Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hikoya
QIMMATGA TUSHGAN XATO

Ustozlari Nargizaning kòzini qisibroq kòrishi va uncha yaxshi kòra olmasligini aytganlaridan sòng, Salima opa va Hasan aka rosa havotirlanishdi. Qarang-da, ota-onasini "bee'tibor" - deb sinf rahbari ham aytdi. Hasan aka boshini changallab, Nargizani kasalxonaga olib bordi. Kòz shifokori esa unga belgilarni kòrsatgan edi, eng kichigigacha aniq va ravon ayta oldi. Hasan aka hayron, lekin, qizining kòzi yaxshi kòrishini shifokordan eshitib xursand edi. Axir, dadasi ham yakka-yu yolģiz qizining kòzi kòra olmay qolishini istamaydi.
Shunday qilib, Nargiza shifokor kòrsatgan eng mayda belgilargacha tòģri aytgandi. Ammo qizini sinchikilab kuzatib yurgan ota uni kòrsatib kelganidan ikki-uch hafta òtib, Nargizaning kòzlari hira kòrayotganini sezdi.
-Qizim, kòzing yaxshi kòradimi òzi?-deya Hasan aka Nargizaga bezovta ohangda savol berib qoldi. U esa nimanidir bildirib qòygandek bir seskanib tushib televizòr pultini qòlga oldi-da , boshqa kanalga òtirdi.
-Ha, dadajon , bundan yaxshi bòlmaydi,- javob qildi Nargiza.
-Unda,-Hasan aka qòliga gugurt chòpini olib , - hozir kòzlaringni teshkirib kòramiz. Qarachi, gugurt chòpining yonuvchan tomoni pastdami yoki balanda, -deya qizidan uch metrcha yiroqlashdi.
Nargiza òylanibroq turib javob berdi: -"Tepada".
Aslida bu mutlaqo tahminiy javob edi . Gugurt chòpining yonadigan tomonini Nargizaning dadasi ayyorlik ila olib tashlagan edi. U qizi topa olmagan ondayoq mashinasini garajdan olib chiqib, onasiga aytmasdan shifokor huzuriga olib ketdi. Bu gal boshqa kòz shifokorlari uning kòzini har xil asboblar bilan teshkirib , kòz nuri juda past ekanligini aytishdi. Kòzoynak yozib berishdi. Biroz vaqtcha oq rangli narsalarga qaramay yurishini, tez-tez kelib turishini, Nargiza kòra olmay qolish ehtimoli ham yòq emasligini aytib, davolanishi zarurligini shifokorlar Hasan akaga aytganlarida, òzini yòqotishiga sal qolgan ota nima qilarini bilmasdi. Buni Nargizaning onasiga ham aytganida, Salima opa ham esankirab qoldi. Ota -ona qizining kòzlaridan havotirda bòlsa, Nargiza esa oq rangli narsalarga qaray olmasam, kòzoynak taqsam qanday qilib "Bilimlar bellashuvi"ga boraman, deya havotirda edi. Hatto "yaxshi kòrolmaydigan kòzlar"idan tomchi yoshlar qalqidi.
Buning bariga sababchi, asli, Nargizaning òzi edi. Voqealar bunday bòlgan :
"Nargiza sinifidagi eng a'lochi òquvchilardan bòlib, bilimi va xotirasi juda kuchli edi. Kòplab xalqaro tanlovlarda faxrli òrinlarni qòlga kiritgan. She'rmi, ģazalmi, monologmi yodlashga usta edi. Dadasi birinchi bor shifoxonaga olib borgan paytida, Hasan aka dòsti-shifokor bilan suhbatlashib turgan vaqt òtirgan joyidayoq "Golovin jadvali" ni yod olgandi. Shu sabab barmoq orqali kòrsatilgan harflarning murakkabligiga qaramasdan, ketma-ketligini esga olib, kichiklarigacha tòģri ayta olgan. Bunga sabab esa Nargiza kòzoynak taqishdan uyaldi. Shu sababli "Golovin jadvali"ni yod oldi, ota-onasini, shifokorlarni aldadi. Kòzoynak taqib, "Tòrtta kòzli" bòlib yurishni chindan istamadi. Nargiza kòzlari yomon kòrishi, kòzoynakka olib borishini bilardi. Keyinroq ustozlari xabar topmasligi uchun ko'rish qobiliyati sust ekanligini bildirmaslikka tirishdi, uddasidan ham chiqdi. Lekin endi-chi? Bilimlari pasayib, bor-yo'q kòz nurini ham boy bergani qoldi, xolos. Nargiza nima qilsin. Oldin birozgina kòzoynak taqishdan uyalgan bo'lsa, ana endi to kòz nuri yaxshilanmaguncha taqishga majbur. Kim bilsin, boshidan hammasini tan olib, kòzi yaxshi kòra olmasligini yashirmay, hech kimni aldamaganida bu voqealar sodir bòlmasdi. Nima ham derdik, Nargiza-afsusda, nima bòlsa bòlsin-u, kòzlari ravon kòrib ketsa bòlgani...

Ogahiy ijod maktabining 10-sinf òquvchisi Mohichehra Qadamova


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hikoya
Yòqolgan kitob


Sarvar va Azamat qalin dòst. Ularni hech kim va hech nima ajratolmaydi, tòģriroģi, ajratolmas edi. Bir-biri bilan yaqin dòst bòlib òynab yurgan kunlarining birida oralaridan ancha katta gina òtib qoldi.
Ha, ta'til boshlangandan keyin emas, tugagandan sòng Azamat yangi, chiroyli, kattagina kitob sotib oldi. Unda "O'zbek xalq ertaklari" jamlangan edi. Azamat kitobini juda yaxshi kòrar, qayga borsa òzi bilan olib borishni xush kòrardi.
Bir kuni Sarvarning tuģilgan kuni ziyofati bòladigan bòldi. Bolalar mazza qilib hordiq chiqarishdi, òynashdi , shirinliklar yeyishdi. Azamat esa yaxshi kòrgan kitobini maqtab, kòpchilikni oģziga qaratib òtirdi. Dòstlari, ayniqsa, Sarvar Azamatning kitobini yaxshi baholab, "òqishga berib turarsan"-dedi...
Ziyofatni ertasi kuni, Azamat uyqudan uyģonib kitobini qidira boshladi, ammo, topa olmadim Esiga Sarvarning tuģilgan kuni tushdi. Shu zahotiyoq dòstining uyiga chopdi va eshikni taqillata boshladi. Eshikni òylaganidek Sarvar ochdi. Salom-aliksiz,
Azamat:
-Dòstim yaxshiyam uyingda ekansan. Kecha senikida kitobim qolib ketibdi. Sevimli kitobim-ch? Òshani olib chiqib bersang-dedi.
- Ha, ha, kecha kòrsatgan kitobingni aytyapsanmi?
- Òsha-òsha.
-Lekin, u biznikida emas. Òzing uni olib ketgan eding-ku!
Ikkovi ham gangib qolgan. Sarvardan bunday javobni kutmagan Azamat: "Yolģon sòzlama, sen olib berkitib qòygansan. Kecha rosa maqtaganding. Bunchalikka borasan deb òylamagandim"-deb sòzlandi. Sarvar ham jahli chiqib:
-Men ham sendan kutmagandim-deb eshikni qattiq yopib yubordi. Dòstliklariga aynan shu yerda kattagina nuqta qòyildi. Ular anchagacha bir-birlari bilan gaplashmay yurishdi.
Oradan ikki-uch kun vaqt òtdi. Azamat xonasini tartibga keltirayotganida kitob topildi. Òsha kuni u ziyofatdan kelganiga ko'zi uyquga ilinib kitobni krovati tagiga tushib ketganini sezmay qolganligini endi fahmlabdi.
Azamat fursatni boy bermay Sarvarning uyiga yugurib bordi va eshikni taqillatdi. Sarvar eshikni Sarvar ochdi.
Azamat:
- Uzr dòstim, mendan òtdi, kechira olsang kechir.

Ogahiy ijod maktabining 10-sinf òquvchisi Mohichehra Qadamova


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hikoya
Òzboshimchalik

Shanba.Tuni bilan qor guppa-guppa yoģib tepaliklarda bir-biridan ajoyib sirpanchiqlar hosil qilgan. Ertalabki nonushtani tezgina qilib bòlgan bolalar chanalarini qòliga olib bironta tepalik tomon ildam harakat qilmoqda. Bolalar xursand, qiy-chuv qilib chanada uchib yurishibdi. Biroq derazadan bolalarni tomosha qilib o'tirgan Asilbekning chanasi yòq. Bor emasmidi?, deyishingiz mumkin. Ha, unda bor edi, lekin, kimdir uni òģirladi, kecha Asilbek chalģib qor bòron òynab turganida nomardlarcha olib ketgan. Asilbek chanasini yòqotgan bòlsada bugun quvonchda, chunki dadasi Anvar aka bilan chana yasashga va'dalashgan. Mana ular ham qorinni tòyģazib chana yasashga tushdilar.
-Òģlim, qani anjomlarni tayyorlab qòydingmi?-sòradi Anvar aka
-Albatta, dadajon, mana bolģa, mana randa, sim, arqon va hokazolar - deya doimgiga òxshamagan baxtli ohangda bolakay javob qildi.
-Faqat shularmi?
-Ha, ha arra bilan bir nechta mix ham topib kelgin. Bolģa bor joyda mix ham olib kelish kerak,-deb Asilbekka kòzini qisib qòydi Anvar aka. Asilbek topib keldi, juda chaqqon bola-da,:
- Dadajon yasab berasiz-a?-deb sòrab qoldi.
-Ha ,bòlmasamchi,-Anvar aka taxtani tòģrilab kesa boshladi. Shu payt(la'nati telefon)jiringlab qoldi.(Qaydanam jiringladi-a!). Anvar akani shanba bòla turib ishga chaqirib qolishdi. Chana yasash qoldirildi. Anvar aka Asilbekka mayus ohangda: -Òģlim meni kechir, albatta chana yasaymiz, faqat sabr qil!-deya ishga yòl oldi.
Asilbekning esa qattiq jahli chiqdi va hafa bòldi, anjomlarga qaragancha òzboshimchalik qilib :-chanani òzim ham yasayveraman,-dedi-da randani olib yoģochni yòna boshladi. Oxiri chanani tayyor qildi. Chana esa yaroqsiz holda edi. Asilbek esa òzi yasagan chanaga qarab tezda uchishga olib ketdi. Eng yuqori tepalikni tanlab, chiqib chana ustiga òtirdi va pastga qarab sirpandi. Chana tezlikka, oģirlikka dosh bera olmay parchalanib ketdi. Asilbek tepalikdan yumalagancha yerga tushdi va qòli, oyoģi qattiq lat yedi. Uni kasalxonaga olib borishdi. Bu xabarni eshitgan dadasi shoshilgancha yetib keldi. Asilbek dadasini kòrib òzini tezda uxlaganga solib oldi. Dadasi esa buni sezib turardi.
-Òģlim axir kelsam yasab berardimku, nimaga shoshilding. Òzboshimchalik oqibati shirin bòlarmikan?.

Ogahiy ijod maktabining 10-sinf òquvchisi Mohichehra Qadamova


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hikoya
Buyuk rassom

Maktabimizda tanlov e'lon qilindi. "Ona"mavzusida ijodiy yozma ish yozishimiz kerak ekan. Men ham qatnashmoqchi edim. Ammo qancha harakat qilsam ham fikrimni bir joyga keltira olmadim. Sinfdoshlarim ham qatnashyapti. Menga ularning fikrlari o'zgacha tuyuldi. Uyga kelib dars tayyorlayapman-u, ammo hayolim shu ijodiy yozma ishda. Ko'p urindim, shuncha mashq qilsam ham bari boshqalarnikiga o'xshashdek edi. Keyin oila a'zolarim bilan maslahatlashdim. Ularning ham yozgan ijodiy yozma ishimga fikri yaxshi, ammo men biroz boshqacharoq qilmoqchi bo'ldim. Shunda buvim mening yonimga kelib: "Yozma ishingga yordam beraman, lekin bitta shartim bor",- dedilar. Men ham uy yumushlari bo'lsa kerak deb o'ylab, darrov rozi bo'ldim. Buvim aytdilarki: Bitta topishmoq aytaman.Topsang yordam beraman. Topolmasang o'zing yozasan". Topishmoq oson bo'lsa kerak deb o'ylab: "Tezroq ayting buvijon!",- dedim. Shunday deb gap boshladilar: "Dunyoda bir rassom o'tgan. U hayotligida ko'plab ajoyib suratlar yaratdi. U vafot etgach daryo toshqinlari bo'lgan. Hamma yoq zulmatga cho'mib, xuddi quyosh yo'qolgandek edi. Biroq u o'zining bebaho suratlarini qoldirib ketgan",- dedilar. Men rassomlarni ko'plarini bilardim. Ammo ular emas ekan. Ertasi kuni sinfdoshlarimdan, tasviriy san'at fani ustozimdan ham so'radim, lekin ular ham topishmoqning javobini bilishmadi. Tanlov tugallanishiga ham ikki kun qoldi. Men esa haliyam tayyor emasdim. Endi hayolim faqat shu topishmoqda bo'ldi. Juda ko'p kitoblarni qarab chiqdim. Hatto buvim o'qiydigan gazetalarni ham, lekin topolmadim. Keyin o'zimni yozganimni tanlovga topshirmoqchi bo'ldim. Faqat bari oddiy, takrorlangandek bo'laverdi. Oxiri nima bo'lsa bo'lar deb buvimning oldiga borib topishmoqning javobini topolmaganimni aytdim. Buvim sekin jilmayib:"Topolmadingmi qizim?",- dedilar. Men erkalanib: "Aytaqoling buvijon",- dedim. "Unda eshit",-dedilar. Javobi: "Ona". Ona vafot etgach farzandlari ko'z-yosh to'kadi. Ular uchun olam zulmatga cho'madi. Lekin ona vafotidan so'ng o'z farzandlarini qoldiradi. O'sha paytda shunday ta'sirlandimki, tasavvur qilolmaysiz. Buvijonimni qattiq quchoqlab oldim va uzoq vaqt qo'yib yubormadim. Bu vaqtda esa onajonim eshik yonida ko'z yoshlarini artar edilar... Darhaqiqat, Ona - buyuk rassom!!!

Ogahiy ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Masharipova Asaloy


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#HIKOYA

Chorshanba. Do'stlarim bilan maktabdan qaytayapmiz. Ustozimiz har doimgidek uyga vazifa uchun bir varaq qog'oz berib yubordilar. Uyga vazifa "Hayot bu nima?" mavzusida matn yozish edi. Men yo'l bo'yi bosh qotirib hech nima o'ylab topa olmadim. Ammo uyga kelgach otam, onam, bobom, buvimdan yordam so'radim. Ular chiroyli qilib tushuntirib berishdi. tushunchalarni birlashtirib antiqa matn yozdim.
Payshanba. Yana o'sha dars boshlandi. Ustozimiz mehnatimizni bir boshdan teshkira boshladi.
- Qani, Azimov, o'qi-chi. Azimov:
- Hayot bu pul. Ammo uni qancha ekanini hech kim bilmaydi. Uni har kim har xil sarflaydi: kimdir maishatga, kimdir ilmga. Ba’zilar uning qadrini bilmasdan kuydirib yuborishadi. Dadamning aytishicha, uni yaxshilik uchun ishlatsak, pulimiz tamom bo'lgandan keyin ham rohat - farog'atda yashar ekanmiz, - dedi va ustozning fikrini kuta boshladi.
- Barakalla, Azimov. Qani, Shokirova, sen nima tayorlab kelding? Shokirova:
- Hayot bu – maktab, atrofimizdagilar, ustozimiz. Agar maktabni a'lo baholarga bitirsak imkoniyatlarimiz katta bo'ladi. Agar past baholarga o’zlashtirsak, juda qiynalar ekanmiz, - deya gapini tugalladi.
- Yaxshi, Shokirova, o'tir. Endi Rustamovni ham eshitaylik.
Men asta o'rnimdan turib o'qiy boshladim:
- Hayot bu o'yin. Biz tug'ilganimizda oldimizga taxtacha qo'yiladi. Unda shashka ham, shaxmat ham o'ynasa bo'ladi. Biz xohlasak shashka, xohlasak shaxmat donachalarini terishimiz mumkin. Shaxmat o'ynamoqchi bo'lsak, farzin bu otangiz, fillar, otlar va ruxlar qarindoshlaringiz, piyodalar do'stlaringiz bo'ladi. Bir nechta yurish orqali piyodalarni farzin, rux, ot yoki filga aylantirishingiz mumkin. Siz esa o'z hayotingizda shohsiz. Ammo siz mot bo'lsangiz o'yin tugaydi. Agar siz shashka o'ynamoqchi bo'lsangiz, bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun o'ynaydi. Siz mot bo'lsangiz ham o'yiningiz davom etaveradi.
- Ayt-chi, Rustamov, sen qaysini o'ynamoqchisan? - deb so’rab qoldi ustoz
- Men shashka o'ynamoqchiman! - dedim ishonch bilan.

Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi Sunnatulla Jaloliy


O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari faqat bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hikoya
#Albatta_òqing

SO’ZNING KUCHI

“Kishi nutqining kuchi shundaki, u boshqa kishilarga ham ta’sir qila oladi”
Abu Ali ibn Sino

O’yin maydonida futbol o’ynayotgan bolalarning orasida Suxrob bilan Akmal bir-biriga beodob so’zlar bilan qichqirishayotgani shu atrofdan o’tib borayotgan ustozining xayollarini to’zg’itib yubordi. Qaradiki, o’zining 6 B- sinf o’quvchilari. Shu tobda xayolidan ming bitta savol o’tdi: nima qilay?, jerkib beraymi? qanday yo’l tutay?
Shu xayollar bilan hozir ularning qulog’iga gap kirmasligi, buning uchun ertaga birinchi soatdagi ma’naviyat darsi qulay fursat ekanligi biroz ko’nglini tinchitdi.
Ustoz darsni salomlashishdan boshlab, o’quvchilarga “Assalomu alaykum” so’zining ma’nosi “Sizga tinchlik, salomatlik tilayman” degani, ertalabki bir –biringiz bilan shunday chiroyli salomlashgandan keyin, nahotki, do’stlaringizga beodob so’zlarni, tilaklarni ravo ko’rsangiz? –dedi.
Insonga Olloh Taolo tilni halol va to’g’ri so’zlar gapirish, halol luqma tishlash uchun ato qilgandir. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh kimni ikki
jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, u jannatga kiradi», dedilar. Ustoz hadisning ma’nosini sharhlab berarkan, bu so’zlarni shunday fahmlangki, umringizning oxirigacha sizning eng yaqin hamroxingiz bo’lsin-dedi. Shu so’zlarni aytarkan, zimdan o’sha o’quvchilarga nazar soldi. Ular boshini egib, yuzlari qizargan holda, og’izlaridan chiqadigan noo’rin so’zlardan hijolat bo’lib o’tirardilar.
Ustoz shu vaqt: kimdir mana shu mavzu bo’yicha o’zining fikrini bildira oladimi? - dedi. Sinfning faol o’quvchilari qo’llarini ko’tarib, “Men”, “Men” deyishdi. O’qituvchi esa, keling yaxshisi Akmal va Suxrobdan o’z fikrlarini eshitsak dedi.
Akmal o’rnidan zo’rg’a turib, “Ustoz kechiring, bundan keyin yomon so’zlarni og’zimga olmayman” – dedi.
Suxrob esa yuzlari qizargan holda, “Bolalar kechiringlar, men ham bugundan boshlab bunday be’mani gaplarni ishlatmayman, eng yaxshi odam bo’laman”, - dedi.
Bu so’zlarni eshitgan ustozining ko’ngli shunday yorishdiki, eshitilar eshitilmas “Ollohga shukur” deb yubordi.

: Alimova Sevinchoy
Ogahiy ijod maktabining 9 “A” – sinf o’quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#HIKOYA

Qanotsiz qushlar
(
hikoya)

U yana shoshqoloqlik qilib kimlar bilandir baxs boylashdi:
-Ishonmaysanmi? Ishonmaysan-a? Men bor-u men, o'z ko'zlarim bilan ko'rganman. Ayamni telefonida. Hozir u telefonlari yo‘q. Sinib qolgan. Tuzatsinlar albatta ko‘rsataman.
- Yo‘g‘e?! Biz hozirgabaxs boylashdik. Kelajak uchun emas. Yo‘q. Sen aytayotgan narsa yo‘q-u, yo‘q. Nimamish, qushlarning qanoti sinsa ham tuzalib ketarmish. Xe - xe - He.
- Baribir ishonmaysan - a? Ko‘rganman deyapman-u.
- E qo‘ysang-chi . O‘zingni ham meni ham aldab nima qilasan.
- Kel unda meni kabutarlarimda sinab ko‘ramiz.
- Ola-a-a.
-Nima? Yur narigi xonada. Kamol asta qushxona tomon yo‘l oldi.
Buvasining katta qushxonasi bo‘lar edi. U yerda har xil zotli qushlar, to‘tilar bo‘lardi.Ular faqat buvasining qo‘lidan ovqat yer edi. Boshqa hech kim ularni ovqatlantira olmas edi. Buvasi Kamolga 1 ta chiroyli kabutar berdi. Kamol uni voyaga yetkazdi. Ulg‘aytirdi. Kabutar bola ochdi. Polaponladi. Ular Kamolga endi o‘rganib qolishgan edi. Hatto buvasi Kamol aka bilan ham ishlari yo‘q.Faqat Kamol bo‘lsa bo‘ldi edi. U bilan birga o‘ynashardi. U bilan birga vaqt o‘tkazishar edilar.Kimdir kabutarlarga nimadir qilmoqchi bo‘lsa, ular darrov Kamoldan panoh topishardi. Mana hozir ham Kamol xonaga kirishi bilan qafasdan otilib chiqishmoqchi bo‘lishyapti.Kamolni juda intizorlik bilan kutganlari ularni ko‘zlaridan bilinib turardi. Chinakamiga ularning ko‘zlari yonardi, porlardi. Ular Kamolni biz bilan o‘ynashga yoki bizni ovqatlantirishga keldi deb o‘ylashardi. Lekin aslida nega kelishganini bilishmas edi. Kamol jon-jahdi bilan borib qafasni ochib shartta kabutar poloponini olib qanotini sindirmoqchi bo‘lib qanotiga yopishdi. Buni ko‘rgan ona kabutar chidab turolmay Kamolni qo‘liga yopishdi. Kamol jon holatda kabutarni yerga irg‘itdi. Ko‘zini yumgancha kabutar poloponi qanotini sindirdi. Yerda yotgan ona kabutarni ko‘zidan marjon-marjon yosh oqa boshladi. Polopon bir holatda Kamolga shunday qaradi, Kamol endigina tushinib yetganini. Poloponni qafasga qo‘yar ekan, uning ham ko‘zidan asta yosh siza boshladi. Ona kabutarni oyog‘i ham singan edi. Uni ham olib qafasga joyladi. Lekin qafasni eshigini ochiq qoldirdi. Bu rostakamiga majruh qilish edi. U ko‘z yoshlarini yashirgancha xonasi tomon yo‘l oldi. Oqshom kirdi. U kabutarlarni holidan xabar olish uchun kelgandi. O‘zgarish yo‘q edi. U kabutarlarni ovqatlantirmoqchi bo‘lib ko‘rdi. Unashmadi.Ovqatni qafas ichida qoldirdi.Qafasning haliyam eshigi ochiq.Kabutarlar erta tongga yetib bormay omonatini topshirishdi.Kabutarlar kutmagan vaqtda eng yaqin insonidan bu og‘ir zarbani ko‘tara olishmadi. Bobosidan qolgan yagona esdalikni ham o‘z qo‘li bilan bobosining oldiga yuborishdi. Qafasni ko‘rgan Kamolni dami ichiga tushib ketdi-yu, piqillab yig'lab yubordi...

: Dilnura Begmatova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#HIKOYA

🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸🌸

Haqiqat
(
hikoya)

Kunlardan bir kun suv bilan nihol uchrashib qolishibdi va doʻst boʻlishga ahd qilishibdi.Vaqt oʻtishi bilan nihol oʻzini suv yonida nihoyatda baxtli his qila boshladi va suvni yoqtirib qoldi.Birinchi marta yoqtirib qolgan nihol "Faqat sen uchun ey, suv"deya boʻy choʻza boshladi.Kunlar oʻtib suv ham gulni yoqtirib qoldi.Oylar bir-birini quvlab oʻtar va nihol "suv ham meni yoqtirarmikan "deb oʻylay boshladi.Chunki suv niholga unchalik e'tibor bermasdi.Nihol esa bunday e'tiborsizliklarga oʻrganmagan edi.Bular jon -jondan oʻtib ketgan nihol suvga
-seni yaxshi koʻraman,-dedi.
Suv:
-Men ham seni yaxshi koʻraman, - dedi.Oradan yana ancha vaqt oʻtdi.Nihol yana :
-Seni yaxshi koʻraman, - dedi.
Suv esa :
-Aytdim-ku men ham seni yaxshi koʻraman deb javob berdi beoʻxshov suv.Oradan qanchadir vaqt oʻtar-oʻtmas, nihol qurib qoldi.Suv ajali yetgandir deb oʻylardi.Bilmas ediki, nihol nega qurib qolganini .Niholning qurib qolgani suvga zarracha ham ta'sir qilmadi.Pinagini buzgani ham yoʻq.
Bu voqealarni kuzatib turgan chinor bularga chiday olmay soʻzga kirdi:
- Eh,sizlar hali yoshsizda.Sen hali ham tushunmadingmi? Nihol suvsizlikdan qurib qoldi...

: Begmatova Dilnura
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" o'quvchisi


Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#ÒQUVCHILAR_IJODIDAN
#HIKOYA

Qayg'uli kun
(
hikoya)

Tabiat go'zalligi quyosh nuri ostida yarqirardi.
Qayg‘u xuddi qora bulutlarday uning qalbini egallab olgan. Uning ko'nglidagi mungli sado xuddiki butun koinotda yangraydi. Tabiat ham uning dardlarini tushungandek o'kirib-o'kirib yig'laydi.
Soliha bugun o'n beshga kiradi. U sevimli oilasidan uzoqda. Ertalab uni sinfdoshlari tabriklashdi, sovg'alar berishdi. Lekin oilasidan hech kim kela olmadi, hatto qo'ng'iroq qilib ham tabriklab qo'yishmadi, Solihaning ko'ngli shundan g'ash edi.
U ertasiga maktabidan ruxsat olib uyiga yo'l oldi. Yo‘lda ketarkan, u baxtiyor edi. Chunki u tez orada uyidagilarini, eng asosiysi onasini ko'rar edi.
Soliha nihoyat uy eshigini ochib ilk qadamini qo'yishi bilan opasi Mohirani ko'rdi. Uning ko'zlari shishgan, dunyoni oqizib yuboradigan darajada yosh oqardi.
– Assalomu alaykum, opa!
Opasi salomiga alik olmay uni qattiq quchoqladi.
– Singlim, bardam bo'l, – dedi titroq ovozda. – Onam... onamni berib qo'ydik...
Soliha seskanib ketdi. Onasi kasal edi, ammo telefon orqali gaplashgandi buni sezdirmagan ekan.
Uning ko'z yoshlari, uning dardi tabiatga ta'sir qilgandek osmondagi bulutlar ko'z yoshi qildi...

: Bahodirova Komila,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf o'quvchisi


Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Hikoya
#1_kun

Xorg'in yo'lovchi.

Qorong'ulik.
Qo'rquv. Aqldan ozdirar darajadagi vahima. Mavhumlik. Xavotir. Javobsiz savollar. Birinchi bor Azamat uyquni sog'ingandi. Tun bag'riga yashiringan bu hislardan uyquga qochishni istagandi. Baxtga qarshi, uyquning o'zi qochgandi.
" - Xudojon...
Borliging qandoq yaxshi-a... Menga nima bo'lyapti?! Ular nega bunday qilishyapti? To'g'risi, tushunmayapman. Men ularni yaxshi ko'rardim-ku. Ularni sen uchun yaxshi ko'rardim-ku. Ularni do'stligi shumi..? Suyukligimni sadoqatichi? Aqalli, bir bor yo'qlab kelishmadi-ya.
... Bilmayman. Hech narsani bilishni xohlamayman. Ko'zlarimni bir soniyaga yumushni va qayta ochmaslikni istayman...
Ular hayollarimni ham , hayotimni ham tark etishlarini istayman.
... Onam, jonim onam. Meni ham o'sha kech o'zingiz bilan olib ketsangiz bo'lmasmidi..? Chalajon, yarimmurda qilib tashlab ketmasdan. Otamni ham qiynab qo'ydim. Ona, eshityapsizmi? Men ketishim kerak edi. Siz emas , men. Halokat sababchisi menman-ku, jabrini otam ikkovingiz tortyapsiz..."
Deraza tagidan kimningdir yo'talgani eshitildi.
- Azamat, uyqung kelmayotgan bo'lsa , ayvonga olib chiqay. Toza havoda o'zingga biroz kelib olasan.
Azamat javob berish o'rniga g'amgin o'ylari ortidan ergashdi. Otasi Azamatni aravachasiga o'tkazdi. Ayvoncha biroz salqin bo'lgani uchun kichkina choyshab ham tashlab qo'ydi ustiga.
Oy qishloqni o'zining nurli yo'rgagiga o'rab ulgurgandi. Qishloq shirin uyquda. Yoqimli sukunat hukmronlik qiladi. Ota-o'g'il ayvon labida sukunat dengiziga sho'ng'ishdi. Bir muddat nigohlar to'qnashdi. Ular tilga kirdi. So'zlashdi. Sukunatni buzib Azamat:
- Ota, bir narsa so'rasam maylimi?
Otasi nigohi bilan rizolik bildirdi.
- Shu yoshimgacha ko'p narsa izladim. Balki siz ham izlagandirsiz. Do'stlik, sevgi, ishonch, vafo, sadoqat. Ularni topdim deb o'ylagandim. Yaxshilab e'tibor bersam , faqatgina o'ylabman. Ularni hech birini topa olmabman. Kimga suyunsam, kimni yaxshi ko'rsam har doim yarim yo'lda qolib ketdim. Ularni orqasidan jimgina kuzatib.
Ota istehzoli kulib qo'ydi va gap boshladi:
- Eh, o'g'lim. Sen ham bu dunyoda bor narsani izlasang toparmiding. O'g'lim, insonlar shoshadi. Kimnidir do'st deb atashga, kimnidir yor deyishga shoshib qoladi. Tanishuvning ilk kunidayoq o'sha insondan umid qila boshlaydi. Unga suyanadi, unga talpinadi.
Oxir oqibat nima bo'ladi?
Barcha umidlar ilk shamol esishidayoq uchib ( o'chib) ketadi.
Men ham uni odamlardan ko'p izladim. Juda ko'p. Lekin topmadim. Topolganim yo'q.Lekin Allohdan izlagandim topdim. U bilan do'st bo'ldim. Uni sevdim. Unga ishondim. Unga tavakkal qildim.
- Baxt-chi?!  U qayerda ? Manzilichi?
  - O'g'lim, har birimiz bir yo'lchimiz, yo'lovchimiz. Umrimiz davomida nimanidir izlaymiz. Kimdir baxt, kimdir boylik, kimdir omad. Manzil aniq emas . Ammo yo'lning oxiri bor. Yo'l qachonki tugasa o'sha biz izlagan manzil. Sening , mening , har bir yo'lovchining manzilidir.
  - Ota, yo'limni yakuni ko'rinib qoldi. Manzilim ham aniq bo'lyapti borgan sari.
- Jonim bolam. Unday dema. Yaxshi niyat qil. Hali hammasi yaxshi bo'lub ketadi. Yur , salqin tushib qoldi. Uyga kiraylik . Dorilaringni beraman, keyin damingni olasan.

: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bizning_ijod
#Hikoya

Ko'ngil oynasi

Havo iliq, mayin shabada esib turardi. Qishloqda havo toza, go'zallikka boy joylar ko'p. Buni ustiga soylaridan shildirab oqayotgan suvlar kishi qalbiga o'zgacha bir tuyg'ularni baxsh etib, xayollarning shirin og'ushiga soladi. Chang ko'chalari, pastakkina, loydan qurilgan uylaridan ham zavq olib yashash mumkin bu joylarda. Shu ko'chalarning birida joylashgan, hovlisi bor, tevaragiga uzun tollar ekilgan g'ishtin uyning quyosh tushib turadigan derazasidan qizcha termulib o'tirar va har kuni bir xil voqeaga duch kelardi.
Bir ayol ularning derazasi oldidan o'tib, qishloqning ovloq joyiga borardi. O'sha joyda oldinlari oyna ishlab chiqarish zabodi bo'lib, ancha yillardan beri qarovsiz edi. U yerdan faqat shu tomonga yo'li tushgan insonlar o'tar, lekin ko'rimsiz vayrona bino bo'lgani uchun deyarli xech kim nazarini solmasdi. Chunki u joyda faqat siniq, eskirgan oynalar bo'lardi. Qiz ayolning bu ishini ancha vaqtdan payqagan, bugun qiziqishi ortib uni ortidan bordi. Qiz ayolni tirshiqdan kuzatib tursa, ayol shu yerdagi chang bosgan bitta oynaga nimalarnidir chizayotganini ko'rdi.
Keyin uni oldiga borib, so'rashib bo'lgan zahoti savol berdi:
- Opajon, odobsizlikka yo'ymangu men sizni har kuni kuzataman, doim shu tarafga kelasiz.
- Xo'p, -dedi ayol ko'ngli g'ashlanarkan.
- Nimaga kelasiz deb o'ylardim, endi guvohi bo'ldim, -dedi ayol nimanidir chizayotgan chang oynaga qarab.
-Siz oynaga rasm chizgani kelar ekansiz, aynan nega bu yerga kelasiz?
- Eh... -uh tordi ayol. Biroz sukutdan so'ng, -bu oynalar qalb misoli. Bu oynalarda shu qishloqdagi insonlarning qalb dardi va quvonchi aks etadi. Men ham o'z dardimni shu qalbimning chang oynasiga rasm qilib tasvirlaymanda.
- Demak, bu yerda mening ham qalb oynam bor ekan-da?
- Ha, lekin sening oynang ichkarida sof va toza oyna. U oynani bug'lab rasm chizishing mumkin, -dedi ayol yoshlangan ko'zlari bilan.
Va ichkaridan yap-yangi oynani olib chiqib berdi. -Bunga bemalol hoxlagan narsangni chizishing mumkin. Men ham o'zimning chang oynamga dardimni chizaman.
- Xo'p opajon. Ammo qanaqasiga shunday go'zal qishloqda yashab sizda dard bo'lishi mumkin? Men faqat va faqat quvonchli rasmlarni chizardim qalbimni oynasiga. Chunki rostdan ham qalbimda quvonch bulog'i qaynab urib turadi.
- Qizcha, bu sen uchun shunday, ammo men uchun...
Qiz ham nimalarnidir chizishga tushib ketdi. Ular har kuni shu yerga kelar, hech ham rasm chizishni kanda qilmas edilar. Ayol yig'lab, o'ksinib, xafa bo'lib turgan chehralarni o'zining chang oynasiga tasvirlasa, qizcha tabassum qilayotgan chehralarni oynada tasvirlardi. Oradan yillar o'tdi, ayol qarib, qiz katta bo'lgan bo'lsada hamon shu yerga kelishar edilar. Bir kuni qiz ko'z yoshlarini artgancha, vayrona binoga keldi, ancha o'ylandi, qo'lini oynaga olib borib nimadir chizmoqchi bo'ldi, lekin qo'li qaltirardi. Bir nuqtaga termulgancha uzoq jimlik saqladi. Shu payt u o'tirgan xaroba oldidan tobut ko'targan odamlar qabriston tomon borishayotganini ko'rdi. Shunda ayol rasmlar chizgan chang oynalar muzladi va birdan sinib ketdi. Qiz ham o'tib ketayotgan tobutga qarab "Sizni endi tushundim" dedi-yu, o'zining oynasiga singan yurak rasmini tasvirladi. Ne ko'z bilan ko'rsinkim, endi uning toza qalb oynasiga ham chang tushdi...

: Nurmamatova Oygul, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram