DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🌱Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati jonli efirda🌱

⚡️Ayni damda Tashkent сity saylgohida Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati shou dasturi boshlandi.

⚡️ Tantanali boshlangan mazkur shou dasturimizni onlayn - Jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarimiz oraqli kuzating:

Telegram

Facebook

Instagram

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🌱Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati jonli efirda🌱

⚡️Ayni damda Tashkent сity saylgohida Kadastrda Ko‘klam Kayfiyati shou dasturi qizg'in davom etmoqda.

Bayram jarayoni haqida "Toshkent" telekanalida jonli efirni kuzating.

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Kadastr so'zi qaysi tildan olingan?

💬 Shu kabi qiziqarli savollarga javob topayotgan topag'on ishtirokchilar sovg'alarga ega bo‘lishmoqda.

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️ Qiziqarli chiqishlar yig'ilgan tomoshabinlarni yomg'ir boshlangan bo'lishiga qaramay jalb qilishda davom etmoqda.

⚡️ Taasurotlar juda keng. Bizni kuzatishda davom eting...

#DavKadastrPalata #live #navro_z

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

◻️ Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

◻️Jizzax viloyatining Zarbdor tumani aholisi uchun esa sayyor qabul joriy yilning 31 mart kuni soat 10:00 da o‘tkaziladi.

Eslatma:
Respublikamizning  barcha hududlarida bu kabi sayyor qabullar jadval asosida o‘tkazilib kelinmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududlarda sayyor qabul kunlari▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

⚡️ Ayni dam, Andijon viloyati Andijon tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi 12-may 2022 yil soat 10-00 dan Uychi tumani aholisi va tadbirkorlari bilan;

🔹14-may kuni soat 11:00 dan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududlarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️"Korrupsiyaga qarshi kurashda" ▫️

◻️ Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Uni oldini olish yo'lida esa qator choralar ko'rilmoqda.

◻️ Quyida, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan fikrlar olg'a surildi:

▪️ Samarqand viloyati
▪️ Surxondaryo viloyati
▪️ Farg'ona viloyati
▪️ Andijon viloyati
▪️ Jizzax viloyati
▪️ Buxoro viloyati
▪️ Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Hududlardagi sayyor qabullar▫️

◻️ Kadastr sohasida fuqarolar murojaati hamda ularning hal etilishiga alohida e'tibor qaratilib, bu masalaga tizimli yondashilgan. Respublikamizning barcha viloyatlarida jadval asosida sayyor qabullar o'tkazilib kelinmoqda.

⚡️ Ayni dam, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹 25-may 2022 yil soat 10:00 dan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Bektemir tuman filialida boshqarma boshliqlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlarda sayyor qabullar▫️

◻️ Fuqarolarning fikrlari va murojaatlarini tinglash va ularga joyida, zarur yechim topish hozirgi kunda har qanday sohada ustuvor vazifa sanaladi. Shu jumladan, kadastr sohasi mutasaddilari tomonidan ham ushbu vazifa doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

26-may kuni Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

27-may kuni xuddi shunday sayyor qabul mutasaddilar ishtirokida Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida hamda Toshkent shahrining Yunusobod tumanlarida o'tkazildi.

28-may kuni esa, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida va Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumanida sayyor qabullar o'tkazildi.

◻️ Mazkur sayyor qabullarda fuqarolar murojaatlari tinglanib, tegishli masalalarni tegishli ijrosi bajarilishi nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️"Korrupsiyaga qarshi kurashda" ▫️

◻️ Korrupsiya bu — jamiyat taraqqiyotiga to'siq bo'ladigan yomon illatdir. Bu illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Uni oldini olish yo'lida sohada ham qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

◻️ Quyida, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan fikrlar olg'a surildi:

▪️ Andijon viloyati
▪️ Samarqand viloyati
▪️ Jizzax viloyati
▪️Toshkent viloyati
▪️Toshkent shahar

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda▫️

⚜️Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

⚜️Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, umumxalq muhokamasining dastlabki kunlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.

⚜️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishda fuqarolarning faolligi ortib borayotganligi, kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati 2022 yil 15 iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildilar.

⚜️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topdilar.

#DavKadastrPalata #live #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Davlat kadastrlari palatasi matbuot anjumani▫️

⚡️Ayni dam, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjuman o‘tkazilmoqda.

📹 Mazkur matbuot anjumanini jonli tarzda ushbu ilova orqali kuzatishingiz mumkin:
https://youtu.be/g-Nvo6AaGJ4
https://youtu.be/jPurzeCtOow

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Matbuot anjumanidan▫️

⚡️Respublikaning jami 44,9 mln gektar yer maydonidan 41,4 mln gektari (qishloq xo‘jaligi 23,9 mln gektar, o‘rmon fondi 11,9 mln gektar, tabiatni muxofaza qilish yerlari 2,9 gektar, davlat zaxira yerlari 1,7 mln gektar) yoki 92,2 foizi “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazishning integrasiyalashgan axborot tizimi”da elektron xaritasi yaratilib, kadastr axborot tizimiga kiritildi. Shundan:
– 36,0 mln gektar 4 596 mln nafar (qishloq xo‘jaligi 22,3 mln gektar, o‘rmon fondi 11,8 mln gektar, tabiatni muxofaza qilish yerlari 1,1 mln gektar) yerdan foydalanuvchilar kesimida kadastr yig‘ma jildlari shakllantirilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Matbuot anjumanidan▫️

🔷 Yer uchastkalarini xisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bu avvalom bor yer uchastkalarini ulardan foydalanishni muhofaza qilish yer munosabatlarini tartibga solish hamda aholini yerga bo‘lgan huquqlarini davlat tomonidan ximoyaga olinishi asosiy yo‘nalishlaridan xisoblanadi.
O‘bekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 2022 yil 1 yanvar holatiga jami 44 mln.892 ming 400 gektarni , shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4 miln 331 ming 700 gektarni tashkil qiladi. Ya’ni Resublikamizdagi jami yerlardan bor yo‘g‘i 9.7 foiz sug‘oriladigan yerlar tashkil etadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #live

Ayni damda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusidagi 7-8-oktabr kunlarga mo‘ljallangan seminar trening o‘z ishini boshladi.

Seminarda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari, "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori A. Abdullayev, Davlat kadastrlari palatasi raisi M. Valiyev hamda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi xalqaro eksperti, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti respublika komissiyasi aʼzosi, Respublika targ‘ibotchilar guruhi rahbari J. Shermuhammedova ishtirok etishmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▪️Hududlarda sayyor qabullar▪️

◽️ Ayni dam, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularni o'rganish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

🔘Xuddi shunday sayyor qabul bugun soat 15:00 da Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.

▪️ Hududingizda tashkil etilayotgan sayyor qabullarda ishtirok eting va kadastrga oid savollaringizga javob oling!

#DavKadastrPalata #info #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▪️Hududiy yangiliklar▪️

🌟 Bugun Buxoro viloyatining Olot tumanida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i va tizim mutasaddilari ishtirokidagi aholi murojaatlarini tinglash maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda ko'pgina masalalar ko'rib chiqildi.

◼️ Qabul jarayonida mas'ullar tomonidan fuqarolarning uy-joyi kadastr hujjatlarini tayyorlash, dehqon va fermer xo‘jaliklarida uchrayotgan muammolar, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi sohaga doir bir qancha murojaatlar o'z yechimini topdi.

▶️ Eslatib o'tamiz, 9-fevral kuni soat 11:00 da Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat kadastrlari palatasi matbuot anjumani▪️

⚡️ Ayni damda, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida “O'zbekiston Respublikasida yer hisobining yuritilishi hamda ko'chmas mulkka oid qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

◼️ Mazkur matbuot anjumanini jonli tarzda ushbu havola orqali kuzatishingiz mumkin:

📹 https://www.youtube.com/@davkadastrpalata

📲Matbuot anjumani translyatsiyasi UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali jonli tarzda efirga uzatilmoqda.

📹 https://www.facebook.com/uzreport.tv/videos/6209197899119513/

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Kadastr
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

🎤MATBUOT ANJUMANI🎤

🟢Ayni damda, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

🗣Mavzu: “Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida".

🌐 Mazkur matbuot tadbirini 🌟Kadastr agentligining YouTube kanali orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #live
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmon ijrosi tahlili mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

Anjuman tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM