Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.47K subscribers
11.5K photos
1.49K videos
76 files
5.9K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
🌸Yana koʻngillardan rutubat ketdi,
Yana shuʼlalardan qamashmoqda koʻz.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, bahor keldi, kelmoqda Navroʻz!

Bugun 21 mart Navroʻz - umumxalq bayrami.

Bilamizki, Navro‘z – azaldan xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, uning oliyjanob orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etib, ajdodlarimizdan Bizga o‘lmas meros sifatida o‘tib kelayotgan bayramdir.

Ayniqsa, ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yasharish va yangilanish, yaxshilik va bag‘rikenglik, tabiatni asrab-avaylab, doimo u bilan uyg‘un bo‘lib yashash kabi o‘lmas g‘oyalar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi va ma’no-mazmuniga g‘oyat hamohang.

Jizzax viloyatining Arnasoy tumani 4-sektori hududida joylashgan mahallalarda yangilanish va yasharish fasli katta shodu-hurramlik bilan qarshi olindi. Baxtli va Bo'ston MFYlarida tashkil etilgan tadbirlarda yoshu-keksalar ishtirokida Navro'z keng nishonlandi.

Sayl tarzida o'tgan tadbirda sport musobaqalari, turli bellashuvlar, ko'rgazmalar tashkil qilinib, bahoriy taomlar tayyorlandi. Faxriylar tomonidan barcha yumushlar boshlanishi oldidan duoi-fotiha berildi.

San'atkorlarning kuy-qo'shiqlari raqslarga ulanib ketdi.

Telegram | Facebook
21-mart navro'z bayrami ayni kunlarda mahalla va qishloqlarda keng nishonlanmoqda.

Kuni kecha Jizzax shahar 4-sektori hududida joylashgan Turon MFYda shunday tadbir tashkil etildi.

Mahalladoshlar to'planib bir-birlarini bahor ayyomi bilan qutladilar. Dasturxonga bahoriy taomlar ko'k somsa, sumalak, turli shirinliklar va palov tortildi.

San'atkorlarning kuy-qo'shiqlari raqslarga ulanib ketdi.

Telegram | Facebook
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 23-mart

fevral oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun bo‘nak to‘lovlar:
▫️soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS to‘lovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida;
▫️soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek, AOS to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism)

I chorak uchun:

- AOS to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida bo‘nak to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

mart oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Jizzaxda 2023-yil yanvar-fevral-mart oylarida soliq huquqbuzarliklari haqida 1 ming 433 ta murojaat yo‘llangan

2023-yil yanvar-fevral-mart oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 1 433 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹1 101 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹100 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹32 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹200 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

🔍Murojaatlar asosida 663 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 100 % holatda (663 ta) huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Murojaatlarning 770 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

4-sektor tomonidan Do'stlik tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi

👉@JizzaxMTRK👈
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasida maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish mumkin

Buning uchun ilovaning “Sozlamalar” bo‘limidan "Raqamni almashtirish" menyusi tanlanadi. Soʻngra yangi raqam kiritilib, FACE ID orqali oʻzgarish tasdiqlanadi.
———————
#мобильное_приложение

В мобильном приложении Soliq можно изменить номер телефона с сохранением своих данных

Для этого войдите в “Настройки” и выберите меню "Заменить номер телефона". Затем введите новый номер и подтвердите его путём FACE ID.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐 Bugun Jizzax viloyat soliq boshqarmasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimiz milliy libosda ishga kelib, o‘tkazilayotgan "Xonatlas 2023» festivalida ishtirok etishdi.

Atlas matosi go‘zalligi, qadimiyligi, betakrorligi, dunyoning hech qaysi chekkasida uchramasligi bilan qadrlidir.

Taassufki, keyingi paytlarda globallashuv yoki zamonaviylikning ta’sirimi, ushbu matodan tayyorlangan liboslarni ko‘pincha konsert dasturlarida, raqqosalar egnida uchratish mumkin bo‘lib qoldi.

Vaholanki, AQSh, Italiya dizayner va modelerlari ushbu matoga o‘z kolleksiyalarida takror va takror murojaat etmoqdalar.

📌Soliq boshqarmasida o‘tkazilgan festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad ham milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.
Telegram | Facebook
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришни кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам увеличения заготовки продовольственной продукции, эффективной организации весеннего посевного сезона.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш, баҳорги экин мавсумини самарали ташкил этиш бўйича асосий вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Охирги икки йилда жаҳонда озиқ-овқат инфляцияси йилига 15-20 фоиздан пасаймаётгани, ўсимлик ёғи, сут ва гўштнинг жаҳон нархи сўнгги 30 йилдаги, дон маҳсулотлари ва шакар эса сўнгги 10 йилдаги энг юқори даражага кўтарилгани қайд этилди.

Экспорт-импортда логистика, ўғит ва ёқилғи харажатлари ошиб кетгани ҳам озиқ-овқат нархларига ўз таъсирини кўрсатаяпти. Таҳлилларга кўра, бу ҳолат 2023 йилда ҳам, келгуси йилларда ҳам сақланиб қолади.

Мамлакатимизда озиқ-овқат маҳсулотларини етиштиришга 200 минг гектар ер ажратилгани, 500 минг гектар қўшимча ерлар оборотга киритилгани ички бозордаги нарх-навони барқарор ушлаб туриш ва экспортни кўпайтиришга хизмат қилмоқда.

- Лекин, аҳолимиз сони ўсиб бораётгани, жаҳондаги нобарқарор вазият, логистикадаги узилишлар озиқ-овқатни кўпайтириш бўйича олдимизга янада катта вазифаларни қўймоқда, - деди давлатимиз раҳбари.

Шу муносабат билан вилоят, туман ҳокимлари озиқ-овқатни кўпайтириш, одамларни банд қилиш бўйича қўшимча имкониятларни излаши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter