Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
644 subscribers
5.17K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Milliylik

“Milliy libosimiz - ma'naviy boyligimiz”

⚡️O‘quvchilarning milliy kiyimlarda darslarda ishtirok etishi – bu jamiyatning madaniy qadriyatlarini yoshlarga o‘rgatish va ularga o‘z xalqiga bo‘lgan hurmatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

💫 Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Dinara Yakubova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo‘lib, dars jarayonlarida ishtirok etdi. Milliylik va umuminsoniy qadriyatlarga to‘xtalinib, o‘g‘il – qizlar bilan muloqot asnosida ularning kelajakdagi maqsadlari, ta’lim – tarbiya, vatanparvarlik va g‘urur, ilm – fan borasida fikr yuritildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Ustoz Navoiy


Shuhratiga dunyo bosh egdi bu kun,
Qalamin shavqidan gulladi jahon.
Mumtoz she’riyatiga qo‘ydi tamaddun,
Go‘zal satrlari yashaydi hamon.

Ruhimni chulg‘aydi ajib hissiyot,
Qaro ko‘zin tinglagan onda.
“Xamsa”ning har so‘zi dilda yod,
O'qishadi sevib jahonda.

“Hayrat ul - abror”da yangragan sado,
Har dam biz yoshlarga komillik tilar.
Endi bu so‘zlarga qo‘shilgan holda,
Navoiy bobomga o‘xshagim kelar.

Mahsuma MAHKAMBOYEVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Navoiyni unutish bizlar uchun yot


Soat millaridek tez o‘tar yillar,
Ko‘z ochib-yumguncha o‘tdi asrlar.
Navoiy navosi yashar barhayot,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Uning har bir so‘zi durdona, hikmat,
Biz uchun me`rosi eng oliy himmat.
Qilibdi-ku rosa xalq uchun xizmat,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Ko‘p zahmat chekkandi hayot yo‘lida,
„Xamsa“ni yozganda turkiy tilida.
Ezgulik bor edi uning dilida,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.

Navoiy qalblarda har dam yashaydi,
Uning me`rosini yoshlar asraydi,
Bobomiz o‘gitin qalbda saqlaydi,
Navoiyni unutish - bizlar uchun yot.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon
Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

🏛 04.02.2025-kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latovlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga “Bir tahdidga besh zarba” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

🧘Treningdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, axborot olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanish, turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#milliy_sertifikat

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ona tili fanidan milliy sertifikatga tayyorlash uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etildi.

🤝 Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latov tomonidan 9-sinf o‘quvchilarini ona tili fanidan yana-da bilim va malaklarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan to‘garakda taʼlim tizimida tashkil etilgan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlash (esse yozish mahorati va test savollarini qanday to‘g‘ri yechish malakasi) maqsad qilib belgilangan. O‘quvchilar olgan bilimlarini har bir o‘tilgan bo‘limlar bo‘yicha imtihonlar olib borilmoqda.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Nodirabegim_kutubxonasi
#Sayohat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini amalda .

📖 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Namangan viloyati Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda raqamlashtirish va skanerlash hamda raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot o'tkazilmoqda. Navbatdagi o'quv mashg'uloti 10-sinf o'quvchilariga tashkil etildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#sport

SPORT BELLASHUVI

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida "Sport - sog'lik garovi" shiori ostida sport bellashuvi tashkil etildi.

🏐 11-sinflarning "Lochinlar" va "Alpinistlar" jamoalari o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida oʻquvchilari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan birga sportning ushbu turiga nisbatan qiziqishlari yanada oshirish maqsad etib olingan .
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Zakovat
#Alisher_Navoiy

✍️06.02.2025- yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etildi. Intellektual o‘yinda 12 ta jamoa ishtirok etdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#saflanish
#Alisher_Navoiy

🗓 2025-yil 07-fevral: Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarini Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

✍🏻Tongi saflanish davomida 9-sinf o‘quvchilar tomonidan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning ijodidagi g‘azallar, ruboiylar, tuyuqlar hamda hayoti ijodidan ma’lumotlar aytishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Manaviyat_soati
#Alisher_Navoiy

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi barcha sinflarida o‘tkazilgan “Ma'naviyat soati”da “Navoiyni anglab” mavzusida suhbatlar tashkil etildi.

Ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobini hayoti va ijodini oʻrganish hamda shoirning oʻzbek tiliga qoʻshgan hissasini oʻquvchilarga tushuntirishni maqsad etib olingan. Ma’naviyat soatlarida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan shoir ijodini keng targ‘ib qilinmoqda va boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishilmoqda.

👉 Telegram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

NAVOIY

Xitob so‘zga berilib rosa
Buyuk shoir deyishlik oson.
Daryo mavj ursa -yu, toshsa,
Ta'rifiga kim yetar shu on?!

Umr bo‘yi o’tsa-da yolg’iz,
Nolimadi, navoga do‘st u.
So‘zlariga joyladi mag‘iz,
O‘z davriga bo‘loldi ko’zgu.

“Besh asrki nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r,
Amir Temur yetmagan joyni
Qalam bilan olgan Alisher”.

Navoiysiz dunyo dunyomas,
Bir kami ham yetar aslida.
Hech bir so‘zi yolg‘on, ro‘yomas,
Yashar xalqim ko‘ngil qasrida.


Ifora OLIMJONOVA
Is’hoqxon
Ibrat nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram