DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Hududlarda sayyor qabul kunlari▫️

◻️ Fuqarolarning murojaatlari asosiy masala va uning hal etilishiga barcha sohalarda alohida e’tibor qaratilgan. Kadastr sohasida esa bu yo‘nalishga tizimli yondoshilgan. Hususan muntazam o‘tkaziladigan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar fikrimiz dalilidir.

⚡️ Ayni dam, Andijon viloyati Andijon tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi 12-may 2022 yil soat 10-00 dan Uychi tumani aholisi va tadbirkorlari bilan;

🔹14-may kuni soat 11:00 dan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️Hududingizga ko'ra ularda qatnashing va kadastr bilan bog'liq savollaringizga javob oling.

#DavKadastrPalata #hududlarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚜️Aholi murojaatlari tinglanmoqda⚜️

🔷 Xalq xizmatida bo'lgan har bir davlat idorasi faoliyatida kuzatiladigan xato va kamchiliklar fuqarolarning shu sohadagi murojaatlarini atroflicha o'rganish va unga yechim topish orqali bartaraf etiladi. Bu borada eng munosib yechim - muntazam o'tkaziladigan sayyor qabullardir.

▫️Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i ishtirokida Yangiqo'rg'on tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda aholi murojaatlari tinglanib, ayrim masalalar esa joyida yechim topdi. Navbatdagi sayyor qabul viloyatning Norin tumanida davom etdi.

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida bo'lib o'tgan sayyor qabulda ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmalaridan mas'ullari tomonidan fuqarolarni qiynayotgan savollarga atroflicha javob berildi.

🔹Ayni damda Surxondaryo viloyati Denov tumani hamda Xorazm viloyatining Xiva shahar va Xiva tumani aholisi uchun tashkil etilgan galdagi sayyor qabullar bo'lib o'tmoqda.

▫️Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #hududlarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlarda sayyor qabullar▫️

🔹 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini tinglash maqsadida tashkil etib kelinayotgan sayyor qabullar fuqarolar tomonidan tushayotgan dolzarb masalalarga munosib yechim topilishiga xizmat qilmoqda.

🔹Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Shahrisabz tumanida tashkil etilgan ana shunday sayyor qabulda fuqarolarning ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish borasidagi murojaatlariga mutasaddilar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli masalalar ijrosi ta'minlandi.

🔻Jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida:

🔊Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 9-sentabr kuni;
🔊 Jizzax viloyatining Forish tumanida 16-sentabr soat 10:00 dan boshlab sayyor qabullar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️O'z hududingizda o'tkaziladigan sayyor qabullarda ishtirok eting va kadastrga doir savollaringizga javob oling!

#DavKadastrPalata #hududlarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube