Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.51K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#3_kun

Nigohimi tikaman-u, manzil olis....
Oʻnqir-choʻnqir bu yoʻllarning savdosi koʻp.
Yiqilaman... Qoqilaman...
Boʻlmam taslim!
Yengilganga bu dunyoning gʻavgʻosi koʻp!

Orzularim gullab ketgan kurtak otib,
Xazon qilsam, uvollari urar mani.
Tik boqaman bu dunyoning koʻzlariga,
Ruhim - bir togʻ;
Har dam suyab turar mani.

Dilim yorsam zil ketadi ichidan yer,
Barisini koʻmib qoʻydim yuragimga.
Tiladim-u yolgʻiz Haqdan oʻtinchimni,
Sanolarni qoʻshib qoʻydim tilagimga.

Tovonimni tilar boʻldi koʻp tikonlar,
Qalbim shudgor qilar boʻldi soʻzlar zahri.
Men jim boʻldim,
Sukutlarga choʻkdim mudom,
Kimdan qolar boʻldi ekan foniy dahri,
Kimdan qolar ekan oxir foniy dahri!

Nigohimni tikaman-u, manzil olis...
Oʻnqir-choʻnqir bu yoʻllarning savdosi koʻp!

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#3_kun

Yozilmagan qonun.


Kun xayr bilan nurlandi. Qishloq ahli tong yorishmasdanoq o'z yumushlariga sho'ng'ib ketishgandi. Bog'bon ham asta o'z ishiga kirisha boshladi. Bog'chasida gulzor oralab qurigan gullarni asta ajratib olar, ba'zilaring qurigan shoxlarini qirqardi. Ba'zilarini tagini yumshatardi. Gulzor ahli o'zaro shirin suhbat qurishardi . Turfa gullar o'zaro so'zlashar, daraxtlar-u o'simliklar ham ularni suhbatini maroq bilan tinglashardi. Bog'bon ham o'zicha bu suhbatlardan bahramand bo'lib , o'z yumushlarini asta bajarayotgandi. U har kun shu gulzorga , bog'chaga qarardi. Ular orasidan hech chiqgisi kelmasdi.
Daraxtlar o'zaro :
- Hoy , shaftoli. Seni ham pishib qolibsan. Vaqtida terib olishmasa, anavi o'rikni ahvoliga tushasan. Mevalaring , hosiling uvol bo'ladi. Bultur ko'rding-ku, olmavoy qancha hosil qilgandi. Vaqtida terishmadi, unda tashqari hosili ko'pligi uchun shoxlari chiday olmadi. Sinib ketdi.
- Bultur tura tursin, hozir ham bog'bonning tirranchasi dastidan tinchlik yo'q-ku. Shoxlaringa osilaverib tinchlik bermaydi. Uni ko'rsam a'zoyi- badanim junbushga keladi.
- Ey, anovi ahmoq borku. Bog' chekkasida o'sayotgan . U o'sha tirranchasi yaxshi ko'radi. Tirrancha esa nuqul bizga yopishgani yopishgan. Tutni yonidan ham o'tib ketmaydi. Kuzakda yoniga qish uchun o'tin g'amlashga bormasa, umuman unga yaqinlashmaydi. Tut esa u bilan vaqt o'tkazgisi, soyasida dam bergisi keladi.
Shu payt ayvonda shovqin ko'tarib , bog'bonning tirranchasi o'rtoqlari bilan paydo bo'ldi. To'rtalasi bog'ning to'rt tomoniga qarab chopqillab ketishdi. Tirranchaning o'rtoqlaridan biri tutning oldiga bordi va kichkina-kichkina shoxlarida uch-to'rttani yulib olib, o'rtoqlarigayam berdi. Gulzor orasida yurgan bog'bon shovqin solayotgan bolalarni ko'chaga haydadi va o'z ishini davom qildirdi.
Tushlik payti. Jazirama. Hamma yoq lov-lov yonardi. Bog'bon tushlik qilish uchun gulzordan chiqdi.
" - Ey, qarasang-chi. Ayvon labidagi kim ekan. Rosa kelishgan , chiroyli ekan-a?!
- Yo'g'ey, unaqaga o'xshamaydi-ku. Turqiga qara. Sovuqligini.
- Bilmadim. Menga yoqib qoldi. Mag'rurligini. Hech kimni nazariga olmaydi-ku.
- Ey, qo'ysang-chi... "
U hech kimga e'tibor bermasdan kelishgan gulqaychini kuzatardi. Bor o'y-u hayoli unga qaratilgandi. Shu alfozda kech tushdi. Tun hamma yoqqa o'z ko'rpasini yozib ulgurgandi. Barcha shirin uyquda orom olayotgan bir paytda ham u gulqaychini kuzatardi. Shu kech gulning ko'ziga uyqu kelmadi. To sahargacha uni kuzatdi. Oy shu'lasida u yanayam chiroyliroq bo'lib ko'rinardi...
Kechasi ko'ziga uyqu kelmagan gul ertalab kech ochildi. Ko'zini ochgan zahoti , xushbichim gulqaychini izlay boshladi. Kechagi joyidan qaradi . Yo'q. Topolmadi. Bir marta hammayoqni ko'zdan kechirdi. Bir payt quyosh nuri tushib yaltiragan bir narsa e'tiborini tortdi. Gul hayratdan dong qotdi. Xushbichim gulqaychi bog'bon qo'lida. Gulqaychi bilan bog'bon gullardan guldasta yasayotgandi. U chiroyli gullarni birin-ketin qirqib kelayotgandi. Gul o'ylar girdobiga cho'mgandi. Shu alfozda navbat o'ziga kelishini kutardi...


: Begmatova Dilnura,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#4_kun

Bilamanki, bu dunyoda abadlik yoʻq.
Oʻtkinchidir olamlar ham,
Odamlar ham...
Oʻtkinchidir azob bergan bor dardlar-u,
Yuraklarga olov yoqqan achchiq alam.

Kimda muqim oʻrnasharkan baxt degani?
Kipriklari nam bilmagan odam bormi?
Haq yoʻlidan qayrilmasdan yursa hamki,
Gʻiybat sira oʻlchamagan qadam bormi?

Asli hamma gunohkor-u, ojiz banda,
Avvali-yu oxirining gʻamin yemas.
Bu oʻtkinchi dunyolarga dil bermoqlik,
Iymoni pok musulmonning ishi emas!


: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#4_kun

Alvon lolalar.

Kun xayr bilan nurlandi. Quyosh allaqchon olam bozoriga o'z zeb-ziynatlarini yozib ulgurgandi. Qishloq ahli allaqachon o'z tashvishlariga g'arq bo'lishgandi.
Nuriya aya nonushta tayyorlagach, qizini olib chiqish uchun xonasi tomon yo'l oldi. Mumtoza har doimgidek deraza oldida. Qo'lida kitob. Derazadan atrofni bexol kuzatardi. Xayolga berilib , onasini kelganini ham sezmay qolibdi:
- Qizim, yaxshi dam oldingmi?
Javob bo'lmadi.
- Ahvoling qanday, kechagidan yaxshimisan? Uxlay oldingmi kechasi?!
Javob o'rniga sukunat yangaradi. Mushtipar ona bu holni qizini injig'ligiga yo'yib, chuqur xo'rsindi-yu, gapini davon ettirdi:
- Mazali nonushta tayyorladim. Qani ketdik, birgalikda nonushta qilamiz. Mumtoza bir nuqtaga tikilgancha, haliyam o'ylar girdobidan chiqolmayotgandi. Nuriya aya asta qizini yetaklagancha ayvonga olib chiqdi.
Ayvon. Ixchamgina hovli. Hashamdor bo'lmagan stol. Kamtarona dasturxon va baxt neligini bilmagan baxti to'kislar. Nonushta chog'ida ham Mumtozadan sado chiqmadi. Haliyam bir nuqtaga tikilgancha nimalarnidir hayol surardi.
- Qizim, Asror kelsa , u bilan birga shaharga tushib , shifokorga ko'rinib kelasanmi?
- Ona... qo'ysangizchi. Men yaxshiman.
Nuriya aya qiziga qarab bir oh tortib qo'ydi va gapini davom ettirdi:
- Ho'p, qizim. Ahvoling yaxshiligini ko'ryapman. Shunday bo'lsa ham bir ko'rinib kelgin. Undan tashqari havo ham almashtirib kelasan.
Shu payt eshikdan Asror kirib keldi. Ular har doimgidek iliq salomlashishdi.
- Kichkina, sen yaxshimisan?
Mumtoza haliyam sukut saqlardi. Sukunat dengizi to'lqinlariga qarshilik qilmasdan , oqim bilan birga suzardi.
Asror Mumtozaning bu ishini har doimgi injig'ligiga yo'ydi. Parvo qilmadi.
- Nuriya aya, qarang sizga nima olib keldim.
Qo'lidagi bir quchoq alvon lolalarni ko'rsatdi.
- Siz uchun ataylab terib keldim, aya,- ko'z qiri bilan Mumtozaga nazar soldi. Mumtoza yuzida ham nim tabassum paydo bo'lgandi. Sezdirmaslik uchun yana o'yga tolgandi.
Asror qo'lidagi lolalarni stol ustidagi guldin solib, kecha olib kelgan lolalarini esa ayvon labiga qo'ydi.
Nuriya aya Asrorni ham nonushtaga taklif qildi. Uchalasi kamtarona dasturxon ustida shirin suhbat qurishdi. Mumtoza bu yerda faqat tinglovchi bo'ldi, xolos. Nuriya aya qizi bilan bo'layotgan suhbatga Asrorni ham qo'shgandi:
- Nuriya aya, istasangiz siz ham biz bilan yuring. Shaharni aylanib kelasiz.
- Yo'g'-a, bolam. Uyda ishlarim bor biroz. Mana Mumtoza bilan...
- Men yaxshiman, juda yaxshiman. Eshityapsizlarmi ?
Yaxshiman,- onasini gapini bo'lib shartta gap boshladi.
Chuqur nafas olub, gapini davom ettirdi.
- Ona, ahvolim yaxshi. Xavotir olmang. Hammasi joyida,- bo'g'ziga nimadir kelib tiqildi va gapirolmay qoldi...
Xonasiga ketib qolish qo'lidan kelmagach, orqasiga o'girilib o'tirdi. Nuriya ayaning ko'zida yosh aylana boshladi. Uni ko'rsatmaslik bahonasida stolni yig'ishtirib oshxonaga kirib ketdi.
Mumtoza bir muddat hamma narsani unutdi. Hamma narsani. Dardi, tashvishlari, og'riqlari, jarohatlari, hatto, o'zini ham. Bo'g'ziga hayqiriqlar kelib tiqila boshladi. Yuzida esa alamli sukut. Sukunat uni allalay boshlagandi. Ko'z buloqlari lablarini sug'ora boshlagandi.
- Asror. Lolazorga borgim kelyapti.
Ortiq bir og'iz so'z ham aytmadi. Asror ham uni yetaklagancha lolazor tomon yo'l oldi. Nuriya aya oshxona oynasidan yoshli ko'zlari bilan ularni kuzatib turardi. Asror unga bir qarashi bilan hamma gapni tushuntirib ketdi.
Yo'l davomida hech kim bir og'iz gapirmadi. Qishloqda sukunat hukmronlik qilardi. Ora-sirada qushlarning sayrashi bu sukunat sarhadlarini buzib o'tardi, xolos.
Lolazor. Ko'ngilzor. Esdan og'dirar darajadagi go'zallik. Joziba. Dardlaringni unuttiradigan darajadagi sokinlik. Hamma yoq xuddi shafaq misol. Hatto, yoshlarning dili ham.
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#5_kun

Sotilgan xotira.


"Saharmardondan hovlini yangi yopilgan issiq non isi tutib ketdi. Hammani dimog'ini qitiqlab, tezroq dasturxonga kelishga undardi.
- Onasi, kelaqolinglar endi. Bolalar uyg'onishdimi?!
- Mana keldim, dadasi. Ha , uyg'onishgan. Aka-singil do'konga chiqib ketishgan. Gulnora opadan yangi tayyorlangan saryog' olib kelamiz deb. Halizamon kelib qoladilar.
Hovlini qiy-chuvlarga to'ldirgancha , aka-singil kirib kelishdi:
- Assalomu aleykum, dada. Yaxshi dam oldingizmi?
- Valeykum assalom , yaxshi rahmat. O'zingiz-chi?
- Biz ham yaxshimiz. Ona, mana qaymoq. Gulnora opa qo'shimcha saryog' ham berib yubordilar. Pulini ham olganlari yo'q.
- Voy, Gulnora opam, tushmagur-ey. Nima keragi bor edi shuni. Kecha ukol qilib qo'y deb chiqqandilar. Azgincha pul berdi, bolalarga u-bu narsa olasan deb. Olmagandim. Shuning uchun berib yuborgan bo'lsa kerak-da.
- Ha, mayli onasi. Nima bo'ganda ham. O'tiringlar. Nonushta qilamiz. Qizim , qani qo'lingdagilarni olib kel-chi.
Ahil oila dasturxon ustida shirin suhbat qurib, shirin nonushta qilishdi.
- Dada, bugun siz bilan birga dalaga borsak bo'ladimi? Ishlaringizga qarashib yuboramiz.
- Ha , to'g'ri,-gapga aralashdi onasi choy qura turib.
- Bugun bormayman-u dalaga. Ertaga yoki indin boramiz , nasib qilsa. Bugun hammamiz uyda bo'lib, birga vaqt o'tkazamiz. Buvinglar shahardan keladilar bugun.
- E-e, rostan dadasi. Ertaroq nega ogohlantirmadiz. Yaxshiroq tayyorgarlik ko'rardik.
- Hamma narsang tayyor-u. Tayyorgarlik shartmas. Onam adashmasam ukam bilan yo o'zi keladi. Peshin kelib qolarlar.
- Ha, unda yaxshi ekan. Biroz ishlarimizni tugatib olardik. Qani dadasi, duo qiling. Hammamiz o'z ishimizni qilsak.
Otasi duo qilgach, hamma asta-sekin o'z yumushlarni qila boshladi.
- Osh qilamizmi? Nima pisharimiz dadasi?
-Sen uy ishlaringga qarayver. O'zim o'g'iltoy bilan shirin qilib osh tayyorlaymiz.
- Bu yog'i juda zo'r bo'libdi-da. Unda masalliqlar olib chiqay. Oshni harakatini qilaylik.
- Boraqol. O'g'lim sen shu hovlidagi velosipedmi , to'plaringmi olib yig'ishtirgin. Chekka-chekkaga olib borib, taxlab qo'ygin.
- Ho'p, dada. Oldin siz to'pni oshiring-chi. Madi sen darvozaga bor. Futbol o'ynaylik bir. Qani oshiring dada.
- Futbol o'ynagisilari kelib qoldimi?
Mana unda .
Nozim aka yoshligiga qaytganday , do'stlari bilan futbol o'ynagani kabi farzandlari bilan ham mazza qilib o'ynardi.
- Dada, qani oling. Sizga oshirdim. Hisob nechchi endi. Kim g'alaba qilyapti. Albatta, men. Qani olchi.
- Madi , darvozaga qara. Qara. Hisob ikkiga bir. Biz oldindamiz.
- Ha, hozircha endi. Qani oshir-chi, sen endi.
- Mana...
- Karim... nima qilib qo'yding. Onangni rayhonlari...
- Voy , o'lmasam. Nima hol bu. Meni rayhonlarim. Siz nima qilyapsiz, kap-katta odam. Yoshlarni yo'ldan urib.
- Ona, biz qilmadik. Dadam boshladilar. ( Dadasiga qarab miyig'ida kulib qo'ydi Karim.)
- Onasi, oshni masalliqlari tayyormi? Qani Karim yur, oshga qarab yuboraylik, jonimiz sog' paytda.
- Hm. Boraqoling. Sen nima qilyapsan Madi.
- Menam dadamga qarashmoqchiman.
- Hm. Dadasini erkalari. Qarashinglar. Qarashinglar.
Oila ahil va inoqlikda mehmon kutishga tayyorlanishyapti. Hovlidan rayhon bilan birgalikda baxt ifori ufurardi.
Shu payt eshik taqillab kimdir kelib qoldi. Madina eshikka qaradi.
- Dada, kimdir sizni so'rayapti,- dedi yig'lamsirab.
Qizini ahvolini ko'rib, otasi hayron bo'lib qoldi.
- Nima bo'ldi? Tinchlikmi?
Darrov eshikka qaradi:
- Sizga kim kerak.
- Uyni qachon bo'shatmoqchisizlar.
- Tushunmadim.
- Nimani tushunmaysan,- deya uyga bostirib kirdi notanish odam. Undan keyin yana ikki-uch odam unga ergashib keldi.
- Bu uy endi bizniki. Biz uning haqiqiy egasimiz. Uyni qancha tez bo'shatsangiz, o'zingiz uchun shuncha yaxshi.
- Hazillashyapsizmi? Qanaqsiga sizniki bo'ladi axir?
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#5_kun

Koʻzlarimga surtay tuproqlaringni,
Koringga yarasam baxtni tuyaman.
Xushboʻy guling tugul, yantoqlaringni
Ming jinon bogʻidan ortiq suyaman.

Qaylarda Makka-yu, qayda Madina?!
Mening-chun Koʻhna Sharq Makkasisan sen!
Togʻlaringni oʻpib sajda qilaman,
Qalbim Baytullohi - Kaʼbasisan sen!

Osiyo bogʻida boʻy anbarimsan,
Onamsanki, har dam tafting sezaman.
"Sen mening yagona paygʻambarimsan,
Men Bilol,
Men Habash,
Qulday sevaman!" *

*Muhammad Yusuf misrasi.


: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#6_kun

Bir soʻz ayt

Bir soʻz ayt yurakdan hayqirib,
Yurakman, deganga yetib borsin ul!
Botgan shams orqaga qayrilib,
Togʻlarning bagʻridan unib chiqsin gul!

Bir soʻz ayt... Har dilga muhrini bossin,
Izlari oʻchmasin asrlar osha.
Soʻzing qadring ila qadding koʻtarsin,
Yashayman, desang gar shundayin yasha!

Bir soʻz ayt koʻngilning tilida,
Uygʻonsin Ona yer...
Uygʻot zaminni.
Kamaysin havoyi soʻzlar bittaga,
Va toʻldir zamonning bitta kamini!

Bir soʻz ayt... Olovday lovlagan,
Taftidan kul boʻlsin hatto otash ham.
Mardlarga yarashar haq soʻzni aytib,
Jonini jabborga berib yashash ham!

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#6_kun

Xaridor qiz.

Hadicha endigina o'n sakkizga kirishiga qaramay umrining sanoqli kunlari qolgandi. Yo'li tugab, manzili ko'rinay deb qolgandi. Oila-a'zolari bir ahvolda. Kecha-yu kunduz Allohga nola qilishadi. Hadichaga da'vo tilab.
Hadicha yo'lning tezroq tugashini, manzilga tezroq borishni xohlardi. Tug'ilganimdan beri uyimdagilar ro'shnolik ko'rmadi deb kuyunardi. Hadichani uy yutib yuborar derdi. To'rt devor uni tobora siqib kelardi. Dori-darmonlar. Unga achinish ko'zi bilan qaragan nigohlar uni battar azoblardi. Uyda o'tirib yuragini siqmasdan, ko'cha havo almashtirishni afzal ko'rdi. Ko'ngli tusagan joylarga bordi. Sayr qildi. Xiyobonni aylandi. Ko'chadagi mushuklar bilan birga o'ynadi. Vaqtini chog' o'tkazdi. Uyga qaytyotganida ko'zi burchakdagi bir kitob do'koniga tushdi. Xiyol ichkariga nazar soldi. Ko'zi kitob sotuvchisiga tushdi. U o'zi tengi xushbichim va yuzidan nur yog'ilayotgan yigit ekan. Ikkilanib turdi va do'konga qarab yo'l oldi. Ichkariga kirdi. Boshqa olam. Boshqacha dunyo. Kitoblarni ko'rib ko'zing quvnaydi, diling yayraydi. Do'kon eshigi ikki olamni bog'lab turgan tuynukka o'xshaydi. Eshikdan chiqsang boshqa olam. Tashvish-u muommolar, dard-u sitamlar.
Eshikdan kirsang boshqa dunyo. Tashvishlarsiz xotirjam hayot. Sakinat. Beg'uborlik. Eng muhimi bu olamda o'lim yo'q. Yo'qotish-u xiyonatlar yo'q. Aldovlar yo'q. Hadicha do'konni bir aylanib chiqdi va sevimli kitobini qo'liga ushlab burchakdagi stoldan joy oldi. Deraza tomonga qarab mutolaaga kirishdi. Hamma mutolaa bilan band. Kimdir kitobni sotib olib o'z uyida mutolaasiga kirishsa, kimdir bu yerda. Hadicha ham sotuv bo'limiga yo'l oldi. Qo'lida kitob , yuzida tabassum bilan.
- Assalomu aleykum . Shu kitobni o'rab berolmaysizmi?
- Assalomu aleykum . Yaxshimisiz? Hozir shu kishinikini o'rab beray.
Hadicha sotuvchi ishini yakunlaguncha, navbat o'ziga kelguncha kutib turdi. Sotuvchi o'z ishiga sidqidildan kirishgandi. Yuzida tabassum bilan kuzatardi xaridorlarni.
- O'tkan kunlarmi?
- Ha , O'tkan kunlar. Sevimli kitobim.
- Bir xil kitobni yoqtirar ekanmiz.
- Bo'lib turadi. Sevimli kitobimni takror-takror sotib olgim , takror-takror o'qigim kelaveradi.
- Yaxshi kitob. Men ham ko'p bor o'qiganman. Zaynab haqmi yo.
- Albatta nohaq.
- Haq bo'lsa-chi.
- Siz bilan bir fikr almashishimiz kerak ekan.
- Menda bunga ortiqcha vaqt qolmagan.
- Bugunmas. Balki ertaga. Yo indin.
- Unda ham vaqtim yetmasa kerak. Menimcha.
Sotuvchi miyig'ida kulib qo'ydi.
- Vaqtiz juda tig'iz ekan-a. Unda sizni vaqtizni olmay. Hozir kitobni o'rab chiqaman.
Sotuvchi boshqa bir og'iz ham gapirmadi. Kitobni chiroyli qilib o'rab olib chiqdi. Qiz kitobni olib, yo'lida davom ettirdi. Uyiga kelsa uni butun oila-a'zolari va shaxsiy shifoxonasi kutib turardi. Hadicha kitobni ochmasdan ham javonga qo'ydi. Va shifoxonasi tomon yo'l oldi.
Hadicha har kuni yo'lini shu do'kon tomonga boradigan burdi. Har kuni shu tomonda Hadicha uchun ish topiladi va shuning bahonasida do'konga bir zumga bo'lsa ham kirib chiqadi. Bugun ham yo'l oldi. Yana o'sha tanish chehralar. Yana o'sha tanish kitoblar.
- Assalomu aleykum. Kitobni o'rab bering.
- Uka, sen shoshmay tur. Opangni vaqti juda tig'iz. Oldin uniki o'rab beray.
Hadicha bu kesatik nima uchunligini tushuna olmagandi. Sotuvchi kitobni har doimgidek: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi chiroyli qilib o'rab olib chiqdi. Hadicha uni olib uyi tomon otlandi. Bugun uni katta oilasi va shaxsiy shifoxonasi kutib olmadi. Bugun uni bo'm-bo'sh uy qarshi oldi. Uydagilar mehmonga ketishgan. Hamshiralar ham bugun kelishmabdi. Kitobni yana o'ramini buzmay javonga qo'ydi. Kunlar shu taxlit o'taverdi. Javon takror-takror o'qilgan , lekin o'rami buzilmagan kitoblarga to'lib ketdi. Hadichaning tushlikdan oldin do'konga borishi odatiy holga aylandi.
Bugun ham tushlikdan oldin do'konga bordi. Sotuvchi uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Tanlagan kitobini o'rab berdi:
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nazm
#7_kun

Chin dugonamga


Borligʻim,
Tashakkur borliging uchun.
Sensan Yaratgandan buyuk inoyat.
Hayot yoʻllaringga nurlarin sochib,
Allohim umringga bersin hidoyat!

Borsanki, hamisha umrimga zebsan,
Kuz kirgan qalbimga bahorsan oʻzing.
Yigʻlasam, yelkangni tutib boshimga,
Malham boʻlar menga aytgan har soʻzing.

Goho tillar emas soʻzlashadi dil,
Anglaysan koʻzimdan jimliklarim ham.
Ikkimiz bir butun, koʻnglimiz-da bir,
Eng oliy baxtim ham sensiz boʻlur kam.

Borligʻim,
Tashakkur borliging uchun!

: Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Hafta_ijodkorlari
#7_ta_iqtidor
#Nasr
#7_kun

Qaytish.

Onajonim , izlab yoshim bir joyga yetdi ,
Ammo , sizdan keladigan isni topmadim.

" - Oyi, qarang kimning tugganni chiroyli? Menikimi yoki sizniki? Darrov oʻrganib oldim-a? - Ho, seni qara. Mendan ham chiroyli qilib tugyapsan-a? Boshqa ishlarni ham oʻrganib olsang edi. Shunaqangi yaxshi qiz boʻlarmiding? - E-e bilasiz-u,
boshqa ishlarni qila olmasam ham juda yaxshi qizman-u. Nega buncha kam tugdik mantini? Nega ichida goʻsht kam oyi? -Mm. Qizim uyda goʻsht tugab qolgan ekan. Oʻshanchun. Bu safar harajatlar biroz oz . Keyingi gal goʻshtli va sal koʻproq qilib pishiramiz. Hoʻpmi qizim? - Oyijon, goʻsht ikki oydan beri yoʻq- ku. - dedi eshitilar-eshitilmas . - Biron nima dedingmi qizim?"
U olmadek qizargan yuzlarini orqasiga oʻgirib, onasidan oʻzini olib qochmoqchi boʻlardi. Buning sababini onasi ham , oʻzi ham ham juda yaxshi bilardi... Fikrlari tarqab , hayoli buzildi.
- Oʻsha paytlarni juda qumsadim. Uning koʻzidan marjon-marjon yosh tomchilay boshladi. Bir narsa kelib boʻgʻiziga tiqildi. Hayollari chuvalashib ketganidan boshi gʻuvlay boshladi.Yuzidagi rang ham oʻz jilosini yoʻqotdi. - Yoʻq , yoʻq. Nafas ololmayapman . Ortiq chidolmayman . Nima boʻlsa peshonamdan . Qishlogʻimga ketaman. Hayot tashvishlaridan charchadim. Shu ishlarim , yumushlarim onamdan afzal boʻlibdimi?! Onamni koʻrib kelaman. Hech narsasini olmasdan, oʻzining qadrdon xotiralari bilan qishlogʻi tomon yoʻlga otlandi. Oʻzining sevimli uyini tashlab ketayotganida ham qalbida biron oʻkinch, shu uyni tashlab ketayotganiga afsuslanish yoki pushaymonlik hissi uning yuzida umuman sezilmasdi. Shu uy, shu shahar, shu obro-eʼtibor uchun oʻz kindik qoni toʻkilgan maskanidan, oʻz onasidan eng asosiysi oʻzligidan voz kechgan Intizor, bugun shu narsalar uchun fayzsiz bu shaharni xat-xabarsiz tark etmoqda edi. Oʻzi uchun fayzsiz bir gʻamxonadan chiqdi va oʻzi uchun haroratli, yoqimli xotiralarga boy maskanga qadam bosdi. Qishlogʻini koʻrib yoqa ushlaydi kishi. Qishloqnin oldingi holatidan umuman asar ham qolmagan. Barmoq bilan sanashga yetgulik daraxtlar qolgan xolos. Oldinlari bu qishloqda qoq peshin payti ham mazza qilib ishlasa boʻlardi. Qalin-qalin daraxtlar soyasi katta yoʻlgacha tushib turardi. Hozir-chi ? Hozir oʻzining ostidagi nihollarga soya bera oladi xolos. Oldingi bogʻ-u rogʻlardan , uylardan nom - nishon ham qolmagan. Bular -ku mayli, lekin oʻsha paytdagi odamlar ham oʻzgargan. Oʻsha vaqtdagi eʼtibor, mehr-shafqat, oqibatni hozir soʻrab ham olomaysan kishi. Odamlar unga eʼtibor ham qaratishmadi. Eʼtibor qaratish u yoqda tursin, kim ekan bu deb hattoki qayrilib ham qarashmaydi. Hamma oʻz dardi bilan ovora. Oʻz tashvishi-yu, oʻz yumushlari bilan. U asta oʻzining uncha hashamdor boʻlmagan , u darajada ham oʻzgarmagan koʻchasiga kirdi. Oʻsha boʻgʻziga tiqilib, unga tinchlik bermayotgan nimadir endi u bilan ishi yoʻqdek boʻlib qoldi. Oʻzi ulgʻaygan koʻchaga kirganida oʻzida yoʻq xursand edi. Chunki bu onlarni u intizorlik bilan kutgandi. Xayolida nimalardir asta-sekin gavdalana boshladi: shu ariq boʻyida dugonalari bilan mazza qilib oʻynagani , shu koʻchalarda yiqilib, qoqilib ogʻriqdan onasiga tinchlik bermaganlarini esladi. Koʻzi nimagadir tushdi-yu, xayoli boʻlindi. Bu oʻsha - onasi bilan birga doim non yopadigan tandiri. U esgiligidan nurab , qulab ketgandi. Undan faqat poydevorlari qolgan xolos. Buni koʻrib koʻngli buzulib ketdi. Oʻzi bilmagan holda koʻziga yosh oldi. Yosh toʻla koʻzlarini asta artgancha qasrlardan ham afzal koʻradigan kamtarona kulbasi tomon qadam tashladi. Bu uy ham unchalik oʻzgarmagan. Deborlarining nuramoqchiligini hisobga olmasak, albatta. Eshik oldidagi bogʻlarga nazar tashladi. Biron gul-u oʻsimlikdan nom-nishon yoʻq. Hamma yoq suvsizlikdan qaqshab yotibdi. Koʻcha betlari ham supurgi koʻrmaganiga ancha boʻlganligi sezilib turibdi. U hamma yoqni diqqat bilan kuzatdi. Eʼtibor berib qarasa, onasi bilan ekkan nihol ham quribdi. Buni koʻrib dilin siyoh boʻldi. Xoʻrsingancha eshik oldiga intildi.