Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
637 subscribers
5.46K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#ibrat_maktabi
#tugaraklar

🏫 PTMA tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Ibrat izdoshlari" toʻgaragining bugungi mashgʻuloti "Birinchi qor quvonchi" deb nomlandi.

❄️ Oʻquvchilar bilan qish qoʻynida orom olayotgan shahrimizdagi Isʼhoqxon To'ra Ibrat memorial majmuasi bogʻiga chiqib qor parchalarining mayin raqsini tomosha qildik.

✍️ Xonaga kirgan yosh qalamkashlar eng yaqin insonlariga Qorxatlar bitishdi, qorday oppoq orzularini qogʻozga tushira boshladilar.

| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
❄️ Q O R X A T ❄️

Birinchi Qor muborak bo‘lsin!

🌨 Respublikamizning ko‘plab hududlarida birinchi qor yog‘moqda...

☃️ Avvalo sizni birinchi qor bilan tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘liq, bitmas tuganmas boylik, chinorning umridek umr, sermazmun hayot, chiroyli baxt va savlatli taxt tilayman. Ilohim qalbingiz manashu ❄️ qor kabi oq va sof bo‘lishini, shu ❄️ qor kabi odamlarga aziz bo‘lishingizni tilab qolaman...

Birinchi qorning qadami qutlug‘ bo‘lsin! 🤲
_____________________________
"Ibrat izdoshlari" toʻgaragidan
Forwarded from Шохсанам
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#konstitutsiya

8-Dekabr - Bosh qomusimiz qabul qilingan kun

🏢 PTMA tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf .

~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Forwarded from Madina Abduhamidova
#ibrat_maktabi
#Bir_asar_tahlili

05.12.2022. Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining kutubxona mudirasi X.Raxmonjonova va tarbiyachi-pedagog M.Abduhamidova hamkorlikda 9"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining tahlili boʻyicha badiiy kecha oʻtkazildi shu jumladan maktabimiz kutubxonasiga yangi kelgan 73 nomdagi 360 dona badiiy kitoblar bilan ham oʻquvchilarga tanishtirib oʻtildi ular yangi asarlardan oʻqib mutola qilishdi. Badiiy kechada oʻquvchilar asar boʻyicha berilgan savollarga javoblar berishdi va bahs munozara tarzida qiziqarli oʻtkazildi.
#Ibrat_maktabi

Konstitutsiya

Asir kuni tundan farqi yo'q,
Tutqunlik-la ajal barobar.
O‘z huquqin bilmaslikdan-da,
Kelib chiqar turli balolar.

Zor bo‘lsa ham bir burda nonga,
Inson asli yaralgan baxtga.
O'z qadrini anglay olmasa,
Shohlar qanday chiqadi taxtga.

Bormasa ta’limga gar muhtojlar,
Ta’lim ham da’vosin bersa boy tomon,
Asl egalarsiz boshdagi tojlar,
Aylaydi u yurtning holini vayron.

Qay bog‘bonga yoqar bulbulsiz gulzor?
Kimga xush ko'rinar bulutsiz yomg'ir?
Dunyoga tirgakdir me’yor-u marom,
Olamda bir hissiz yashamoq og‘ir.

Shu sabab "Baxt" atadim o‘z qomusimni,
Erksizlikni haydovchi asl madhiya,
Huquqim, davlatimni panohda asrab,
Nurli kelajakdir KONSTITUTSIYA!!!

To‘ychiyeva Gulyora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Jarayon: 8- A sinf o'quvchilari tarbiya fanini sahlanalashtirlgan ko'rinishda o'tishdi