DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ерларни аукцион орқали сотишни соддалаштиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по упрощению продажи земельных участков с аукциона.

#Mirziyoyev #taqdimot #yer #auksion

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Yer solig'i qancha to'laysiz ?▪️

Endilikda
yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmati orqali bilib olishingiz mumkin.

◼️“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari” yuzasidan manzilingizga taalluqli ma'lumotlarni Soliq qoʻmitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytidagi mazkur sahifa orqali bilib olishingiz mumkin.

👉 https://soliq.uz/regulations/land-property-tax

◼️ Ushbu havolada yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman (shahar)larning mahalla va koʻchalari kesimida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlari joylashtirilgan.

👉 Yuridik shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
👉 Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari

◾️ Oynada kerakli hudud tanlanganda tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida maʼlumot shakllanadi.

#DavKadastrPalata #yer_solig_i

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yer fondi toifalari🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mazkur ma’lumotda 2023 yil yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydonlari va yer fondi toifalarini taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Dehqonchilik uchun ajratilgan yerlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati sohaga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etishda davom etadi.

💠 2022 yilda Dehqon xo‘jaligi maqsadlariga ajratilgan 93 ming gektar yer uchastkalari 419 553 nafar auksion g‘oliblariga rasmiylashtirildi.

Batafsil mazkur infografikada ☝️

#DavKadastrPalata #info #yer_uchastkalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yer_nazorati

🌐Yer uchastkalarini xususiylashtirish

🕓 O‘tgan davr mobaynida, (2023 yil 16 fevral holatiga) 35 368 ta yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 13 163 tasiga (34.4%) ijobiy xulosa berilgan, 22 784 tasi rad etilgan va 421 tasi jarayonda.

⭕️ Rad etish sabablari o‘rganilganda, aksariyat hollarda Yerga bo‘lgan huquqni mavjud emasligi yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish masaladagi murojaatlar ekanligi, davlat orderi asosida (kottedj tipidagi) uylar (kvartiralar) egalari va muhofaza zonalarida joylashgan obyektlar ekanligi aniqlangan.

🟢Bunday holatlarda, murojaatchilarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirish orqali tegishli yo‘nalish berib kelinmoqda.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi mumkin
👉Soliq kodeksi 440-modda

Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaliklari Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 433-modda

Quyidagilar yer soligʻi obyektlari hisoblanadi:
▫️qishloq va dehqon xoʻjaligi uchun berilgan;
▫️yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun berilgan;
▫️jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchilik uchun berilgan,
▫️yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan;
▫️meros yoki hadya qilingan va sotib olinganda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan;
▫️qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan;
▫️tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilganda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari ostidagi yer uchastkalari.
▫️xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
▫️ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari
👉 Soliq kodeksi 434-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yer fondi toifalari🔹

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mazkur ma’lumotda 2023 yil yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining jami yer maydonlari va yer fondi toifalarini taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastrda yer kuni▪️

🌍 22-aprel – “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan “Yerni e’zozlash insonga e’tibor va ta’lim tarbiyadan boshlanadi” shiori ostida 20-aprel kuni Kadastr agentligi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan 234-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi hamda 29-sonli maktabga tashrif buyurib kelajagimiz bo'lgan yosh avlodga soha haqida qiziqarli o'yinlar orqali tushincha berishdi.

◼️ Ushbu kun munosabati bilan boshlangan yer kuni haftaligi doirasida yana bir qancha tadbirlar uyushtirilishi rejalashtirilgan. Ular haqida batafsil ma'lumot beriladi. Bizni kuzatishda davom eting.

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Butunjahon yer kuniga▪️

Ayni damda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot Universitetida "22-aprel - Butun jahon Yer kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tmoqda.

◼️Yer resurslaridan oqilona foydalanish, uni asrab-avaylashga chaqiruvchi mazkur tadbirda Yer bilan bog'liq rasmlar ko'rgazmasi, talabalar uchun vakant lavozimlarga "Karyera kuni"  ham tashkil etildi.

◼️Shuningdek mazkur tadbirda Davlat kadastrlari palatasi raisi, Qishloq xo'jaligi vazirligining mas'ullari, Suv resurslarini boshqarish instituti hamda mazkur o'quv yurti mutasaddilari ishtirok etishmoqda.

#DavKadastrPalata  #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yer_kuni #kollej

🌍 “22-aprel ˗ Butunjahon yеr kuni” munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining yangidan rekonstruksiya qilingan binosining ochilishi marosimi o’tkazildi.

Tadbirda 🌟Kadastr agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, shuningdek, maktab o’quvchilari va kollej talabalari ishtirok etishdi.

🏦Kollejda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 😅 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlanadi.

➡️Kollej quyidagi kasb va ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
⭕️Geodeziya yo’nalishi:
⭕️Geodeziya mutaxassisi
⭕️Topograf

⭐️ Kadastr yo’nalishi:
⭕️Yer mulk munosabatlari mutaxassisi
⭕️Ko’chmas mulk inventarizatori
⭕️Ko’chmas mulkni baholash va davlat ro’yxatiga olish mutaxassisi

➡️ Barcha yo’nalishlar bo’yicha o’qish muddati 1,5 yil. O’qitish to’lov shartnoma va davlat granti asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar Respublikaning barcha hududlaridan qabul qilinadi. O’quvchilar zamonaviy jihozlangan va qulay sharoitga ega bo‘lgan yotoqxona bilan ta’minlanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️Butunjahon yer kuniga▪️ Ayni damda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot Universitetida "22-aprel - Butun jahon Yer kuni" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tmoqda. ◼️Yer resurslaridan oqilona…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Zamin kunida DKP▪️

🌱 Yoshlarni yerni asrab-avaylash, undan oqilona foydalanishga chaqirish hamda iste'dodli va zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni ishga jalb qilish, soha rivojiga yanada hissa qo'shishga undash maqsadida har yili Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda turli tadbirlar tashkil etiladi.

◼️ Kuni kecha "TIQXMMI" milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan uchrashuv ham shular jumlasidandir.

▶️ Tadbirning batafsil tafsilotlari bilan mazkur video orqali tanishing.

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM