Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Targibot_tadbiri
#Ibrat_maktabi

🎗25-noyabr - "Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni"ga bag'ishlab, "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" turkum tadbirlar doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining mehnat jamoasida “Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishga har birimiz mas’ulmiz” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🗣 Tadbirda To‘raqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi Davlat tashkilotlariga xizmat qilish yuristlari M.Izbosarov hamda H.Axmadhonovlar ishtirok etishdi. Targ’ibotda xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish mavzularida so‘z olib borildi, ayollarga bugungi kundagi yaratilgan shart sharoitlar yuzasidan suhbat olib borildi.

~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Olimpiada
#Ibrat_maktabi

🔰 Respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida asosiy olimpiadaning lll (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu fan olimpiadalarida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8 nafar o'quvchilari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Jumladan:

🔸 Nemis tili fani
Saidova Ruxshonaxon 9-sinf o'quvchisi 1-o'rin
Nematov Doniyor 10-sinf o'quvchisi 1-o'rin
Arslonov Abrorbek 11-sinf o'quvchisi 1-o'rin
Mahmudjonova Umida 10-sinf o'quvchisi 2-o'rin
Akmalova Odina 11-sinf o'quvchisi 3-o'rin

🔸 Fransuz tili fani
Valijonova Diyora 10-sinf o'quvchisi 1- o'rinni
Abbosxodjayeva Nigina 10-sinf o'quvchisi 2-o'rinni
Toychiyeva Gulyora 11-sinf o'quvchisi 2-o‘rinni

Respublika bosqichiga yo'llanma olgan o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz
#Mehr_bilan_olam_munavvar
#3_dekabr
#Ibrat_maktabi

📅 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

🔷Mehr-muruvvat va saxovat – xalqimizning azaliy qadriyati” turkumida o‘quvchi-yoshlarning volontyorlik harakatlarini tashkil qilish, yosh avlod vakillarining ongu tafakkurida mehr oqibatlilik, muhtojlarga yordam ko‘rsatish, fidoyilik va halollik kabi fazilatlar shakllantirish maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan 48-maxsus ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif tashkil etildi.

🔹 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bir guruh ustoz va o'quvchilari maktab psixologi A. Abdullayev rahbarligida “Ko‘mak” loyihasi doirasida To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan 48-maxsus ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurib, u yerda tarbiyalanayotgan o'quvchilarga ma’naviy tadbir tashkil etdilar. Tadbirda iqtidorli o’quvchilar tomonidan sahna ko'rinishlari, qiziqarli o’yinlar va ko'ngilochar dasturlari bilan yig'ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdilar.
#Chorak_yakuni

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida Agentlik tizimidagi maktablardagi 1-2-o'quv choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o‘tdi.

Yig'ilishda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar direktorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

📍Unda choraklar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, o'quvchilarning CHSB (Choraklik summativ baholash) natijalari har bir maktab kesimida ko'rib chiqildi. Ko'rsatkichlari past bo'lgan maktablarga Agentlik tomonidan amaliy yordam berilishiga kelishib olindi.

❗️Shu bilan birgalikda Agentlik tizimidagi o'quvchilarning xalqaro va mahalliy fan olimpiadalarida ishtirok etishi va yuqori natijalarni qayd etishi bo'yicha yo'nalishlar muhokama qilindi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube