimdan.
Meni deb o‘ksinma, yig‘lama ishon,
Sen aytar "so‘z"ni kutaman kimdan?
Kun kelar..
Ko‘zlarimda suzgan qayiqchalarning,
Yelkanlarin shamol eltar olisga.
Shunda ahvolimni aytib bergaysan,
Bir sochi sunbulga, go‘zal bir qizga.
Kun kelar...
Osmonlar boshimga qo‘nar,
Bulutlar qalbimga aytadi alla.
Dunyo xotirlari qalbimni ezar,
Ammo tuyg‘ularim kuylar baralla.
Kun kelar...kun kelar...
✍ Baxtiyorova Nargiza,
Ogahiy ijod maktabi ning 8-"B" sinf o‘quvchisi

Kuziboyeva Shohruza - 2009-yil 5-noyabr kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchisi.
- 2022-yil "Linguist" chet tillari olimpiadasida qatnashib sertifikatni qoʻlga kiritgan.
- 2023-yil "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovida qatnashgan.

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#2_mavsum
#1_kun
#Rassomchilik
🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun

U uzoqda qolgan...
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Oʻziga soddalik, soxtalik boylab.
Oʻzimga talpidim, chaqirdim, ammo,
Kelmadi. Kutgandim men uni oylab.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Yurib oʻtolmadi yoʻlaklarimdan.
Hayqirib, toʻlgʻonib, yigʻlatib ketti,
Zarbalari oʻtdi yuraklarimdan.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Poyonsiz yoʻllarda boshlardi aldab.
Tengi yoʼq yolgʻonni qoʻlimga berdi,
Soʻzlarning ortidan, soʻzlarni qalab.
Uzoqda qoldirdim, juda uzoqda,
Oqizib yubordim kattakon selda.
Xanjarlarni urib oʻldirib keldim,
Bahorlari qaytmagan elda.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Qancha yiroqlashsam qalbimda hurlik.
Oldinda eng buyuk kelajak kutar,
Orqaga bir qarab qoyaman kulib.
U uzoqda qolgan, juda uzoqda...
✍ Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram