DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Vakant

#Davlat_kadastrlari_palatasi markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🔰Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Axborot tizimlarini rivojlantirish va qo‘llab -quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

🔰Davlat kadastrlari palatasi Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i

🔰Malaka oshirish, metodologiya va o‘quv bo‘limi Yetakchi mutaxassisi

🔰 Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Yetakchi mutaxassisi

🔰Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi mutaxassisi

🔰 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yagona davlat reyestrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi

❗️Hujjatlar 2021 yil 13 iyuldan 30 iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur. Nomzodlar suhbat asosida ishga qabul qilinadi.

Maʼlumotlar ushbu pochta orqali qabul qilinadi: [email protected]

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Bu_biz #Boshqarmalar

🖥 KO‘CHMAS MULK KADASTRI BOSHQARMASI

Boshqarma vazifalari:

🔷ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini taʼminlovchi geokodlar beradi;

🔷respublika bo'yicha ko‘chmas mulk obyektlarining geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron xaritalarni shakllantiradi;

🔷davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrlarini samarali yuritilishini taʼminlaydi.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Komplaens_nazorati

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Atabek Allaberganov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda hozirgi kunda tizimga kiritilayotgan yangiliklar, fuqarolarga xizmat qilishda barcha xodim o'z vazifalariga jiddiy yondashishi kadastr xizmatiga bo'lgan ishonchni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi, hamda ushbu yo'nalishda ichki nazoratni yo'lga qo'yish muhim vazifalardan biri ekanligi haqida aytib o'tdi.

Shuningdek yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati Komplaens-nazorat xizmati boshlig'i lavozimiga Ahmedov Sunnatila Mamataliyevich tayinlandi.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Men_vaksina_oldim

Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat xodimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning 1-bosqichi bilan emlandi.

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasining barcha hududiy boshqarmalari xodimlari koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar bilan emlanmoqda.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Mustaqilligimizning_30_yilligi

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hamda Markaziy apparat xodimlari Mustaqilligimizning 30 yilligi ko'krak Nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek sohada faoliyat olib borayotgan fidoiy xodimlarga Kadastr agentligi esdalik sovg'alari topshirildi.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari #Markaziy_apparati #Mustaqilligimizning_30_yilligi

Mustaqillik shodiyonalari!

O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev boshchiligida sohada fidokorona xizmatlari uchun markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalarning 40 ga yaqin xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg`alarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

El-yurt ravnaqi va farovonligi yo'lida palata xodimlarining fidokorana xizmatlari biz uchun juda muhimdir va ularga kelajakdagi ishlariga ulkan zafarlar tilayman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi-M.Valiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Bu_biz #Boshqarmalar

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish boshqarmasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bo`yicha.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Tayinlov

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasida Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovich boshchiligida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔹Mazkur yig'ilishda:

-Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari-bosh muhandis lavozimiga Nishanov Ravshan Rustamovich hamda

-Palata raisining moliya va iqtisod masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovichlar tayinlandi.

Nishanov Ravshan Rustamovich
shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Jo‘rayev Dilshod Maxmudjonovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Moliyaviy monitoring bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Davlat_tili #Ona_tilim_faxrim

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!

21 oktabr O'zbek tili Davlat tili deb e'lon qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi barcha hamyurtlarimizni muborakbod etadi.