Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.5K subscribers
36.2K photos
4.37K videos
17 files
15.7K links
Download Telegram
#press_anons

🗞”Chirchiq tongi” gazetasining 2024-yil 4-oktabr sonida tanishing:

Ehtirom

📝CHIN INSONLIK KITOBIGA BAXTU HIKMAT BITGANLAR…

Dunyoda shunday kasblar borki, rohatidan mehnati, muvaffaqiyatidan zahmati ko‘p. Ustozu murabbiylarning fidoyi mehnatini ham shunga qiyoslash mumkin.

📍11-MAKTAB “TOP 10” TALIKDA

2023-2024-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha “Eng yuqori natijalarga erishgan maktab” “TOP 10” taligi e’lon qilindi.
Ushbu ro‘yxatning 9-o‘rnidan Rahima Fayzullayeva rahbarlik qilib kelayotgan shahrimizdagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ham joy olgan.


Oramizdagi odamlar

🖋️IJOD VA MEHNAT ZAVQI

O‘qituvchilik faoliyatimda eng muhim jihatni o‘zimga shior qilib olganman. Ya’ni, auditoriyaga kirdimmi, tinglovchi o‘ziga albatta bir yangi ma’lumotni olishi, yangi bilimga ega bo‘lishi kerak. Ayniqsa, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda talabadan oldinda bo‘lish ma’lum tayyorgarlik va muntazam o‘z ustida ishlashni taqozo qiladi.

MUZEY - MADANIYAT VA MA’RIFAT MASKANI

Muzeylar ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina bo‘lib, u yillar davomida boyib, to‘lib boraveradi.

📍Shuningdek, shahar hayoti va boshqa yangiliklar to‘g‘risida gazetaning 2024-yil 4-oktabrdagi 40-sonida tanishing.

https://t.iss.one/chirchiq_tongi_telegram_sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_anons

🗞”Chirchiq tongi” gazetasining 2024-yil 22-noyabr sonida tanishing:

2025-YIL — ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI

Joriy yilning 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

MEHRI MALHAM, DARDGA DARMON SHIFOKORLAR

Shahrimizdagi “Zamin” toʻyxonasida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda shahrimizdagi tibbiyot sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, tajribali shifokorlar, tizim masʼullari, faxriylar ishtirok etdi.

CHIRCHIQ OLIY TANK QO’MONDONLIK-MUHANDISLIK BILIM YURTI 106 YOSHDA

Chirchiq Oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti mamlakatimiz sarhadlari daxlsizligi va tinchligini taʼminlashga qodir malakali ofitserlarni tayyorlovchi taʼlim muassasasidir.

QISH YAQIN:
BIZ UNGA TAYYORMIZMI?


Qishning har bir kuni, har bir daqiqasi – sinov. Ana shu aqidadan kelib
chiqib, muxbirimiz Chirchiq shahar hokimining oʻrinbosari Ulugʻbek RASULMATOV ga yuzlanib, eng masʼuliyatli davr – kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarliklar
koʻrilgani bilan qiziqdi. Keling, shahrimiz aholisini ham qiziqtirayotgan
ayrim savollarga berilgan javoblar bilan gazetamizda tanishaylik.

📍Shuningdek, shahar hayoti va boshqa yangiliklar to‘g‘risida gazetaning 2024-yil 22-noyabrdagi 47-sonida tanishing.

https://t.iss.one/chirchiq_tongi_telegram_sahifasi
#press_anons

🗞”Chirchiq tongi” gazetasining 2024-yil 29-noyabr sonida tanishing:

2025-yil – Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili

HAYOT MUVOZANATI ONA TABIAT BILAN UZVIY BOGʻLIQ

Tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat bir-biriga uyg‘un bo‘lsagina, hayot muvozanati ham barqaror bo‘ladi. So‘nggi yillarda dunyoda kechayotgan iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini havo va suvning ifloslanishi, sanoat korxonalari, avtotransport vositalaridan chiqayotgan hadsiz-hududsiz zararli moddalar bilan bog‘layotganliklari zamirida haqiqat bor, albatta.

Ko‘rik-tanlov
BIR NURONIY – O‘N YOSHGA MAS’UL
Nuroniylarni jamiyat hayotiga yanada faol jalb qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakillarining tajribasidan keng foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etayotgan nuroniylarni rag‘batlantirish maqsadida har yili uch bosqichli “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Ko‘rik-tanlovning bu yilgi respublika bosqichiga Chirchiq shahri mezbonlik qildi.


“MEHRJON” BAYRAMI
MEHR ULASHDI

Shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri hamda “Mehrjon“ – hosil bayrami tashkil etildi.

AHOLIGA KO‘MAK – OLIY QADRIYAT
Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan bugungi kunda fuqarolarga yuzdan ziyod ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda.

📍Shuningdek, shahar hayoti va boshqa yangiliklar to‘g‘risida gazetaning 2024-yil 29-noyabrdagi 48-sonida tanishing.

https://t.iss.one/chirchiq_tongi_telegram_sahifasi