DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Vakant

#Davlat_kadastrlari_palatasi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi quyidagi
vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔰Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Axborot tizimlarini rivojlantirish va qo‘llab -quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

🔰Davlat kadastrlari palatasi Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Malaka oshirish, metodologiya va o‘quv bo‘limi Yetakchi mutaxassisi

🔰 Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Yetakchi mutaxassisi

🔰Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi mutaxassisi

🔰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yagona davlat reyestrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi

❗️Hujjatlar 2021 yil 13 iyuldan 30 iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur. Nomzodlar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

Maʼlumotlar ushbu pochta orqali qabul qilinadi: [email protected]

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori hamda Davlat kadastrlari palatasi tuzilmasi…
⬜️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 2 noyabrdagi buyrug‘iga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi tuzilmasi, hamda xodimlarning cheklangan sonini ish hajmidan kelib chiqqan holda belgilash va o‘zgartirish maqsadida qo‘shimcha shtatlar ajratilgan edi.
Amaldagi shtatga 4 yo‘nalishdagi mutaxassislik shtatlari, ya’ni:
🔹Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;
🔹Topografik va kartografik xaritalar tayyorlash mutaxassisi;
🔹DKYAT mutaxassisi;
🔹Yer kadastri mutaxassisi va yordamchi personaldan tashkil topgan yana 581 nafar xodim uchun ish o‘rinlari qo‘shildi.

⬜️ Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati Ko’chmas mulk boshqarmasi hodimlari tomonidan Hududiy boshqarmalarning tuman (shahar) filiallariga taklif etilayotgan har bir DKYAT mutaxassisligiga eng munosib nomzodlarni saralab olish hamda ularning bilim va ko’nikmalari aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil etilmoqda.

Jarayon davom etmoqda…

#DavKadastrPalata #vakant #mutaxassislar
💠 Davlat kadastrlari palatasida Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari uchun ochiq tanlovning so‘nggi bosqichi - suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

💠 Palataning vakant lavozimlariga hujjat topshirgan 50 dan oshiq nomzodlar, tanlovda ishtirok etib, malaka talabi, test sinovlari bo‘yicha imtihon topshirishdi. Ulardan muvaffaqqiyatli o‘tgan birnecha talabgorlar bilan Davlat kadastrlari palatasi mutahassislari suhbat uyushtirishdi.

💠 Suhbat natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #vakant #argos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Universitetda “Kar’era kuni”▫️

🔘 Xodimlar masalasiga jiddiy yondoshuv, faoliyatga sohani sevuvchi, malakali kadrlarni topib joylash ham boshqaruv vakillari mahoratidan darak. Bu masalaga Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati alohida e'tibor qaratadi.

🔘 Kuni kecha Toshkent davlat texnika universitetida o‘tkazilgan “Kar’era kuni”da bir necha tashkilot va muassasalar qatorida Davlat kadastrlari palatasining inson resurslarini boshqarish bo‘limidan vakillar ham qatnashib, mazkur oliygohning 3 mingdan oshiq bitiruvchilari orasidan munosiblarga vakant o‘rinlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

#DavKadastrPalata #vakant #kar_era_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube