YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.43K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
​​#olimpiada #xalqaro

HIPPO-2020 - Sakkizinchi "XALQARO INGLIZ TILI FANI OLIMPIADASI"

Siz Jahon standartida yagona deb tan olingan, haqiqiy Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasida o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchimisiz? U holda, HIPPO 2020 - sizning imkoniyatingiz!
O'tkazib yubormang!

Ayni vaqtdi ro’yxatdan utish davom etmoqda.

HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi 1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan barcha davlat va nodavlat maktab o'quvchilari uchun! Shuningdek,akademik litsey va kollejlarning 1, 2 kurs o’quvchilari ham ishtirok etish imkoniyatiga ega. HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi, 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko'magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil topgan bo'lib, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlari 40 000 (qirq ming) atrofida ishtirokchilar qatnashib kelmoqda. 2018 yildan buyon Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti bilan hamkorlikda ish faoliyatini davom ettirmoqda va har bir ishtirokchi HIPPO olimpiadasida Xalqaro standart darajasiga ega bo'lgan, Buyuk Britaniya IESOL testlarini topshiradi. Ushbu olimpiadada ishtirokchilar jami 4 ta qobilyat (so'zlashish, o'qish, yozish va tinglab tushunish) bo'yicha bellashadi. Ilk bosqichda,o'qish va tinglab tushunish, yarim final bosqichida esa yozish va o'qish. Final bosqichida barcha ko'nikmalar bo'yicha imtihon topshirishadi. Ushbu olimpiada 3 bosqichdan iborat bo'lib, ilk saralash O’zbekistin xududlarida 7-8 Fevral kunlari va yarim final bosqichi Toshkent shahrida 13-14 Mart kunlari, yakuniy bosqich esa barcha davlatlar uchun Italiya davlatining Venetsiya shahrida 15-17 May kunlari bo'lib o'tadi. Final bosqichi g’oliblarini ajoyib yutuqlar kutmoqda😊.

Rõxyatdan õtish bu yerda !

Batafsil ma'lumot uchun bu yerga bosing yoki quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling:
+998903707283 +998903707284

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#olimpiada #milliy

OCHIQ MATEMATIKA OLIMPIADASI

🗓 25-29 ‐ fevral

Olimpiada:
✔️Matematika
✔️Biologiya
✔️Kimyo
✔️Fizika fanlaridan bo'lib o'tadi.

Rõyxatdan õtish bu yerda !
Batafsil ma'lumot bu yerda !

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#olimpiada #xalqaro

🐝Eurasian Spelling Bee 2020– Yevropa va osiyo davlatlari ingliz tili olimpiadasiga ro'yxatdan otish.😊👇

🐝Регистрация на олимпиаду Eurasian Spelling Bee 2020 по английскому языку.😊

Ro'yxatdan o'tish bu yerda !

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#olimpiada #xalqaro

The registration for Hong Kong International Mathematical Olympiad is now open!!

🗓 HKIMO Heat round: April 25-26
💳 160 000 UZS
📍Uzbekistan
📆 HKIMO Final 2020: August 28-31
📍Macau

🌐 Hong Kong International Mathematical Olympiad, HKIMO is organized by Olympiad Champion Education Centre from Hong Kong, a registered educational centre listed on Education Bureau of Hong Kong to provide Mathematical Olympiad classes in Hong Kong.

To stimulate and foster young people’s interest in learning mathematics, to strengthen the ability of their creative thinking, to widen their international perspective, and to promote the development of kindergarten, primary and secondary education and exchange of educational cultures throughout countries.

In Year 2019, we have over 1200 candidates and over 2500 participants to join the final round.

Tap here to register!

🗒 How to register

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#olimpiada #milliy

Ta'til paytida maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun onlayn maktab olimpiadalari o'tkaziladi

Bayram kunlari maktablarning 4-11-sinf o'quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun onlayn olimpiada o'tkaziladi. Ular matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalari kabi fanlarni qamrab oladi.

Ta'lim vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Olimpiada 24 martdan boshlab o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ularda ishtirok etish bepul va ixtiyoriydir.

Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun siz olympiad.uzedu.uz saytida ro'yxatdan o'tishingiz va sizning ta'lim muassasangiz rahbariyatidan tasdiqnomani olishingiz kerak.

Olimpiada davomida talabalarga har xil darajadagi 20 ta nazorat savollari beriladi. Ularga javob berish uchun bir soat vaqt ketadi.

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#olimpiada #milliy

TALABALAR O'RTASIDAGI RESPUBLIKA ONLAYN FAN OLIMPIADASI

🗓 16-28 – may, 2020

Respublika fan olimpiadasi iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash va intellektual rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, hamda ixtisoslik fanlari bo'yicha joriy yilning 16-28 may kunlari platforma orqali o'tkaziladi.

Olimpiadani o'tkazish bosqichlari va tartibi:

Talabalar o'rtasida o'tkaziladigan respublika fan olimpiadasini onlayn shaklida o'tkazish tartibi to'g'risidagi NIZOM bo'yicha amalga oshiriladi.

Ro'yxatdan o'tish:

Joriy yilning 5-12 may kunlari olimpiada.edu.uz platformasi orqali ro'yxatdan o'tiladi.

Onlayn test:

Fanlardan onlayn test platforma orqali amalga oshiriladi. Savollar 25-50 ta bo'lishi mumkin.

Ajratilgan vaqt:

Fanlardan onlayn test topshirish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ijodiy ish:

Tegishli fanlar bo'yicha ijodiy ishlar OTMlar tomonidan o'tkaziladi hamda olimpiadaning sanasi va vaqti platformada e'lon qilinadi.

Sertifikat:

Ro'yxatdan o'tib fan olimpiadada qatnashgan har bir talabaga elektron ko'rinishda sertifikat taqdim etiladi.

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#olimpiada #milliy

7-SINF O'QUVCHILARI O'RTASIDA MATEMATIKA FANI OLIMPIADASI

🗓 19-iyun, 2020
11:00

Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti umumta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari o'rtasida matematika fanidan o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi.

Joriy yilning 19-iyun kuni (juma) soat 11:00 da matematika fanidan 7-sinf o'quvchilari o'rtasida ONLAYN OLIMPIADA o'tkaziladi. Olimpiada topshiriqlari 20 ta test savollaridan iborat bo’lib, bajarish uchun ishtirokchilarga 1 soat vaqt ajratiladi.

Onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun o'quvchilar olympiad.uzedu.uz (yoki oo.uzedu.uz) saytiga o‘zlarining login va parollari yordamida belgilangan vaqtda kirishlari kerak.

Onlayn olimpiadadan so'ng o‘quvchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart. Batafsil yo'riqnoma bilan bu yerda tanishing!

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook