DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
26.7K subscribers
12K photos
1.91K videos
1 file
7.08K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi - 1097

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🖍Joriy yilning 30-iyul sanasidan boshlab 🌟Kadastr agentligi taklifiga binoan koreyalik ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan “Sun'iy idrok yordamida o'zgarishlarni aniqlash va yer nazorati” o’quv kursiga start berildi.

📰Mazkur kurs– “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, darslar koreyalik ekspertlar tomonidan olib boriladi.

📄 O‘quv kursidan maqsad – sunʼiy intellekt (AI)ning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish, Aerofotodan foydalangan holda binolarni ajratib olish va yer monitoringi bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish, amaliy ish faoliyatiga mos ravishda ish tartibini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha salohiyatni oshirish hisoblanadi.

Jami 102 soatdan tashkil topgan o’quv kursi 3 bosqichda, Agentlik tarkibiy tuzilmasidagi yer va kadastr nazorati boshqarmasining markaziy va hududiy boshqarmalaridan jalb qilingan xodimlari, IT va GIS mutaxassislari, dron operatorlari va xaritashunoslar ishtirokida amalga oshiriladi.


👀Ko‘nikmalar kelgusida noqonuniy qurilmalarni monitoring qilish jarayoniga sun’iy idrokni joriy qilish, yer nazorati sohasida zamonaviy texnologiya va instrumentlardan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ish jarayonlarini optimizatsiya qilishdagi tashabbusli qadamlardan biri hisoblanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мева-сабзавот ва озиқ-овқат экспортини кўпайтириш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам увеличения экспорта плодоовощной и продовольственной продукции.

#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Yer fondi toifalari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yer resurslarining holati bo'yicha Milliy hisobotni yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 578-qarorida Respublikamizdagi yer fondi toifalari, yer hisobini yuritish tartibi tasdiqlangan.

🌱 Mazkur videoinfografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yer fondi toifasi va uning kichik toifalari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ko'p yillik orzular ushalgan damlar


📍Sirdaryo viloyati, Guliston tumani

➡️ Qonun ijrosi jarayonlarini biz bilan kuztib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi


🇺🇿 Hukumat qarori (475-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.

Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

➡️ 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

➡️ 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

➡️ 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

📝 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

❗️ Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️❗️

Korrupsiyaga qarshi doimiy nazorat – halollik tamoyili ustuvor!


⭐️ 🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurash, ta’magirlikning oldini olish, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik kabi dolzarb yo‘nalishlarda muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tizimda shu hafta davomida o'tkazilgan tadbirlar:

🟣 Toshkent shahri
🟣 Sirdaryo viloyati
🟣 Jizzax viloyati 1
🟣 Samarqand viloyati 1, 2
🟣 Qashqadaryo viloyati 1, 2
🟣 Surxondaryo viloyati 1, 2
🟣 Farg‘ona viloyati
🟣 Namangan viloyati
🟣 Navoiy viloyati
🟣 Buxoro viloyati
🟣 Xorazm viloyati

Eslatma: Korrupsiyaga qarshi kurash — nafaqat jamiyatdagi har bik insonning qonuniy majburiyati, balki shaxsiy vijdon masalasidir!


#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib boriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov o‘tkazish bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi.

Qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibi joriy qilinadi.

Qonunchilikka ko‘ra, "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi.

Qonunchilikka ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi.

Qonunchilikka ko‘ra, 2027-yil 31-dekabrgacha Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jarayonlaridan lavha


📍Toshkent shahar, Uchtepa tumani

➡️ Xatlov jarayonlarini biz bilan kuztib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓 2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 534 956 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X