Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Bilimingizni sinang!

PF-70-son farmoniga ko'ra, 2030 yilgacha qaysi turdagi korxonalar tashkil etilmaydi?
Anonymous Quiz
54%
Davlat ishtirokidagi korxonalar
37%
Xavfsizlik va mudofaa bilan bog'liq korxonalar
1%
Tadbirkorlik sub’yektlari
8%
Xususiy sektordagi korxonalar
📍G‘allaorol tumanidagi Uzunbuloq mahallasi “Turizm mahallasi” maqomini oldi

G‘allaorol tumanida muhim madaniy va turistik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Prezidentimizning o'tgan yil Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda 21.01.2025-yildagi PQ-12-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Uzunbuloq mahallasiga “Turizm mahallasi” maqomi berildi.

2 nafar tadbirkorga oilaviy mehmon uyi tashkil etgani uchun sertifikatlar taqdim etildi. Hunarmandlar mahsulotlarini namoyish qilishdi, turkompaniyalar esa “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida yangi turistik paketlarni taqdim etdi.

Mahallaning mavjud infratuzilmasi:
- 10 ta ortiq oilaviy mehmon uylari
- 8 nafar hunarmand
- 5 ta ovqatlanish shoxobchasi
- 2 ta selfi maskani
- 3 ta savdo markazi
- “Sa’d ibn Abu Vaqqos” ziyoratgohi

Sayyohlar oqimini oshirish maqsadida umumiy qiymati 1,8 mlrd so‘mlik 3,1 km yo‘l asfaltlandi va yana 0,75 km ichki yo‘l shag‘allandi.

Telegram | Facebook  | Instagram
👍1
🛑 ENDI HISOBRAQAMLAR SUD QARORISIZ HAM TO‘XTATILIShI MUMKIN!

2025 yil 30 yanvarda qabul qilingan PQ-33-son qarorga asosan:

💼 Agar tadbirkor soliq qonunbuzarligini tan olsa,
— uning bank hisobraqamlari sudsiz to‘xtatilishi mumkin.

⚖️ Agar tan olmasa,
— hisobraqam faqat sud orqali to‘xtatilishi mumkin.
👉 Bu 2025 yildagi soliq tekshiruvlar va moliyaviy erkinlik bilan bog‘liq muhim yangilik!

📌 Tadbirkorlar e’tiborida bo‘ling – qonunni bilish juda muhim!

#Tadbirkorlik #Soliq #HuquqingniBil #Uzbekiston #BiznesYangiliklari
Telegram | Facebook  | Instagram
2025 yil 1 maydan boshlab davlat biznesni yiriklashtirishni qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqmoqda!

🗓 1 maydan boshlab Prezidentning PF-50-son Farmoni (19.03.2025 y., 2-band) asosida tadbirkorlarning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi rag‘batlantirish mexanizmlari amalga joriy etiladi!

📈 Yangi tizim:
O‘zini-o‘zi band qilgan shaxs → Yakka tadbirkor → Kichik biznes → O‘rta biznes → Yirik biznes

🔑 Nima o‘zgaradi?

1. Davlat bojisiz ro‘yxatdan o‘tish:
— O‘zini-o‘zi band qilgan shaxs yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa — boj to‘lanmaydi!

2. Garovsiz kreditlar:
— Faoliyatini mikrofirma yoki kichik biznesgacha kengaytirgan tadbirkorlarga:

🔹 50 mln so‘mgacha — Oilaviy tadbirkorlik dasturi
🔹 150 mln so‘mgacha — Kichik biznesni qo‘llash dasturi asosida ajratiladi.

3. QQSni tezkor qaytarish:
— O‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirganlar uchun QQS faqat 7 kunda qaytariladi!

Telegram | Facebook  | Instagram
🗓 1-maydan O‘zbekistonda NIMALAR O‘ZGARADI?
❗️Tariflar oshadi, tekshiruvlar keskinlashadi, yangi imtiyozlar kuchga kiradi...

👇 Sizni qanday yangiliklar kutmoqda?

1️⃣ O‘g‘it va pestitsidlar raqamli markirovka qilinadi. (2026-yildan – barchaga majburiy bo‘ladi!)

2️⃣ Elektr va gaz tariflari oshiriladi. Hamma uchun!

3️⃣ Hisobraqamlar sudsiz to‘xtatilishi mumkin. Faqat soliq qonunbuzarligini tan olganlarga.

4️⃣ Soliq tekshiruvlari ogohlantirishsiz boshlanishi mumkin (ayniqsa yashirish holatlari bo‘lsa).

5️⃣ “Xavfli” mahsulotlar ro‘yxatga olish soddalashtiriladi – endi deklaratsiya tizim orqali.

6️⃣ Kreativ park rezidentlari 50% soliq imtiyoziga ega bo‘ladi. (JShDS, ijtimoiy soliq va boshqalar)

7️⃣ Biznesni yiriklashtirish rag‘batlantiriladi: boj olinmaydi, garovsiz kreditlar beriladi.

8️⃣ Ayol tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar – grantlar, imtiyozli kreditlar va kafilliklar.

Batafsil

Telegram | Facebook  | Instagram
🆕 1 MAYDAN YaNGI TARTIB: YuQORI XAVFLI MAHSULOTLAR BO‘YIChA SERTIFIKATLAShTIRISh SODDALAShADI!

🇺🇿 Prezidentning 18.04.2025 yildagi PF-67-son Farmoni (4-band, "b" kichik bandi) bilan muhim yangilik joriy etildi:

Yuqori xavf darajasiga ega mahsulotlar uchun: • Endilikda muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organida alohida ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas!

• Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi — korxona o‘zi Texnik jihatdan tartibga solish axborot tizimi orqali deklaratsiya tuzadi va hisobga oladi.

📌 Bu nima degani? — Byurokratik to‘siqlar kamayadi
— Ortiqcha hujjat aylanmasi yo‘q
— Barcha jarayon avtomatlashtiriladi

💡 Tadbirkorlar uchun afzalliklar: 🔹 Vaqt tejaladi
🔹 Xarajatlar kamayadi
🔹 Tizimli va shaffof hisobot yuritiladi

📎 Qonuniy asos:
🗓 18.04.2025 y.
📄 PF-67-son Farmon, 4-b. «b»

Telegram | Facebook  | Instagram
🎨 KREATIV INDUSTRIYA PARKI REZIDENTLARIGA SOLIQ IMTIYOZLARI!

📅 2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvargacha — 5,5 yil davomida kreativ iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyatlar yaratildi!

📄 PF-61-son Farmon (26.03.2025 y., 3-b.) asosida:

Ijtimoiy soliq va JShDS — 50% ga kamaytirilgan stavkada!

Aylanma soliq — daromad summasiga qaramay, ixtiyoriy to‘lash huquqi saqlanadi

🔁 Yoki istasa — tadbirkor QQS va foyda solig‘i tizimiga o‘tishi mumkin

📌 Muhim shart:
Bu imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin amalga tatbiq etiladi.

📘 Eslatma: Kreativ Park rezidentligi va faoliyat qoidalari «Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi.

🚀 Agar siz dizayn, IT, animatsiya, media, arxitektura, reklama yoki boshqa kreativ sohada ishlayapsizmi — bundan foydalaning!

Telegram | Facebook  | Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Uch oyda kameral tekshiruvi soliq to‘lovchilarning 2,8%ida o‘tkazilgan

2025-yil yanvar-mart oylarida 15 mingta soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (529,5 mingta) 2,8 foizini tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlarda 6,5 trln soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnomalar yuborilgan.

Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:
◽️ foyda soligʻi – 2,1 trln soʻm;
◽️ QQS – 2,8 trln soʻm;
◽️ aksiz solig‘i – 1 trln soʻm;
◽️ yer solig‘i – 137,1 mlrd soʻm.

Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
🔹umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 2,6 trln soʻm;
🔹ishlab chiqarish – 1,7 trln soʻm;
🔹transport - 1 trln soʻm;
🔹qurilish – 727,4 mlrd soʻm;
🔹qishloq xo‘jaligi - 268,1 mlrd so‘m.

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
🚫 E’tibor bering! Har qanday mahsulot «Halol» deb belgilanmaydi!

📜 01.02.2025 yilda qabul qilingan 57-son VMQga muvofiq:

Faqat SMIIC — Islom mamlakatlarining standartlashtirish va metrologiya instituti talablariga javob beradigan mahsulot va xizmatlargina
«Halol» belgisi bilan markirovkalanishi mumkin.

🔍 Mahsulot yoki xizmatning ushbu talablarga mosligini:
🔹 Ishlab chiqaruvchi arizasi asosida
🔹 Sertifikatlashtirish organi maxsus tekshiruvdan so‘ng aniqlaydi.

📌 Demak, iste’molchi sifatida ham, ishlab chiqaruvchi sifatida ham –
«Halol» belgisiga ishonch bilan, lekin bilimli yondashing!

Telegram | Facebook  | Instagram
⚠️ Qaysi ob’yektlar “foydalanilmayotgan” deb topiladi?
Yangi nizom loyihasiga ko‘ra, foydalanilmayotgan mol-mulk ob’yektlarini aniqlash mezonlari belgilandi. Muhokama 8-maygacha davom etadi.

🛑 Quyidagi holatlardagi ob’yektlar “foydalanilmayotgan” deb e’tirof etiladi:

1. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan yoki faoliyatini to‘xtatgan shaxslarga tegishli mulklar.
2. 🏗 6 oy ichida qurilishi boshlanmagan yer uchastkalari.
3. 📉 Ketma-ket 12 oy davomida:
– soliq to‘lanmagan,
– ish haqi EKIHdan past bo‘lgan,
– ijara shartnomasi tuzilmagan,
– savdo aylanishi belgilangan minimal qiymatning 10%idan kam bo‘lgan.

💡 Masalan:
Toshkentda 100 kv.m noturar joy → minimal aylanish = 33 mln so‘m/yil
Agar shu darajaga chiqmasa, ob’yekt “foydalanilmayotgan” hisoblanadi.

📌 Agar ob’yekt 3 ta mezonga mos tushsa, avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi.
📈 Keyingi oyning 1-sanasidan boshlab oshirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi.
6 oy faoliyat yuritsa – imtiyoz tiklanadi, aks holda – mulk olib qo‘yilishi mumkin.

⚠️ Quyidagilar bu tartibga kiritilmaydi:
– qishloq xo‘jaligi yerlar,
– yakka tartibdagi uy-joylar,
– davlat mulklari,
– sanksiyalangan yoki mavsumiy ob’yektlar.

📌 Nizom hali loyiha holatida, siz ham QHTBTda fikringizni bildiring!

📢 Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga OBUNA BO‘LING! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Do‘stlik tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot!
Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.


👤 Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi rahbari B. Ismoilov, tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi va faol tadbirkorlar qatnashdi.

🔹 Faol tadbirkorlar e’tirof etildi

🔹 Masalalar yuzasidan joyida yechimlar taklif etildi

🔹 “STNTEZ DOSTLIK TEXTILE ACCESSORIES” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi

📢 Maqsad — tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muloqotni kuchaytirish va muammolarni ochiq hal etish!

Telegram | Facebook  | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Do‘stlik tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot!
Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.


👤 Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi rahbari B. Ismoilov, tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi va faol tadbirkorlar qatnashdi.

🔹 Faol tadbirkorlar e’tirof etildi

🔹 Masalalar yuzasidan joyida yechimlar taklif etildi

🔹 “SINTEZ DOSTLIK TEXTILE ACCESSORIES” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi

📢 Maqsad — tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, muloqotni kuchaytirish va muammolarni ochiq hal etish!

Telegram | Facebook  | Instagram
📢 Diqqat! Muhim yangilik!

Jizzax viloyati soliq boshqarmasining rasmiy Telegram kanali o'zgardi!


🔹 Eng so‘nggi soliq yangiliklari
🔹 Muhim eslatmalar va imtiyozlar
🔹 Qonunchilikdagi o‘zgarishlar
🔹 Foydali maslahatlar va javoblar

Barchasi endi yangi kanalimizda! 🆕 Bu kanalga endi xabar joylanmaydi!!!

Tezroq obuna bo‘ling va muhim ma’lumotlardan bexabar qolmang!

👉 YANGI KANALGA O'TISH

Telegram | Facebook | Instagram