Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.25K subscribers
40.9K photos
5.1K videos
55 files
17.7K links
Download Telegram
🚁Учувчисиз учиш аппаратидан (УУА) ноқонуний фойдаланиш ҳолатига чек қўйилди

🔴Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорлари ижросини таъминлаш доирасида, Тошкент вилояти хуқуқ-тартибот идоралари томонидан ноқонуний фаолиятга чек қўйилди.

📢Аниқланишича, 2000 йилда Тошкент вилоятида туғилган, миллат қозоқ, Ўзбекистон Республикаси фуқароси, вақтинча ишсиз, Юқоричирчиқ туманида яшовчи шахс, А.А. Юқоричирчиқ туманида жойлашган “Ҳунармандчилар” маҳалласи ҳудудида учувчисиз учиш аппарати орқали тўй маросимини видеотасвирга олган.

📎Тадбир доирасида мазкур шахсдан процессуал тартибда видеокамера билан жиҳозланган “DJI Ultra Light 249g” русумидаги учувчисиз учиш аппарати ва унга тегишли 1 дона аккумулятор процессуал тартибда расмийлаштириб олинди. .

👮‍♀️ Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг тегишли моддалари асосида
А. А. маъмурий жавобгарликка
тортилди.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Ноқонуний диний таълим фаолиятига чек қўйилди

2008 йилда Тошкент вилоятида туғилган, миллати узбек, Янгийул туманида доимий рўйхатда турувчи, Т.Ф., Янгийўл шаҳрида жойлашган «Ас-Самий» ўқув марказида араб тили ўқитувчиси сифатида фаолият юритиб келган.

Ушбу шахс томонидан «3-guruh atom odatlar» номли Telegram гуруҳи (9 нафар иштирокчи) ташкил этилган бўлиб, мазкур гуруҳда ушбу ўқув марказининг шогирдларига диний адабиётлар асосида сабоқ бериб келаётгани аниқланди.

❗️Мазкур ҳолат процессуал тартибда расмийлаштирилиб, Т.Ф.га нисбатан Ўзбекистон Республикаси Маъмурий жавобгарлик тугрисидаги Кодекснинг тегишли моддалари билан маъмурий жавобгарлик белгиланди.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

"Dolzarb 90 kunlik": Hududlarda yozgi ta'til vaqtida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari jadallik bilan davom etmoqda

Angren shahri. 1-son politexnikumida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostidagi sport tadbiri bo‘lib o'tdi.

Bekobod shahri. 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ingliz tili fanidan to'garak mashg'ulotlari o'tkazildi.

Ohangaron shahri. Yoshlar o'rtasida ingliz tili, matematika fan to'garaklari hamda sportning voleybol va shaxmat turi bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.

Yangiyo'l shahri. Ijtimoiy soha obyektlarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Olmaliq shahri. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida sport musobaqasi o'tkazildi.

Chirchiq shahri. Chirchiq davlat pedagogika universitetida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Nurafshon shahri. "Nurafshon" mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Bekobod tumani. Mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari hamda maktab jamoasi hamkorligida musobaqa o'tkazildi.

Bo'ka tumani. O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida samarali ishlar yo'lga qo'yildi.

Bo'stonliq tumani. 15- va 44-sonli umumta’lim maktablarida turli to'garaklar tashkil qilingan.

Zangiota tumani. Yoshlar ishtirokida ko'ngilochar, madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ohangaron tumani. 33-sonli umumta'lim maktabida to‘pni tezkor uloqtirish musobaqasi tashkil etildi.

Oqqo'rg'on tumani. Nuroniylar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri uyushtirildi.

Piskent tumani. Bolalar uchun mazmunli va maroqli dam olishni ta’minlash maqsadida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Parkent tumani. Yoshlar yetakchilari ishtirokida milliylikni targ'ib qilishga qaratilgan tadbir bo'lib o'tdi.

Toshkent tumani. Yozgi reja asosida turli dars mashg‘ulotlari va to‘garaklar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. "Millatlar do'stligi" madaniyat saroyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

O'rta Chirchiq tumani. 72-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Quyi Chirchiq tumani. 3-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Suv bayrami" tadbiri bo'lib o'tdi.

Qibray tumani. 14-umumta’lim maktabida basketbol musobaqasi, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, kitobxonlikni targ‘ib etuvchi loyihalar hamda fan to‘garaklari tashkil etildi.

Yangiyo'l tumani. 22-sonli umumta’lim maktabida sport musobaqalari o'tkazildi.

Chinoz tumani. 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari doirasida turli toʻgaraklar faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Chirchiq shahrida “Zarbdor tajribasi” asosida olib borilayotgan qurilish ishlari ko'zdan kechirildi

“Yulduz” MFY hududidagi yaroqsiz holatga kelib qolgan xiyobonni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari shahar hokimi M.Abduraximov tomonidan ko'zdan kechirildi.

O'rganish jarayonida shahar hokimi tomonidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi "Oila va xotin- qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-103-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda xotin- qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda Savdo sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Sh.Irsaliev, Tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha mentor o‘qituvchisi B.Odiljonovich, shahar hokimi o‘rinbosari Y.Jumayeva, Savdo sanoat palatasi shahar bo‘limi rahbari R.Dastirov ishtirok etdi.

Tadbirda xotin-qizlar bilan tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlari yuzasidan suhbatlashildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1