Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.22K subscribers
41K photos
5.11K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
#press_anons

🗞”Chirchiq tongi” gazetasining 2025-yil 10-yanvar sonida tanishing:

MILLIY ARMIYAMIZ – YURT TAYANCHI
Bu dunyoda yurt tinchligi, Vatan osoyishtaligini muhofaza qilishdanda buyukroq vazifa bo‘lmasa kerak. Harbiylar ana shunday jasoratli kasb egalari, bir so‘z bilan aytganda, osuda hayotimiz posbonlaridir. Ularning o‘z yurtiga sadoqat bilan xizmat qilishida oila a’zolarining qo‘llab-quvvatlovi muhim ahamiyat kasb etadi.

YAXSHI YANGILIK!
Aziz mushtariylar, gazetamizning 2025-yilgi ilk sonida Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Ta’lim ziyosi” nomli gazetasi 3 va 4-sahifada e’lon qilinmoqda. Gazeta ichida gazeta tarzida chop etilayotgan mazkur ro‘znomada universitet va talabalar hayotidan berib boriladigan lavhalar hamda iqtidorli yoshlarning ijod namunalari bilan tanishishingiz mumkin.

“EL NETIB TOPGAY MENIKIM, MEN O‘ZIMNI TOPMASAM”
Jamiyatimizda azaldan o‘qituvchilik kasbiga alohida hurmat ko‘rsatilib kelinadi. Umr oqar daryodek oqib o‘tadi. Lekin mana shu oqimda o‘qituvchilik kasbiga sadoqat namoyon etib, el xizmati yo‘lida sidqidildan vazifasini bajarish bu vijdoniy ish. Madomiki, shu kasbni tanladimi, pedogoglik kasbiga layoqati, o‘quvchilar bilan til topishib muomala qila olish qobiliyati va ilmi bo‘lishi, bolalarni sevishi lozim. Bu juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab qiladi, albatta. Mana shu fazilatlarni biz hikoyamiz qahramoni Mavluda Usmanova misolida yaqqol ko‘ramiz.

Yil sarhisobi
MA’NAVIYAT – BARCHA MUVAFFAQIYATLARIMIZ SARCHASHMASI
Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini ma’naviy-ma’rifiy sohlarda olib borilayotgan jarayonlarsiz aslo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlarining rivoji xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashidagi hayotbaxsh o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi barchamizga ma’lum.

📍Shuningdek, shahar hayoti va boshqa yangiliklar to‘g‘risida gazetaning 2025-yil 10-yanvardagi 1-sonida tanishing.

https://t.iss.one/chirchiq_tongi_telegram_sahifasi
👍4
#Statistika

Toshkent viloyatida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 79,9 foizni ko`rsatmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan
287,4 milliard so‘m mablag‘lar evaziga 2030 yilga kelib, suv bilan ta’minlanganlik darajasi 100 foizga chiqadi. Ya’ni, 554,5 km ichimlik suv tarmog‘i tortish va 76 ta suv inshooti qurish amalga oshirish belgilangan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Vazir_tashrifi

Sport vaziri Adham Ikramov Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga markaz direktori Ravshan Gʻofurov hamrohlik qildi.

Vazir markazda yangidan bunyod etilgan yopiq turdagi suv havzasi, kamondan otish, boks va ogʻir atletika zallarini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, A.Ikramov "Face ID" tizimidan foydalanish holati, oʻquvchi qamrovi, zallarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rgandi hamda u yerda shug'ullanuvchi sportchi-o'quvchilarning mashgʻulotlarini koʻzdan kechirdi.


Sport vaziri 2025-yilda amalga oshirilishi kerak boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan masʼullarga oʻz koʻrsatmalarini berdi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1👏1
#Taziya

H A M D A R D L I K


Chirchiq shahar hokimligi shahar Elektr ta’minoti rahbari Sadulla Fayzullayevga otasi Abdulla Zokirovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda «Itlarga talanayotgan insonlar taqdiri...» mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan “Daydi hayvonlarni tutish” brigadasi xodimlari 2024-yilning 25-28-dekabr kunlari mazkur murojaatda ko‘rsatilgan manzildan (3-kichik nohiya 27-ko‘p qavalli uy oldi) 17 bosh daydi itlar tutilib, olib ketilgan hamda mazkur hududda doimiy ravishda reydlar olib borilmoqda.

💬 https://t.iss.one/xyuldoshvoyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

⭕️Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Nodir Xojiyev boshchiligida Chirchiq shahri hamda Qibray tumanidagi mahallada faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan jonli muloqot boʻlib oʻtmoqda.

Chirchiq shahrida boʻlib oʻtayotgan suhbatda ularning ish faoliyati, tashabbus va takliflari muhokama qilinmoqda.


https://t.iss.one/yiatvboshqarma
👍5