Yozuvchilar uyushmasi | Rasmiy
4.81K subscribers
30.5K photos
3.52K videos
401 files
8.31K links
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

Adabiyot yashasa, millat yashaydi!
Cho’lpon

Fikr va mulohazalaringizni, adabiyot haqidagi maqolalaringizni shu manzilga yo‘llang: @yozuvchilarbot
Download Telegram
Audio
#bugun#xotira

📌16-sentyabr — atoqli o‘zbek adibi, tarjimon, tarixshunos, tasavvufshunos olim Sadriddin Salim Buxoriy tavallud topgan kun.

🎤Respondent - Uning shogirdi, Buxoro Davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Laylo Sharipova
       
📻 "O'zbekiston 24" va "O‘zbekiston" radiokanallarida ( Fm 87.9 va 103'1da soat  har kuni soat 08-35, 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Audio
#bugun #Xotira                                        
📌 
29-noyabr O‘zbekiston fan va san’at arbobi, akademik Izzat Sulton tavallud topgan kun.                                      

🎤 Respondent - adabiyotshunos olim, professor Abdulla Ulug‘ov

📻 "O'zbekiston 24" radiokanali Fm 87.9dа har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.                                  

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Xotira

Alloh taolo menga bir necha yil Chingiz Aytmatovdek ulug‘ inson bilan yonma-yon turib ishlashni nasib etdi. Men buni taqdirning bir inoyati deb bilamanki, shu davr mobaynida men do‘stimning ijodidan tashqari shaxsi, ichki dunyosi, tabiati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘ldim. Eng muhimi, u g‘oyat kamtar inson bo‘lishi bilan birga, jahon adabiyotining bilimdoni, o‘tmish tariximizni, hozirgi adabiy jarayonimizni juda yaxshi bilgan donishmand edi.

Odil Yoqubov,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

"Yoshlik"/2017/12

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#Xotira

Sobir O‘nar muxlislari!

Keyingi yil yozuvchi Sobir O‘nar tavalludiga 60 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan adib hayoti va ijodi haqida xotira kitobi tayyorlashni reja qildik! Sizlardan iltimosimiz, yodnoma va bag‘ishlov she’rlaringizni bizga yuborsangiz.

Sobir O‘narning ruhi shod bo‘lsin!

Izoh: maqolalarni G‘iyosiddin O‘narov yig‘yapti.
Telegram (94) 602-05-63

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Xotira

Akam haqida…

Biz o‘zi aka-ukaning farzandlarimiz. O‘nar boboning Hamro, Hamza, Hazan, Omon degan o‘g‘illari bo‘lgan. Sobir akam Hamzaning, men esa, kenjatoy Omonning farzandlarimiz. U kishi Toshkentda yashagani uchunmi yaqin qarindosh bo‘lsak-da, shunday jurnalist akam borligini bilar, lekin o‘zini yaqindan tanimas edim…

👉davomi...

G‘iyosiddin O‘NAR


@yoshlikjurnali
#xotira

Halima opa, elning dardli, suyumli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva haqida nima deyish mumkin? Uning kitoblari she’rlardan emas, aslida, ana shunday sabolardan tuzilgan. Muqovani ochdingiz, tamom – sahifalar hilpiray boshlaydi, satrlar epkini yuzga uriladi, undan ko‘ngilga o‘tadi va yurak ham bir
yaproq singari titroqqa tushadi.

Sirojiddin Sayyid

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#bugun #Xotira     
📌 
15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, san’at arbobi Ibrohim Rahim tavallud topgan kun.
                      
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Audio
#bugun #Xotira     
📌 
15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, san’at arbobi Ibrohim Rahim tavallud topgan kun.

 🎤Respondent - uning shogirdi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Abdunabi Boyqo‘ziyev                                          
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif - Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Audio
#bugun #Xotira     
📌 
16-oktabr O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov tavallud topgan kun.

 🎤Respondentlar - adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi Rahmon Qo‘chqor, farzandlari Gulnora Nosirxo‘jayeva va Kamola Ibragimova                                        
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Xotira

“Nozim Hikmatning turk nazmida inqilob azmini tutgan umid va armonga yo‘g‘iriq sarbast navolari asrimiz havolarini tenglik va erkinlik kuylariga to‘ldirib turibdi”
Tilak Jo‘ra

* * *
Qor kesdi yo‘lni.
Sen yo‘q eding.
Tiz cho‘kdim qarshingda,
sayr etdim yuzingni ko‘zlarimni yumib.
Kemalar kechmaydi, o‘choqlar o‘chmaydi,
sen yo‘q eding.
Qarshingda devorga suyangandim,
gapirdim,
gapirdim,
gapirdim og‘zimni ochmasdan.
Sen yo‘q eding.
Qo‘llarim-la to‘qindim senga,
qo‘llarim yuzimda edi.

Nozim Hikmat

Tarjimon Rauf Parfi

Yoshlikjurnali
@yoshlikjurnali
Audio
#bugun #Xotira     
📌 O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, atoqli yozuvchi Luqmon Bo‘rixon tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlanadi.

 🎤Respondentlar - Uning o‘g‘li Nusratillo Bo‘rixonzoda, "Oltin kitob" nashriyoti rahbari Alisher Nazar       
                          
📻 "O'zbekiston 24" radiokanalida ( Fm 87.9 - Toshkent hududi va 103'1da Respublika bo‘ylab) har kuni soat 20:35 da "Bugun" dasturi.    

📆Muallif- Durdona Ma'diyeva
@DurdonaDilshod
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf To‘ra Sulaymonning  65 yillik yubileyida.

(Mirza Sulaymon arxividan).
#Xotira

***
Kimdir qayta nasib etsa gar dunyo,
Bundoq yashardim, deb nadomat etdi.
Kimgadir bu armon kerakdir, ammo
Ibroyim Yusupov bir kelib ketdi.

Abdulla ORIPOV
#Xotira

***
Azizim, mehrimiz so‘nmasa bo‘ldi,
Pushaymon donasi unmasa bo‘ldi.
Qirovlar maysaga qo‘nsa qo‘nsin-u,
Sening sochlaringga qo‘nmasa bo‘ldi.

Azizim, kuzak ham kelgay bir suluv,
Bir yog‘i yonuvdir, bir yog‘i so‘nuv,
Beshiklar, sumaklar yo‘nsa yo‘nsin-u,
Sen uchun hassalar yo‘nmasa bo‘ldi.

Azizim, umrimiz qorga o‘xshaydi,
Erimay turganda borga o‘xshaydi,
Yurak urmaslikka ko‘nsa ham mayli,
Yurak sevmaslikka ko‘nmasa bo‘ldi.

Yurak sevmaslikka ko‘nmasa bo‘ldi.

Mansur JUMAYEV

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xotira

“YURAKLARGA KO‘MILGAN SHOIR”

G‘uzor tumanidagi 84-maktabda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda shoir Mansur Jumayev xotirasiga bag‘ishlangan “Yuraklarga ko‘milgan shoir” adabiy-badiiy kecha hamda shoirning "Hazrati ishq" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimi, shoira Hulkar Sherzodova, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi metodisti Sevin Ochilov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Akmal Sayyid, Elboy Qulmonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Shahlo Boltayeva, bo‘lim yetakchi mutaxassisi Gulchehra Amirqulova hamda shoirning ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, shoira Shohsanam Nishonova va maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, asarlarida o‘ziga xos uslubi va yo‘li shakllanganligi, she’rlaridagi tasavvufiy tug‘yonlar, tashbeh, majoz va ramzlar tilidan mohirona foydalana olganligini e’tirof etdilar.
Shoir qisqa umri davomida mazmunli va arzigulik ijodiy meros qoldirdi.
Uning "Oq orzularim", "Hayrat qo‘shiqlari", "Biz kutgan fasl" hamda "Hazrati ishq" kabi she’riy majmualarida yoshlarni Allohga, vatanga, ota-onaga bo‘lgan yuksak muhabbatni tarannum eta oldi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan shoir hayotiga bag‘ishlangan badiiy sahna chiqishlari va she’rlaridan o‘qilgan namunalar barchaga manzur bo‘ldi.
Taqdimot so‘ngida Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan maktab kutubxonasiga shoirning kitoblari tuhfa etildi.
Tadbir bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Qashqadaryo viloyati bo‘limi

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xotira

TILAK JO‘RA – BARHAYOT SHOIR

Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos Tilak Jo‘rani yorqin, haroratli she’rlari orqali xalqimiz yaxshi biladi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi. Yorqin, haroratli she’rlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor bo‘ldi.
Shoir tug‘ilib voyaga yetgan Buxoro viloyati Qorako‘l tumani Sayyot qishlog‘idagi 43-maktabda "Tilak Jo‘ra – barhayot shoir" deb nomlangan adabiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning turmush o‘rtog‘i Nazira as-Salom, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallarining bosh muharriri Sirojiddin Rauf va taniqli san’atkor Rustam Abdullayevlar ishtirok etdi.
Tilak Jo‘ra tavalludining 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda iqtidorli o‘quvchilar shoirning she’rlaridan ijro qilishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xotira

ZOIR MAMAJONOV YODI

Oldindan ochig‘ini ayta qolay, men hozir sizga hikoya qilmoqchi bo‘lgan aziz kishimdan beqiyos yaxshiliklar, aqlbovar qilmas fidoyiliklar ko‘rganman, ammo ming afsuslar bo‘lsinki, evaziga hech narsa qilolmaganman, yashiliklariga yaxshilik bilan javob qaytarolmaganman. Sog‘ligimdan ayrilib, butkul odamgarchilikdan chiqqan kezlarimda ham, hamma, hatto eng yaqin kishilarim yuz  o‘girgan vaqtlarda ham mendan yuz o‘girmagan; ishonch bildirgan; ish bergan; jiddiy xatoga yo‘l qo‘ysam bor javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgan;  "kasofatim"ning mashhurligi mengayu,  bor og‘rig‘i,  azob-uqubati unga... bo‘lgan bu odam kim bilasizmi? Bugun shu haqida gapirmasam, yozmasam, nonko‘rlik qilgan bo‘laman. Chunki...
Bugun ustozim, taniqli jurnalist va hassos adib ("Gulxan atrofidagilar" qissasi asosida serial suratga olingan) Zoyir Mamajonov hayot bo‘lganida 76 yoshni qarshilagan bo‘lardi, ha, bugun — 25 may  — rahmatli ustozimning tug‘ilgan kuni. U kishi nafaqat Shodmonqul Salomu menga  o‘xshagan yuzlab yoshlarning, ba’zi atoqli shaxslarning ham ustozi edi. Zoyir aka o‘z shijoati, jasorati bilan Ozod Sharaffiddinov, Abdulla Oripov, Erkin Vahidov singari millat qahramonlari mehrini qozongan, lutfu ehtiromini ko‘rgan, hatto bir safar (1999 yil) mamlakat miqyosida katta shov-shuvlar bilan  qamoqdan ozod etilgan norasmiy millat qahramoni edi. Umr bo‘yi adolat  uchun kurashib, boshi balolaru fitnalardan chiqmagan rahmatli ustozimiz beva-bechoralaru yetim-yesirlar, shogirdlariyu hamkasblari uchun, kerak bo‘lsa, boshini kundaga qo‘yadigan, mazlumga qayishib, zolimga, zulm va adolatsizlikka qarshi tikka boradigan shaxs sifatida tanilgandi. Zoyir aka Shukur Xolmirzayev, Mengziyo Safarov, Tog‘ay Murod singari taniqli adiblarning shogirdi, do‘sti va homiysi bo‘lish bilan birga, ularga tengkuchli adibligiga qaramay, Mustaqillikni mustahkamlash, huquqiy, adolatli demokratik davlat barpo etish yo‘lida yozuvchilikdan ko‘ra kamtarroq, o‘tkinchiroq va mashaqqatliroq kasb — jurnalistlikni tanlagandi. 1991 yildan to umrining oxiriga qadar, 2013 yil 7 maygacha Denov tuman hokimligi muassisligidagi "Chag‘oniyon" gazetasini 22 yil mobaynida boshqardi, muharrirlik qildi. Oddiy tuman gazetasini O‘zbekistonga mashhur qilib, respublika miqyosida o‘qiladigan va tarqaladigan yetuk nashrga aylantirdi. Faoliyati mobaynida ne bir g‘irrom amaldorlaru puldorlar haq gap — tanqidni ko‘tarolmay, bosh muharrir bilan ayovsiz kurash olib bordi, oxir-oqibat nufuzli amallariyu mansablaridan ayrilishdi, ayrimlari qamalib ham ketdi. Bosh muharrir ham talofatsiz qolmadi, albatta, 80-yillarning o‘rtalarida ikki yil, 1999 yili uch kun "o‘tirib" chiqdi, ya’ni haqiqatparvarligining "badali"ni to‘ladi. 2000 — 2013 yillari yelkama-yelka turib ishlaganimiz uchun (universitetga kirgunga qadar 1995-1996 yillari ham  ustoz bilan birga ishlaganman) bunday keskin kurashlar izsiz ketmaganini ko‘rdik, guvohi bo‘ldik. Zoyir aka sog‘ligini yo‘qotdi, kundan-kunga cho‘kib bordi. Lekin qomatini tik tutib, qaddini g‘oz tutib yurdi. Ich-ichidan yemirilib borayotganini birovga bildirmadi. O‘limidan bir kun oldin, 2013 yil 6 may kuni telefonlashganimiz-da:
—Sal darmonsizligimni aytmaganda soppa-sog‘man. Ertaga ishga chiqaman. O‘z hisobingdan bo‘lsayam xodimlarni tushliksiz qoldirma,  — dedi.
Hatto o‘lim qarshisidayam yo‘lbarsday mardonavor, mag‘rur turdi. Yuraklarga g‘ulg‘ula solib vasiyat qilishni ham, og‘riqlardan shikoyat qilishni ham o‘ziga ep ko‘rmadi. Vaholanki, ikkala buyragi ham zombiruyaday g‘alvir bo‘lib ketgan edi...
Iloho, Allohim ustozimizni qiyomatda shahidlar qatorida qilsin. Oxirati obod bo‘lsin.

Shuhrat AZIZOV,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi

25.05.2023
#xotira

O‘ngdan:
Nosir Fozilov, Nurali Qobul, Said Ahmad, Ne’mat Aminov, Nodir Normat, Erkin A’zam, Xayriddin Sultonov, Xudoyberdi To‘xtaboyev…
#xotira

QAYG‘U

Chekaman,  tutunday  o‘rlaydi  alam,
Ichimda  timdalab  o‘rmalar  og‘u.
                           Ko‘kragim achishib terlaydi  ba’zan,
Bu  yurak  yig‘isi ­
Biladimi  u...

Qo‘lim  sochlarida  tun talashsaydi,
Lablarim  yuzida  tersa  yuzta  noz.
Kiprigim  kiprigi  chigallashsaydi,
Aslo  uzilmasa  qolsa  shu  alfoz.

Aslida  oldinroq  kelib  qo‘yganman,
Va  uni  kutganman
Ishqni  maydalab.
Sahrodan  sahroga  ko‘chib  kelganman,
Mangu  sevmak  uchun
Porlab  qaytadan.

Damlar  juda  qisqa,  taxir  va  tig‘iz,
Toshib  bormoqdaman,
Guvillar  yohu.
Qaddim  yerga  bukar  xarsangtosh  bag‘ir,
Qattiq  sog‘inganman,
Biladimi  u...

Abduvali QUTBIDDIN
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xotira

⭐️Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniy xotirasiga bag‘ishlab uning haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram