DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.1K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.29K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar


💬 Huquq egasi — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish asosida ushbu ko‘chmas mulkka doir huquqqa ega bo‘lgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs.

Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Тoponimika boshqarmasida

🌟 2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga markaziy apparatning bir qator boshqarma va bo'limlari rahbarlari yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟 Respublika toponimika boshqarmasi boshlig'i Dilnoza Kamalova - geografik obyektlarga nom berish va ularni qayta nomlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo'lib o'tdi.

✔️ Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, aniq takliflarni o‘rtaga qo‘yib kelayotgani alohida taʼkidlandi. Natijada joriy yilning o‘zida tadbirkorlar faoliyati uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.

✔️ So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizda pul ko‘paygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani taʼkidlandi.

✔️Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion so‘m yo‘naltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.

✔️ Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi. Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi belgilandi.

✔️ Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi. Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.

✔️ Temir yo‘l sohasida raqamlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish hisobiga yuk tashish muddatlari 40 foizga qisqardi.

✔️ Prezidentimiz mintaqadagi eng qulay va jozibador biznes muhitini saqlab qolish uchun barqaror soliq siyosati davom ettirilishini taʼkidladi.

✔️ Yig‘ilishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.

✔️ Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani taʼkidlandi.

✔️ Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilinmoqda.

✔️ Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashuvchi markaz ochishi muhimligi qayd etildi.

✔️ Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini taʼkidladi.

✔️ Oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

✔️ Yig‘ilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yana-da ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

✔️ Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

✔️ Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday g‘oya va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida ular ham jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lib, islohotlarimizni yana-da ilgari surishda tayanch va suyanch bo‘lishiga ishonch bildirdi.

✔️ Shu bilan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot o'z yakuniga yetdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 16-20-dekabrda  jami  1 393 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari


🇨🇴 Kolumbiya - Janubiy Amerikaning shimoli-g'arbida joylashgan agrar-industrial mamlakat bo'lib, 10 ta davlat bilan chegaradosh. Qishloq xo'jaligining asosiy qismini dehqonchilik tashkil etadi.
☕️ Qahva ishlab chiqarilishi bo'yicha mamlakat dunyoda 2-o'rinda turadi.

🎚 Xo'sh, Kolumbiyada yer munosabatlari va kadastr tizimi qanday tashkil etilgan?

🎚MCPning joriy etilishidan ko'zlangan maqsad nima?

🎞 Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

22-dekabr - Energetika xodimlari kuni


⚡️ Bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, barcha sohalar va tarmoqlar faoliyatining uzluksizligi bevosita bog'langan energetika tizimi xodimlari kuni. Hozirgi texnologiyalar jadal rivojlangan ayni zamonda elektr energiyasi ta'minotida bir kun, hatto bir soatga uzilish kuzatilishi hammamizni havotirga solishi shubhasiz.

💡 Zamonaviy hayotimizdagi jamiki vositalar va uskunalarning harakatlanishi, uylarimiz va ishxonalarimizning yorug', qishda issiq, yozda esa salqin bo'lishi soha xodimlarining tun-kun olib borayotgan mashaqqatli mehnatlari samarasidir desak, mubolag'a bo'lmaydi.

🌟 Shunday ekan, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi mazkur mas'uliyatli va sharafli kasb vakillari bo'lgan barcha - energetiklar,elektriklar, montyorlar va muhandislarni kasb bayramlari bilan samimiy qutlaymiz. Faoliyatingiz xavfsiz, samarali va uzluksiz bo'lishiga tilakdoshmiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari


🇺🇿 Hudud xaritasi – mahalladagi inventarizatsiya hududi chegarasidagi yopiq maydon (poligon)da joylashgan ko‘chmas mulklar uchun Internet tarmog‘idagi ochiq xaritalar va shu kabi boshqa tizimlardan nusxa olingan fotosurat, ushbu xaritada inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayonida shakllangan abris raqamlari joylashtiriladi hamda hududiy ko‘rinish sifatida foydalaniladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI

🌟 2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga markaziy apparatning bir qator boshqarma va bo'limlari rahbarlari yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Yerlarni auksionga qadar dasturga joylashtirish, kelishish ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sobir Shaymardanov - tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati, yakka tartibdagi hamda ko'p qavatli uy-joylar qurish uchun yerlarni auksion savdolariga chiqarilishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#DavKadastrPalata #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyasiz hayotni tanlang !

🫥 Avval xabar berganimizdek, "9-dekabr—Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tgandi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolik tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushdi va 10 tasi FINAL bosqichida g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun ishtirok etdi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari


Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing 👆

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM