Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Olimpiada
#Ibrat_maktabi

🔰 Respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida asosiy olimpiadaning lll (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu fan olimpiadalarida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8 nafar o'quvchilari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

Jumladan:

🔸 Nemis tili fani
Saidova Ruxshonaxon 9-sinf o'quvchisi 1-o'rin
Nematov Doniyor 10-sinf o'quvchisi 1-o'rin
Arslonov Abrorbek 11-sinf o'quvchisi 1-o'rin
Mahmudjonova Umida 10-sinf o'quvchisi 2-o'rin
Akmalova Odina 11-sinf o'quvchisi 3-o'rin

🔸 Fransuz tili fani
Valijonova Diyora 10-sinf o'quvchisi 1- o'rinni
Abbosxodjayeva Nigina 10-sinf o'quvchisi 2-o'rinni
Toychiyeva Gulyora 11-sinf o'quvchisi 2-o‘rinni

Respublika bosqichiga yo'llanma olgan o'quvchilarimizga omad tilab qolamiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashing!

📣📣Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan Buyuk allomalar izidan nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

☑️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat. Har bir fan bo‘yicha final bosqichida g‘olib bo‘lgan bir nafardan mutloq g‘oliblarga 20 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorlar 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🗓 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

👉Batafsil

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10 sinflar kesimida chet tili fanlaridan olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

✍️ Saralash imtihonlarida har bir sinf kursidan 5 tadan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bunda o‘quvchilar bilim darajalari TEST sinovlari hamda Listening orqali saralab olinadi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10 sinflar kesimida chet tili fanlaridan olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

✍️ Saralash imtihonlarida har bir sinf kursidan 5 tadan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bunda o‘quvchilar bilim darajalari TEST sinovlari hamda Listening orqali saralab olinadi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🔖 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 7-8-9-10 sinflar kesimida chet tili fanlaridan olimpiadaga tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

🧑‍🎓👩‍🎓 Saralash imtihonlarida har bir sinf kursidan 5 tadan iqtidorli o‘quvchilar tanlab olinadi.

Bunda o‘quvchilar bilim darajalari TEST sinovlari hamda Listening orqali saralab olinadi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#olimpiada

🏛 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 9-sentyabrdagi 02-31-1335-sonli ko‘rsatma xatiga hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024 -yil 11- sentabrdagi 01-11/2-1865-sonli xatiga binoan 2024/2025-oʻquv yili fan olimpiadalarining maktab bosqichi sentyabr oyida o‘tkazilmoqda.

📚 Iqtidorli yoshlarni saralab olish, yosh avlodning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish hamda xalqaro olimpiadalarga tayyorlab borish maqsadida
🔹 Matematika,
🔹 Fizika,
🔹 Kimyo,
🔹 Biologiya,
🔹 Informatika va axborot texnologiyalari,
🔹 Ona tili va adabiyot,
🔹 Rus tili va adabiyoti,
🔹 Ingliz tili,
🔹 Nemis tili,
🔹 Fransuz tili,
🔹 Tarix,
🔹 Geografiya,
🔹 Davlat va huquq asoslari
fanlari bo’yicha sinf kesimlarida tashkillandi.

Topshiriqlar:
Test;
Yozma ish;
Esse;
Yozma ish;
Laboratoriya ishi;
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#olimpiada
#yakuniy_bosqich
#koreys_tili

KOREYS TILI BO‘YICHA II RESPUBLIKA OLIMPIADASINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida koreys tili bo‘yicha II Respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi hamda olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2 bosqichda tashkil etildi.

1-bosqich (hududiy)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan jami 1 272 nafar o‘quvchi koreys tilida tinglash va o‘qish mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, eng yuqori natija ko‘rsatgan 150 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

2-bosqich (yakuniy)da jami 150 nafar o‘quvchi ishtirok etib, koreys tilida tinglab tushunish, yozish ko‘nikmalari, o‘qish ko‘nikmalari va grammatika shartlari asosida yozma va test sinovlarini topshirdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-, 10-, 11-sinflar kesimida 3 nafar g‘olib va 7 nafar sovrindor aniqlandi.

Olimpiadaning taqdirlash marosimida Janubiy Koreyaning O’zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Sherzod Karimov, Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong hamda Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori To’raboy Shermatov g‘olib va sovrindorlarga Koreya Respublikasiga ta’lim sayohati yo‘llanmasi hamda esdalik sovg’alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube