Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
983 subscribers
6.88K photos
599 videos
18 files
2.17K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_majmuasi
#18noyabr
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogi

MAG‘RUR HILPIRAYVER, VATAN BAYROG‘I!

🇺🇿 O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

🏞 To‘raqo‘rg‘on markazidagi Is’hoqxon Ibrat nomli majmuada bayrog‘imiz qabul qilingan kun tantanali nishonlandi. Unda sektor rahbarlari, Namangan davlat chet tillari instituti, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, “Vatanparvar” tashkiloti, “Barkamol avlod” hamda musiqa maktablari, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Batafsil »
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍5🎉1
#Ibrat_majmuasi
#navroz_shukuhi

🌈 To‘raqo‘rg‘onda “Olam nurga to‘lsin, sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi bilan katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

💐 Tadbir avvalida ushbu ayyom sanasida tavallud topgan Is’hoqxon Ibrat bobomiz yodga olindi. Haykali poyiga gullar qo‘yildi.

🎉 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, badiiy dastur, milliy o‘yinlar, sumalak sayli, sport bellashuvlari bilan aholi kayfiyatini chog‘ etishdi.

🌺 Bayram tumanimizning barcha hududlarida mana shunday ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

🌸 Navro‘zingiz muborak, aziz yurtdoshlar! 🌸

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
11👍2🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_majmuasi #navroz_shukuhi

🌈 To‘raqo‘rg‘onda “Olam nurga to‘lsin, sen bilan, Navro‘z!” bayrami

▶️ Youtube FullHD»

🌸 Navro‘zingiz muborak, aziz yurtdoshlar! 🌸

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
2👏2
#Ibrat_majmuasi
#Festival

“MILLIY QADRIYATLAR FESTIVALI”

✍🏻 “O‘zbekiston-yoshlar mamlakati” shiori ostidagi ushbu keng qamrovli tadbirda ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan milliy qadriyatlar xalqimizning ulkan merosi ekanligi namoyish etildi. Unda tuman hokimi Ahrorbek Mansurov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli topshirig‘ida jadid bobolarimizning avlodlarga qoldirgan boy merosini chuqur o‘rganish hamda ular sharafiga tashkil etilgan xiyobon, majmualarda adabiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarni o‘tkazish, bunday manzillarni yoshlar bilan doimiy gavjum bo‘lgan fayzli maskanga aylantirish vazifalari belgilangan.

⚡️Shunga ko‘ra, Is’hoqxon Ibrat majmuasida tuman hokimligi, Namangan davlat chet tillar instituti, ijod maktabi, mahallalar uyushmasi hamkorligida badiiy dasturlar, kitoblar ko‘rgazmasi, milliy sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, rasm chizish, milliy liboslar namoyishi havola etildi.

👉Telegram
👍5