Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Bir_kuni
Hikoyasi xom ekan
Abdulla Qahhor respublika gazetalaridan biriga yangi hikoyasini beradi. Asar tahririyatga ma’qul bo‘ladi. Hikoya sahifaga joylashtirilayotganda kichik bir muammo paydo bo‘ladi. Bo‘lim mudiri jur’at qilib adibga telefon qiladi.
– Ustoz, hikoyangiz sahifaga sig‘mayapti, agar rozi bo‘lsangiz, oxiridan ikkita jumlani qisqartirib bosardik.
– Hmm, shundaymi?.. Unda shoshmay turinglar, hozir o‘zim boraman.
Ko‘p o‘tmay yozuvchi tahririyatga yetib keladi.
Asar qo‘lyozmasi ustida ko‘p va xo‘p ter to‘kishdan erinmaydigan, “Agar menchalik mashq qilsa, maymun ham yozuvchi bo‘lib ketardi”, deguvchi adib tahririyat xodimiga yuzlanib, shunday gap qotadi:
– Agar Abdulla Qahhorning hikoyasidan ikkita jumlani olib tashlash mumkin bo‘lsa, demak hikoyam hali xom ekan-da! Mayli, qo‘lyozmani olib keta qolay.
Adib xodimning hay-haylab, yalinishiga qaramay, chop etish uchun terib qo‘yilgan tayyor hikoyasini olib ketadi.
Sh.O
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Yaxshisi erga teging
Abdulla Qahhor Yozuvchilar uyushmasiga rais bo‘lgan kezlar edi. Bir kuni havaskor qiz unga she’rlarini olib kelib ko‘rsatadi. Rais mashqlarni bir-bir varaqlab ko‘rgach, ensasi qotib, o‘ylanib qoladi. Chunki she’rlar juda zaif edi. Hamisha hammaga to‘g‘ri gapni aytib yurgan adib qaddi qomati kelishgan, chiroyli havaskorga qarab shunday maslahat beradi:
– Qizim, siz she’r yozishni tashlang, yaxshisi – erga teging.
Mashhur adibdan bunaqa gapni mutlaqo kutmagan qiz hang-mang bo‘lib qoladi. Raisni hazillashayotgandir deb o‘ylaydi. Shunda rais jiddiy ohangda yana qo‘shimcha qiladi:
– Ha, erga teging. Shunda o‘zingizga ham, boshqalarga ham yaxshi bo‘ladi.
Oradan ko‘p yillar o‘tgach, bir etak bolalarning onasi bo‘lgan o‘sha havaskor yozuvchining haq ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.
Shodmon Otabek

O‘zbekmiz-ku!
Mirtemir domla G‘afur G‘ulom nashriyotida ishlab yurgan kezlar edi. Bir kuni nashriyot yo‘lagidan bir odam Mirtemir domlaga qarab quchog‘ini ochib kela boshlaydi. Domla ham quchog‘ini ochib ko‘rishadi. Keyin, xayrlashayotganda ham shu tarzda xayrlashadilar. U odam ketgach, domla yonidagilardan so‘rab qoladi:
– Bu kishim kim bo‘ldi?
– Iye, o‘zingiz quchoqlashib ko‘rishdingiz-ku? Tanimadingizmi?
– Yo‘q, tanimadim. Umrimda birinchi bor ko‘rishim.
– Qiziq, unda nega...
– Uzoqdan quchoq ochib kelgan odamdan kimsiz deb so‘rab bo‘ladimi, bo‘talarim! O‘zbekmiz-ku!..

Jasoratli adib
Odil Yoqubov o‘z asarini o‘zi mardona turib himoya qila oladigan jasoratli adib edi. Taniqli yozuvchi Shukur Xolmirzaev “Odil aka haqida o‘ylasam” deb nomlangan xotirasida Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi” romanining qo‘lyozmasi muhokamasida o‘zini-o‘zi qat’iy turib himoya qilganini ko‘rib hayrat bilan yozadi. Muhokamani olib borgan yozuvchi Rahmat Fayziy asarni qayta ishlash sharti biln muhokamani yakunlash haqida taklif kiritadi. Odil aka shartta turib so‘z so‘raydi.
“−Xo‘p, o‘zingiz so‘zlang, Odiljon.
− O‘zim so‘zlasam, so‘zim shu: men, masalan, sizni qabul qilmayman. Qabul qilolmayman, o‘rtoqlar!.. Bu romanni men yazganman! Men uni, masalan, juda yaxshi bilaman. Maqsadimni bilaman...
Odil aka birdan Rahmat Fayziyga tikildilar. − Siz shu mavzuda yazsangiz¸ marhamat, aytganingizday qilib yazing. Lekin birovga diktovka qilmang.... Konsa konsov, siz qanday yazuvchi bo‘lsangiz, men ham shunday yazuvchiman. Qalbim buyurgan, masalan¸ aqlim − Farosatim buyurib turgan narsani yazganman. Mening so‘zim tamom. Kechirasizlar¸ boshqa o‘rtoqlarning ayrim fikrlarini qisman e’tiborga olaman...

Haqiqiy ustoz kim?
Kunlardan bir kun Said Ahmad taniqli shoir va adib Anvar Obidjonga o‘ta qaltis savol beradi:
– Qani, menga to‘g‘risini ayt-chi, haqiqiy ustozing menmi yoki Erkin Vohidovmi?
Anvar Obidjon ustozni xafa qilmaslik uchun gapni sal chalg‘itadi:
– Hajviyotdagi birinchi no‘merli ustozim o‘zingiz, she’riyatdagi birinchi no‘merli ustozim Erkin Vohidov, – deya six ham, kabob ham kuymaydigan qilib javob beradi. Ammo ustoz bu javobdan qoniqmay yana tutun qaytaradi:
– Ja chalkashtirvording. Hatto kalxo‘zning komandasidayam ikkita birinchi nomerli futbolchi bo‘lmaydi. Hech bo‘lmaganda yoshimni hurmat qilib, meni birinchi “A”, Erkinni birinchi “B” desang bo‘lmaydimi?
Sh.Otabek

Qofiyasini topolmapti
Erkin akaning xalq orasida ma’lum va mashhur bo‘lgan, taniqli hofiz Sherali Jo‘raev yaxshi qo‘shiq qilgan, endilikda darsliklarga kiritilgan o‘sha mashhur “O‘zbegim” qasidasi ilk bor chop etilganda ancha-muncha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, shoirga turli tazyiqlar kuchaygan edi. Milliy tuyg‘u teran aks etgan asarlarni sho‘ro mafkurasi hazm qilolmasdi.
Qasida e’lon qilingach, Erkin akani yuqori idorada ishlaydigan bir amaldor huzuriga chaqirtiradi. Qasidani sinchiklab o‘qigani, xatosi yo‘qligi, faqat maromiga yetkazish uchun yana ozgina qo‘shimcha bayt qo‘shish lozimligini aytadi. O‘zbek xalqining Oktabr inqilobi tufayli ozodlikka erishgani, ulug‘ rus xalqining og‘alarcha yordami haqida jo‘shib-toshib gapirarkan, qasidada shu narsalar albatta aks etishi lozimligini uqtiradi. Shoir noiloj “harakat qilaman» deydi. Xayrlashayotganda rahbar yana ko‘rsatma beradi: “Sizga lo‘nda qilib tushuntirdim. Qofiyasini o‘zingiz topasiz!”
Oradan bir necha oylar o‘tgach, bir kuni Erkin aka o‘sha rahbar bilan uchrashib qoladi. Amaldor iddao bilan shoirga o‘sha topshirig‘ini eslatadi. Shoir egri qoziqqa egri to‘qmoq qabilida javob qiladi:
– Qofiyasini topolmadim...

Shoirning ko‘chasi
Erkin aka bir kuni kechki ziyofatdan uyiga qaytayotib taksiga o‘tiradi. Yo‘l-yo‘lakay «O‘ngga yuring, endi chapga buriling», deya haydovchiga manzilni tushuntirib boradi. Nihoyat, o‘zi yashaydigan Huvaydo ko‘chasiga burilishganda haydovchining ensasi qotib, yonidagi mijozga iddao qiladi:
– E-e, shunchalik boshimni qotirmay, Erkin Vohidovning ko‘chasida turaman desangiz bo‘lmasmidi?!
Erkin aka jilmaygancha bosh irg‘ab, noiloj «ayb»ini bo‘yniga oladi.

“Hali she’r ham yozasizmi?”
O‘tgan asrda ayrim rahbarlar she’r yozadigan odamga qandaydir ishonchsizlik va istehzo bilan qarashgan. Erkin aka shunday rahbarlar bilan ko‘p to‘qnashgan.
Kunlardan bir kuni Erkin akani o‘rtacha lavozimga tayinlash uchun ko‘rsatma beriladi. Hujjatlari ming bir chig‘iriqdan o‘tkaziladi. O‘sha kezlar tartib-intizom shunday edi. Yuqori idora mansabdori Erkin akaning tarjimai holini o‘qib, shoirga shunday iddao qiladi:
– Men sizni jiddiy odam deb o‘ylasam, hali she’r ham yozasizmi?..
Erkin aka bir maqolasida afsus bilan qayd etganidek, “Bunday tushuncha hamon yo‘qolmagan ko‘rinadi..."

G‘aroyib garov
Kunlardan bir kun bir guruh ijodkorlar Farg‘ona vodiysiga safar qilishadi. Yo‘l-yo‘lakay o‘zaro gurunglashib borishadi. Gap aylanib tilimizga munosabat masalasiga taqaladi.
– Biz gaplashganimizda mavridi bo‘lsa-bo‘lmasa ruscha so‘zlarni ko‘p qo‘llaymiz! – deydi kimdir.
– To‘g‘ri, to‘g‘ri! – boshqalar ham bu gapga qo‘shiladilar.
– Kelinglar, kim gapida ruscha so‘zni qo‘llasa bir so‘mdan (o‘sha davrda bir so‘m ham barakali pul hisoblangan−Sh.O.) jarima to‘lashga kelishib, garov o‘ynaymiz! – deya taklif kiritadi Erkin aka.
– Davay, garov o‘ynaymiz! – deydi O‘tkir Hoshimov jonlanib.
– Qani, bir so‘m uchun davay! – deydi Erkin aka O‘tkir akani darhol tilidan tutib.

Kim katta-yu kim kichik?
Erkin aka 1936-yil, 28-dekabrda, uning yaqin do‘sti, atoqli olim va mutarjim Ibrohim G‘afurov esa 1937-yil, 27-dekabrda tug‘ilgan.
Oddiy gap-so‘zlarda ham o‘ziga xos lutf bilan gapirishga odatlangan rahmatli Erkin aka yuqoridagi sanalar haqida shunday mutoyiba qilardi:
– Men Ibrohimjondan bir yosh kattaman va bir kunlik kichikman.

Oy borib, omon kelgin!
Mustaqillikdan ko‘p yillar ilgari, kunlardan bir kun yosh shoir Abdulla Oripov harbiy xizmatga chaqiriladi. Bu voqeadan xabar topgan ustozlardan biri Yozuvchilar uyushmasining o‘sha kezlardagi raisi Komil Yashin nomidan harbiy komissariatga iltimosnoma yozadi. Keyin shoirni yetaklab uyushmaga boradi. Masalaning o‘ta muhimligini raisga obdon tushuntiradi:
– Abdullajon – noyob iste’dod sohibi. Uni Armiya safidan olib qolmasak bo‘lmaydi. Shunga sizning yordamingiz kerak.
– Juda yaxshi, men roziman, – deydi rais va yozilgan iltimosnomaga imzo chekarkan, Abdulla akaga yuzlanib, xuddi uni Armiyaga kuzatayotgandek qo‘shimcha qiladi. – Oy borib, omon kelgin, o‘g‘lim!

Adabiyot o‘lmaydi
Mustaqillik arafasida bozor iqtisodiyoti haqida har xil gap-so‘zlar ko‘paygan, ma’naviyat va adabiyotga e’tibor ancha susaygan kezlar edi. Muxlislar bilan bo‘lgan bir uchrashuvda “Adabiyot o‘ladimi?” degan mavzuda bahs ketadi. Tadbirda qatnashayotgan mashhur shoir Abdulla Oripov so‘zga chiqib, kutilmaganda “Ha, adabiyot o‘lishi mumkin”, deydi. Zal suv quygandek jimib qoladi. Adabiyot ixlosmandlari xayolidan “Nahotki, Abdulla Oripovdek buyuk shoir adabiyotning umrboqiyligiga shubha bilan qarasa”, degan mulohaza o‘tadi. Abdulla Oripov fikrini davom ettirib yana qo‘shimcha qiladi:
– Ha, adabiyot o‘lishi mumkin, faqat baribir “marhum”ga marsiya yozishga to‘g‘ri keladi-da! O‘shanda adabiyot baribir qayta tiriladi, demak, adabiyot hech qachon o‘lmaydi.

She’rlaringizdan nechtasini yoddan bilasiz?
Ustoz Ozod Sharafiddinovning ashaddiy shaxmatchi ekanini yaxshi bilgan bir muxlis kunlardan bir kun ustozdan so‘rab qoldi:
− Aytingchi, ustoz, Siz raqiblaringiz yurar-yurmasidan javob berasiz. Aytingchi, shu o‘yinda nechta yurishni oldindan ko‘rib turasiz?
Ozod aka shaxmat taxtasidan bir zum ko‘z uzib, shunday javob qilibdi:
− Bir kuni ulug‘ shoirimiz Abdulla Oripovdan so‘radim. Davralarda mumtoz ijodkorlarning mashhur she’rlarini yoddan aytasiz. O‘zingizning she’rlaringizni ham hamisha yoddan o‘qiysiz. O‘z she’rlaringizdan nechtasini yoddan bilasiz?
Shoirimiz bu savolimga shunday javob berdi:
− Yozganlarimning deyarli barchasini, hali yozib ulgarmaganlarimning esa yarmisigacha yoddan bilaman. Shunga o‘xshatib aytsam, shaxmat partiyasining oxirigacha, keyingi partiyadagi yurishlarning esa yarmisigacha yurishlarni aniq ko‘rib turaman.
Sh. Otabek

Muxlisning muhabbati
Tohir Malikning ona yurti Andijonda kitobxonlar bilan uchrashuv bo‘layotgandi. Shunda bir muallima yozuvchiga kutilmagan, g‘alati iltimos bilan murojaat qiladi:
– Iltimos, “Shaytanat”dagi Asadbekni o‘ldirmang!
– Nega bunday deyapsiz?
– Men uni yaxshi ko‘rib qolganman, o‘lishini istamayman.
– Yaxshi ko‘rishingizni eringiz biladimi?
Muallima jimib qoladi...

Yozuvchidan qo‘rqmagan qushlar
Tohir Malik bilan Chorvoqdagi dalahovlida yon qo‘shnimiz. Ertapishar gilosga ochofat qushlar tegmasin deb, eski bir ko‘ylakni «qo‘riqchi» qilib ilib qo‘ygan edim, uni ko‘rgan Tohir bir kuni so‘rab qoldi:
– Bu nimasi?
– Nima bo‘lardi – «qo‘riqchi»-da? Qushlar undan qo‘rqib, mevaga tegmaydi.
– Yozuvchining o‘zidan qo‘rqmagan qushlar ko‘ylagidan qo‘rqarmidi?

Roman yozish osonmi?
Tohir Malik turli tahririyatlarda xizmat qilib yurgan kezlar adabiyotda ham o‘zlariga alohida imtiyoz talab qiladigan xalturachi yozuvchilar bilan ko‘p marta to‘qnashgan. Urush qatnashchisi bo‘lgan bir keksa kommunist adibning urush haqidagi asari yozuvchilar uyushmasidagi nasr kengashida muhokama qilinib, bosishga yaroqsiz deb topilsa-da, men urush qatnashchisiman, asarim “Sharq yulduzi” jurnalida bosilishi shart deya oyoq tirab turib oladi. Jurnalning mas’ul kotibi Tohir Malik o‘sha adibni savolga tutadi:
– Urush qatnashchisi ekansiz, jang manzaralarini rangtasvirda aks ettirsangiz bo‘lmaydimi?
– Men surat chizishni bilmayman, – deydi veteran adib.
– Xayriyat, surat chizishni bilmasligingizni tan olyapsiz. Lekin roman yozishni biladi, deb kim aytdi sizga?
Kommunist adib lom-lim deyolmay, mulzam bo‘lib qoladi.

O‘rnimiz almashib qopti
Bir davrada tanqidchilardan biri gap orasida Tog‘ay Murod O‘rta Osiyoda Chingiz Aytmatovdan keyingi ikkinchi zo‘r yozuvchi deydi. Ertasi kuni bu ta’rifni o‘sha suhbatda qatnashganlardan biri Tog‘ay Murodning o‘ziga aytadi. Yozuvchi bir lahza hayratlangandek bo‘ladi va shunday javob qiladi:
– Umuman olganda, to‘g‘ri aytibdi, faqat o‘rnimizni almashtirib qo‘yibdi.

Nega doktorlikni yoqlamagan?
Ustoz Ozod Sharafiddinov adabiyot ilmida ham, tanqidchilikda ham nufuzi juda baland, taniqli olim hisoblanar edi. Kunlardan bir kuni taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva ustozdan so‘rab qoladi:
− Ozodjon¸ nega haligacha doktorlikni yoqlamagansiz?
Ustoz bu gapga juda chiroyli javob qiladi:
− Shuyam doktormi, degandan ko‘ra hali ham nomzod bo‘lib yuribdimi, degan gap yoqimliroq.

Abdulla – sher!
Kunlardan bir kun Do‘rmonda istiqomat qilayotgan Aziz aka zerikib, gurunglashish uchun shoir Abdulla Sherning chorbog‘iga aylanib boradi. Sharpani eshitgach, yo‘lak adog‘ida yelkasiga chopon tashlagan shoir ko‘rinadi. U bilan ketma-ket kichkinagina laycha kuchuk ham tinimsiz akillagancha egasining ortidan ergashib kelaveradi. Temir panjara oldida hol-ahvol so‘rasharkan, Aziz aka laychaga qarab, shunday so‘z o‘yini qiladi.
– Qanchalik akillamagin, sen baribir laychasan, Abdulla esa – sher!

Yomon yozolmaydi
Atoqli yozuvchi Shukur Xolmirzayev bir kuni Murod Muhammad Do‘st bilan Do‘rmon bog‘larini aylanib yurib, gurung orasida shunday deydi:
– Murodjon, menga asarlaringizdan, ayniqsa, «Dashtu dalalarda» degan hikoyangiz ko‘proq yoqadi.
– Yomon yozolmasam nima qilay, Shukur aka! – deydi Murod «kamtarlik» bilan.