“Yoshlik” jurnali
1.97K subscribers
2.61K photos
195 videos
34 files
3.33K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
#Tabassum

Do‘stlik


Bir kishi qushga qarab o‘q uzgan ekan, o‘qi xato ketibdi. Yonida turgan do‘sti buni ko‘rib:
– Ofarin! – deb baqiribdi.
– Nima, meni kalaka qilyapsanmi? – debdi mergan xijolat bo‘lib.
– Yo‘q, do‘stim, sen o‘qni shu qadar to‘g‘ri otding-ki, agar bundan boshqa qush bo‘lsa, chap berolmasdi…

Ubayd Zakoniy

“Adabiyot ziyosi” gazetasidan olindi.

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#tabassum

Shoir ko‘chasi


Erkin aka bir kuni kechki ziyofatdan uyiga qaytayotib taksiga chiqdi. Yo‘l-yo‘lakay “O‘ngga yuring, endi chapga buriling”, deya haydovchiga yo‘l ko‘rsatib bordi. Nihoyat, o‘zi yashaydigan Huvaydo mahallasiga borganida haydovchining ensasi qotib, yonidagi yo‘lovchiga iddao qildi:
– E-e, shunchalik boshimni qotirmay, Erkin Vohidovning ko‘chasida turaman desangiz bo‘lmaydimi?!
Erkin aka jilmaygancha bosh irg‘ab, noiloj “ayb”ini bo‘yniga oladi.

👉davomi...

@yoshlikjurnali
#Tabassum

O‘qing, faqat kulmang


Yarimta mo‘ylov shogird ustozidan so‘radi:
— Ustoz, nega men 12 yildan beri o‘qishga kira olmayapman? Buning sinoati nedir?
Ustoz chuqur o‘yga toldi va vazminlik bilan javob berdi:
— Bo‘tam, siz tong quyoshining tog‘lar ortidan sekin-astalik bilan chiqishini, maysalar ustidagi qirovni qitiqlab eritib, tiniq shabnam tomchilariga aylantirishini kuzatasizmi?
— Albatta, ustoz.
— Tog‘dan sharqirab, olamga shovqin solib tushayotgan sharsharaning, daryoda sokin mavjlanayotgan suvning so‘zlariga quloq solasizmi?
— Shubhasiz, ustoz.
— Kumush qadahga to‘ldirib quyilgan mayning yuzida o‘z aksingizni ko‘rganda chuqur o‘yga tolasizmi? Hayotning ma’nosi haqida fikr yuritasizmi?
— Juda ham ko‘p marta, ustoz.
— Oydek suluv go‘zalning ko‘ksiga boshingizni qo‘yib, uning har bir yurak urishida namoyon bo‘lgan muhabbatni vujudingizda xis qilasizmi?
— Deyarli har kuni, ustoz.
— Haa, padaringga la’nat! Eshshak, vaqtingni bunaqa bekorchi narsalarga sarflamasdan ketingni bir joyga qo‘yib, qunt bilan o‘qiganingda hozir universitetda professor bo‘lib yurgan bo‘larding! Hee mol!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz