Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.39K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
76 files
5.95K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Do‘stlik tumanida 4-sektor rahbari aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Mazkur tumanning 4-sektor rahbari kuni kecha Mevazor mahallasida aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bu jarayonda yo‘llarni sozlash va elektr ta’minotini yaxshilash yuzasidan hokimlik, viloyat va tuman yo‘l qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.

4- sektor rahbarining tashabbusi bilan mahalladagi ta’mirga muxtoj Bog‘dlochilik va Mevazor ko‘chalarida beton yo‘llar qilinayapti.

Shu bilan birga hududdagi aholi punktlariga elektr ustunlari o‘rnatish va tarmoq tortish ishlari jadallashdi.
Telegram | Facebook
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 25-mart

2022-yil uchun

- xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining vakolatxonalari uchun yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning oxirgi kuni.
(AV ro‘yxat raqami 942-son Nizom 2-band 03.07.2000-yil)
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️25 марта 2023 года последний день

за 2022 год

- представления годовой финансовой отчетности для предприятий с иностранными инвестициями и представительств иностранных фирм
(п.2 Положения рег. МЮ №942 от 03.07.2000 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Jizzaxda halol raqobat uchun shart-sharoit yaratilganligi bois ishbilarmonlik muhiti ta’minlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida birgina Jizzax viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari soni ortdi.

Jumladan, birgina o‘tgan 2016 yilga nisbatan kichik biznes tadbirkorlari soni 1,5 barobar oshdi. Kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 70 foizni tashkil etdi.

Turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boruvchi ishbilarmon doira vakillari uchun soliq imtiyozlari, preferensiya va imtiyozli kreditlar taqdim etilayotgani ularning faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermoqda.
Telegram | Facebook
Zarbdorda sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damda viloyat 4-sektor rahbari, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining Zarbdor tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanda yashovchi fuqarolardan xalq qabulxonalariga, viloyat, tuman hokimliklariga va boshqa davlat tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlar va bevosita qabulga tashrif buyurgan aholining muammolari tinglanayapti.
Telegram | Facebook
Arnasoy tumani Bo‘ston mahallasida 4-sektor rahbari mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Arnasoy tumani SI boshlig‘i, 4-sektor raxbari X.Umurov Bo‘ston MFYda
xokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori bilan uchrashib ularning ish faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilish, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik holatlari sodir bo‘lishining oldini olish masalalari muxokama qilindi xamda mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Facebook