Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
640 subscribers
4.99K photos
504 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 15.05.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansur hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi.

📘 "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida olib borilgan mahorat darsida 9-sinf hamda Xorazm viloyatining Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ijodkor o'quvchilari qatnashdilar.

Mahorat darsi davomida badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, adabiyot va san’atning voqea bo'lish va yashash shakli, yaxlitlik kasb etgan obrazlar tizimi, badiiy mulokot vositasi. Keng ma’noda badiiy asar san’atning u yoki bu turi (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, teatr) mansub bo`lgan, insonning go`zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli sifatida yaralgan yangi mavjudlikni anglatadigan asarlar haqida suhbatlashildi.

👉Telegram
#Ibrat_majmuasi
#Festival

“MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI”

✍🏻 “O‘zbekiston-yoshlar mamlakati” shiori ostidagi ushbu keng qamrovli tadbirda ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan milliy qadriyatlar xalqimizning ulkan merosi ekanligi namoyish etildi. Unda tuman hokimi Ahrorbek Mansurov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli topshirig‘ida jadid bobolarimizning avlodlarga qoldirgan boy merosini chuqur o‘rganish hamda ular sharafiga tashkil etilgan xiyobon, majmualarda adabiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazish, bunday manzillarni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan fayzli maskanga aylantirish vazifalari belgilangan.

⚡️Shunga ko‘ra, Is’hoqxon Ibrat majmuasida tuman hokimligi, Namangan davlat chet tillar instituti, ijod maktabi, mahallalar uyushmasi hamkorligida badiiy dasturlar, kitoblar ko‘rgazmasi, milliy sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, rasm chizish, milliy liboslar namoyishi havola etildi.

👉Telegram