DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

11-noyabr - Kasaba uyushmalari kuni

💠 Barchamizga ma'lumki, 2020-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman «11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» deb belgilangan.

🫥 Kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy manfaatlar bogʻlab turadigan iхtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Ularning maqsadi – oʻz a’zolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilishdir.

🇺🇿 Oʻzbekistonda kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, tashkilot fidoyi хodimlarini ragʻbatlantirishga хizmat qiladi. Bu bilan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish ko'zda tutilgan.

💐 🌟 Fursatdan foydalanib, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barcha Kasaba uyushmalari xodimlarini ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi. Sizning kasbingizga bo‘lgan mehringiz va fidoyiligingiz, inson manfaatlari uchun qilayotgan mehnatlaringizni qadrlaymiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 6-10 - oktabr kunlari jami 1 377 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 15
Andijon viloyati - 62
Buxoro viloyati - 120
Samarqand viloyati - 73
Sirdaryo viloyati - 46
Surxondaryo viloyati - 116
Qashqadaryo viloyati - 112
Toshkent shahar - 228
Toshkent viloyati - 221
Navoiy viloyati - 36
Namangan viloyati - 23
Xorazm viloyati - 100
Jizzax viloyati - 54
Farg‘ona viloyati - 74
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 97

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi Toshkent tumani tashkil etish haqida qaror loyihasi

🏙 Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilib, Yangi Toshkent tumani tashkil etiladi.

🇺🇿 Qonunchilik palatasining «Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahar tarkibida Yangi Toshkent tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

#DavKadastrPalata #Toshkent

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kitob - kelajak yo'lboshchisi

📚 Yaxshi fazilatlar inson ongiga kitoblar orqali singdiriladi. Har bir inson o‘z vaqtini unumli, foydali o‘tkazish, maʼnaviy saviyasini oshirish maqsadida kitoblar, badiiy adabiyotlar bilan oshno tutinadi, hordiq chiqaradi. Kitobga do'st bo'lish kishilar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌟 Shu boisdan, Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida har haftaning payshanba kuni 1 soatdan xodimlar uchun mutolaa soatiga ajratilgan edi.

📚 Mazkur haftada tashkilot xodimlari ajratilgan vaqtdan unumli foydalangan holda, Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodim D.Qodirov boshchiligida O'zbek xalq yozuvchisi T.Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romani, undagi qahramonlar va obrazlar haqida qisqacha muhokama soati o'tkazishdi.

#DavKadastrPalata #mutolaa_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Madaniy hordiq ila ma'naviy yuksalish sari

🎭 Kuni kecha, 11-noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi xodimlari uchun O'zbek Milliy akademik drama teatrida  "O'zbekcha raqs" nomli spektakl  namoyish etildi.

🎭 Ushbu teatr  tomoshasida xodimlar  maroqli dam olib,  madaniy hordiq chiqarishdi.  Teatrning o‘ziga xos olami, undagi muhit, ayniqsa spektakl taqdimoti barchaga o‘zgacha zavq, ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

#DavKadastrPalata #madaniy_hordiq

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️  “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 6-12- noyabr  kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Mulohaza vaqti

🌟 Davlat kadastrlari palatasi korrupsiyaga qarshi kurashga chorlaydi. 

Yer bilan bog'liq korrupsiya va ta'magirlik holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki 1097 qisqa raqamiga murojaat qiling! 

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yashil makonda “Kadastrchilar bog‘i”

🌳 "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida 2023-yil kuzgi ko‘chat ekish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tizimda ham talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Hamdamov Xorazm viloyatida bo‘lib, "Kadastrchilar bog‘ini" tashkil qilish bo‘yicha berilgan topshiriq yuzasidan tegishli choralarni ko‘rdi.

🌿 Hududiy boshqarma xodimlari bilan birgalikda Urganch tumanidagi tashlandiq yer maydonida maxsus texnikalar yordamida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi hamda Xorazm viloyati kadastrchilari tomonidan "Kadastrchilar bog‘i" tashkil qilindi.

🌳 Bugungi kungacha tizimda hududlarimizda 22 671 ta ko‘chatlar ekildi va kelgusida yana 37 819ta ko‘chat ekilib, har bir hududda “Kadastrchilar bog‘i” yaratilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #yashil_makon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM