“Yoshlik” jurnali
4.22K subscribers
3.35K photos
222 videos
35 files
4.02K links
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali

Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Download Telegram
“Umrim daryosi” she'riy kitobining muallifi kim?
Anonymous Quiz
27%
Abdulla Oripov
60%
Erkin Vohidov
13%
Muhammad Yusuf
👍3🕊2👏1👌1
#iqtibos

Hozirda bizga birdan-bir lozim bo‘lg‘on narsa – adabiyot, adabiyot, adabiyot...

Cho‘lpon

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🕊2🤝2🔥1🥰1
#olis_yaqin_ovozlar

Poyezd qo‘shig‘i

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Bekatlarda seni kutuvchi.
Tosh shaharga erkalangan-u,
Lek qishloqqa olib ketuvchi.

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Bog‘liq ekan temir izlarga.
Ko‘p odati o‘xshash ekan-u,
Eshik ochmas o‘zga qizlarga.

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Vagonlarga hislating ortgan.
Kulish, qarash, ranjish, araz-u,
Hamrohlari baxt, ishq, or va sha’n.

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Bir xil ekan yo‘rig‘i hatto.
Bir xilda jon asrashga mas’ul,
Va haqqi yo‘q qilmoqqa xato.

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Hech kesishmas izlar chizarkan.
Bu poyezdning ro‘li yo‘q, Nil-u,
Yo‘l qo‘ymading yo‘lim cho‘zarga.

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Izim to‘la tosh bo‘lib ketdim.
Tosh bekatda seni kutdim-u,
Tosh bekatdan bosh olib ketdim.

Poyezd ekan yuragim, Nil-u,
Kezayapman qishloq, shaharda.
Senga bir so‘z aytolmadim-u,
Hayqiraman endi safarda:

Poyezd ekan yuraging, Nil-u!,
Poyezd ekan yuraging, Nil-u!...

Nuriddin Rasulov

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4🤝3👍2🔥1🕊1🤗1
#nazm

* * *
Tangrim, meni “yoʻq” de soʻraganlarga,
Manzilimni oʻchir yuraklaridan.
Tush koʻrganday boʻlsin bul qari morboz,
Sira koʻrinmayin istaklarida.

Yoʻq, qoʻl siltamadim, tushundim xolos,
Asli erta chiqdi mening savodim.
Buncha koʻngli nozik koʻngil bergansan!
Ruhimning taqvosin buzdi hayotim.

Tangrim, karaming keng, qattiq yashirgin,
Odam boʻyi yetmas joylaring borku.
Qushlarning tushiga meni yashirgin,
Vaʼdangda tugʻilmay yashash ham borku!

Yuragim sovqotdi, nazar qil, Egam,
Soʻraganimni ber, soʻrmagandan qoʻrq!
Ustimni yopib qoʻy, ochilmas qilib,
Bilasan – ustimni ochgiligi yoʻq!

Shodmonqul SALOM


📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🥰2🕊2👍1🔥1
“Yolgʻiz” asari muallifi kim?
Anonymous Quiz
24%
Erkin Aʼzam
64%
Xurshid Doʻstmuhammad
11%
Nazar Eshonqul
👍5
#iqtibos

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.

Abdurahmon Jomiy

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🕊2❤‍🔥1👍1
#tavallud

Bugun – taniqli shoir Minhojiddin MIRZO tavallud topgan kun!

Muhabbat


Ey dil, bahor bilan yuzlashding, yonding,
Uyg‘ondi qizg‘aldoq bo‘yli xotirot.
Yana ertaklarga chin deb ishonding,
Sog‘inch kurtaklaring gullagan hayot.

Sabzalar ichida qizg‘aldoq – quyosh,
Yodingda tiklandi o‘tli chog‘laring.
Kiprigingda g‘uncha – bir tomchi ko‘zyosh,
Bag‘riga chorladi zangor bog‘laring.

Binafshalar kuldi, kulgusi sog‘inch,
Daryoga talpindi diydor izlar qor,
Nurli qadamlarin qo‘yib oshiqdi
Sog‘inch gullarini sochganda bahor.

Bog‘larda bodroqday ochildi sog‘inch,
Qaytdi quchog‘ingga qaldirg‘ochlar ham.
Bulutlar suv sepdi: ey tashna dil, ich,
Ko‘klam sog‘inganing aytadigan dam.

Lekin har bahor ham qismat gulining
Sen uchun ifori o‘kinch, alamli.
Qudrati yetmaydi qadr tunining,
Sabzaday kipriklar shabnamli, namli.

Dilim, fursat yetdi, kelar qoshingga,
Eh, buncha azobga duchor bo‘lmasang.
Dunyo g‘arq bo‘lar-ku to‘kar yoshingga,
Kelsa-yu ko‘zida sog‘inch ko‘rmasang.

Qani endi, ixtiyor senda bo‘lsa-yu,
Seni sevmaganni sen ham sevmasang…

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊2👍1🔥1👏1👌1💯1
#suhbat

Fikrlashdan to‘xtash – fojia


Real voqeani real tasvirlab berishni yozuvchi sifatida xushlamayman. Masalan, “Qora kun” qissasidagi tobutning yo‘qolishini olaylik. Agar uni ramz sifatida qabul qilmasak, ma’nosi torayib ketadi. Asarda tobutni kim va nega o‘g‘irlagani aytilmagan bo‘lsa-da, o‘sha qishloqdagi odamlarning hayoti, qilayotgan ishlari tasvirlangan. “Suratdagi ayol” ham ramziy obraz. Odatda, meni qahramonlarga ism tanlash qiynaydi. E’tibor qilsangiz, “Qora kun”da birorta ham ism uchramaydi. Ism ishlatish men uchun erish tuyulgan. “Qaqnus qanotidagi umr”da ham ism ishlatmaganman. Bitta o‘g‘liga Muyyad deb ism qo‘yadi. U “ruh” ma’nosini anglatadi. Umuman olganda, adabiyot – ruh va xayolot dunyosi yaratadigan g‘aroyib olamdir. Shu bois u reallikdan tubdan farq qiladi. Qilishi kerak.

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🕊2🔥1
#olis_yaqin_ovozlar

OTAMGA MAKTUB

Ota, bo‘lolmadim senga munosib,
Men bir xayolparast, noshud va daydi.
Bir yigit umrini xazondek sochdim,
Bu umr badalin to‘lab bo‘lmaydi...

Nega ermak qilar bizlarni hayot,
Nega berganlari bunchalar taxir?!
Horigan yelkangga bo‘lmadim qanot,
Mendan umidlaring ko‘p edi axir.

Sening orzularing hali ham dog‘da,
O‘zni ovutmoqqa yetmaydi kuchim.
Men xudbin o‘zim-chun yashagan chog‘da,
Ota, sen men uchun yashab berding jim.

Gul umring men sabab kun ko‘rmadi, kun!
Bolam, deb egildi alif qadding – dol.
Men - telba, she’rimga so‘z izlagan tun,
Senchi pul izlading xorijda behol.

Vaqt esa aylanar, seskanmaydi dil,
Nigohing so‘zlamay jim tursin, ota.
Qadding egilganin sezmagan, g‘ofil,
Shoir yuragimni jin ursin, ota!

Quddus Asad

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3❤‍🔥1🕊1
“Najot yo‘li” asari muallifi kim?
Anonymous Quiz
36%
Abdulla Avloniy
56%
Abdurauf Fitrat
9%
Abdulla Qodiriy
👍3🔥1
40 ta atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi

Atamalar komissiyasi tomonidan yana 40 ta xorijiy so‘zga o‘zbek tilidagi muqobillari rasman tasdiqlandi.

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌9
#olis_yaqin_ovozlar

* * *
Anglanishga muhtojman, Robbim!
Havoda ham ma’yuslik kezar.
Yo‘qlik tomon ketarkan qalbim,
Endi hech kimligim anglam, sezam…

Kunlar go‘yo sabodek kezar
Yashamoqqa topolmam chora.
Mayda tashvishlarda yamlanib ketar –
Sen bergan qalbingni asrolmam, qara…

Sen borsan, mangusan, iltijo etgum –
Menga so‘z ber: yangroq, barhayot…
Axir, shu so‘z ila ko‘ngilga yetgum,
Axir, shu so‘z ila bo‘lgum barhayot.

Guli NIGOR,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.

“Yoshlik” / 2024 / 9

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🤔3❤‍🔥1🔥1
#suhbat

Yevropani zabt etgan traktorchi

Karikaturachilikda bitta narsa muhim. Faqat kulgi uyg‘otib yoki mazax qilib obro‘ olaman deyish xunuk ish rassom uchun. Yoki katta tanlovlarda g‘olib bo‘laman deb, manfaat ortidan ijod qilish ham yaramaydi. Yana bir yomon odat urchiyapti: karikatura oxirgi paytlarda adovat qo‘zg‘ash, fitna yaratish uchun dastak bo‘layapti. Xabaringiz bo‘lsa kerak, Fransiyada Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ni kamsitib, karikatura chizishdi. Bu faqat payg‘ambarimizga emas, u zotning ortida turgan butun musulmon ummatini haqoratlash edi. Boshqa narsa emas!

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👌2👍1🕊1
“To‘y” asari muallifi kim?
Anonymous Quiz
19%
Abdunabi HAMRO
56%
Abduqayum YO‘LDOSH
25%
Nabi JALOLIDDIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2🕊2❤‍🔥1👌1
#iqtibos

Befoyda o‘tgan yoshlik — musibat.

ABAY QO‘NONBOYEV

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🕊2👏1👌1
#olis_yaqin_ovozlar

TANISH AZOB

Bitta ko‘ylagimni uch yil kiyaman,
Qilgan ibodatim ming yil bir ishqqa.
Bir tanish azobni ming yil suyaman,
Ammo yig‘ilarim har kuni boshqa.

Ko‘zimga botgani eskirgan savdo,
Tush ko‘rib bo‘lganman, emas tasodif.
Qo‘limda o‘ynayman dunyoni, ammo
Chalkash bir chiziqda kuyib borar kift.

Ona sog‘inchidan shoshib choy damlar,
Tonggi hislaringdan bir piyola ber!..
Tun bo‘yi mudragan hissiz odamlar
Mening yuragimga non botirib yer.

Nargiza ODINAYEVA

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👌1🕊1
#nigoh

Aks holda, biz yana aldanamiz

Ammo… xirmontepa endi bizniki, deb o‘ylaganlar chuchvarani xom sanagan edi. Ular boshoq u yoqda tursin, hatto bitta donni Maskovning iznisiz olish vakolatiga ega emasdi. 1937– va 1950-yillar qatag‘oni ularning ham safini juda siyraklashtirib qo‘ydi. Bunga tarix shohid. Zotan, bo‘linganni bo‘ri yer, ayrilganni – ayiq…

🔗batafsil

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#manzuma

Faqat osmon o‘sha, bari o‘zgargan,
Yugurish imkonsiz to‘rtta tarafga.
Qo‘llarim boʻg‘zimga solmoqda changal,
Meni o‘z holimga qo‘yma, Yaratgan.

Muhammadali GʻAFFOROV

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2❤‍🔥1🕊1