Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
993 subscribers
6.87K photos
596 videos
18 files
2.15K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 8"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida aql mashg'uloti o'tkazildi.

💠 Unda tarbiyachi-pedagok Sh.Azizmuhamedova hamda jismoniy tarbiya o'qituvchisi I.Ismoilov bilan shaxmat va shahka sporti o'yinlari qoidalari, shartlari va texnikalari mavzusida mashg'ulot bo'lib o'tdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍21
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#tugaraklar
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida media mashg'uloti o'tkazildi.

🎦 Tarbiyachi-pedagog D.Toʻraboyeva hamda "Audio-Visual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi rahbari B.Boybabayev bilan hamkorlikda 11-"B" sinfning mediaga qiziquvchi o'quvchilarga kitoblarni audio formatda saqlashni o'rgatishdi.

🎤 Mashg'ulot davomida 11-"B" sinf oʻquvchilari Saminjonova Jumagul o'qib bergan Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyalar toʻplamidagi "Anor" hikoyasini audio kitob holatida raqamlashtirishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍31
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

📚 Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

💫Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi- pedagog G.Rahimova, adabiyot fani o‘qituvchisi M.Munavvarova hamda 8-"A" sinf o‘quvchilari jurnalist va publitsist Grigoriy Petrovni "Oq nilufarlar yurtida" asari tahlili bo‘lib o‘tdi.

📖Ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud, unda milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkinligi yuzasida yozilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
3
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening
#Tarbiyachilar_faoliyatidan


🏛 09.10.2024-kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latovlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga “Iroda - baxt sharti” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

🧘 Treningdan maqsad o‘quvchilar orzulari maqsadlarini amalga oshirish uchun o'zimizda fikrlarimizni tartibga solish orqali yaxshi niyatlarimizni amalga oshirishni o'rganish va maqsadimizni qayta qayta ongimizga yetkazish. o’qish hamda ish samaradorligini oshirish,shukronalik hissini paydo qilish .

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍2🕊1
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🎨 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog Y. Asqarov rahbarligida 10-“B”sinf o‘quvchilari maktabda tashkil qilingan "Tasviriy va raqamli san’at " to‘garagida o‘quvchilar raqamli texnologiyalar orqali rassomlik saboqlarini o‘rganyaptilar.

📷Jarayondan fotolavhalar

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍5
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar. Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

💫 10.10.2024-yil kuni Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi- pedagogi D. Umarova tomonidan 7- sinf o‘quvchilariga Hindistonda suratga olingan “Yerdagi yulduzchalar” filmi namoyish etildi.

🎞 Unda 8 yoshli Ishan Avasti tug'ilishdan boshlab boshqa bolalardan bir oz farq qilishi. Ishani uchinchi marta maktab imtihonlaridan o'ta olmaganida, otasi bolani jazo sifatida maktab-internatga berishi. Ishanning hayotida vaqtinchalik san'at o'qituvchisi Ram Nikum paydo bo'lishi - bu bolani tushunadigan yagona odam sifatida o'z oldiga bolaning hayoti va unga bo'lgan munosabatini o'zgartirishni maqsad qilib qo'yishi to'g'risida lavhalar aks etgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍1
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

🏛 04.02.2025-kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latovlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga “Bir tahdidga besh zarba” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

🧘Treningdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda, axborot olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻnikmalarini oshirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanish, turli yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolishni oldini olishga qaratilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍2
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus
#sport

SPORT BELLASHUVI


🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 muhim tashabbus doirasida o'quvchilarni jismoniy chiniqtirish maqsadida tarbiyachi-pedagog M.Po'latov tomonidan "Sog‘ tanda sog‘lom aql" shiori ostida sport bellashuvi tashkil etildi.

🏐 Bellashuv 9-sinf o‘quvchilarining "To‘maris" va "Temuriylar" jamoalari o‘rtasida sportning basketbol turi bo‘yicha o‘tkazildi.

🏆 Musobaqada "Temuriylar" jamoasi kichik farq bilan g‘alaba qozondi.

🏓 Bundan tashqari o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra stol tennisi bo‘yicha ham bellashuv tashkil etildi.

🔘 Ushbu musobaqalar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan birga, sportning ushbu turlariga nisbatan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida o'tkazildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍54🙈3🔥1😁1
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus
#sport

SPORT BELLASHUVI

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7-”A” sinfda tarbiyachi-pedagog Y.Asqarov tomonidan 5 tashabbus doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida "Sport bizni birlashtiradi" shiori ostida “Quvnoq startlar” sport bellashuvi tashkil etildi.

🏆 Bellashuvda “Qaldirg‘och” va “Burgutlar” komandalaridan “Qaldirg‘och” 12:8 hisobida g‘alaba qozondi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus

PAZANDALIK SIRLARI
- cooking time -

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-”A” sinfda tarbiyachi-pedagog M.Holmirzayeva tomonidan 5 tashabbus doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga jallb etish maqsadida "Pazandalik sirlar" shiori ostida “Cooking time” amaliy-o'quv mashg'uloti tashkillandi.

Natijada:
🍽 Ugra taomi tayyorlash o‘rgatildi.
🏫 Karamli salat tayyorlash o'rgatildi.
👩‍🍳 Pazandachilik san’ati orqali ijodkorlik va mustaqillik rivojlantirildi.
🥗 Sog‘lom ovqatlanish ko‘nikmalari shakllantirilib, milliy taomlarga qiziqish oshirildi.
💡 Yangi retseptlar o‘rganilib, eksperiment qilishga rag‘bat yaratildi.
🤝 Jamiyatga hissa qo‘shish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash targ‘ib qilindi.

🌱 Bu tajriba qizlarga mas’uliyatli turmush tarzi va farovon kelajak sari muhim qadam bo‘ldi!
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍4👌1
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus
#Kitobxonlik

“Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir”

Sh.M.Mirziyoyev


📚 KITOBXONLIK – BUYUK KELAJAK KAFOLATI 🌟

🏫 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-“A” sinfida tarbiyachi-pedagog G.Rahimova tomonidan 5 tashabbus doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kitobxonlikka jalb etish maqsadida kitobxonlik soati tashkil etildi.
📚 Yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob o'qish:
❤️ Vatanga muhabbatni uyg‘otadi;
🇺🇿 Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni yuksaltiradi;
🌱 Yaxshilik va ezgulikka undaydi.
📖 Kitob – bilim manbai, tafakkur quvvati, nurli kelajak garovi! 🌟
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
11
#Ibrat_maktabi
#tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus
#Art

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida besh tashabbus doirasida o'quvchilarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda madaniyat va san'at yo'nalishlariga qiziqishlarini oshirish, iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida "Bahor keldi o'lkamizga" mavzusida 8"B"- sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagog Sh.Azizmuhamedova bilan amaliy mashg'ulot tashkil etildi.

🎼 O‘quvchilar musiqa asboblarini qanday chalishni o‘rganib o‘z mahoratlarini oshirishdi. Jumladan:
🎹 fortepianoda — "Bahor keldi";
🎻 scripkada — "Bahor kuyi";
🪕 dutorda — "Yallama yorim" kuylarini ijro etishni o'rganishdi.

🌸 Mashg'ulot o‘quvchilarda milliy musiqa san’atimizga mehr uyg‘otibgina qolmay, bahoriy shukuhni musiqa orqali a'lo kayfiyat ulashdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍42
#Ibrat_maktabi
#tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus

🏫 Besh tashabbus o‘quvchi yoshlarning musiqa,rassomlik,adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishda xizmat qiladi.

🖼 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11”B” sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagog Dilbar To‘raboyeva bilan birgalikda raqamli va tasviriy san’at to‘garagida Amir Temur suratini chizishdi hamda o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
4🔥21
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Kitobxonlik_haftasi

🏫 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda 5 muhim tashabbus doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida tarbiyachi-pedagog D. Umarova tomonidan 10-"A" sinf o‘quvchilari bilan kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

🌿 Tadbir tabiat qo‘ynida, ochiq havoda tashkil etilib, o‘quvchilar tavsiya etilgan badiiy hamda ilmiy asarlardan o‘qishdi, o'zaro firklashib tahlil qilishdi.

🎯 Ko'zlangan asosiy maqsadlar:
📗 o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb qilish;
📗 ularni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish;
📗 o‘qilgan asarlarni tahlil qilish va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

📖 Bunday uchrashuvlar yosh avlodni kitobga oshno etish, tafakkurni rivojlantirish va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashda muhim qadam hisoblanadi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
5💔2
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus
#kino

🎥 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 muhim tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog M. Po‘latov tomonidan 9-sinf o‘quvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, madaniyat, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqish uyg‘otish maqsadida kino tomoshasi - “MovieTime” tashkillandi.

🎬 O‘quvchilar uchun tavsiya etilgan eng sara milliy filmlardan “Issiq non” nomli badiiy film tomosha qilishdi.

🎭 Ushbu tashabbus o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularda madaniyat, teatr va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Film orqali o‘quvchilarda quyidagi ijobiy fazilatlar shakllantiriladi:
🔸 vatanga, ota-onaga bo‘lgan mehr-muhabbat;
🔸 mehnatga ehtirom va qadriyatlarga hurmat;
🔸 hayotiy saboqlarni tushunish va to‘g‘ri xulosa chiqarish.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍2
#Ibrat_maktabi #IbratInstituti
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Motivatsiya

 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓  Kelajak Kasblari Sari Qadam!

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-A sinf o‘quvchilari, tarbiyachi-pedagog M.Holmirzayeva va maktab psixologi A.Abdullayev boshchiligida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan Davlat chet tillari institutiga sayohat uyushtirishdi.

💼O‘quvchilar institutdagi yaratilgan shart-sharoit, yo‘nalishlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.

🎯 Sayohatning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirish, kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniq belgilashga yordam berish, kasbiy motivatsiyani kuchaytirishdir.
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
🔥31
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iste'dodini yuzaga chiqarishga maqsadida tarbiyachi-pedagog Sh.Azizmuhamedova tomonidan 8-”B” sinf o‘quvchilari birgalikda mohir qollar mashg'uloti tashkil etildi.

O‘quvchilarimiz bilan mohir qo'lar mashg‘ulotida haqiqiy ijodiy muhit yaratdik.
📦 Ular kartondan uylar yasashdi, go‘zal gullar tayyorlashdi va o‘z fantaziyalarini amalda ko‘rsatishdi.
🏠 Har bir qog‘oz, har bir kichik uy, har bir dekor – bu farzandlarimizning mehnati va qalbining aksidir.

🌸 Gullar – go‘zallik,
🏡 Uylarchalar – orzular,
🎨 Dekorativ bezaklar esa ijod va ilhom belgisi!
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍5🔥41😁1
#Ibrat_maktabi
#Tongi_badan_tarbiya
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

SOG‘LOM INSON - SOG‘LOM MILLAT

🏃🏻‍♂️ Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida yangi kun tongi badan tarbiya mashqlari bilan boshlanmoqda. Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boʻgʻimlarni harakatchan, qomatning toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
😁7👍6💔3
#Ibrat_maktabi
#Tongi_badan_tarbiya
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

   SOG‘LOM INSON - SOG‘LOM MILLAT

  🏃🏻‍♂️ Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida yangi kun tongi badan tarbiya mashqlari bilan boshlanmoqda. Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, boʻgʻimlarni harakatchan, qomatning toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizmning biror aʼzosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy taʼsir etadi. Yaʼni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍6
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Besh_tashabbus

SPORT BELLASHUVI

🏢 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Sh.Azizmuhamedova tomonidan 8-”B” sinf  o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish  maqsadida "Sport bizni birlashtiradi" shiori ostida  “Quvnoq startlar” sport bellashuvi tashkil etildi.

🏆 Bellashuvda “Lochinlar” va “Yulduzlar” jamoalari kuch sinashdilar. Natijalarga ko'ra do'stlik g'alaba qozondi.

____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
4😁1