DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Hukumatning “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga ko'ra:

◼️“Yer hisobot” AAT - yer hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

◼️Yer hisoboti Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi  va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yer hisobot” AAT orqali yil davomida yuritiladi.

◼️Yer hisoboti O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar, shuningdek, shaharcha va qishloq (ovul)lar ma’muriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar (yerdan foydalanuvchilar) bo‘yicha yuritiladi.

◼️Yer hisobotini yuritishda o‘tgan yilgi yer hisobotining yakuniy ma’lumotlari joriy yilda dastlabki ma’lumot sifatida qabul qilinadi.

◼️Yer hisobotida fuqarolarga dehqon xo‘jaligi va shaxsiy dala tomorqa xo‘jaligi hamda jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarining umumiy maydoni va ulardan foydalanuvchilarning soni ko‘rsatiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
bo'lib o‘tmoqda

🇺🇿 Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Toshkent sammiti ishtirokchilarini kutib olish marosimidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari sammit umumiy taraqqiyot yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qat’iy intilishning yaqqol dalili ekanini ta’kidladi.

◼️ Prezidentimiz IHTning asosiy hujjati bo‘lgan “Istiqbollar – 2025” ijrosini sarhisob qilishni qo‘llab-quvvatladi.

◼️ O‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqligini kuchaytirish haqida so‘z yuritar ekan, Prezidentimiz a’zo davlatlarning aksariyati dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidladi.

◼️ Prezident Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasi hamda ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish, industrial xabаlarni shakllantirish mavzusiga to‘xtaldi.

◼️ Sammitga raislik qilayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya masalalari bo‘yicha yuqori darajali platforma yaratish bo‘yicha O‘zbekistonning g‘oyasi qo‘llab-quvvatlangani uchun tashakkur izhor etdi va uning birinchi anjumanini 2024-yili Samarqand iqlim forumi doirasida tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

◼️ Prezidentimiz global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushiga yana bir bor alohida to‘xtaldi.

#DavKadastrPalata #Prezident #sammit

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 1-8-noyabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 15 756 ta
       Shakllantirilgan:  5 871 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan  "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️Mazkur hafta ushbu tashabbus Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida o'tkazildi:

▫️Andijon viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️
Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng ko‘p o‘lchami oshirildi


🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–876-son, 09.11.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayol mulkdorlar soni 10,4 %ga oshgan

🌟 Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil 10 oyi davomidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 137 366 tani tashkil etadi. 2022 yildagi ma'lumotlatga ko'ra, ularning soni 1 914 018 ekanligini inobatga olsak, bugungi kunga kelib, yil yakunlanmasidan ayol mulkdorlar soni 10,4 %ga ortganini ko'rishimiz mumkin.

👩‍💻 📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p ayol mulkdorlar doimgidek Toshkent shahri hamda Toshkent viloytida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida ekanligini ko'rishingiz mumkin.

➡️ Keyingi ushbu turdagi statistik ma'lumotlarimiz erkak mulkdorlar haqida bo'ladi.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Quyosh panellari o'rnatish ishlari davom etmoqda


💠 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarma hamda tuman, shahar filiallari ma'muriy binosining tom qismiga quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shu jumladan, Xorazm viloyati tuman filiallarida Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i Sh.Hamdamov tomonidan jarayon yuzasidan o‘rganish va nazorat ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ma'lumot o'rnida, hozirgi kunda Kadastrning 21 ta tuman , shahar filiallarida quyosh panellari o‘rnatildi va o'rnatish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Shuningdek, reja grafik asosida yil yakuniga qadar jami 67 ta tuman, shahar filiallariga energiya tejovchi quyosh panellari o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #quyosh_panellari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy savodxonlik soati


🌟Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida reja jadvalga muvofiq, navbatdagi huquqiy targ'ibot soati bo'lib o'tdi. Markaziy apparat hamda ZOOM platformasi orqali ishtirok etayotgan hududiy boshqarmalar xodimlari ishtirokidagi seminar O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-okatbrdagi "Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida" gi O'RQ-871-son Qonuni izohiga bag'ishlandi.

◼️ Seminarda Ko‘chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig'i S.Abdirazzakov ushbu qonunning mazmun-mohiyati, kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida xodimlarga tushunchalar berdi.

◼️Bunday huquqiy soatlarning izchil o'tkazilishi xodimlarning huquqiy ong va madaniyatlarini yuksaltirish, sohaga oid bilimlarni yanada oshirilishiga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM