Forwarded from “Yoshlik” jurnali
#Surat_gapirganda
SOBIR O‘NARGA
Sobir – ellik yosh-u lekin qiron yigit,
Og‘ir karvon, zakiy, mard-u maydon yigit,
Qarotovning qoyasidek polvon yigit,
Bizdan salom bo‘lsin nasriy polvonlariga.
Quvkallaning buloqlarin suviday sof,
Yuragining gavharida adl-u inson,
Istagida, tilagida iymon shaffof,
Bizdan salom bo‘lsin qalbi osmonlarga.
Ulg‘aytirgan alladayin cho‘pon nayi,
Oydalaning yantog‘i-yu, oqquvrayi,
Kakliklarning qaqir-qaqir, quralayi,
Bizdan salom bo‘lsin lola alvonlarga.
Daralarda arg‘umoqlar dupur-dupur,
Ko‘pkarida sollandi u urho-yu ur,
Taqimiga uloqlarni bosdi masrur,
Bizdan salom bo‘lsin buvril, jayronlarga.
Ergash Jumanbulbul ruhi shoddir bu kun,
Dostonining nasrin yozar Sobir bu kun.
She’rin esa yozmoqdadir Azim Suyun,
Bizdan salom bo‘lsin ota makonlarga!
2014-yil 26-yanvar
Foto muallifi: Abdug‘ani Jumayev
@yoshlikjurnali
SOBIR O‘NARGA
Sobir – ellik yosh-u lekin qiron yigit,
Og‘ir karvon, zakiy, mard-u maydon yigit,
Qarotovning qoyasidek polvon yigit,
Bizdan salom bo‘lsin nasriy polvonlariga.
Quvkallaning buloqlarin suviday sof,
Yuragining gavharida adl-u inson,
Istagida, tilagida iymon shaffof,
Bizdan salom bo‘lsin qalbi osmonlarga.
Ulg‘aytirgan alladayin cho‘pon nayi,
Oydalaning yantog‘i-yu, oqquvrayi,
Kakliklarning qaqir-qaqir, quralayi,
Bizdan salom bo‘lsin lola alvonlarga.
Daralarda arg‘umoqlar dupur-dupur,
Ko‘pkarida sollandi u urho-yu ur,
Taqimiga uloqlarni bosdi masrur,
Bizdan salom bo‘lsin buvril, jayronlarga.
Ergash Jumanbulbul ruhi shoddir bu kun,
Dostonining nasrin yozar Sobir bu kun.
She’rin esa yozmoqdadir Azim Suyun,
Bizdan salom bo‘lsin ota makonlarga!
2014-yil 26-yanvar
Foto muallifi: Abdug‘ani Jumayev
@yoshlikjurnali