YourChance | Yoshlar hamjamiyati
2.43K subscribers
1.53K photos
97 videos
89 files
2.37K links
Download Telegram
​​​​#stipendiya #xalqaro

AL-BUXORIY NOMIDAGI XALQARO UNIVERSITET (MALAYZIYA) YOSH TALABALARGA CHET ELDA O‘QISH UCHUN 50 TA STIPENDIYA TAKLIF ETADI

Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet bu – xayriya ta’lim muassasasi, talabalarni o‘qitish va turar joy bilan ta’minlash xarajatlari Al-Buxoriy jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi. Bu haqida «El-yurt umidi» jamg’armasi xabar bermoqda.

Xalqaro ta’lim muassasasi sifatida Al-Buxoriy nomidagi xalqaro universitet dunyoning ko‘plab mamlakatlarida musulmonlar yashaydigan ko‘plab talabalarni qabul qiladi.

Al-Buxoriy xalqaro universitetining siyosati ilgari bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganlar uchun ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlashdan iborat.

Talablar:

– 18 yoshdan 22 yoshgacha;

– 12 yillik umumiy ma’lumotga ega bo‘lish;

– ingliz tilini IELTS 5.5 o‘rta darajasida bilishi kerak.

Malayziya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

– o‘qish uchun to‘lov (shu jumladan, akademik xarajatlari);

– turar joy va ovqatlanish xarajatlari;

– oylik stipendiya (taxminan 110 AQSh dollari);

– xalqaro avialiniyani – nomzod o‘z hisobidan qoplaydi.

Diqqat! Grant olishni istagan har bir kishi quyidagi link orqali arizani to‘ldirishi kerak: https://apply.aiu.edu.my/index.php?page=home

Batafsil ma’lumot uchun: https://www.aiu.edu.my

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​​​​​​​​​#konferensiya #milliy

"FUTURE MEDICINE CONFERENCE"

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 7 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’grisida”gi PF-5590 sonli Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari tomonidan "Future Medicine Conference" konferensiyasi tashkil etiladi.

Ushbu konferensiyaning oldiga qo'yilgan maqsadlar:

- tibbiyot va tibbiy ta'limga bo'lgan e'tiborni yanada oshirish;
- yurtimiz yoshlarini bir maqsad asnosida birlashtirish;
- kreativ loyihalarini rivojlantirish;
- loyihalarni hayotga tadbiq etish;
- yurtimizdagi tibbiyot sohasiga befarq bo'lmagan barcha yoshlarni bilimlarini oshirish;
- tibbiyot sohasiga oid loyihalarni qo'llab-quvvatlash;
- aholining tibbiy madaniyatini oshirish bo'yicha turli xil treninglar va semenarlar o'tkazish.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarni tashkil etadi. Demak, yurtimiz kelajagi yoshlarning bugungi harakatiga bog'liq. Tibbiyot sohasidagi bilimlaringizni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talaba yoshlari bilan birga rivojlantiring, imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Yurtimiz yoshlarini bir maskanda birlashtirgan, tibbiyot sohasida ilk bora o’tkaziladigan keng ko'lamli "Future Medicine Conference" da ro'yhatdan o'tish 10 martdan boshlanadi!

Hamkorlar: Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi. Homiylar: “Hayat medical” klinikasi.

t.iss.one/FUTMED

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #milliy

🌏Global muammolardan biri iqlim o'zgarishi va ekologiyaning buzilishiga bee'tibor bo'lmagan yoshlar uchun umumiy miqdori 7 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi 🏆 tanlovni e'lon qilamiz.

👉 https://bit.ly/2TtB6Mk

"Yoshlar iqlim o'zgarishiga qarshi" loyihasining tanlovi to'g'risidagi barcha ma'lumotlarni
@uzyacc telegram kanalida kuzatib boring.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#foydalimanba

Garvard, Stenford, Yel: Dunyodagi 100 yetakchi universitetlar onlayn taʼlim uchun resurslar bilan oʻrtoqlashdi (+roʻyxat)

Karantin dunyoga juda koʻp qiziqarli masofaviy taʼlim uchun resurslarni ochdi va edtechʼni rivojlantirishda sezilarli darajadagi hamkorlikka yordam berdi.

Batafsil bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#tanlov #xalqaro

YOSH YER CHEMPIONLARI

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Аtrof-muhit boʼyicha dasturi dunyo miqyosidagi ekologik muammolarni hal qilish uchun Ona zamin chempionlarini qidirmoqda.

"Yosh Yer Chempionlari" - bu mukofot, yosh ekologlarni yanada ilhomlantirish va gʼayratini oshirishga yoʼnaltirilgan. Sovrinni katta salohiyatga ega va atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʼrsatadigan yoshlar olishi mumkin.

🗓Dedlayn: 2020 yil 10 aprel

2020 yilda har bir mintaqadan 7 nafar yoshlar tanlanadi.

Tanlangan yoshlar "Yosh Yer Chempionlari" unvoniga ega boʼladilar, moliyaviy yordam oladilar, oʼzlarining ekologik gʼoyalarini hayotga tatbiq etishlari uchun oʼqitish va individual murabbiylik qilishadi.

Аgar siz atrof-muhitni himoya qilish, tiklash, gʼoyat barqaror kelajak haqida tasavvurga ega boʼlsangiz, yorqin kelajakka ishonsangiz - arizalarni topshirishingiz mumkin.

Sovrinlar:

✔️$ 15,000

✔️BMTning yuqori darajadagi uchrashuvida qatnashish;
✔️“Yosh Yer Chempionlari” mukofotini topshirish marosimi qatnashchilariga taqdimot qilish;
✔️elektron va global ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishi va tan olinishi;
✔️oʼzlarining maslahatlari va murabbiyliklarini taklif qilishga tayyor boʼlgan Covestro mutaxassislari jamoasiga kirish;
✔️“The DO School” platformasida tashkil etilgan tadbirkorlik koʼnikmalarini rivojlantirish dasturida ishtirok etish.


Talablar:

✔️butun dunyodan murojaat etuvchilar murojaat qilishlari mumkin;
✔️nomzodlar yosh toifasi 18-30 yoshdan oshmasligi;
✔️nomzodlar atrof-muhitning ijobiy oʼzgarishi uchun salohiyatga ega boʼlishi kerak;
✔️har bir nomzod ekologik loyihada kamida 6 oy ish tajribasiga ega boʼlishi kerak.

Аriza onlayn tarzda topshirilishi mumkin.

Toʼliq tafsilotlar rasmiy veb-saytda.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
Cinema Futurismo, arch-comp..pdf
4 MB
#tanlov #xalqaro

"Kelajak kinotetri" (Cinema Futurismo) nomli xalqaro arxitektorlar tanlovi

Royhatdan otish vaqti: 28.07.2020 gacha
Qabul qilish vaqti: 11.08.2020 gacha
Umumiy yutuq fondi: 20 0000 USD

Ushbu tanlovda professionla arxitektorlar va talabalar qatnashishi mumkin. O
z qobilyatingiz va loyihangizni dunyoga korsatish uchun ajoyib imkoniyat. Dunyo arxitektura tanlovlarida ozbek arxitektorlarining lyoihalari bolsa qandoq yaxshi.
Tanlov shartlari bilan ushbu "PDF" file orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Tanlov haqida ko
proq ma`lumot bu yerda !

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #milliy

Mukofoti 40 million so'mlik “Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash” mavzusida Davlat grantlari 2-tanlovi

🗓 Muddat: 18-may

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni eʼlon qiladi. Hujjatlar 2020 yil 15 apreldan 18 maygacha qabul qilinadi.

