Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
919 subscribers
6.78K photos
588 videos
18 files
2.12K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Alisher_Navoiy_582_yilligi

NAVOIY VORISLARI

✍️ 9-fevral ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun

Shu munosabat bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bilan hamkorlikda buyuk shoir tavalludining 582 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi, o‘quvchilar buyuk mutafakkirning g‘azallarini chet tillarida yod olib, ijro etdilar. Tadbir sahna ko'rinishlari, Navoiy g‘azallari kuyga solingan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Namangan_MTRK
#Alisher_Navoiy_ijodi

GULDASTA
✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Namangan milliy teleradio kanalida ishtirok etdi.

Namangan viloyati milliy teleradio kanalning jonli efirga uzatiladigan "GULDASTA" koʻrsatuvining yangiAlisher Navoiyijodiga bag‘ishlangan bo‘lib o‘tgan sonida ijod maktabimizning 9- sinf oʻquvchisi Shahzoda Abdullayeva qatnashdi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Zakovat
#Alisher_Navoiy

✍️06.02.2025- yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etildi. Intellektual o‘yinda 12 ta jamoa ishtirok etdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#saflanish
#Alisher_Navoiy

🗓 2025-yil 07-fevral: Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida tongi saflanish maktab jamoasi va o‘quvchilarini Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi.

✍🏻Tongi saflanish davomida 9-sinf o‘quvchilar tomonidan buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning ijodidagi g‘azallar, ruboiylar, tuyuqlar hamda hayoti ijodidan ma’lumotlar aytishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Manaviyat_soati
#Alisher_Navoiy

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi barcha sinflarida o‘tkazilgan “Ma'naviyat soati”da “Navoiyni anglab” mavzusida suhbatlar tashkil etildi.

Ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobini hayoti va ijodini oʻrganish hamda shoirning oʻzbek tiliga qoʻshgan hissasini oʻquvchilarga tushuntirishni maqsad etib olingan. Ma’naviyat soatlarida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan shoir ijodini keng targ‘ib qilinmoqda va boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishilmoqda.

👉 Telegram