Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.47K subscribers
11.5K photos
1.49K videos
75 files
5.9K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Йиғилишда айрим туманлар уларга озиқ-овқат учун 70 минг гектар қўшимча майдон берилганига қарамасдан асосий озиқ-овқат маҳсулотлари билан ўзини ўзи таъминлай олмаётгани танқид қилинди.

Ҳокимлар мавжуд озиқ-овқат майдонларини кенгайтириш, янги лойиҳаларни амалга оширишда ташаббус кўрсатмаётгани қайд этилди.

Шу муносабат билан ҳамда аҳоли дастурхонининг тўкин-сочинлигини ўйлаб, йил охиригача озиқ-овқат маҳсулотлари бўйича импорт божларидан имтиёз берилиши таъкидланди.

Бундан ташқари, 1 майдан ижтимоий реестрга кирган аҳолига мол, қўй ва парранда гўшти, тухум ва ўсимлик ёғи харид қилса, қўшилган қиймат солиғи қайтарилади. Бу орқали 2 миллиондан ортиқ оилага енгиллик яратилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Озиқ-овқат етиштиришни кўпайтириш учун шу йилнинг ўзида 6,2 триллион сўм янгича механизмлар асосида ажратилади. Жумладан:

- Қишлоқ хўжалиги жамғармасидан мева-сабзавотчиликнинг айланма маблағлари учун 700 миллиард сўм ажратилади;

- аҳолига берилган ерларда кўчат, уруғ, ўғит ва техника етказиб бериш учун жами 500 миллиард сўм берилади.

1 апрелдан 130 миллион доллар маблағ банклар иштирокисиз, тўғридан-тўғри тадбиркорларга ажратилади. Бунда банк устамаси бўлмайди ва тадбиркор бозорга қараганда анча арзон кредит олиш имконига эга бўлади. Ушбу маблағлар маҳсулот етиштириш, қайта ишлаш ва харид қилиш, техника сотиб олиш учун 10 йилгача 14 фоиздан ажратилади.

Шу билан бирга, интенсив боғ ва токзорлар, логистика объектлари тайёр қурилиб, тадбиркорларга лизингга берилади. Энди, тадбиркор 20 фоизини олдиндан тўлайди, қолган 80 фоизини 10 йил давомида бўлиб-бўлиб тўлайди.

Бунда тадбиркорлар ўз лойиҳаларини Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг шаффоф электрон платформаси орқали тақдим қилади. Вазирлик лойиҳаларни тўғридан-тўғри ўзи молиялаштиради.

Facebook|Instagram|Twitter
2 mln. dan ortiq oilalarga ijtimoiy reestrga kirgan aholiga qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi

✔️Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo‘shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlay olmayotgani tanqid qilindi

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

➡️Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta’kidlandi.

➡️Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq boshqarmasida  mehr-oqibat ramzi bo‘lgan sumalak tayyorlandi

🌺 Xalqimizning ezgulik ayyomi - Navro‘zda tayyorlanadigan eng tansiq milliy taomlardan biri shubhasiz sumalak hisoblanadi.

  Navro‘z dasturxonining to‘ridan joy oladigan betakror taomning tayyorlanish jarayoni ham o‘ziga xos — hamjihatlik, totuvlik, insonlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shu bois, Navro‘zda momolarimiz bosh bo‘lib, sumalak tayyorlashga oshiqishadi.

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

QQSning soliq davri (hisobot davri) bir oy etib belgilangan. Shunga ko‘ra hisob-kitob va uning ilovalari oylik asosda toʻldiriladi.
👉Soliq kodeksi 259-modda

🗓QQS hisobotining 5-ilovasiga o‘zgartirish kiritildi. Shunga ko‘ra, QQS hisobotining yangi 10006_37 sonli paketi my.soliq.uz saytiga joylashtirildi.

Bunda 2023-yilning o‘tgan davri uchun (yanvar - fevral) taqdim etilgan hisobotlarni qayta topshirish talab etilmaydi.

Soliq kodeksining 83-moddasiga asosan qayta hisobot taqdim etilganda, 10006_37 paketi bilan topshiriladi.

👉QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha batafsil qo‘llanma

QQS hisobotining 5-ilovasiga kiritilgan o‘zgartirishlar

🔸5-ilova “QQS summasiga tuzatish kiritish” interaktiv xizmati maʼlumotlari asosida shakllanadi.

🔸“QQS summasini hisobga olish” bo‘limida Soliq kodeksining 266, 269 va 270-moddalarida keltirilgan mezonlarga asosan QQS summasi hisobga olinadi. Bu ma'lumotlar 5-ilovaning 1-jadvalida aks etadi.

🔸“QQS summasini hisobdan chiqarish” bo‘limida Soliq kodeksining 266, 267, 269, 271-moddalarida keltirilgan mezonlarga asosan QQS summasi hisobdan chiqariladi. Bu ma'lumotlar 5-ilovaning 2-jadvalida aks etadi.

❗️Ma'lumot uchun: EHF rouming operatori tomonidan berilgan ID raqam, bojxona yuk deklaratsiyasi esa post raqami, deklaratsiya rasmiylashtirilgan sana va deklaratsiya raqamini kiritish natijasida shakllantiriladi. So‘ngra kerakli tovar (qoldiq yoki hisobdan chiqariladigan) miqdori kiritilganda tuzatilishi lozim boʻlgan QQS summasi avtomatik aks etadi.

☝️Maʼlumotlar tuzatilishi lozim boʻlgan sanadagi koʻrsatib oʻtilgan soliq davrida shakllantiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_mobil_ilovasi
#Turizm_uchun_keshbek

🏕“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ishga tushirilgan. Shunga ko‘ra, mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.

🛺Sarflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchilar transport va joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik hamda madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan cheklarni “Soliq” mobil ilovasi (QR-kodini) skanerlashi kerak.

✔️Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
#Soliq_mobil_ilovasi #Turizm_uchun_keshbek 🏕“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ishga tushirilgan. Shunga ko‘ra, mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50…
⚡️🛒Xushxabar: quyidagi oziq-ovqat mahsulotlariga bojxona boji nol stavkada qoʻllanilishi uzaytirildi

🔸
yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
🔸pishloq va tvoroglar;
🔸yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
🔸yangi olma, nok va behi;
🔸bugʻdoy yoki javdardan tashqari gʻalla donidan un;
🔸kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, imtiyoz 2024 yil 1 yanvargacha amal qiladi.

Telegram | Facebook
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar foydasiga:

🔸soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvlari bo'yicha 49,9 mlrd so‘m;
🔸kameral soliq tekshiruvlari boʻyicha 61 mlrd so‘m miqdoridagi qarorlar bekor qilindi.
__________
#цифровизация #обжалование

Налоговый комитет отменил в пользу налогоплательщиков решения:

🔸по налоговым аудитам и выездным налоговым проверкам на сумму 49,9 млрд сумов;
🔸по камеральным налоговым проверкам на сумму 61 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#stol_tennisi

🏓 Oʻtgan haftada sportning stol tennisi turi boʻyicha Gʻallaorol tumani Davlat soliq inspeksiyasi, 4-sektor rahbari kubogi uchun musobaqa boʻlib oʻtdi.

Musobaqada 35 ta mahalladan erkaklar hamda xotin-qizlar, uyushmagan yoshlar hamda korxona va tashkilot xodimlaridan iborat jamoalarning 70 nafar sportchilari ishtirok etishdi.

Faxrli birinchi oʻrinni “Olimlar” mahallasi, ikkinchi oʻrinni “Baxt” mahallasi, uchinchi oʻrinni “Qashqabuloq” mahallasi qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari “Eng faxriy ishtirokchi”, “Eng yosh ishtirokchi”, “Eng chaqqon ishtirokchi”, “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalari boʻyicha ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Telegram | Facebook
SEKTOR RAHBARI MAHALLA MUTASADDILARI BILAN SUHBAT O‘TKAZDI

Forish tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanjar Hafizov tumandagi og‘ir mahallalardan biri hisoblangan "Uchquloch" mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli bilan mahallada joriy ilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Sektor rahbari suhbat davomida mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand oilalarni "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritish, mahalladagi mavjud ishsizlarning bandligini ularga subsidiya, kredit berish, tomorqadan unumli foydalanish orqali ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Telegram | Facebook
Forwarded from Jizzax ''E-AUKSION''
e-auksion.uz platformasi orqali 1437 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

➤ Arnasoy tuman 95 ta (ko'rish)
➤ Baxmal tuman 96 ta (ko'rish)
➤ G'allarol tuman 115 ta (ko'rish)
➤ Sh.Rashidov tuman 56 ta (ko'rish)
➤ Do'stlik tuman 105 ta (ko'rish)
➤ Zomin tuman 23 ta (ko'rish)
➤ Zarbdor tuman 41 ta (ko'rish)
➤ Mirzacho'l tuman 103 ta (ko'rish)
➤ Zafarobod tuman 104 ta (ko'rish)
➤ Paxtakor tuman 76 ta (ko'rish)
➤ Forish tuman 114 ta (ko'rish)
➤ Yangiobod tuman 103 ta (ko'rish)
➤ Jizzax shahar 379 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.
👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4-SEKTOR RAHBARI MAHALLA MUTASADDILARI BILAN SUHBAT O‘TKAZDI

Zomin tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor
rahbari o’z xududida joylashgan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig’ini binosida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli bilan mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazdi.

Sektor rahbari suhbat davomida mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand oilalarni "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritish, mahalladagi mavjud ishsizlarning bandligini ularga subsidiya, kredit berish, tomorqadan unumli foydalanish orqali ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Telegram | Facebook