🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda🌱 Joriy yilning
6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda
"Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida
forum a’zolari - Milliy
geofazoviy agentliklar,
geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.
🇺🇿 Mazkur forumda
Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga
Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.
⭐️ 🌟 Shuningdek,
Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.
#DavKadastrPalata #geofazoviy_forumIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter