Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
984 subscribers
6.88K photos
599 videos
18 files
2.17K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025

Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabining kasbiy (ijodiy) imtihonlarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

📹Bugungi kun jarayonlaridan lavha

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
#Ibrat_maktabi
#forum
#xalqarotajriba

O‘QUVCHILARIMIZ JANUBIY KOREYADAGI  XALQARO YOSHLAR FORUMIDA

🗓  Joriy yilning 22 – 24 – iyul kunlari Gyeongsangbuk-do provintsiyasi ta'lim boshqarmasi tomonidan global fuqarolik ta'limi bo'yicha xalqaro yoshlar forumi o‘tkaziladi.

🌍 AQSH, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston, Koreya Respublikasi, Mongoliya va Vetnamdan 141 nafar qatnashchi ishtirok etadigan mazkur forum SDG - BMT tomonidan qabul qilingan, 2030-yilgacha erishish mo'ljallangan 17 ta global maqsadlar to'plamini o‘z ichiga oladi.

👩🏻‍🎓 Quvonarlisi, ular orasida ikki nafar Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchilari —Shahzoda Abdullayeva va Zilolaxon Jo‘rayeva ham bor.

  Shuningdek, tadbir doirasida «Xvaran» ta’lim markazi, Kyondju milliy muzeyi hamda ekspo markazlarga sayohatlar uyushtirish ko‘zda tutilgan.
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
23🔥6🤗61🕊1
#imtihon_2025
#Bahodir_Jalolov

▶️ Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabining test jarayonlarini jonli efir orqali kuzatishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
НАМАНГАНЛИК ЎҚУВЧИЛАР ЖАНУБИЙ КОРЕЯДАГИ ХАЛҚАРО ЁШЛАР ФОРУМИДА ҚАТНАШАДИ

Жорий йилнинг 22 - 24 июль кунлари Геонгсангбук-до провинцияси таълим бошқармаси томонидан глобал фуқаролик таълими бўйича халқаро ёшлар форуми ўтказилади.

АҚШ, Германия, Япония, Хитой, Ўзбекистон, Корея Республикаси, Монголия ва Вьетнамдан 141 нафар қатнашчи иштирок этадиган мазкур форум SDG - Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан қабул қилинган, 2030-йилгача эришиш мўлжалланган 17 та глобал мақсадлар тўплами: қашшоқликни тугатиш, тенгсизликни камайтириш, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва барча учун тинчлик ҳамда фаровонликни таъминлашга қаратилган масалаларни ўз ичига олади.

Қувонарлиси, улар орасида уч нафар наманганлик 10 - синф ўқувчилари - Исъҳоқхон Ибрат номидаги ижод мактабидан Шаҳзода Абдуллаева, Зилолахон Жўраева ва Чуст туманидаги Ихтисослаштирилган мактабдан Лочинбек Содиқжонов ҳам бор.

Шунингдек, тадбир доирасида «Хваран» таълим маркази, Кёнджу миллий музейи ҳамда экспо марказларга саёҳатлар уюштириш кўзда тутилган.

Наманган вилояти мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси Ахборот хизмати
22👍10😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun.

Mazkur videolavhada Yangi Oʻzbekiston bunyodkori rahbarligida soʻnggi 8 yilda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar aks ettirilgan.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉2👌1🏆1
Namanganlik o‘quvchilar xalqaro yoshlar forumida qatnashmoqda

Joriy yilning 22-24-iyul kunlari Janubiy Koreyadagi Geongsangbuk-do provinsiyasi taʼlim boshqarmasi tomonidan global fuqarolik taʼlimi bo‘yicha xalqaro yoshlar forumi o‘tkazilmoqda.

◀️Mazkur forumda uch nafar namanganlik o‘quvchilar - Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabidan Shahzoda Abdullayeva, Zilolaxon Jo‘rayeva va Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan Lochinbek Sodiqjonov ishtirok etmoqda.

➡️Shuningdek, tadbir doirasida “Xvaran” taʼlim markazi, Kyondju milliy muzeyi hamda ekspo markazlarga sayohatlar uyushtirish ko‘zda tutilgan.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩87🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Oq oltin» balosi: O‘zbekistonda paxta qulligi tarixi, oqibatlar va bugungi kun haqida

Sobiq sovetlar davrida O‘zbekiston tom ma’noda paxta plantatsiyasiga aylantirilgandi. Bu davr oqibatlari mustaqillikdan keyingi o‘n yilliklarga ham ta’sir qildi. Kun.uz hamkorligida tayyorlangan hujjatli filmda taniqli ekspertlar O‘zbekiston qachon va qanday qilib paxta yetishtiruvchi mamlakatga aylanib qolgani, o‘zbeklar paxta tufayli qanday azob-uqubatlarga duchor bo‘lgani, paxtachilik mamlakat xo‘jaligi va genofondida qanday asoratlar qoldirgani haqidagi savollar yuzasidan fikrlarini bildirishgan.

Shuningdek, mustaqillik yillarida vaziyat qanday o‘zgarib borgani va prezident Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgan ilk yillarda bu muammoga qanday chek qo‘ygani eslab o‘tilgan.

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41🔥1
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan abituriyentlar 15 kun davomida quyidagilarni tanlashi lozim:

oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM);
bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish);
taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin);
tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri).

📱 Abituriyentlar test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.

🌎 Sayt manzili: my.uzbmb.uz (“Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi => “OTM tanlash”)

📆 Muddat: 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kunlari ham)

📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Prezident_maktablari

Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonda

🤩Ixtisoslashlashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari yetib kelishdi.

☁️ Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan hududlarga borib, imtihon o‘tkazish jarayoni va tayyorgarlikni ko'zdan kechirishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi 27-iyul kuni soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🆒1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Navbatdagi mazmunli videoni bizga Namangan viloyati Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Maxmudjonova Maftuna yubordi.

◀️ Yorqin lahzalar, samimiy hissiyotlar va oromgohga bo‘lgan mehr ushbu videoda aks etgan. Tomosha qiling va zavqlaning!

Bizni kuzatib boring👇
📱Telegram I📱InstagramI 📱FacebookI📱YouTube
12🔥2🥰21🤔1🎉1😍1🏆1🆒1
RAHBAR VA PEDAGOG KADRLAR TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🔍 Kelajak innovatsion ta’limini birga quramiz!

👩‍🎓 Ta'lim tizimida o‘zgarish qilishga, innovatsion g‘oya olib kirishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

💡 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📎 Talab qilinadigan hujjatlar:
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
Bakalavr yoki magistr diplomi;
Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz - yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👌21
#imtihon_natijalari_2025
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O’TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖@natijalar_piima_1_2025_bot
🤖@natijalar_piima_2_2025_bot
🤖@natijalar_piima_3_2025_bot
🤖@natijalar_piima_4_2025_bot
🤖@natijalar_piima_5_2025_bot

❗️DIQQAT! Natijalarni bilish istagida boʻlgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda soʻrov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

‼️ESLATMA!

Joriy yilning 31-iyul kuni imtihon natijalari bo‘yicha o'quvchilar ro‘yxati tegishliligi bo'yicha Agentlik tizimidagi ijod maktablarda e’lon qilinadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3🎉2😍1🏆1
#apellatsiya_2025

APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 31-IYUL, 1-, 2-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI

Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo'yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi.

📝 Arizalarni maktablar kesimida quyidagi havolalar orqali yuborishingiz mumkin:

➡️ Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar uchun
➡️ Ijod maktablari uchun

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bo‘sh ish o'rinlariga malakali kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

👤 Bo‘sh o‘rin/lavozim:
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
Talablar: Kamida 3 yillik mehnat staji, ta'lim to'g'risidagi qonun va qarorlarni bilishi, zamonaviy texnologiyalardan a'lo darajada foydalana olishi, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi.

Kimyo fani o‘qituvchisi;
Talablar: O'z fanidan ustama olish huquqini beruvchi milliy sertifikati, ingliz tilidan kamida B2 darajadagi sertifikat, kamida 1-malaka toifasi;

Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;
Talablar: o'z fanidan ustama olish huquqini beruvchi milliy sertifikati, oliy malaka toifasi, ingliz tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Ingliz tili o‘qituvchisi;
Talablar: oliy malaka toifasi, o'z fanidan ustama olish huquqini beruvchi milliy yoki xalqaro sertifikati, axborot texnologiyalaridan a'lo darajada foydalana olishi;

Koreys tili o‘qituvchisi;
Talablar: oliy malaka toifasi, o'z fanidan ustama olish huquqini beruvchi milliy yoki xalqaro sertifikati, axborot texnologiyalaridan a'lo darajada foydalana olishi;

Geografiya fani o‘qituvchisi;
Talablar: kamida 1-malaka toifasi, o'z fanidan ustama olish huquqini beruvchi milliy sertifikati, axborot texnologiyalaridan a'lo darajada foydalana olishi, ingliz tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Robototexnika fani o‘qituvchisi;
Talablar: Oliy ma'lumot va robototexnika yo'nalishi bo'yicha sertifikat, ingliz tilini bilishi ustuvorlik beradi;

San'at fani o'qituvchisi;
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Biologiya fani o'qituvchisi;
Talablar: O'z fanidan ustama olish huquqini beruvchi milliy sertifikat, kamida 1-malaka toifasi, B2+ darjada ingliz tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Ijodiy to‘garak rahbari;
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Aktyorlik mahorati to'garak rahbari;
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Musiqa to'garak rahbari;
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Kompyuter grafikasi to'garak rahbari;
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Koreys tili to'garak rahbari;
Talablar: Oliy ma'lumot, koreys tilidan C1+ darjali sertifikat

Yosh tarjimon to'garak rahbari;
Talablar: Oliy ma'lumot, ingliz tilidan C1+ darjali sertifikat

Vrach;

Laborant (biologiya);
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

Laborant (robototexnika);
Talablar: Oliy ma'lumot, chet tilini bilishi ustuvorlik beradi;

BARCHA TALABGORLAR TEST va SUHBAT ASOSIDA ISHGA QABUL QILINADILAR

Arizalarni job2.piima.uz sayti orqali yuborishingiz mumkin!

📱Telegram I📱InstagramI 📱FacebookI📱YouTube
8💔4🎉2😎2🏆1🆒1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33