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#stipendiya #xalqaro

KYUSHU UNIVERSITETINING TALABALAR ALMASHINUVI DASTURI, YAPONIYA

🗓 Muddat: 15-may, 2020-yil
📍 Kyushu University – Fukuoka, Japan

Kyushu universiteti (Kyushu University) — Kyushu orolidagi eng yirik universitet, Fukuoka shahrida joylashgan. QS World University Rankings 2020 ma’lumotlariga ko‘ra, Kyushu universiteti dunyoda 132 va Osiyoda 17 o‘rinni egallaydi. Kyushu universiteti Yaponiyada davlat universiteti va Yaponiyada to‘rtinchi eng qadimgi universitet hisoblanadi.

Kyushu universiteti o‘z mamlakatidagi nufuzli universitetlarda tahsil olayotgan, o‘z mamlakatining kelajagida muhim rol o‘ynaydigan talabalarni taklif etadi, deb xabar bermoqda eyuf.uz. Xalqaro bakalavr va magistratura talabalari stipendiya olishlari mumkin. Ushbu stipendiya dasturi tufayli xorijiy talabalar ta’lim olish va Kyushu universiteti bilan yaxshi aloqalar o‘rnatish imkoniga ega.

Stipendiya quyidagilarni qoplaydi:

1. Yo‘nalishlar. Tariflar uchun 100 000 YEN dan ortiq mablag‘ ajratilmaydi. Ikkitomonlama reys uchun ekonom-klassga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz to‘lanadi.

2. Oylik stipendiya. Talabalar uchun – 80,000 YEN, aspirantlar uchun – 100,000 YEN.

Universitet har yili 5 ta stipendiya beradi. Kyushu universitetida bo‘lish muddati: 2020 yil oktyabr – 2021 yil mart.

Talablar:

✔️ Yaponiyada bo‘lmagan universitetlardan birida o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy talabalar stipendiyalarni olishlari mumkin.

✔️ Talaba o‘z universitetida kamida 3 oy va 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘qishi kerak. Agar talaba «Ikki darajali diplom» dasturiga yozilgan bo‘lsa, u ariza topshirilgan vaqtda 12 oydan ko‘proq vaqt davomida o‘qishi mumkin.

✔️ Talaba Kyushu universitetidagi maktabda almashinuv talabasi sifatida qabul qilinishi kerak.

✔️ Ingliz tilini yaxshi bilishingiz
kerak.

Batafsil: bu yerda

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #xalqaro

XALQARO INSHOLAR TANLOVI

🗓 Muddat: 15-iyun, 2020-yil

Yaponiyaning “Goi tinchlik jamg‘armasi” YUNESKO ishlari bo‘yicha Yaponiya Milliy komissiyasi ko‘magida xalqaro insholar tanlovi o‘tkazilayotganini e’lon qiladi.

Insho mavzusi: “2030 yilda o‘zimdan maktub”

Tanlov ishtirokchilari o‘z insholarini www.goipeace.or.jp veb-sahifasi va [email protected] elektron pochtasi orqali yuborishlari lozim.

Tanlov g‘olibi bosh sovrin 100 ming yen (taxminan 950 AQSH dollari) va 2020-yil noyabr oyida taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaga sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Tanlov to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#tanlov #xalqaro

ESSELAR TANLOVI: MUKOFOT PULI — 1500 AQSH DOLLARI

🗓 31-may, 2020

IvyPanda.com an’anaviy tarzda o’tkazib keladigan iqtidorli talabalar uchun esselar tanlovini e’lon qildi. Tanlovda nomzodlar esse yozish mahoratini namoyish etishlari lozim bo’ladi.

Mukofot:

Birinchi o’rin uchun mukofot — 1000 AQSh dollari; ikkinchi o’rin uchun mukofot — 500 dollar.

Stipendiya olish uchun quyidagi mavzulardan birida esse yozish so'raladi:

• Contribution of Technology in Education
• Is Studying Abroad Worth It?
• Should Video Games Be Used in Education?


Esse quyidagi talablarga javob berishi lozim:

• Plagiatdan holi bo’lishi;
• ingliz tilida 500-700 so’z ishtirok etishi;
• ingliz tili (US yoki UK English)da yozilgan bo’lishi lozim.


Batafsil ma'lumot bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#foydalimanba #xalqaro

MONASH UNIVERSITETIDAN O‘QITUVCHILAR UCHUN BEPUL ONLAYN-KURS

Maktab va universitetlar faoliyatidagi so‘nggi o‘zgarishlar tufayli, barcha o‘qituvchilar yangi ta’lim sharoitlariga moslashishlari kerak.

Bu kurs – masofaviy/onlayn ta’limga tezkorlik bilan kirish kursi. Uning nazariyasi oson, amaliy tavsiyalar va namunalarga boy. Masofaviy ta’limning iloji bor, u qiziqarli va maroqli!

Ushbu onlayn-kursdan foydalanish uchun bu yerda anketa to‘ldirsangiz kifoya!

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#foydalimanba #xalqaro

32 BITIRGANLIK SERTIFIKATI BILAN BEPUL ONLAYN KURSLAR

O'qishni tugatganlik sertifikati bilan bepul onlayn kurslarni o'rganish ta'lim va martaba uchun yangi dunyoni ochishi mumkin.

Axir, ko'nikmalaringizni kengaytirish va bilim bazangizni kengaytirish har doim sizga yaxshi xizmat qiladi. O'zingizning ish beruvchilaringizni yanada jozibador qilish uchun o'zingizning rezyumingizni qoqib qo'yishingiz yoki ishingizda samaraliroq bo'lishga yordam beradigan yangi ko'nikmalarni rivojlantirishingiz mumkin; Agar buni amalga oshirish uchun pul sarflashning hojati bo'lmasa, salbiy tomonlari ko'p emas.

MOOCs (ommaviy ochiq onlayn kurslar) bu kollej darajasidagi kurslar bo'lib, ular onlayn ravishda nashr etiladi va dunyodagi har kim uchun bepul mavjud; ko'pchilik siz rezyumeingizni qo'yishingiz yoki ijtimoiy tarmoqlarda ulashishingiz mumkin bo'lgan sertifikat bilan keladi. MOOCs soha mutaxassislaridan bir sent sarf qilmasdan o'rganish uchun noyob imkoniyatni taklif etadi. 2018 yilda butun dunyo bo'ylab 20 million kishi kamida bitta MOOC.1 shartnomasini imzoladilar

Kurslar haqida batafsil ma'lumot bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#foydalimanba #xalqaro

AQSh UNIVERSITETIDAN BEPUL GRAFIK DIZAYN KURSNI

California Institute of Art
tomonidan bepul taqdim etilayotgan besh kurslik grafik dizayn kursi ma’lumot yetkazishning ana shu usulini o’rganish istagidagilar uchun ajoyib imkoniyat.

Ushbu kurslarda grafik dizaynni yaratish uchun zarur bo’lgan asosiy ko’nikmalar ochib beriladi, dizayn yaratish jarayoni, tarixiy kontekst, tasvir yaratish va tipografiya kabilar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Grafik dizayn kursi ham ixtisoslikka yo’nalgan turkum kurslardan iborat bo’lib, tarkibida quyidagi kurslar mavjud:

1 Fundamentals of Graphic Design
2 Introduction to Typography
3 Introduction to imagemaking
4 Ideas from the History of Graphic Design
5 Brand New Brand.

Ushbu kurs to’liq onlayn ko’rinishda. Kursdagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish va o’rganish bepul, ammo kursni tugatganlik to’g’risida sertifikat uchun to’lov amalga oshirish kerak. Ushbu to’lovni to’lashda qiyinchilikka duch kelayotganlar uchun Coursera’ning grant dasturi ham mavjud. Ushbu grant bilan batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

1 Kurslar ingliz tilida olib boriladi.
2 Grafik dizayn ixtisosligi tarkibidagi jami beshta tamomlashga taxminan 6 oy vaqt ketadi.
3 Kurslarni tamomlaganlik haqida sertifikatga ega bo’lsh uchun barcha imtihonlardan muvaffaqqiyatli o’tish kerak.


Dasturga qabul jarayoni:

Kurslarga istalgan vaqt bu yerda ro’yxatdan o’tish mumkin.

#uzbbenelux #tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#tanlov #xalqaro

JURNALISTLAR UCHUN TANLOV — «IQLIM O’ZGARISHI: SAYYORAMIZNING KELAJAGI BIZNING QO’LIMIZDA»

🗓 Muddat: 31-iyul, 2020

Yevropa Ittifoqining «Wecoop» loyihasi Markaziy Osiyo jurnalistlari o’rtasida «Iqlim o’zgarishi: sayyoramizning kelajagi bizning qo’limizda» tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yilning 31-iyuliga qadar elektron manzilga murojaat qiling va Chexiya Respublikasiga o’quv safarini yutib oling!

Tanlovning maqsadi — iqlim o’zgarishi haqidagi bilimlarni oshirish va yopiq sikl iqtisodiyotiga o’tishni rag’batlantirishdir.

Tanlov natijalari asosida ikkita g’olib tanlab olinadi. G’oliblar 2020-yilning sentyabr oyida  Wecoop loyihasi tomonidan tashkil etiladigan eng yaxshi texnikani o’rganish uchun Chexiya Respublikasiga tashrif buyurishadi.

Nomzodlar iqlim o’zgarishi mavzusidagi rus, ingliz yoki qozoq, qirg’iz, tojik, turkman, o’zbek tillaridan biridagi jurnalistik materiallarni rus yoki ingliz tillariga tarjima qilingan holdagi variant bilan birga taqdim etishlari lozim. 2019-yil 15-oktyabrdan 2020-yilning 31-iyuligacha bo’lgan davrda bosma yoki elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yoki efirga uzatilgan jurnalistik materiallar tanlovda ko’rib chiqiladi.

Batafsil bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#stipendiya #xalqaro

KOMPYUTER FANLARI BO‘YICHA TO‘LIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN GLOBAL DOKTORLIK STIPENDIYASI (BUYUK BRITANIYA)

🗓 Muddat: 30-iyun 2020-yil

Sent-Endryus universiteti Kompyuter fanlari maktabi va Viktoriya Universitetining Kompyuter fanlari fakulteti bilan birgalikda boshqariladigan (qo‘shma dastur) dasturiga qabul qilingan Sent-Leonardagi aspirantura kolleji talabalari uchun global Sent-Endryus stipendiyasi beriladi. Ushbu stipendiya Sent-Endryus universiteti Kompyuter fanlari maktabida to‘liq moliyalashtiradigan stipendiyani va Kanadadagi Viktoriya Universitetining Kompyuter fanlari fakultetida moliyalashtiradigan stipendiyani taklif etadi.

Batafsil bu yerda .

Manbaeyuf.uz

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#foydalimanba #milliy

BEPUL BUXGALTERIYA VA MOLIYA KURSLARI

Indian Institute of Management Bangalore – IIMBx instituti o’z biznesini muvaffaqiyatli boshqarish uchun buxgalteriya va moliya borasidagi bilimlarga ega boʻlish istagidagi boʻlajak tadbirkor va menejerlarga Accounting and Finance onlayn kurslarini taklif etmoqda.

Kurs mutlaqo bepul boʻlib, 11 hafta davomida, haftasiga 2-4 soatlik darslardan tashkil topgan.

Darslar moliyaviy hisobot tahlili, xarajatlarni boshqarish, moliyaviy menejment yoʻnalishlariga bagʻishlanadi.

#uzbbenelux #tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
​​#tanlov #milliy

“XALQ DIPLOMATIYASI – SAYYORADA TINCHLIK SARI YO‘L” MAVZUSIDA ONLAYN INSHOLAR TANLOVI

O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi yurtimiz oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Xalq diplomatiyasi – sayyorada tinchlik sari yo‘l” mavzusida insholar tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov talaba yoshlarda xalq diplomatiyasining mohiyatini keng tushunish, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarni takomillashtirish masalalari haqida fikr yuritish, shuningdek, ShHT mamlakatlari va boshqa xorijiy mamlakatlar xalqlarining madaniyati, an’analari, dini va turmush tarzi bilan yanada yaqinroq tanishishda ajoyib ikoniyat yaratadi. Tadbirda mustaqil va erkin fikrlovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yurtimiz yoshlarining iste’dodli vakillarini aniqlash, umuman, ijodkor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va yosh avlodning ijtimoiy faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Har bir ishtirokchi tanlovga bitta ish taqdim etish huquqiga ega va uni O‘zbekistondagi ShHT xalq diplomatiyasi markazining quyidagi elektron manziliga yuborishi mumkin: [email protected].

Batafsil ma’lumot bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#stipendiya #xalqaro

GAMBURGDAGI XALQARO BARQARORLIK AKADEMIYASI STIPENDIYA DASTURI

🗓 Muddati — 30-iyun, 2020-yil

Gamburgdagi Xalqaro barqarorlik Akademiyasi 9 oylik stipendiya dasturiga qabul boshlanganini e’lon qilmoqda.

Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:

✔️turar joy;
✔️aviachiptalar;
✔️tibbiy sug’urta;
✔️til kurslari.


Dastur tili — ingliz tili.

Dastur ishtirokchilari Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Turkmaniston, Qozog’iston, O’zbekiston, Ukraina, Moldova, Gruziya, Armaniston kabi DAC (rivojlanish ko’maklashish qo’mitasi) ro’yxatidagi mamlakatlardan bo’lishi kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda .

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#grant #xalqaro

AMERICAN CENTER TASHKENTʼDAN 8000 AQSH DOLLARIGACHA BOʻLGAN GRANT DASTURI

Toshkent shahridagi American Center Tashkent jismoniy shaxslarga oʻzlarining jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga xizmat qiluvchi onlayn loyihasini amalga oshirishlari uchun 1000 AQSH dollaridan 8000 AQSH dollarigacha miqdorga grant ajratishini eʼlon qildi.

Grant quyidagi sohalar boʻyicha loyihalarga ajratiladi:

✔️ English classes for journalists
✔️ Media literacy course
✔️ Digital story-telling classes
✔️ Women discussion club
✔️ Debate club
✔️ TOEFL test preparation

Agar yuqorida sanalgan sohalardan biri boʻyicha loyihangiz boʻlsa, mazkur grant dasturiga ariza topshirishingiz va grantni qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Ariza qanday topshiriladi?

Mazkur grant dasturiga ariza topshirish uchun 2020-yilning 29-iyunigacha toʻldirilgan grant ariza shakli va oʻzingizga tegishli CV ni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz kerak.

Muhim: Grant ariza shaklini olish uchun BU YERGA kirib, elektron pochta manzilingizni yozib, topshiring (email yozilgach, “Submit” tugmasini bosish orqali topshiriladi). Soʻng taqdim etgan elektron pochtangizga grant ariza shakli yuboriladi. Shu ariza shaklini toʻldirib, CV bilan birga joriy yilning 29-iyunigacha [email protected] emailiga yuborishingiz kerak.

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#loyiha #milliy

«YOSH TADQIQOTCHILAR: 100 HAQIQIY HIKOYA» LOYIHASIDA ISHTIROK ETING!

🗓
30-iyun, 2020

«Ziyo Forum»
ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi 35 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek olimlarini «Yosh tadqiqotchilar: 100 haqiqiy hikoya» loyihasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Loyiha maqsadi — ilm yo‘lini tanlagan yoshlarning muvaffaqiyatlari va duch kelayotgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilish, ularning ilmiy tadqiqot ishlariga manzilli eʼtibor qaratish.

Jamlangan materiallar har yili almanax-kitob shaklida chop etiladi, ushbu o‘ziga xos katalogning bosma nusxasi bilan birga alohida veb-resursda internet talqini yaratiladi.

Loyihada ishtirok etish uchun 2020-yilning 30-iyuniga qadar Jamg‘armaning saytida ariza qoldirish mumkin.

Batafsil ma'lumot ▶️ bu yerda ◀️.

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook