#Hikoya
#Albatta_òqing
SO’ZNING KUCHI
“Kishi nutqining kuchi shundaki, u boshqa kishilarga ham ta’sir qila oladi”
Abu Ali ibn Sino
O’yin maydonida futbol o’ynayotgan bolalarning orasida Suxrob bilan Akmal bir-biriga beodob so’zlar bilan qichqirishayotgani shu atrofdan o’tib borayotgan ustozining xayollarini to’zg’itib yubordi. Qaradiki, o’zining 6 B- sinf o’quvchilari. Shu tobda xayolidan ming bitta savol o’tdi: nima qilay?, jerkib beraymi? qanday yo’l tutay?
Shu xayollar bilan hozir ularning qulog’iga gap kirmasligi, buning uchun ertaga birinchi soatdagi ma’naviyat darsi qulay fursat ekanligi biroz ko’nglini tinchitdi.
Ustoz darsni salomlashishdan boshlab, o’quvchilarga “Assalomu alaykum” so’zining ma’nosi “Sizga tinchlik, salomatlik tilayman” degani, ertalabki bir –biringiz bilan shunday chiroyli salomlashgandan keyin, nahotki, do’stlaringizga beodob so’zlarni, tilaklarni ravo ko’rsangiz? –dedi.
Insonga Olloh Taolo tilni halol va to’g’ri so’zlar gapirish, halol luqma tishlash uchun ato qilgandir. Rasululloh (s.a.v.): «Alloh kimni ikki
jag‘i orasidagi yomonlikdan va ikki oyog‘i orasidagi yomonlikdan saqlasa, u jannatga kiradi», dedilar. Ustoz hadisning ma’nosini sharhlab berarkan, bu so’zlarni shunday fahmlangki, umringizning oxirigacha sizning eng yaqin hamroxingiz bo’lsin-dedi. Shu so’zlarni aytarkan, zimdan o’sha o’quvchilarga nazar soldi. Ular boshini egib, yuzlari qizargan holda, og’izlaridan chiqadigan noo’rin so’zlardan hijolat bo’lib o’tirardilar.
Ustoz shu vaqt: kimdir mana shu mavzu bo’yicha o’zining fikrini bildira oladimi? - dedi. Sinfning faol o’quvchilari qo’llarini ko’tarib, “Men”, “Men” deyishdi. O’qituvchi esa, keling yaxshisi Akmal va Suxrobdan o’z fikrlarini eshitsak dedi.
Akmal o’rnidan zo’rg’a turib, “Ustoz kechiring, bundan keyin yomon so’zlarni og’zimga olmayman” – dedi.
Suxrob esa yuzlari qizargan holda, “Bolalar kechiringlar, men ham bugundan boshlab bunday be’mani gaplarni ishlatmayman, eng yaxshi odam bo’laman”, - dedi.
Bu so’zlarni eshitgan ustozining ko’ngli shunday yorishdiki, eshitilar eshitilmas “Ollohga shukur” deb yubordi.
✍: Alimova Sevinchoy
Ogahiy ijod maktabining 9 “A” – sinf o’quvchisi

#Publitsistik_maqola
#Albatta_òqing
Orzularim ro'yobi
Men har kuni 35 km masofani avtobusda bosib o'tib, sevimli maktabim quchog'iga kirib boraman, yana shuncha masofani bosib o'tib qadrdon oilam quchog'iga qaytaman...
Aslida mening 18 yillik faoliyatim umumiy o'rta ta'lim maktabida kechgan. O'quvchilarga sabot bilan bilim berardim, ular ham fanimni juda yaxshi ko'rishar, har bir sabog'imni ixlos bilan o'rganishardi. Ammo...
Ammo men ishlaydigan hududdagi ota-onalar farzandlarini oliy ma'lumotli qilishdan ko'ra bozor va savdo ishlariga yo'naltirishni ma'qul ko'rishardi. Shuning uchun o'quvchilar 10-11 sinflarda o'qishni deyarli yig'ishtirib qo'yishardi. Men esa ekkan daraxtim mevasiz ekanidan qattiq o'ksinardim. Shuncha yil nahotki suvni bog'-u rog'ga emas, giyoh unmas cho'l-u biyobonga quygan bo'lsam, deya iztirob chekardim. Shunday kezlarda "Qaniydi, shunday dargohda ishlash nasib etsaki, o'quvchilar bor ixlos va ishtiyoq bilan seni tinglasa, sen ekkan nihol ko'kka bo'y cho'zib bir kun hosildor mevasini bersa", deb orzu qilardim.
Bir kuni telefonimga "Tanlov asosida ishga qabul qilamiz" degan xabar keldi. Bu muassasa respublikamizda mashhur maktablardan biri-Ogahiy ijod maktabi edi. Men yashaydigan manzildan 2 tuman naridagi bu maktab yiroqdaligi, qolaversa, tanlov asosida saralansa kuchlidan kuchli ko'p dedim-da ko'ngil uzmoqchi bo'ldim. Bo'lmadi. Qalbimni yillar davomida o'rtab kelgan orzu meni tinch qo'ymadi.
Ertalab roppa-rosa 35 kilometrlik yo'lni bosib imtihonga bordim.Tanlov o'tkazildi, natijasidan umidim yo'q. Hatto eshitishni ham istamasdan ketib qolmoqchi edim. Kutdim, chunki yana o'sha orzu "balki..." deya meni tinch qo'ymasdi.
Natija e'lon qilinganda, ishonavering, qotib qoldim. Men tanlovdan o'tdim! Sevinchim ichimga sig'mas, orzularim ushalganiga hech ishonmas edim, ammo masofa uzoqligi biroz o'ylantirar edi.
"Yo'l azobi - go'r azobi" degan naql bor, xalqimizda. Har kun avtobusda ba'zan o'tirib, ba'zan tikka oyoqda 1 soatlik yo'lni bosib o'taman. Qiynalib ketgan chog'larimda ko'z oldimni afsus va pushaymonlik tumanlari qoplab oladi. Ammo sevimli maskanimga kirar ekanman bu tumanlar umid va ixlos, shijoat va muhabbat quyoshi tig'ida erib bitgandek bo'ladi.
Bu dargohga tez fursatda bunchalik muhabbat qo'yganimning boisi, avvalo, eng bilimli, eng fidokor, o'z kasbining ustalaridan iborat bo'lgan ajoyib o'qituvchilar jamoasi meni ochiq chehra va ustozlarcha mehribonlik bilan o'z saflariga qabul qilishdi. Bunday insonlar bilan yelkama-yelka turib ishlash menda sharaf bilan birga mas'uliyat hissini ham uyg'otadi. Maktabimiz rahbari Sarvar Abdullayev beqiyos qalb egasi. Har bir o'quvchimizni o'z farzandidan-da ortiq ko'radilar, ularning istiqboli ,
kelajagini o'ylab bir zum orom olmaydilar. Ustozlar ham shogirdlari kamoloti uchun bor bilimlarini safarbar etishgan.
Maktabdagi ma'naviy muhit tahsinga sazovor. O'zbekona do'ppi kiygan, iboli va hayoli qizlarimizning, ko'p kitoblar mutolaa qilganidan aniq fikrli va teran mushohadaga ega o'g'il bolalarimizning qo'llari doim ko'ksida, ustozlarga cheksiz ehtirom ko'zlarida porlab turadi.
O'quvchilardagi ilmga bo'lgan ishtiyoq meni o'z ustimda puxta ishlashga, har bir darsimga alohida yangilik bilan borishga undaydi.
Mana ta'til ham boshlandi. Maktabga kirib borarkanman qalbim sinf xonalaridek bo'm-bo'shligini his etdim. Qadrdon bolajonlarimning mehr to'la ko'zlarini sog'inyapman.
Allohdan o'quvchilarimizni sog'-omon, yangi shijoat va g'ayrat bilan mehribon maktabimiz quchog'iga qaytishlarini tilab qolaman.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hafiza Karimova

>>>>>>>Xotirotlar.<<<<<<<
(Hikoyalar to'plami)
Kirish.
Yozdim, "Buvimga xat" shamol uchirdi",
Dilni o'rtar hamon "Shirin yolg'on"lar.
"Buvim tirik ekan!" bunga guvohdir,
Yangi yilda o'tgan "Yangi oqshomlar."
⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜⚜
BIRINCHI HIKOYA
Buvimga xat
Buvijon, mana yana hovlimizga kuz keldi. Sovuq havo yuzlarimga urilar ekan, yana bir bora ayriliqni his etdim. Yomg'ir yog'ayapti. Teskarisiga aylanib qolgan chelakni kuz yomg'irlari do'mbira misol chertyapti.
Har bir tomchi yomg'ir yuzlarimga tushib, kemtik xotiralarimni kavlashtirayapti. "Uyimizgacha yetib ololsak edi" deya hovliqib, ikkita chumchuq osmonda gir aylanar, nariroqdan esa qarg'alar uchib kelmoqda. Bugun tom ustiga chiqqan edim. Yozda derazani sindirib qo'yganim uchun tomga otib yuborgan koptokingizni eslaysizmi? O'shani topib oldim. Uni qo'llarimga olishim bilan, beixtiyor barmoqlarim titray boshladi. Aytgancha, momongizdan qolgan yuz yillik lampa esingizdami? Bugun o'sha lampa ham bir yuz bir yoshga kirdi. Saksoninchi yillardan beri bor daraxtchi, u esingizdami? Bugun afsuski u qurib qoldi. Xayr buvijon. Men hali ko'p xatlar yozaman. Xatlarimni esa tongi shamol orqali sizga jo'nataman.
IKKINCHI HIKOYA
Shirin yolg'on.
Yana yolg'iz qoldim. Har safar yolg'iz qolganimda ichimda bir narsa meni bezovta qilaverar, go'yo ko'ksimni yorib, tashqariga chiqmoqchiday bo'lardi. Yig'lashimni ham, kulishimni ham bilmayman. Faqat ko'ksimdagi og'riq va yuragimning dukur - dukurini eshitaman. Shu tobda hayolimga yana siz kelib, ko'nglim entikib ketadi. Yig'layman. Yig'layverib ko'zlarimda yosh ham tugaydi va ko'z o'ngimda yangi manzaralar jonlanadi.
Men bir kuni maktabdan kelganimda, oyim uy ishlari bilan ovora, dadam ishda edilar. Buvim televizo'r ko'rib o'tirgan ekan. Birdan ahvoli yomonlashdi. Yuza nafas olganicha oyimni chaqira boshladi. Men yugurib yonlariga bordim. "Sizga nima bo'ldi buvijon, nima bo'ldi? ", - deya so'roqlay boshladim. Bolaligimda buvimning o'zlaridan bitta rivoyat eshitgandim. Unda bir inson bemajol yotganida, bitta qaldirg'och og'zida suv olib kelib unga ichiradi. Qarabsizki, o'sha odam yana oyoqqa turadi.
Shuni eslab men tezda bir piyolada suv olib kelib, buvimga ichirdim. U suvni ichib yaxshilanganga o'xshadi, ammo endi hammasini chundim. U meni xafa qilmaslik uchun, xasta holiga menga kulib, jilmayib qo'ygan ekan. Bu buvimning menga qilgan shirin yolg'oni edi.
UCHINCHI HIKOYA
Buvim tirik ekan...
Endigina yuragimning yaralari bita boshlagandi. Lekin bu xabar yaralarimni qayta qo'pchishiga sabab bo'ldi. Bu xabar shunday edi. Men uyda jimgina o'tirardim. Shu mahal eshikdan qo'shnimiz Zulfiya xola kirib keldi. Uning yuzida tabassum, go'yoki baxti ichiga sig'may ketgandi. Ammo salgina xafalik ham borday tuyilardi. U oyimni bag'riga bosib, goh kulib, goh yig'lamsiragan holda shunday dedi: "Qo'shni suyunchi bering! Kelinim farzandli bo'ldi. Esingizdami..." - deya duduqlanib qoldi. Bir payt oyim ikkalasi yig'lashga tushdilar. Men nima bo'lganini tushunmadim. So'ngra u tilini kalimaga keltirib, so'zida davom etdi. "Esingizdami, rahmatli dugonam, kelinim homladorligida keliningiz egizak farzand ko'radi, deb aytgandi. Men esa qayerdan bildingiz hali kelinimning homladorligiga bir oy bo'ldi-ku, degandim. Dugonam haq ekan, kelinim bir o'g'il, bir qiz tug'di." deya, yana yig'lay boshladi. Men bu voqealarni kuzatib turib, qotib qoldim. Go'yoki jonim tanimdan chiqib, qayta kirganday tuyildi. Va o'yladim. "Buvim ketishidan oldin bizga hamma bo'lajak ishlarni aytib ketgan ekan-a." Bu xabar ko'nglimni yanada parcha-parcha qilgan bo'lsada, bir narsaga amin bo'ldim. Buvim hali tirik ekan. U odamlarning xotiralarida, yuraklarining tub- tubida yashayotgan ekan.