Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.3K subscribers
40.8K photos
5.09K videos
54 files
17.6K links
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq shahar Soliq inspeksiyasi uchun “Iqbol” MFY hududida barpo etilgan yangi bino ancha vaqtdan beri foydalanishga topshirilmayotgani aytilgan" murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi. Hozirda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahar “Shodlik” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar oldidagi yo‘laklarni asfaltlash ishlari chala bajarilgani va hududdagi bolalar maydonchasi qarovsiz ahvoldaligi tanqid qilingan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, quruvchilar loyiha doirasida yo‘laklarni asfaltlagan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahar Yangi O‘zbekiston mavzesidagi ko‘p qavatli uylar atrofida chiqindilar sochilib yotgani tanqid qilingan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Chirchiq shahar Yangi O‘zbekiston mavzesidagi ko‘p qavatli uylar atrofidagi chiqindilar quruvchilar tomonidan tozalandi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3
🟦🟦🟦🟦
#RASMIY_MUNOSABAT

🔰Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, FACEBOOK platformasida "Chirchiqda shahrida maktab ma’muriyatining loqaydligi bola hayotiga tahdid soldi! (o‘zgarishsiz olindi)" posti ostida Chirchiq shahrida joylashagan 18-sonli umumta’lim maktabi bilan bog‘liq holat keltirilgan.

Postda o‘quvchining maktabda istimasi ko‘tarilgani (39,3), ammo maktab ma’muriyati berparvolik qilib, unga javob bermagani, maktabda hamshira ham yo‘qligi, bolaning holati og‘irlashgani keltirilgan.
Holat ayni paytda Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.Sh ikkinchi soat darslardan so‘ng istimasi chiqayotgani, shu uchun uyga javob berishlarini so‘rab, maktab ma’muriyatiga murojaat qilgan. Ma’muriyat, o‘quvchining onasi T.Zga qo‘ng‘iroq qilib, bolaning holatidan xabardor qilishgan.
Ona o‘g‘lini uyga jo‘natib yuborishlarini, chindan ham farzandi biroz tobi yo‘q ekanligini bildirgan (o‘quvchi maktab binosi bilan yonma-yon uyda yashaydi).
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, maktabning tibbiyot hamshirasi bir necha kun oldin jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Ayni paytda kasallik ta’tilida.

🔴Maktab ma’muriyati bolaning salomatligiga beparvo munosabatda bo‘lmagan!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🟦🟦🟦🟦
#RASMIY_MUNOSABAT

✉️Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Fuqaro maktabga bostirib kelib, pedagoglarni haqoratladi" tarzida xabar tarqaldi.

➡️Ushbu holat bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, voqea joriy yilning 17-fevral kuni soat 8:10 atrofida 18-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.Sh muassasa ichki tartib qoidalariga rioya qilmay, doimiy ravishda uyali aloqa telefonini dars jarayonlаriga olib kirgan (vaholanki, maktabda telefonlar darslar boshlanishidan avval yig‘ib olinib, maxsus qutilarga joylashtirilgan).
17-fevral sanasida ham ayni holat takrorlanib, o‘quvchi A.Shdan telefonni qoldirib darsga kirish talab qilinganida, u onasi T.Zga tel qilib, holatni bildirgan.
T.Z shu zahotiyoq maktabga yetib kelib, janjal ko‘targan. Natijada maktab ma’muriyati, T.Z ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

❗️Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishni atroflicha o‘rganib, fuqaro T.Zga tegishli choralarni ko‘rgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahar Arancha qo‘rg‘onida yo‘llar sifatsiz asfalt qilingani tanqid qilingan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Chirchiq shahridagi "Arancha" qo‘rg‘onida asfaltlash ishlari sifatsiz amalga oshirilganligi bois ushbu quruvchi tashkilot bilan mazkur muammoni bartaraf etish masalasi kelishib olindi. Ushbu holat mutasaddilar tomonidan to‘liq nazoratga olinganini maʼlum qilamiz.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahar “Tinchlik” MFY hududidagi 45-uyning oldida noqonuniy qurilmani nazoratga olish kerakligi soʻralgan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat Chirchiq shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan nazoratga olingan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sobiq texnikum binosi”ning buzilayotganligi yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining Rasmiy munosabati
 
Chirchiq shahri Zakovat ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Sobiq texnikum binosi” ancha yillardan beri foydalanilmasdan qarovsiz holatga kelib qolgan edi.
Ushbu “Sobiq texnikum binosi” ob’yekti o‘rnida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Qarorga asosan Xitoy Xalq Respublikasining “Soniya Group Limited”kompaniyasi ta’sischiligida “Chirchiq Innovatsiya Gimnaziyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan. Jamiyat tomonidan “Zamonaviy gimnaziya tashkil etish” loyihasiga 15,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilinishi, 100 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratalishi va 500 nafar Chirchiq shahri istiqomat qiluvchi oilalar farzandlarining sifatli ta’lim olinishi rejalashtirilgan.

Mazkur “Sobiq texnikum binosi” avariya holatiga kelib qolganligi sababli “Chirchiq Innovatsiya Gimnaziyasi” MCHJning murojaatiga asosan Toshkent viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan bino-inshootlari vizual ko‘rikdan o‘tkazilib, 2025-yil 16-yanvardagi 01/123-sonli xat orqali binoni buzilishi yuzasidan xulosa berilgan.

Shuningdek, “Sobiq texnikum binosi”O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 846-son qaroriga asosan madaniy meros ob’yektlari milliy ro‘yxatga kiritilmagan.

“Sobiq texnikum binosi”
o‘rnida tashkil etiladigan “Zamonaviy gimnaziya tashkil etish” loyihasining ko‘rinishi


💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18👏2❤‍🔥1
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahri Maxtumquli ko‘chasi ichki yo‘llari ta’mirtalab holda ekanligi tanqid qilingan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Chirchiq shahridagi "Maxtumquli" ko'chasi haqiqatdan ham asfalt qilinmasdan qolib ketgan.
Bunga sabab u yerda istiqomat qiluvchi aholining kam sonligi.

Maʼlumki, hozirgi kunda mahallalardagi ichki koʻchalarni asfaltlashtirish "Tashabbusli byudjet" jarayonlari orqali moliyalashtiriladi. Bu yilgi "Tashabbusli byudjet"ning 1-mavsumida shahrimizdagi 17 ta loyiha g'olib bo'ldi. Ma'lumki, gʻolib boʻlganlar belgilangan mablagʻlar evaziga oʻz tashabbusini moliyalashtirish imkoniyatiga ega.

Ushbu mahalla fuqarolari "Tashabbusli byudjet" jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Chirchiq shahri Yangi O‘zbekiston massividagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar hududdagi avtomobillar turargohi noqonuniy sotib yuborilgani, tadbirkorlar tomonidan ko‘p qavatli uyning suv quvuriga qo‘shimcha quvur tortilayotganidan norozi ekanliklari va tuman hokimligi mutasaddilaridan ushbu muammoga yechim qilib berishlarini so‘ragan murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Bugungi kunda ushbu murojaat mutasaddilar tomonidan nazoratga olib, mazkur holat yuzasidan Ishchi guruh tuzilgan. Muammoni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20👏7
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq tibbiyot birlashmasida faoliyat yurituvchi ayrim xodimlarning soliqdan qarzdorligi sababli barcha ishchi-xodimlarga oylik to‘lanmayotganidan shikoyat qilingan"ligi haqidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Chirchiq shahar Tibbiyot birlashmasida soliqdan qarzdorligi bor xodimlarga oylik to‘lanmayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asossiz bo‘lib, hozirda Tibbiyot birlashmasining barcha xodimlari oylik maoshlarini o‘z vaqtida olishganligini ma’lum qilamiz

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Rasmiy_munosabat

2025-yil 24-martda Blogger Abdullayev Telegram kanalida “Majburiy ijro byurosi oddiy fuqarolarga kelganda ishlamaydimi?” mavzusidagi murojaat yuzasidan RASMIY MUNOSABATI

Murojaatda fuqaro S.Abdurahmonovaning foydasiga byuroning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan 7 oydan beri qarz undirib berilmayotgani aytib o‘tilgan.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudning ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Mirzakarimovdan, undiruvchi S.Abdurahmonova foydasiga 50 538 219 so‘m miqdorida qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituviga 2024-yil 8-avgustda kelib tushgan. Ijro ishi qo‘zg‘atilgach, qarzdor M.Mirzakarimovga nisbatan 2024-yil 27-dekabrda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21,86-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro harakatlari davomida, ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilda qarzdor M.Mirzakarimovga tegishli mol-mulklari borligi aniqlanib 2024-yil 29-avgustda Qonunning 42-moddasiga asosan davlat raqami 10X594SA bo‘lgan MATIZ rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Qaror ijrosini ta’minlash uchun ichki ishlar va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlariga hamda byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasiga yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor M.Mirzakarimovning 2025-yil 11-yanvardan boshlab, "Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi"da ishlayotgani aniqlanib,undiruv O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 64-moddasiga asosan olayotgan ish haqining 50% ga qaratilib, ijro qilishlik uchun qarzdor ishlayotgan korxonaga yuborilganligini ma’lum qilamiz.

Majburiy ijro byurosi Chirchiq shahar bo'limi

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda "Chirchiq shahrida yashovchi I guruh nogironlari nomidan yo‘llangan murojaatda ularga davlat tomonidan berilishi ko‘zda tutilgan dorilar berilmayotganidan shikoyat qilingan"ligi haqidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, davlat tomonidan berilishi ko‘zda tutilgan dorilar (Albumin dori vositasi) bo‘yicha, hozirda Chirchiq shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan ochiq elektron savdoda, belgilangan (referent) narxlardan oshmagan holda xarid qilish uchun ehtiyoj ko‘rsatilgan. Tez orada ochiq elektron savdoda yutib chiqqan tashkilotlar tomonidan (Albuminni) olib kelgandan so‘ng bemorlarga tarqatiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrining ayrim ko‘chalaridagi axlat muammosi: Kim javobgar” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Ushbu murojaat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Chirchiq shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mazkur hududdagi chiqindilar tozalandi.

Hurmatli hamshaharlar, atrof-muhitni asrash har birimizning burchimiz ekanligini unutmaylik. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash nafaqat atrof-muhit tozaligiga, balki salomatligimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

❗️Shahrimiz - yagona uyimiz.
Yashayotgan maskanimizni ozoda tutish har birimizning burchimizdir.

💬 Telegram 🌐 Facebook 🕊 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍3
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Asfalt qani” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi № 2910-sonli qarori asosida Toshkent viloyati ichimlik suv va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-341-sonli qaroriga asosan “Zhongmei Engineering Group Limited” qurilish tashkiloti tomonidan Chirchiq shahrida oqova suvi quvurlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish ishlari boshlangan.

Ushbu dasturga muvofiq shahrimizdagi “Umid” mahallasi Umid koʻchasida ham yuqorida keltirib oʻtilgan qurilish tashkiloti tomonidan yangi oqova suvi quvurlarini yotqizish ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunda ushbu koʻchada quruvchi-pudrat tashkiloti tomonidan magistral oqova quvurlari yotqizilgan transheyalar yopilgan. Dastur boʻyicha qurilish ishlari davom etmoqda.

Qurilish ishlari toʻliq yakuniga yetkazilgandan soʻng, pudrat qurilish tashkiloti tomonidan quvurlar texnik tekshiruvdan oʻtkazilib, mavjud koʻchalar tartibga keltiriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook 🕊 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasmiy munosabat:

Kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun kadastr idoralariga borish talab etilmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi Chirchiq shahar bo‘limi binosiga kirishda muammolar kuzatilayotgani haqida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

1. Kadastr idorasiga borish shartmi?
Bugungi kunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 20 dan ortiq kadastr xizmatlari raqamlashtirilgan bo‘lib, ular Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilmoqda.

Bu esa fuqarolarning bevosita kadastr idoralariga tashrif buyurishini talab etmaydi.

2. Kadastr idorasiga nega turniket o‘rnatilgan?
Davlat idoralariga kirish chiqishning o‘z talablari bor. Kadastr binosida jismoniy va yuridik shaxslarning mulklari to‘g‘risidagi qolaversa, jamiyat va davlat ahamiyatidagi ma’lumotlar saqlanadi. Aynan shu sababdan ham mazkur binolarga tegishli tartibda kirish talab etiladi.

3. Xodimlar xonasida o‘tirib ishlamaydi.
Kadastr xodimlarining asosiy ishi xatlov, o‘lchov ishlarini olib borish, yer va kadastr nazorati tadbirlarini o‘tkazish hisoblanib asosiy ish vaqti xonada emas, balki joylarga chiqqan holda sarflanadi.

Yuqoridagi kabi holatga duch kelmaslik uchun Kadastr agentligining - 1097,
Toshkent viloyati boshqarmasining - (71) 502-02-07 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Telefon orqali berilgan og‘zaki murojaatlar ham yozma murojaat maqomiga ega hisoblanadi.

#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Chirchiq shahrining 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sinf xonalarining holati jiddiy e’tiborga muhtojmi?” mavzusidagi xabar yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Chirchiq shaharidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2011-yilda kapital ta’mirlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bino va sinf xonalari maktab ma’muriyati, ota-onalar va homiylar ko‘magida imkoniyat darajasida joriy ta’mirlanib foydalanib va saqlab kelingan.

Maktab binosi 1100 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib hozirgi vaqtda maktabda 1800 ga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. Sinf xonalarida 2 navbatda o‘qish tashkil etilganligi, o‘quv yili yakunlanayotganligi uchun maktabdagi ayrim sinf xonalarida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi joylari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 454-soni qaroriga muvofiq Chirchiq shahar Amir Temur mahallasi hududida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabining asosiy binosini mukammal ta’mirlash va 720 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosini qurish uchun 17 mlrd 480 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish loyihasiga ekspertiza xulosasi olingan bo‘lib, quruvchini aniqlash maqsadida shaffof tenderga joylashtirish jarayonida ekanligini ma’lum qilamiz.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqda “Moratoriy bekor qilinganmi?!” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Chirchiq shahar 1-kichik nohiyasi hududidagi “Manzur” kafesi yonida kesilgan daraxtlar mavzusida eʼlon qilingan post yuzasidan holat joyiga chiqib atroflicha oʻrganildi.

Holat yuzasidan S.A tomonidan davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza qilinganligi va arizaga Toshkent viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan rad javobi berilganligi ma’lum boʻldi. Hududdagi mavjud daraxtlardan 5 tup qayragʻoch va 1 tup bodom daraxtlarini binoni ijaraga olgan shaxs tomonidan kesib tashlaganligi holati ma’lum boʻldi.

Hozirda daraxtlarni kim tomonidan kesilganligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda holat yuzasidan tez orada tabiatda yetkazilgan zarar va huquqbuzarga qoʻllanilgan jarima jazosi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook 🕊 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bo‘zsuv" ketish yo‘lini suv bosibdi...” mavzusidagi murojaat yuzasidan Chirchiq shahar hokimligining RASMIY MUNOSABATI

Shuni ma’lum qilamizki, "Maxam-Chirchiq" AJ sanoat nasoslari bo‘limi sanoat suvlari quvuri zadvijkasi nosozligi natijasida suv sizib chiqqan, hozirda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqt ichida nosozlik bartaraf etiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Chirchiqlik otaning uy hujjati bo‘yicha murojaati ijobiy hal etiladi

Ijtimoiy tarmoq orqali chirchiqlik otaxonning uy hujjatlarini rasmiylashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgani aytilib, yo‘llangan murojaat Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, Chirchiq shahri, Guliston MFY, To‘la ko‘chasi 20-uyda yashovchi fuqaro S.R tomonidan ariza yuborishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yildagi 186-son qaroriga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish pullik xizmat asosida amalga oshirilib kelinadi.

Yuqoridagi holatda esa fuqaro tomonidan "bepul xizmat" asosida ariza yuborilgan.

Fuqaro bilan suhbat davomida kadastr xizmatini ko‘rsatish tartibi tushuntirilib, hujjatlari to‘liq o‘rganildi va belgilangan tartibda ariza yuborildi. Ayni paytda murojaatchi arizasi boshqarma tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, ijobiy hal etilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/tvkad
Facebook Instagram
2👍1