Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
642 subscribers
5.05K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Ibrat_instituti
#Oʻquvchi_almashish

⚡️15.05.2024-yil Ijod maktablari oʻrtasida "Oʻquvchi almashish" dasturi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar 3-kuni.

🏛 Dasturi doirasida oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar institutning o‘quv binolari, xonalar, sport zal va o‘quvchilar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Ibrat_muzeyi
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

🖥 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari bugun o'quvchilar "Robototexnika va sun'iy intellekt" fanidan loyiha ishini bajarishmoqda.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00 gacha

📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ibrat_maktabi

OCHIQ ESHIKLAR KUNI

🗣 Xabaringiz bor, may oyida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tmoqda.

📆 Joriy yilning 16-may kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Tashrif buyurgan ota-onalar va o‘quvchilar yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, zamonaviy o‘quv xonalar, ona tili va adabiyoti, chet tillari, mediya, robototexnika, laboratoriya jihozlari, sport zal hamda malakali o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lishdi.

Fikr-mulohazalar tinglandi va qiziqtirgan savollarga javob berildi. 6-sinfgacha o‘qiyotgan o‘quvchilar ushbu maktablada o‘qish istagini bildirdilar.

💬 “Ochiq eshiklar kuni”ga kela olmagan yurtdoshlarimiz ijod maktablarning rasmiy telegram sahifalari orqali ma'lumot olishingiz mumkin!

📶 2024/2025-o'quv yili uchun qabul to‘g‘risida maʼlumot.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#La_cuisine_francaise
#Ibrat_maktabi

🏫Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 7 va 8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “La cuisine francaise” (Fransuz oshxonasi) mavzusida pazandachilik tanlovi tashkil etildi.

🥗 Fransuz tili fani o‘qituvchisi Valijon Mamadjonov tomonidan o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar fransuz taomlarini pishirish orqali fransuz oshxonasi bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar. Bu tadbir o‘z vaqtida fransuz tili va madaniyati bilan yaqinroq tanishishlariga imkon berdi.

Tadbirda maktabga tashrif buyurgan Koreya davlatining delegatsiyasida juda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar esdalik sovg’alari va sertifikatlar bilan taqdirlandi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram