Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
652 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#valuable_lesson

Elektr energiyasini tejash uchun kundalik hayotda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Farzandlarimizga bu borada nimalarni o’rgatishimiz kerak?

Bularning barchasi bilan videolavhada batafsil tanishishingiz mumkin.

#Tengdoshdan_tengdoshga_tavsiyalar

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#valuable_lesson #matematika

📱 Matematika fani o'rganuvchilari uchun maxsus tayyorlanibdi.
Qoyil amallardan ham ajoyib raqs chiqarkan. Mana haqiqiy kreativlik 👏👏👏

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#valuable_lesson #Ona_tili

✍️Sentabr” yoki “sentyabr”. Qay biri toʻgʻri?

📘 Bundan bir necha yil oldin chop etilgan, 85.000 so‘zdan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi birgina xato bugun ana shunday ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lib kelmoqda. Shu kitobda «sentabr» va «oktabr» so‘zlari qoidaga xilof ravishda «sentyabr» va «oktyabr» deb berilgan edi.

1993-yil 2-sentabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Shunga asosan, 1995-yil 24-avgustda «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori e'lon qilindi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, lotincha imlomizda «sentabr» va «oktabr» ko‘rinishida yoziladi. Bu borada hech qanday muhokamaga o‘rin yo‘q. Biror bir hujjatda lotin alifbosidagi bu so‘z sentyabr yo oktyabr tarzida yozilishi ko‘rsatilmagan.

Demak, javob: “sentabr” va “oktabr”.

🌐 Batafsil:

Aytmoqchi, indamay o‘tib ketgan 8-sentabr — Xalqaro savodxonlik kuni muborak bo‘lsin!
#valuable_lesson #IT_savodxonlik

Kompyuterni o‘rganayotganlar uchun:
fayllardan boshlaymiz (IT-savodxonlik)

Ushbu maqola — kompyuterni endi o‘rganayotganlar uchun boshlayotgan navbatdagi saboqlarimizning dastlabkisi.

Fayl (File) nima?

💻 Kompyuterning ko‘zi bilan qaraganda, fayl — qattiq diskdagi baytlarning ketma-ketligi. Agar 100 gigabaytli qattiq diskni 100 milliard baytning ketma-ketligi deb tasavvur qilsak, muayyan fayl ana shu diskdagi baytlarning nechtasinidir tashkil qiladi.

Yana ham tushunarli bo‘lishi uchun rasmga qarang:
🌐 Batafsil:

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#valuable_lesson #bilasizmi

☄️ KOMPYUTER VIRUSLARI VA ULARNING TURLARI

🦠 Boot sektor virus (Bootsector viruses) bu – qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradigan virus turi.

🦠 Makro virus (Macro viruses) bu – tarqalish uchun boshqa bir dasturning makro dasturlash tilidan foydalanadigan virus turidir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel hujjatlarini zararlaydi.

🦠 Operativ xotirada yashovchi virus (Memory Resident Viruses) bu - kompyuterning operativ xotirasida yashaydi.

🦠 Rootkit virus (Rootkit viruses) bu – viruslar orasida xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Ba'zi rootkitlarni antivirus dasturlari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o'zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko'rsatishadi.

🦠 O'zgaruvchan virus (Polymorphic viruses) bu – viruslar o'z-o'zidan ko'payadi va bu vaqtda o'z kodlarini o'zgartirib turishadi.

🧨 Vaqt bombasi virusi (Time or Logic Bombs) bu - muayyan bir sanaga dasturlangan bo’lib, sizga "sovg'a" sifatida ishga tushishi mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#valuable_lesson #Bilasizmi #xon_atlas

📆 Eslatib o'tamiz, 28-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ham “Xon atlas” festivali o‘tkazilishi rejalashtirildi.

♦️Atlas matosi barcha qizlarning sevimli matosi. Bayram va turli tadbirlarda atlas va adrasdan kiyim kiygan qizlar davraga oʻzgacha chiroy berishadi.

Xoʻsh, atlas matosi qachon va qanday yaratilgan? Uning yaratilishi tarixi haqida bilamizmi?

Bu mato nega xonatlas deb nomlanadi va u qanday maʼnoni anglatadi?

🔰 Maktabgacha va maktab ta'limi tizimini yanada rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalar, platformalar, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va ularni joriy etish markazi EDU KIDS interfaol oʻquv dasturi loyihasidan
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#valuable_lesson #Ona_tili

🏔 QISH LUG’ATI ❄️

Ayoz – Bu so’z ham turkiy tillarga oid so’z sanaladi. Odatda quruq sovuq , achchiq sovuq uchun ishlatiladi. Bu so’zning tagi qadimgi turkiy tilda ham uchraydigan va “ochiq ko’k yuzi, osmon” ma’nolarini bildiradigan so’zga borib taqaladi.
Ayoz, o'tgan kuningni unutma,
Xom chorig'ingni quritma.

Buyug’ /Buyuq/ – qattiq sovuq.  Bu ot qadimgi turkiy tilda “sovuqdan qotib o’lib qolmoq” ma’nosidagi bud-  fe’lidan yasalgan so’zdir. Buyuq so’zi shevalarimizda ishlatilib kelinadi. Farg’onada, Qo’qon atrofida bu so’zni ko’p eshitganman. Odatda issiqroq havoda qavat-qavat qalin kiyinib olgan odamga e’tiroz ohangida : “Namuncha qalin kiyinib olibsan? Buyug’da qolganmisan?” deyiladi. Bud- so’zi Mahmud Qoshg’ariyning Devonida uch o’rinda keladi. Devonda shunday o’rnak bor: “Er tumlugqa budtı”- Odam sovuqdan qotib qoldi va o’ldi.

Bulduruq - Ayozli, sovuq kunlarda yoki tuman paytlarida nam havo zarralarining muzlashi natijasida hosil boʻladigan mayda qattiq qor; qirov.

Izg’irin -  “sovuqqa shiddat bilan yo’naluvchi shamol” ma’nosida ishlatiladi. Bu ot izg’ir- feliga –ın qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. Umuman olganda sovuq shamol desa bo’ladi.

Qahraton – bu so’z juda ham shiddatli sovuq ma’nosini bildirib, doim “qahraton qish, qahraton sovuq” birikmalari bilan ko’rinadi.

Qirov – sovuq havo natijasida paydo bo’lgan oppoq qorsimon zarralar.  Bu so’z ham Devonda kıragu shaklida uchramoqda.  G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z  “qirov qıråv” ga aylangan

Tuman - atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv zarralari.  Qadimgi turkiy tilda ham bu so’z xuddi shunday tuman shaklida bo’lgan.

Tumov - burundan suv yoki nazla oqish kasalligidir. Umuman olganda burundan suyuqlik oqishidir. Bu so’z Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni Lug’ati’t turk” asarida tumagu shaklida keladi.  G’ undoshining v ga o’zgarishi natijasida so’z  “tumov tumåv” ga aylangan (qadimgi turkiy tildagi buzagu- buzåv kabi).

Manba: DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram